Mualliflar

  • D Ibroximova
    Andijon davlat universiteti
  • M Maxmudova
    Andijon davlat universiteti
  • M Ro‘ziboyeva
    Andijon davlat universiteti
  • F To‘xtaboyeva
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.58561

Kalit so‘zlar:

Rekombinant DNK texnologiyasi Insulin sintezi Genetik muhandislik diabet hujayra madaniyati Escherichia coli Bioreaktor Protein tozalash Biofarmatsevtika Gormon ishlab chiqarish

Annotasiya

Mazkur tezisda rekombinant DNK texnologiyasi yordamida insulin sintez qilish jarayonlari batafsil yoritilgan. Insulin gormonining organizmdagi vazifalari va uning diabet kasalligini davolashdagi ahamiyati tushuntirilgan. Ishda insulin ishlab chiqarishning genetik muhandislik usullari, rekombinant DNK texnologiyasining asoslari, bakterial va xamirturush hujayralaridan foydalanish bosqichlari va tozalash jarayonlari batafsil ko‘rib chiqilgan


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

183

Universaljurnal.uz

D.M. Ibroximova.,

M.I. Maxmudova.,

M.A. Ro‘ziboyeva., F.M.To‘xtaboyeva

Andijon davlat universiteti

Uzbekistan

ibroximovadavlatoy@gmail.com

mukadamhonmahmudova303@gmail.com

maftunaruziboyeva753@gmail.com

feruzatoxtaboyeva1971@gmail.com



REKOMBINANT DNK TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA INSULINNI SINTEZ QILISH

Abstract:

This thesis provides a detailed overview of the processes involved in insulin synthesis

using recombinant DNA technology. The functions of insulin in the div and its importance in the

treatment of diabetes are explained. The work discusses the genetic engineering methods for insulin

production, the fundamentals of recombinant DNA technology, the stages of using bacterial and yeast cells,

and the purification processes in detail.

Keywords:

Recombinant DNA technology, Insulin synthesis, Genetic engineering, Diabetes, Cell

culture, Escherichia coli, Bioreactor, Protein purification, Biopharmaceuticals, Hormone production.

Annotatsiya:

Mazkur tezisda rekombinant DNK texnologiyasi yordamida insulin sintez qilish

jarayonlari batafsil yoritilgan. Insulin gormonining organizmdagi vazifalari va uning diabet kasalligini

davolashdagi ahamiyati tushuntirilgan. Ishda insulin ishlab chiqarishning genetik muhandislik usullari,

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

Universal International Scientific Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9

Published: 27.12.2024

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

183

Universaljurnal.uz

rekombinant DNK texnologiyasining asoslari, bakterial va xamirturush hujayralaridan foydalanish

bosqichlari va tozalash jarayonlari batafsil ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

Rekombinant DNK texnologiyasi, Insulin sintezi, Genetik muhandislik, diabet, hujayra

madaniyati, Escherichia coli, Bioreaktor Protein tozalash, Biofarmatsevtika, Gormon ishlab chiqarish.

Аннотация:

В данной работе подробно рассмотрены процессы синтеза инсулина с

использованием рекомбинантной ДНК технологии. Объяснены функции гормона инсулина в

организме и его значение для лечения диабета. В работе подробно рассмотрены методы

генетической инженерии для производства инсулина, основы рекомбинантной ДНК технологии,

этапы использования бактериальных и дрожжевых клеток, а также процессы очистки.

Ключевые слова:

Рекомбинантная ДНК технология, Синтез инсулина, Генетическая

инженерия, диабет, клеточная культура, Escherichia coli, биореактор, очистка белка,

биофармацевтика, Производство гормонов.

Language:

Uzbek

Citation:

Ibrokhimova, D., Makhmudova, M., Ruziboyeva, M., & Tokhtaboyeva, F. (2024).

SYNTHESIS OF INSULIN USING RECOMBINANT DNA TECHNOLOGY. Universal International

Scientific

Journal,

1(9),

183–186.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1387

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14564901

Rekombinant

DNK

texnologiyasi

zamonaviy

biotexnologiyaning

asosiy

yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu usul yordamida

turli biologik dori vositalar, jumladan, insulin

sintez qilinadi. Insulin diabet kasalligini

davolashda

muhim

gormon

bo‘lib,

rekombinant texnologiyalar uni xavfsiz va

samarali ishlab chiqarish imkonini beradi.

Rekombinant

insulin

ishlab

chiqarishning tarixiy rivojlanishi. 1921-yilda

insulin kashf etilgan, dastlab hayvonlarning

(cho‘chqa va sigir) oshqozon osti bezidan

olinardi. Biroq bu usul allergik reaksiyalar va

cheklangan miqdorda ishlab chiqarish bilan

bog‘liq muammolarni keltirib chiqardi.1978-

yilda Genentech kompaniyasi rekombinant

DNK texnologiyasi yordamida insulin sintez

qilishda birinchi muvaffaqiyatga erishdi.1982-

yilda

rekombinant

insulin

tibbiyotda

foydalanish uchun tasdiqlandi va savdo

markasi Humulin nomi bilan chiqarildi.[1]

Insulinning

biologik

mohiyati

va

ahamiyati. Insulinning organizmdagi roli:

glyukozaning metabolizmi va qondagi shakar

miqdorini tartibga solish.Diabet kasalligi: I va

II tip diabetning sabablari va oqibatlari.

Insulin

bu

qand

miqdorini

boshqaruvchi va organizmdagi metabolizm


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

183

Universaljurnal.uz

jarayonlariga ta'sir etadigan gormon. U asosan

me'da osti bezi (pancreas) beta hujayralarida

ishlab chiqariladi. Insulin yetishmovchiligi,

masalan, diabet kasalligi rivojlanishiga olib

kelishi mumkin[2].

Rekombinant DNK texnologiyasining

asoslari genetik modifikatsiya va genetik

materiallarni manipulyatsiya qilish bilan

bog'liq

bo'lib,

bu

texnologiya

genetik

materialni

o'zgartirish, bir organizmdan

boshqasiga ko'chirish va yangi xususiyatlar

yaratish imkonini beradi.Rekombinant DNK

texnologiyasining

mohiyati

va

ishlash

pprinsiplari Insulin genini klonlash va hujayra

ichiga kiritish jarayoni[3].

Rekombinant

DNK

texnologiyasi

yordamida insulin sintezi uchun quyidagi

asosiy bosqichlar amalga oshiriladi:

a) Insulin genining ajratilishi. Insulinni

kodlovchi gen (odatda insulinning alfa va beta

zanjirlarini

kodlovchi

qismlar)

odam

DNK'sidan ajratib olinadi.

b) Rekombinant vektor yaratilishi.

Insulin genini boshqa xujayralarga olib borish

uchun,

odatda,

bakteriogen

vektorlar

(masalan, plazmidlar) ishlatiladi. Bu vektorlar

genni o'z ichiga olib, mikroorganizmlarga

kirishi uchun ishlab chiqiladi.

c)

Transformatsiya.

Rekombinant

vektorlar, masalan, Escherichia coli (E. coli)

bakteriyalariga yoki maya xujayralariga

kiritiladi. Bu xujayralar endi insulin sintez

qilishga qodir bo'ladi.

d)

Insulin

ishlab

chiqarish.

Transformatsiya qilingan xujayralar o'stiriladi,

va ular insulin ishlab chiqara boshlaydi.

Olingan insulin miqdori va sifatini nazorat

qilish uchun turli xil laboratoriya usullari

qo'llaniladi.

e) Proteinni tozalash. Ishlab chiqarilgan

insulin tozalanadi va fermentativ yoki

kimyoviy usullar bilan chiqariladi.

Genetik muhandislik: Inson insulin

genini bakteriya (Escherichia coli) yoki

xamirturush

(Saccharomyces

cerevisiae)

hujayrasiga o‘rnatish. Hujayra madaniyati:

Genetik o‘zgartirilgan mikroorganizmlarni

bioreaktorda ko‘paytirish. Olingan mahsulotni

tozalash: Rekombinant insulin molekulalarini

ajratib olish va tozalash texnologiyalari[3,4].

Rekombinant

insulin

ishlab

chiqarishning afzalliklari. Tez va samarali

ishlab

chiqarish:

Rekombinant

DNK

texnologiyasi

yordamida

insulin

ishlab

chiqarish jarayoni ancha tez va samarali,

chunki mikroorganizmlar tez o'sib, katta

miqdorda insulin ishlab chiqarishi mmumkin

Yuqori sifat: Ishlab chiqarilgan insulinning

sifatini boshqarish va optimallashtirish oson.

Jahonda

keng

tarqalgan

qo'llanilishi:

Rekombinant

insulin,

diabetes

kasalligi

bo'yicha yuqori talabga ega bo'lib, uning


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

183

Universaljurnal.uz

ishlatilishi

dunyo

bo'ylab

kengaygan.

Hayvonlardan olingan insulinga nisbatan

yuqori xavfsizlik. Insulinning individual

muvofiqligi va yuqori tozaligi. Ko‘p miqdorda

ishlab chiqarish imkoniyati[4].

Sanoat va ijtimoiy ahamiyati. Insulin

ishlab chiqarishning diabet bemorlarining

hayot sifati va umr davomiyligiga ta’siri.

Rekombinant insulin ishlab chiqaruvchi

yetakchi kompaniyalar: Novo Nordisk, Sanofi,

Eli Lilly[5].

Rekombinant DNK texnologiyasining

asosiy bosqichlari:

-

DNK

fragmentlarini

aniqlash

va

ajratish.

-

Vektorlarni

tanlash

va

kiritish

(plazmidlar, viruslar).

-

Mezbon

hujayralarda

(bakteriya,

xamirturush

yoki

sutemizuvchilarning

hujayralari) ekspressiya.

-

Genetik

modifikatsiyalarning

ahamiyati.

Hayvonlardan olingan insulin bilan

solishtirish ,gigiyena ,allergik reaksiyalarning

kamayishi,Yetkazib

berishning

barqarorligi,Iqtisodiy va tibbiy ahamiyat,m

uammolar

va

cheklovlar,texnologiyaning

qimmatligi,mutatsiyalar va oqibatlari,kam

rivojlangan

davlatlarda

qo‘llanilish

imkoniyatlari,

kelajakdagi

istiqbollarni

yaratishdan iborat. Insulinning yangi sintetik

shakllari.Nanotexnologiya va insulin etkazib

berish usullari (masalan, insulin pompasi yoki

nanokapsulalar).Gen terapiyasi yordamida

diabetni davolash imkoniyatlarini yaratadi[6].

XULOSA

Rekombinant

DNK

texnologiyasi

yordamida insulin ishlab chiqarish zamonaviy

tibbiyotda ulkan yutuq hisoblanadi. Ushbu

texnologiya orqali diabet kasalligini samarali

nazorat qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lib,

kelajakda boshqa murakkab gormonlarni ham

shu usulda ishlab chiqarish ustida izlanishlar

davom etmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Watson, J. D., et al. (2007). Recombinant DNA: Genes and Genomes - A Short Course. Cold Spring

Harbor Laboratory Press.

2. Lodish, H., et al. (2021). Molecular Cell Biology. W.H. Freeman and Company.
3. Primrose, S. B., & Twyman, R. M. (2013). Principles of Gene Manipulation and Genomics. Wiley-

Blackwell.

4. Goeddel, D. V., et al. (1979). "Expression in Escherichia coli of a chemically synthesized gene for

human insulin." Proceedings of the National Academy of Sciences, 76(1), 106-110.

5. Walsh, G. (2005). "Biopharmaceutical benchmarks." Nature Biotechnology, 23(3), 255-260.
6. Scheller, J., et al. (2006). "Production of biopharmaceuticals and vaccines in plants." Biotechnology

Journal, 1(7‐8), 750-768.

7. Mirakbarova, Moxira, et al. "TENEBRIO MOLITOR LICHINKASIDAN OLINGAN YOG’NING

MIKROBIOLOGIK TAHLILI." Universal xalqaro ilmiy jurnal 1.2 (2024): 60-66.

Bibliografik manbalar

Watson, J. D., et al. (2007). Recombinant DNA: Genes and Genomes - A Short Course. Cold Spring Harbor Laboratory Press.

Lodish, H., et al. (2021). Molecular Cell Biology. W.H. Freeman and Company.

Primrose, S. B., & Twyman, R. M. (2013). Principles of Gene Manipulation and Genomics. Wiley-Blackwell.

Goeddel, D. V., et al. (1979). "Expression in Escherichia coli of a chemically synthesized gene for human insulin." Proceedings of the National Academy of Sciences, 76(1), 106-110.

Walsh, G. (2005). "Biopharmaceutical benchmarks." Nature Biotechnology, 23(3), 255-260.

Scheller, J., et al. (2006). "Production of biopharmaceuticals and vaccines in plants." Biotechnology Journal, 1(7‐8), 750-768.

Mirakbarova, Moxira, et al. "TENEBRIO MOLITOR LICHINKASIDAN OLINGAN YOG’NING MIKROBIOLOGIK TAHLILI." Universal xalqaro ilmiy jurnal 1.2 (2024): 60-66.