Mualliflar

  • Madina Bobonazarova
    Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti Tarix ta’lim yo’nalishi Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti 2- bosqich 2.23-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.65266

Kalit so‘zlar:

arxeologiya manba kashfiyot minora iqtisodiyot moddiy manbaa ma’naviy manbaa shaharsozlik

Annotasiya

Ushbu maqola O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar davri shaharlar tarixini o‘rganishda arxeologik tadqiqotlar, tarixiy ma’lumotlar, tarixiy manbalar, arab va xitoy manbalarining muhim o‘rin haqida. O‘rta asr shaharlarining rivojlanishi, ularning iqtisodiy va madaniy hayotdagi ahamiyati hamda sanoat va savdo yo‘llaridagi roli tahlil etiladi. Shaharlarning shakllanish omillari, geografik joylashuvi va ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi yoritilib, ularning savdo markazi sifatida tutgan o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, karvon yo‘llari, bozorlardagi faoliyat va hunarmandchilik markazlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada O‘rta asr shaharlarining mahalliy va xalqaro savdodagi o‘rni hamda ular orqali iqtisodiy aloqalarning kengayishi yoritilgan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

20

Universaljurnal.uz

Bobonazarova Madina Baxtiyor qizi

Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti

Tarix ta’lim yo’nalishi Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti

2- bosqich 2.23-guruh talabasi

Uzbekistan

bobonazarovamadina@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqola O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar davri shaharlar tarixini

o‘rganishda arxeologik tadqiqotlar, tarixiy ma’lumotlar, tarixiy manbalar, arab va xitoy manbalarining

muhim o‘rin haqida. O‘rta asr shaharlarining rivojlanishi, ularning iqtisodiy va madaniy hayotdagi

ahamiyati hamda sanoat va savdo yo‘llaridagi roli tahlil etiladi. Shaharlarning shakllanish omillari,

geografik joylashuvi va ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi yoritilib, ularning savdo markazi sifatida tutgan o‘rni

ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, karvon yo‘llari, bozorlardagi faoliyat va hunarmandchilik markazlari haqida

ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada O‘rta asr shaharlarining mahalliy va xalqaro savdodagi o‘rni hamda ular

orqali iqtisodiy aloqalarning kengayishi yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

arxeologiya, manba, kashfiyot, minora, iqtisodiyot, moddiy manbaa, ma’naviy

manbaa, shaharsozlik.

Аннотация:

в статье говорится о важном месте археологических, исторических данных,

исторических источников, арабских и китайских источников в изучении истории современных и

средневековых городов Центральной Азии. Анализируется значение средневековых городов в

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

O‘RTA ASR SHAHARLARI VA ULARNING SANOAT VA SAVDO YO‘LLARIDAGI RO‘LI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 2

Published: 10.02.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

2

1

экономической, экономической и культурной жизни, их роль на промышленных и торговых путях.

Выделены место образования, географическая структура и социально-экономическое положение

городов, рассмотрена их роль как торгового центра. , информация о караванных маршрутах,

рыночной деятельности и ремесленных центрах. В статье описывается роль средневековых городов

в международной и международной торговле и расширение экономических связей с ними.

Ключевые слова:

археология, ресурс, открытие, башня, экономика, материальный ресурс,

духовный ресурс, градостроительство.

Abstract:

The article discusses the important role of archaeological, historical data, historical

sources, Arabic and Chinese sources in the study of the history of the cities of Central Asia in the modern

and medieval periods. The article analyzes the importance of medieval cities in economic, economic and

cultural life, as well as their role in industrial and trade routes. The location of the formation, geographical

composition and socio-economic background of the cities are highlighted, and their role as trade centers is

considered. , caravan routes, information about activities in markets and centers of crafts. The article

discusses the role of medieval cities in international and international trade and the expansion of economic

relations with them.

Keywords:

archeology, source, discovery, tower, economy, material source, spiritual source, urban

planning.

Language:

Uzbek

Citation:

Bobonazarova , M. (2025). MEDIEVAL CITIES AND THEIR ROLE IN INDUSTRY

AND TRADE ROUTES. Universal International Scientific Journal, 2(2), 20–24. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1432

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14859137

Google scholar:

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=O%E2%80%98RTA+ASR+SHAHARLARI++VA+ULARNING+SANOAT+VA+SAVDO+YO%E2%80%98LLARIDAGI+RO%E2%80%98LI+++++++&btnG=

Kirish: Yurtimizda ilk shaharsozlik

asoslarining paydo bo‘lishi, shakllanish
bosqichlari asosan yozuvsiz davrlarga
to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinda arxeologik
ma’lumotlarning ahamiyati nihoyatda
ulkan bo‘lib, ilk shaharlar tarixini
yoritishda manbalar sifatida foydalanildi
va bundan tashqari shaharlar tarixini
yoritishda yurtimizga kelgan elchilar va
sayyohlarning yozib qoldirgan manbalari
haqida

yozilgan

kitoblar,

asarlar

mavzularni yoritishda muhim manba bo‘lib
xizmat

qiladi.

Shaharsozlik

madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi
tarixini

o‘rganishning

eng

asosiy

xususiyatlaridan yana biri shundaki,
sivilizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan yangi
shaharsozlik madaniyati markazlarining
turli hududlarda paydo bo‘lishi o‘zining
ahamiyatiga

ko‘ra,

jamiyat

rivojlanishining o‘zaro aloqalari va
umummadaniy

an’analarida

ham


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

22

kuzatiladi. Shaharlar tarixini o‘rganish
natijasida har bir hududda aholining
yashash tarzi va ularning mehnat faoliyati,
shaharning

iqtisodiy

va

madaniy

sohasidagi

yutuqlarni,

avlodlarga

qoldirilgan moddiy va ma’naviy boyliklar
haqidagi

ma’lumotlarni

ko‘rishimiz

mumkin. Talabalarda Vatanimiz tarixiga
oid bilim va ko‘nikmalarini yanada
shakllantirish uchun mavzuni yoritishda
davlatchilik va shaharsozlik madaniyati,
toponimik,

etnologik,

etnografik,

arxeologik, numizmatik ma’lumotlarga
tayanib

shaharlar

tarixini

batafsil

yoritishda

ularning

xronologiyasiga

alohida e’tibor qaratildi. Xullas, oliy o‘quv
yurtlari “Arxeologiya” ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun
mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanma
O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar
davri urbanizatsiya jarayonlari va uning
tarixiy bosqichlari bo‘yicha nazariy hamda
amaliy bilimlar berib, fan bo‘yicha
mustahkam ko‘nikma va malakaga ega
bo‘lishga ko‘maklashadi. Berilgan har bir
mavzu so‘nggida nazorat savollari va test
topshiriqlari talabalarga mustaqil ravishda
fikr yuritishga, mavzu bo‘yicha olgan
bilimlarni takrorlash va mustahkamlashga
yordam beradi.

Shaharlarning

shakllanishida

savdo-sotiq rivoji ham muhim omillardan
hisoblanadi.

Janubiy

Turkmanistonda

eramizdan

avvalgi

IV-III

ming

-

yilliklardayoq dastlabki loydan yasalgan
g‘ildirakning paydo bo‘lishi, eramizdan
avvalgi III ming - yillik o‘rtalarida tuyaga,

ba’zan xo‘kizga qo‘shilgan to‘rt g‘ildirakli
aravalarning paydo bo‘lishi, eng qadimgi
savdo yo‘li-lazurit yo‘lining ham aynan
shu

davrda

paydo

bo‘lganligi,

transportning rivoji shaharlarga qishloq
xo‘jaligi markazi, shuningdek zaruriy
hamda

qo‘shimcha

mahsulotning

taqsimlovchi manzilgoh vazifasini bajarish
imkonini

yaratadi.

Shaharlarning

shaklanishida

diniy

tushunchalardagi

o‘zgarishlar ham sabab bo‘ladi. “Iloh”ga
va “Ilohlar”ga sig‘inishning paydo bo‘lishi
natijasida shaharlar nafaqat iqtisodiy, shu
bilan birga diniy markaz vazifasini ham
bajara

boshlaganlar.

Jarqo‘tondagi

ibodotxona

fikrimizning

dalilidir.

Shaharlarda shahar va yaqin atrofdagi
qishloqlar

aholisini

bosqinchilardan

himoya

qilish

maqsadida

mudofaa

inshootlari

quriladi.

Sopollitepadagi

murakkab mudofa inshoatlari ana shu
vazifalarni bajargan. “Sivilizatsiya” -
madaniyatdan farqli ravishda tarixiy
tushuncha bo‘lib, u kishilik taraqqiyotining
ma’lum

bosqichida

paydo

bo‘ladi.

“Sivilizatsiya” tushunchasi insonning
paydo bo‘lishi bilan, neolit revolyusiyasi
(ya’ni dehqonchilik va chorvachilikning
paydo bo‘lishi) bilan va urbanizatsiya
jarayoni bilan yoki davlatning paydo
bo‘lishi bilan bog‘liq. Sivilizatsiya
insoniyatning

texnik-texnologik

taraqqiyotdagi

yutuqlari,

ijtimoiy

hayotdagi chuqur o‘zgarishlarni aks
ettiradi.

Texnologik

taraqqiyotdagi

yutuqlari deganda: O‘rta Osiyoda sun’iy
sug‘orishga

asoslangan

dehqonchilik


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

2

3

rivoji,

hunarmandchilik

taraqqiyotida

bronzaning kashf etilishi, charxning kashf
etilishi, g‘ildirak va aravaning kashf etilishi
savdo-sotiqning rivojlanishi tushuniladi.
Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar mulkiy va
ijtimoiy tabaqalanishni, diniy tizim hamda
hashamatli me’morchilikning shakllanishi
tushuniladi. Eng qadimgi sivilizatsiyalar
Misr va Messopotamiya hududlarida
bundan 6-7 ming -yillar oldin paydo
bo‘lgan bo‘lsa, O‘rta Osiyo xalqlari o‘z
sivilizatsiya bosqichiga bronza davrida 3-
3,5 ming -yil avval o‘tganlar. Turkiston va
O‘zbekistnnning janubida ilk shaharlar
eramizdan avvalgi III-II ming - yillikda
paydo bo‘lgan 12 bo‘lsa, O‘rta Osiyoning
shimoliy-sharqiy

hududlarida

bir

oz

kechroq, eramizdan avvalgi I ming - yillik
boshlarida paydo bo‘ladi. Buning asosiy
sababi, bizning nazarimizda, O‘rta
Osiyoning

shimoliysharqida

ishlab

chiqarish

rivojining

nisbatan

sust

borganligi bilan bog‘liq. Ilk shaharlar
hayot tarziga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
Namozgohtepa - Turkistonning janubidagi
qadimgi Parfiya hududidagi eng yirik ilk
shahar. Uning maydoni 70 gektarni tashkil
etadi. Er. avv. IV-II ming - yilliklarga oid
yodgorlik. Ko‘p xonali uylardan iborat.
Uylarning devori xom g‘ishtdan qurilgan.
Har bir uy o‘zining kichik hovlisiga ega.
Xonalarning ko‘pi to‘g‘ri burchak shaklida
qurilgan. Ular ichida supalar va o‘choqlar
bo‘lgan, devorlariga tokchalar o‘rnatilgan
bo‘lgan. Namozgohtepa sopol idishlari
rangli va naqshlidir. Naqshlar ichida
o‘simliklar va hayvonlar rasmlari uchraydi.

Rivojlangan bronza davriga kelib (er. avv.
III- ming - yillik o‘rtalarida- II-ming -
yillik birinchi yarmi) Nomozgohtepada
sopol idishlar charxda yasala boshlagan va
ikki yarusli xumdonlarda pishirilgan.
Kulolchilik charxi O‘rta Osiyoda birinchi
bor aynan shu yerda -Turkmanistonning
janubida paydo bo‘lgan. Jarqo‘ton -
Surxondaryo viloyatining Sherobod shahri
yaqinida bo‘lgan. Maydoni 100 gektar.
Eramizdan

avvalgi

2

ming

-yillik

o‘rtalariga oid. Yodgorlik akademik
A.Asqarov

boshchiligidagi

olimlar

tomonidan o‘rganilgan. Yodgorlik uch
qismdan iborat: 1. Ark-5gektarni tashkil
qilgan. Mudofaa devorlari bilan o‘rab
olingan. Bu yerda saroy qoldiqlari ochib
o‘rganilgan. U kvadrat shaklida(o‘lchami
36x 36 metrga teng) bo‘lib, atrofi qalinligi
4,5 metr bo‘lgan mudofaa devori bilan
o‘rab olingan. Arkka maxsus darvoza
orqali kirilgan.

Afrosiyob - er.avv. VI asrda paydo

bo‘lgan. Hozirgi Samarqandning shimoli-
sharqiy qismida joylashgan. Er.avv. I ming
- yillik o‘rtalarida shahar 219 gektarni
tashkil etgan. Shahar dastlab tuproq bilan
o‘rab olingan bo‘lgan. Keyinchalik, xom
g‘ishtdan qurilgan devor bilan o‘rab
olingan. Devorning ma’lum joylarida o‘q
otish uchun mo‘ljallangan shinaklar
bo‘lgan. Shaharning shimoliy qismida ark
joylashgan bo‘lib, bu qism qo‘shimcha
ravishda

mustahkamlangan

bo‘lgan.

Afrosiyob ilk bor yozma manbalarda 14
Marakanda

nomi

bilan

Aleksandr

Makedonskiy bosqini bilan bog‘liq


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

2

4

voqealar munosabati bilan tilga olinadi.

Qiziltepa - er. avv. VIII-VII asrlarda

aholi manzilgohi sifatida paydo bo‘ladi. Er.
avv.VI asrda mudofaa devori bilan o‘rab
olingan. Shahar ushbu davrda to‘rtburchak
ko‘rinishga ega bo‘lib, umumiy maydoni
30 gektarni tashkil etgan. Shaharning
janubiy-g‘arbiy qismida ark joylashgan.
Uning maydoni 2 gektarni tashkil etadi.

XULOSA: Xulosa qilib aytadigan

bo’lsak,Talabalarda Vatanimiz tarixiga oid
bilim

va

ko‘nikmalarini

yanada

shakllantirish yoritishda davlatchilik va
shaharsozlik

madaniyati,

toponimik,

etnologik,

etnografik,

arxeologik,

numizmatik

ma’lumotlarga

tayanib

shaharlar

tarixini

batafsil

yoritishda

ularning xronologiyasiga alohida e’tibor
qaratishdir.Negaki, o’z tarixini bilmagan
insonning kelajagi ham bo’lmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Ravshanov R. Naxshab va Kesh tarixi manbalari. Qarshi, Nasaf, 2005
2. O‘zbekiston Miliy Ensiklopediyasi.T .8.T. O‘zM.E nashriyoti. 2006.
3. History of civilizations of Central Asia. UNESКO publishing. 1996.
4. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 1- жилди. “Ўзбекистон миллий энци-

клопедияси Давлат нашриёти”, Тошкент. 2000.

5. Хатамова М. Ўзбекистон шаҳарлари VI-VIII асрларда. Тошкент, 2017.
6. Akhmedova, V. T. (2024). LIFE STRATEGY OF UZBEK WOMEN: FAMILY AND

LABOR RELATIONS. Confrencea, 2, 66-69.

7. Maxmudova, M., & Vaziraxon, A. (2022, November). TAYANCH–HARAKATI

A’ZOLARI FALAJLANGAN BOLALAR LUG’ATINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI.
In Conference Zone (pp. 259-263).

8. Tursunboyevna, A. V. (2023, December). METHODS OF SPEECH SKILLS

FORMATION IN THE DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH. In
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ON" MODERN
EDUCATION: PROBLEMS AND SOLUTIONS" (Vol. 2, No. 12, pp. 472-479).

9. Vazira, A. (2023). Methodical recommendations for bartending speech defects in

children with paralysis of the members of the base movement. Confrencea, 3(03), 26-27.

10. Sobirkhanovna, M. M., & Vazirakhan, A. (2023). EFFECTIVE ORGANIZATION

OF CORRECTIONAL-LOGOPEDIC WORK IN CHILDREN WITH CEREBRAL
PALSY. Open Access Repository, 4(3), 134-141.

Internet resurlari:
1.w.w.w.ziyonet.uz
2.w.w.w.tdpu.uz
3.w.w.w.history.ru

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари