Mualliflar

  • Zokir Hayitov
    Alfraganus universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.71690

Kalit so‘zlar:

Gidrotaran taʼminot quvur bosim klapan zarba klapan

Annotasiya

Jahon  bo‘ylab,  sayyoramizning  turli  burchaklarida  energiya  va  resurslarni  tejashga yordam beradigan texnologiyalardan foydalanishlarni uchratish mumkin. Bunda ushbu texnologiyalarning  ko‘pi  asrlar  davomida  qo‘llanilib,  avloddan- avlodga  o‘tib  kelmoqda. Insoniyat hayoti uni o‘rab turgan tabiiy muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, buni tasdiqlaydigan manbalar har qadamda uchrab turadi. Jahon ko‘lamida jadal surʼatlar bilan kechayotgan fan-texnika inqilobi odamlarning mehnat sharoiti, turmush darajasi yaxshilanishiga ijobiy taʼsir etish bilan birga u tug‘dirgan ekologik o‘zgarishlar, o‘z navbatida, insoniyatga, uni o‘z bag‘rida saqlayotgan ona tabiatga asoratli taʼsir ko‘rsatmoqda


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

21

Universaljurnal.uz

Hayitov Zokir Turaboеvich

Alfraganus universiteti

Uzbekistan

z.xayitov@afu.uz

Annotatsiya.

Jahon bo‘ylab, sayyoramizning turli burchaklarida energiya va resurslarni tejashga

yordam beradigan texnologiyalardan foydalanishlarni uchratish mumkin. Bunda ushbu texnologiyalarning

ko‘pi asrlar davomida qo‘llanilib, avloddan- avlodga o‘tib kelmoqda. Insoniyat hayoti uni o‘rab turgan

tabiiy muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, buni tasdiqlaydigan manbalar har qadamda uchrab turadi. Jahon

ko‘lamida jadal surʼatlar bilan kechayotgan fan-texnika inqilobi odamlarning mehnat sharoiti, turmush

darajasi yaxshilanishiga ijobiy taʼsir etish bilan birga u tug‘dirgan ekologik o‘zgarishlar, o‘z navbatida,

insoniyatga, uni o‘z bag‘rida saqlayotgan ona tabiatga asoratli taʼsir ko‘rsatmoqda.

Kalit so‘zlar:

Gidrotaran, taʼminot quvur, bosim klapan, zarba klapan.

Аннотация:

По всему миру, в разных уголках планеты можно найти применение

технологиям, помогающим экономить энергию и ресурсы. Многие из этих технологий

использовались на протяжении веков и передавались из поколения в поколение. Жизнь человека

неразрывно связана с окружающей природной средой, и источники, подтверждающие это, можно

встретить на каждом шагу. Научно-техническая революция, происходящая быстрыми темпами в

мировом масштабе, положительно влияет на улучшение условий труда и уровня жизни людей, а

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

GIDROTARANNING ISH SIFATINI OSHIRISH

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 3

Published: 03.03.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

22

вызванные ею экологические изменения, в свою очередь, оказывают сложное воздействие на

человечество и мать-природу, которая держит его в своем лоне.

Ключевые слова:

Гидравлический насос, подводящая труба, напорный клапан, ударный

клапан.

Abstract:

Around the world, in different corners of our planet, one can find the use of technologies

that help save energy and resources. Many of these technologies have been used for centuries and have

been passed down from generation to generation. Human life is inextricably linked with the natural

environment surrounding it, and sources confirming this are found at every step. The scientific and

technological revolution that is taking place at a rapid pace on a global scale has a positive impact on the

improvement of people's working conditions and living standards, but the ecological changes it has caused,

in turn, have a complex impact on humanity and on Mother Nature, which supports it.

Keywords:

Hydropower, supply pipeline, pressure valve, shock valve.

Language:

Uzbek

Citation:

Hayitov , Z. (2025). IMPROVING THE QUALITY OF HYDROTARAN’S WORK.

Universal

International

Scientific

Journal,

2(3),

21–25.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1461

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14986073

Kirish:

Mamlakatimizdagi

sug‘oriladigan yerlarning ko‘pgina qismiga

suv ko‘tarish orqali suv yetkazib beriladi.

Buning uchun ulkan sondagi davlat

nasoslari qo‘llanib kelinmoqda. Shulardan

ko‘pchiligi yerdan suv ko‘tarib beradi. Shu

maqsadda yangi mexanizimlarni ishlab

chiqish va qo‘llash zaruriyati paydo

bo‘lmoqda. Suv ko‘tarish qurilmalarining

turli xil mexanizmlari mavjud. Buning

uchun katta miqdorda energiya talab

etiladi. Odatdagi nuqtai nazarga ko‘ra

suvning potensial energiyasini kinetik

energiyaga o‘zgarishi o‘z-o‘zidan amalga

oshadi. Buning uchun daryo o‘zani

balandliklarining

tabiiy

farqidan

foydalanish yoki mumkin bo‘lgan joylarda

shunday farqni sunʼiy yaratish kifoyadir.

Tushayotgan

suvdan

foydalanishga

asoslangan energiyani o‘zgartirishning

maʼlum usulida shunday oddiy va tabbiy,

tashqi energiya qo‘llamasdan suvni

yuqoriga ko‘tarishga imkon beruvchi

energiyani o‘zgartirib, avtomatik ishlovchi

nasoslarga

ehtiyoj

seziladi.

Bunday

nasoslar ancha ilgari ixtiro qilingan.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

2

3

Gidrotaran ish unumdorligi undagi zarb

jarayoniga bog‘liq. Suvdagi zarb jarayoni

sodir bo‘lishi kavitasiyaga sabab bo‘luvchi

omillar, yaʼni suvdagi uzluksizligining

buzilishi, suvdagi qovushqoqlik sabab

bo‘ladi. Gidrotaranda yuqoridagi omillar

zarb jarayonini yuzaga keltiradi. Real

suyuqliklarning harakati o‘rganilayotganda

ichki

ishqalanish

kuchini,

yaʼni

qovushqoqligini eʼtiborga olish shart.

Chunki qovushqoqlik haraktdagi real

suyuqlikning asosiy xossasi hisoblanadi.

Agar biror aniq yo‘l, yopishqoqligi

kam bo‘lgan suyuqlikning haqiyqi oqishini

yopishqoqlik

mutlaqo

bo‘lmagan

moddaning, yaʼni ideal suyuqlikning oqishi

bilan

taqqoslansa,

yuqorida

aytilgan

haqiyqi oqish manzarasi (uyurmalar hosil

bo‘lganligi) ideal suyuqlikning oqish

manzarasidan butunlay farq qiladi. Biroq

bu yerda asosiy farq suyuqliklarda

uyurmalar

mav-judligi

emas,

ideal

suyuqliklarda ham uyurmalar mavjud

bo‘libgina qolmay, ular yopishqoqligiga

kichik

suyuqliklardagi

uyurmalarga

o‘xshaydi. Farq faqat shundaki, birinchi

holda ular absolyut turg‘un, ikkinchi holda

ular asta sekin tormozlanadilar va natijada

ularning energiyasi molekulyar issiqlik

harakt energiyasiga aylanadi.

Ulardagi asosiy farq uyurmalarni

yuzaga

keltiruvchi

sharoitlardadir.

Yopishqoqligi eng kichiq suyuqlikda

maʼlum harakat tezliklarida uyurmalar

hosil bo‘lsa, ideal suyuqliklarda ular

yuzaga kelmagan bo‘lar edi. Binobarin,

yopishqoqlik qanchalik kichik bo‘lmasin,

qattiq jismni aylanib oquvchi suyuqlik

oqimida yopishqoqlik kattaroq (effektiv)

taʼsir ko‘rsatadigan joylar bo‘ladi. Bir-

biriga juda yaqin qatlamlarning tezliklari

kattalik jihatdan keskin farq qiladigan,

tezlik gradiyenti juda katta va shuning

uchun ishqalanish kuchi ham katta bo‘lgan

joylar ana shunday soxa bo‘lishi mumkin.

Yuqorida aytilganlaridan masalaning asl

mohiyati suyuqlik chegara qatlamining,

yaʼni suyuqlik aylanib oqayotgan jismning

sirtiga tegib turgan qatlamning tabiatiga

bog‘liq degan xulosa chiqadi. Uzluksizlik

jarayonida

gidravlik

yo‘qotishlar

ahmiyatli. Bu esa, to‘g‘ri zarb asosida

ishlovchi gidrotaranda uzunlik bo‘yicha

yo‘qotish va mahalliy yo‘qotishlar zarb

hosil bo‘lishini yuzaga keltiradi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

2

4

Gidrotaran zarb yo‘nalishlari sodir

bo‘lishiga,

zarb

klapanlarining

konstruksiyasiga

qarab

farqlanadi.

Ananaviy gidrotaranlardan farqli, to‘g‘ri

zarb asosida ishlovchi gidrotaranning

konstruksiyasini taklif etmoqdamiz (1-

rasm). Ish unumdorligi birmuncha past

bo‘lsada, bunday konstruksiyada suv isrofi

bo‘lmaydi. Bunday konstruksiyada

quvurlardagi kavitasiya quvur uzunligiga

bog‘liq

deb

sanaladi.

Amalda

qovushqoqlik

suvning

turbulentligiga

bog‘liq bo‘lib, suvning silindrik quvurdagi

harakat

uzunligiga

bog‘liq

bo‘ladi.

Gidrotaran

ish

prinsipi

qisqacha

aytiladigan bo‘lsa suvdagi uzluksizlikning

buzilishi, ulardagi erigan gaz pufakchalari

sababligidir. Suvda erigan gazlar ajralib

chiqishi yuqori bosim yoki past

temperatura sabablidir. Buning miqdorini

oshirish uchun ushbu (1-rasm) quyidagi

konstruksiya asosida amalga oshirish

mumkin.

1-rasm.

Suvdagi

uzluksizlikni

oshirish

uchun

taklif

etilayotgan

konstruksiya.

1-suv ombori. 2-zarb klapani, 3-bosim

klapani, 4-suv ustuni, 5-elektroliz vanna, 6-
havo qalpog‘i, 7-chiqish suv quvri.

Rasmda ko‘rsatilgan 4-suv ustuni

yuqori bosim hosil qilish uchun qo‘yilgan.

Uning pastidagi 3-bosim klapani pastga

suv bosimi taʼsirida ochiq va pastga

uzluksiz qo‘shimcha bosim berib turadi.

𝑃 = 𝜌𝑔ℎ

(1)

Tinch turgan suyuqlikdagi bosim

ikkita asosiy xossaga ega: birinchi xossasi

gidrostatik bosim o‘zi taʼsir qilayotgan

yuzaga normal bo‘yicha yo‘naladi.

Ikkinchi xossasi –gidrostatik bosim, u

taʼsir

qilayotgan

nuqtada

hamma

yo‘nalishlar bo‘yicha bir xil qiymatga ega.

(Buni isbotlash mumkin emas) 5-elektroliz

vanna biriktirilgan. Elektroliz taʼsirida N

2

va O

2

gazlari uzluksiz tarzda ajralib turadi

va yuqoridagi suv ustuni usti tomoniga

harakatga qiladi (Elektroliz natijasida 1gm

suvdan taxminan 1,9 l umumiy gaz ajralib

chiqadi). Bu gazlar 3-bosim klapaniga

yetib kelgunga qadar erishi natijasida,

uning qisqargan hajmi o‘rnida, suvda

gidrozarba yuzaga keladi. Natijada 3-


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

2

5

bosim klapani zarbni yuqoriga, 2-zarb

klapani orqaga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Natijada zarb havo qalpog‘i ostiga

haydaladi. Buning bo‘shagan o‘rniga suv

manbaidan taʼminot quvuri orqali suv

harakati yuzaga keladi. Bu harakat suv

qovushqoqligi, turbuliyentligini oshiradi,

qo‘shimcha kavitatsiya yuzaga keladi. Bu

jarayon

uzluksizligini

elektroliz

vannasidan

ajralib

chiqayotgan

gaz

taʼminlab turadi.

Xulosa

.

Gidrozarb

jarayonini

oshirishda

elektrolizning qo‘llanilishi butunlay yangi

konstruksiya hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1.

Energiya sarflamaydigan suv ko‘taruvchi qurilmalar. S.Saidxodjayev,

N.Saidxodjayeva, B.Abduraxmonov. «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi» jurnali 2008 yil 8-
son, Avgust.

2.

Gidrotarannaya nasosnaya ustanovka dlya podnyatiya vodi. S.A.Saidxodjayev

3.

Chistopolskiy S. D., Gidravlicheskie taranы, M. — L., 1936;

4.

Ovsepyan V. M., Gidravlicheskiy taran i tarannыe ustanovki, M., 1968.

Bibliografik manbalar

Energiya sarflamaydigan suv ko‘taruvchi qurilmalar. S.Saidxodjayev, N.Saidxodjayeva, B.Abduraxmonov. «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi» jurnali 2008 yil 8-son, Avgust.

Gidrotarannaya nasosnaya ustanovka dlya podnyatiya vodi. S.A.Saidxodjayev

Chistopolskiy S. D., Gidravlicheskie taranы, M. — L., 1936;

Ovsepyan V. M., Gidravlicheskiy taran i tarannыe ustanovki, M., 1968.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари