Mualliflar

  • F To‘xtaboyeva
    Andijon davlat universiteti
  • M Yaquboliyeva
  • N Murodaliyeva
    Andijon davlat universiteti
  • M Ergasheva
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.58909

Kalit so‘zlar:

transformation gen injeneriyasi klon gepatit vaktsina agrobakterium plasmid transgen transformatsiya

Annotasiya

Ushbu maqolada  o’simliklar va hayvonlarga gen kiritish usullari, xususan, Agrobakteriya yordamida transformatsiya va mikroinyektsiya, shuningdek, hayvonlar uchun genetik modifikatsiya jarayonlari batafsil bayon qilinadi. Shuningdek, gen injeneriyasining afzalliklari va xavflari, jumladan, ekosistema va inson salomatligiga ta’siri, etik masalalar va xavf-xatarlar tahlil qilinadi


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

201

Universaljurnal.uz

F.M.To‘xtaboyeva.,

M.O.Yaquboliyeva.,

N.D.Murodaliyeva., M.A.Ergasheva

Andijon davlat universiteti

Uzbekistan

feruzatoxtaboyeva1971@gmail.com

O‘SIMLIK VA HAYVON IRSIYATINI GEN INJENERIYASI USULI BILAN

O‘ZGARTIRISH

Abstract:

This article describes in detail the methods of introducing genes into plants and animals,

in particular, transformation and microinjection using Agrobacterium, as well as the processes of genetic

modification for animals. It also analyzes the benefits and risks of genetic engineering, including the impact

on the ecosystem and human health, ethical issues and risks.

Keywords:

genetic engineering, clone, hepatitis, vaccine, Agrobacterium, plasmid, transgene,

transformation.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o’simliklar va hayvonlarga gen kiritish usullari, xususan,

Agrobakteriya yordamida transformatsiya va mikroinyektsiya, shuningdek, hayvonlar uchun genetik

modifikatsiya jarayonlari batafsil bayon qilinadi. Shuningdek, gen injeneriyasining afzalliklari va xavflari,

jumladan, ekosistema va inson salomatligiga ta’siri, etik masalalar va xavf-xatarlar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

gen injeneriyasi, klon, gepatit, vaktsina, agrobakterium, plasmid, transgen,

transformatsiya.

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

Universal International Scientific Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9

Published: 30.12.2024

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

202

Аннотация:

В статье подробно описаны методы введения генов в растения и животных, в

частности трансформация и микроинъекция с использованием агробактерий, а также процессы

генетической модификации животных. В нем также анализируются преимущества и риски генной

инженерии, включая воздействие на экосистемы и здоровье человека, этические проблемы и риски.

Ключевые слова:

генная инженерия, клон, гепатит, вакцина, агробактерия, плазмида,

трансген, трансформация.

Language:

Uzbek

Citation:

Tokhtaboyeva, F., Yakuboliyeva, M., Murodalieva, N., & Ergasheva, M. (2025).

MODIFICATION OF PLANT AND ANIMAL GENETICS THROUGH GENETIC ENGINEERING.

Universal

International

Scientific

Journal,

1(9),

201–205.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1391

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14590981

Genetika muhandisligi, organizmni yoki

organizmlar

populyatsiyasini

o'zgartirish

uchun DNK yoki boshqa nuklein kislota

molekulalarini sun'iy manipulyatsiya qilish,

o'zgartirish va rekombinatsiya qilishdir. Gen

muhandisligi

atamasi

odatda

mikrobial

genetikadagi asosiy tadqiqotlar natijasida

paydo

bo'lgan

rekombinant

DNK

texnologiyasi

usullariga

nisbatan

qo'llaniladi[1].

Gen

injeneriyasida

qo'llaniladigan texnikalar tibbiy ahamiyatga

ega bo'lgan mahsulotlar, jumladan, inson

insulini, inson o'sish gormoni va gepatit B

vaktsinasini ishlab chiqarishga, shuningdek,

kasalliklarga chidamli o'simliklar kabi genetik

jihatdan

o'zgartirilgan

organizmlarning

rivojlanishiga olib keldi[2].

Hujayra va gen injeneriyasi yutuqlari

hayvon zotlarini yaxshilash uchun ham tatbiq

etilgan.

Bu

yo'nalishdagi

dastlabki

biotexnologiyalardan biri yuqori xo'jalik va

genetik ko'rsatkichlarga ega bo'lgan qoramol

zotlari tuxum hujayrasining ko'plab hosil

bo'lishiga erishishdi. Ma'lumki, sigirlar bir

yilda faqat bir dona, ba'zan 2 dona tuxum

hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor

qoramol zotini zudlik bilan ko'paytirish

imkoni bo'lmagan. Ko'p miqdorda yuqori

sifatli sut beruvchi qoramolga ma'lum gormon

inyeksiya qilinib, tajriba o'tkazilayotgan

sigirdan ko'plab tuxum hujayra olishga

erishiladi. Bu tuxum hujayralar bachadondan

sidirib olinib, sun'iy urug'lantiriladi va hosil

bo'lgan zigota xo'jalik ahamiyati kam, xashaki

sigir bachadoniga kiritiladi. Natijada xashaki

o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod

olinadi[3,4]. Bu biotexnologiya bizning

mamlakatimizda ham qo'llaniladi .AQSHning


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

20

3

dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen

injeneriya usuli bilan o'sish gormonini (growth

hormone) ishlab chiqarib sigirlarga inyeksiya

qildi va shu yo'l bilan sigirlardan sog'iladigan

sut miqdorini oshirishga erishdi. Hozirgi

kunda AQSH oziq-ovqat do'konlarida bu

mahsulot

sotilmoqda.

Zigotaga

(urug'lantirilgani tuxum hujayraga) har xil

genlarni

mikroinyeksiya

qilib

transgen

sichqon

yoki

kalamush

olish

ko'plab

laboratoriyalarda bajarildi. Mamlakatimizda

akademik J.H. Hamidov rahbarligida shu

usulni qo'llab quyon zigotasiga o'sish gormoni

geni kiritildi va odatdagiga nisbatan yirik va

tez o'suvchi transgen quyon olindi. Ma'lumki,

klon deb mikroorganizmning bir hujayrasi

bo'linishi natijasida hosil bo'lgan bakteriya

koloniyasiga aytiladi. O'simliklarning kloni bir

hujayradan sun'iy sharoitda ko'paytirilib yoki

qalamchalardan vegetativ ko'paytirish usuli

bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo'l

bilan ko'paymasligi sababli ularning klonini

olish yaqin kunlargacha muammo bo'lib

kelmoqda. 1997-yil shotlandiyalik olim Roslin

qo'yning klonini yaratdi va bu ixtiro juda ko'p

shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Bu tajribaga

qadar yadrosi olib tashlangan zigotaga boshqa

embrional bujayradan olingan yadro ko'chirib

o'tkazilar va hosil bo'l gan transplant tuxum

hujayra o'gay ona bachadoniga kiritilar

(Implantatsiya qilinar) edi. Roslin erishgan

natijalarming Gyordon tajribasidan va boshqa

yuqorida keltirilgan natijalardan farqi, Roslin

ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga

voyaga yetgan organizm ning somatik

hujayrasidan ajratilgan yadroni kiritib yetuk

organizm olganligidir[4,5].

Klassik genetik usul bilan irsiyatni

o'zgartirishda ikki xil genotipli organizm

chatishtirilganda ularning barcha xo'jalik

uchun molik va molik bo'lmagan genlari o'zaro

rekombinatsiyalashadi. Natijada yaratilgan

navga tadqiqotchi istagan gendan tashqari,

navning xususiyatini buzuvchi boshqa ko'p

genlar ham o'tadi. Gen muhandisligi usullari

orqali irsiyati o'zgartirilgan o'simliklarda esa

faqat inson manfaatlariga mos keladigan

belgixossalar mujassamlashgan bo'ladi[6].

Muayyan bir genni hujayraga kiritish uchun

tuproq

bakteriyasi

Agrobakterium

hujayrasidagi

plazmiddan

foydalaniladi.

Agrobakteriyaning

ayrim

turlari

(Agrobacterium tumefaciens) ikki urug'pallali

o'simliklarni zararlab, ularda shish keltirib

chiqarishi

mumkin.

Agrobacterium

tumefaciens - tuproq bakteriyasi shish hosil

qilish xususiyatiga ega. Bu xususiyati Ti-

plazmid deb ataladigan plazmida bilan bog'liq.

Ti-plazmida hujayraga genetik axborotni

kiritish

uchun

zarur

bo'lgan

barcha

xususiyatlarga ega tabiiy vektor bo'lib

hujayraga genetik axborotni kuritish uchun


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

20

4

zarur

xususiyatlarga

ega.

O'simlik

zararlangandan so'ng Ti-plazmidaning bir

qismi

o'simlik

hujayralariga

kiradi.

Zararlangan o'simlik tanasidagi hujayralar

tartibsiz bo'linishi natijasida shish hosil

bo'ladi. Bu shishni Ti plazmid genomining T-

DNK (shish hosil qiluvchi DNK) bo'lagi

chaqiradi. Buning sababi T-DNK o'simlik

hujayrasi genomiga birikishi va uning

xususiyatini

buzishidir.

T-DNKning

bu

xususiyatidan

gen

muhandisligida

keng

foydalaniladi. Agrobacteriumning Ti-plazmidi

birmuncha yirik bo'lganligi uchun undan gen

injeneriyasi maqsadlarida foydalanish qiyin.

Shu

sababli,

o'simlik

irsiyatini

gen

muhandisligi usuli bilan o'zgartirish uchun

plazmidning T-DNK qismi maxsus restriktaza

bilan kesib olinadi va pBR 322 plazmidasiga

ko'chirib o'tkaziladi[5]. Yaratilgan sun'iy

plazmid Ti-plazmidaga nisbatan birmuncha

kichik bo'lib, ulardan foydalanish ancha

osonroq va unumliroqdir. Bunday molekulalar

vektor konstruksiya deb ataladi. Vektor

konstruksiyaning T-DNK qismini kesib, unga

o'simlik geni kiritiladi. Natijada T-DNK shish

chaqirish qobiliyatini yo'qotadi, chunki yot

gen T-DNKni ikki bo'lakka bo'lib yuborgan.

Tarkibida T- DNK va yot genga ega vektor

konstruksiya Ti-plazmidi genomidan T-DNK

qismi olib tashlangan, o'simlik uchun zararsiz

maxsus agrobakterium shtammlariga kiritiladi.

Genetik transformatsiya qilingan o'simlik

hujayrasidan

transgen

o'simlik

olinadi.

Transformatsiya qilingan o'simlik hujayrasi

bo'linishi natijasida hujayralar to'plami kallus

to'qima

hosil

bo'ladi.

Kallus

to'qima

hujayralaridan ayrimlari o'simlik gormoni va

boshqa regulator moddalar ta'sirida ma'lum

programma

bo'yicha

bo'lina

boshlaydi.

Natijada bunday hujayralardan bosqichma-

bosqich o'simlik embrioni va barcha jihatdan

normal, voyaga yetgan transgen o'simlik

olinadi. Transgen o'simlikning har bir hujayra

xromosomasida ko'chirib o'tkazilgan gen

saqlanadi. Shu sababdan transgen o'simlik

jinsiy yo'l bilan ko'paytirilganda yot gen

nasidan nasiga beriladi. Olimlar tomonidan

qishloq

xoʻjaligi

ekinlarining

turli

kasalliklarga va zararkunanda hasharotlarga

chidamli transgen navlarini yaratish ishlari

olib

borilmoqda.

Jumladan,

g'o'za

oʻsimligining zararkunanda hasharotlarga

chidamli,

ertapishar,

transgen

navlari

yaratildi.[6]

XULOSA

O’simlik va hayvon irsiyatini gen

injeneriyasi

usuli

bilan

o’zgartirish,

zamonaviy biologiya va genetika sohasida

yuzaga kelgan eng muhim yutuqlardan biridir.

Bu usul, organizmlarning genetik tuzilishini

o’zgartirish

orqali,

ularning

yangi

xususiyatlarga ega bo’lishini ta’minlash


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

20

5

imkonini beradi. O’simliklar va hayvonlar

genetik modifikatsiyasi ko’plab sohalarda,

jumladan qishloq xo’jaligi, tibbiyot va

ekologiyada o’zgarishlar yaratishda muhim rol

o’ynaydi.

O’simliklarda

pestitsidlarga

chidamli va yuqori hosil beruvchi navlarning

yaratilishi, hayvonlarda esa kasalliklarga

qarshi turish qobiliyati kuchayishi kabi ijobiy

natijalar

keltirishi

mumkin

Biroq,

bu

texnologiyaning qo’llanilishi va rivojlanishi

bir qator etik va ekologik masalalarni keltirib

chiqarishi

mumkin.

Xususan,

genetik

o’zgartirishlar

va

modifikatsiyalar,

ekosistemalar va genetik diversitetga ta’sir

ko’rsatishi ehtimoli bor. Shuningdek, bunday

tadqiqotlar va innovatsiyalarni tartibga solish

va nazorat qilish zarurati mavjud. Shu sababli,

gen injeneriyasi yordamida o’simliklar va

hayvonlarning irsiyatini o’zgartirish - yuqori

samarali va foydali bo’lishi mumkin bo’lsa-da,

bu sohada ehtiyotkorlik bilan yondashish va

mas’uliyatli yondashuvni ta’minlash zarur.

Tibbiy, ekologik va ijtimoiy jihatlarni inobatga

olgan holda, bu texnologiyaning kelajagi juda

katta imkoniyatlarni taqdim etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Lobashev M.Ye., Vorri K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva,
«Prosveshenie», 1979 – yil, – P: 108-110.

2.

X.J. Qambarov "Biotexnologiya" electron darsligi 2010-yil, –P: 98-99.

3.

D.Yu.Adilbekova BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI 2018-yil, –P: 146-147.

4.

Воронцов Н. П., Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвещение
1991-yil, –P: 183-184.

5.

Иордажжие Н. Н. Эволюция жизни, М.Мадательский центр "Академия" 2001-yil, –P: 120-
122

6.

Xo‘jamshukurov, N., Avazova, O., Kuchkarova, D., Abdutolibov, M., & Rustamov, M. (2024).
ISSIQXONA TUPROG ‘IDA OG ‘IR METALLAR TA’SIRI.

Universal xalqaro ilmiy

jurnal

,

1

(3), 51-56.

7.

Xo‘jamshukurov, N., Avazova, O., Kuchkarova, D., Abdutolibov, M., & Rustamov, M. (2024).
BIOSUBSTRATNING

CUCUMIS

SATIVUS

L.

O

‘SIB-RIVOJLANISHIGA

TA’SIRI.

Universal xalqaro ilmiy jurnal

,

1

(3), 57-67.

8.

Туйчиева, Д. С., Аманбаева, С. С., & Абдутолипов, М. З. (2016). Влияние некоторых
пестицидов на ультраструктуру печени беременных крыс. In

Вестник научных

конференций

(No. 2-1, pp. 102-103). ООО Консалтинговая компания Юком.

9.

Xo‘jamshukurov, N., Avazova, O., Kuchkarova, D., Abdutolibov, M., & Rustamov, M. (2024).
BIOSUBSTRATNING

CUCUMIS

SATIVUS

L.

O

‘SIB-RIVOJLANISHIGA

TA’SIRI.

Universal xalqaro ilmiy jurnal

,

1

(3), 57-67.

10.

Тўхтабоева, Ф., Ҳошимжонова, М., & Абдутолипов, М. ТЕМИР УДК ВА
ФЕРРОСТИМУЛЯТОРЛАР

ТАЪСИРИДА

ҒЎЗА

ЧИГИТИНИНГ

ЗАХИРА

ОҚСИЛЛАРИНИ АНИҚЛАШ.

ILMIY XABARNOMA

, 47.

Bibliografik manbalar

Lobashev M.Ye., Vorri K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 – yil, – P: 108-110.

X.J. Qambarov "Biotexnologiya" electron darsligi 2010-yil, –P: 98-99.

D.Yu.Adilbekova BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI 2018-yil, –P: 146-147.

Воронцов Н. П., Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвещение 1991-yil, –P: 183-184.

Иордажжие Н. Н. Эволюция жизни, М.Мадательский центр "Академия" 2001-yil, –P: 120-122

Xo‘jamshukurov, N., Avazova, O., Kuchkarova, D., Abdutolibov, M., & Rustamov, M. (2024). ISSIQXONA TUPROG ‘IDA OG ‘IR METALLAR TA’SIRI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(3), 51-56.

Xo‘jamshukurov, N., Avazova, O., Kuchkarova, D., Abdutolibov, M., & Rustamov, M. (2024). BIOSUBSTRATNING CUCUMIS SATIVUS L. O ‘SIB-RIVOJLANISHIGA TA’SIRI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(3), 57-67.

Туйчиева, Д. С., Аманбаева, С. С., & Абдутолипов, М. З. (2016). Влияние некоторых пестицидов на ультраструктуру печени беременных крыс. In Вестник научных конференций (No. 2-1, pp. 102-103). ООО Консалтинговая компания Юком.

Xo‘jamshukurov, N., Avazova, O., Kuchkarova, D., Abdutolibov, M., & Rustamov, M. (2024). BIOSUBSTRATNING CUCUMIS SATIVUS L. O ‘SIB-RIVOJLANISHIGA TA’SIRI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(3), 57-67.

Тўхтабоева, Ф., Ҳошимжонова, М., & Абдутолипов, М. ТЕМИР УДК ВА ФЕРРОСТИМУЛЯТОРЛАР ТАЪСИРИДА ҒЎЗА ЧИГИТИНИНГ ЗАХИРА ОҚСИЛЛАРИНИ АНИҚЛАШ. ILMIY XABARNOMA, 47.