“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
226
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TABIATSHUNOSLIK FANINING
O‘QITISH METODLARI
Durdona Kamolova Shamsiddin qizi,
Oybek Olimov Baxromjon o‘g‘li.
ADPI, Tabiiy fanlar fakulteti, Geografiya va
iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo‘nalishi 2- bosqich
talabalari.
Annotatsiya
: Ushbu maqolada maktabgacha yosh davri bolalari orasida
tabiatshunoslik, geografiya kabi fanlarni o‘qitilishi, ularni ushbu fanlarga qiziqtirish usullari
haqida ma’lumot keltirilgan. Bundan tashqari, maqolada tabiatshunoslik va geografiya
fanlarini o‘qitish metodlari haqida ham ma’lumot taqdim etiladi.
Kalit so‘zlar:
Metod, maktabgacha yosh davri, Venn diogrammasi, qonun, kadr, play-
way metodi, interfaol.
Maktabgacha yosh davri
asosan 3-7 yosh oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida
juda tez o‘zgarishlar bo‘lishini inobatga olgan holda 3-davrga: (3-4 yosh) kichik
maktabgacha davr, (4-5 yosh) o‘rta maktabgacha davr, (6-7 yosh) katta maktabgacha davr
kabilarga ajratish mumkin. Aynan o‘rta va katta maktabgacha yosh davrida tabiatshunoslik
fanining o‘qitilishi, bolalarda tabiatga bo‘lgan munosabatni shakllanishining dastlabki ilk
bosqichi bo‘lib, bu yoshdagi bolalarda tabiat to‘g‘risidagi bilimlar tarkibiga jonsiz tabiat,
jismlar va hodisalar, o‘simlik va hayvonlar, odam tanasining tuzilishi va salomatligini
muhofaza qilish, yilning har xil fasllarida qishloq xo‘jaligi mehnati to‘g‘risida tasavvur va
tushunchalar, bundan tashqari oddiy geografik hodisalar kabi tushunchalar ham kiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatlari- o‘yin, rasm chizish, plastilin yoki
yoldan biror narsa yasash, applikatsiya va shu kabilardan iborat bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun interfaol 78ata 78z 78ic texnologiyalarni
joriy etish asta-sekin amalga oshiriladigon jarayon, bu albatta, maktabgacha yoshdagi
bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Bugun yurtimizdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bir necha interfaol texnologik
mashg‘ulotlardan foydalaniladi. Misol uchun, "Kichik guruhlarda ishlash (Troika)" ushbu ish
texnologiyasining qo‘llanilishi barcha bolalar asosida ishlash imkonini beradi. Maktabgacha
yosh davri bolalari uchun "Venn diagrammasi" metodining sodda variantidan foydalanish
maqsadga muvofiq. "Venn diagrammasi" metodi ikki yoki undan ortiq tushuncha va
obe’yktlarni o‘zaro taqqoslash va natijani chizmada tasvirlash uchun xizmat qiladi. U mantiq
nazariyasi bilan shug‘ullanadigan Jon Venna (1834-1923) nomi bilan atalgan. U odatta ikkita
aylanadan iborat bo‘lib, har bir aylana biror bir ob’yektning xususiyatlari to‘plamini
belgilaydi. Ikki ob’yektning o‘xshash bir xil xususiyatlar bor bo‘lsa, bu ob’yektlarni
tasvirlovchi aylanalar bir-biri bilan kesishadi. Agar ularning bir xil, o‘xshash xususiyatlari
yo‘q bo‘lsa bu aylanalar o‘zaro kesishmaydi. Ikki aylana uchun umumiy bo‘lgan kesishish
sohasida ularning bir xil o‘xshash xususiyatlari, qolgan sohalarda esa obektlarning bir -
biridan farqli xususiyatlari joy oladi. "Venn diagrammasi" metodidan foydalanishdan
ko‘zlangan maqsad bolalarda ikki va undan o‘rtiq predment va tushunchalarni taqqoslashda,
ularning farqli va umumiy tomonlarini aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam
beradi.
Play-waymetodi
. O‘yin-kulguga asoslangan. Maktabgacha ta'lim jarayoni uchun juda
samarali medot hisoblanadi. Aynan shu yoshdagi bolalarning ham asosiy faoliyati o‘yin
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
227
jarayoni bilan bog‘liq. Tabiatshunoslik fani to‘g‘risida bolarda dastlabki tasavvurlarni hosil
qilishda aynan shu metoddan foydalanish qulay. Misol uchun tabiatda bo‘ladigan turli
hodisalar ya'ni ob-havo to‘g‘rida bolalarga ma'lumot berishda ularning hatti-harakatlari
asosida tushuntirib berish mumkin.
Aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim bosqichi bola rivojlanib, barkamol shaxs
bo‘lishida ilk poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan aynan shu bosqichdan boshlab
bolalarga darsliklarning dastlabki tushunchalari berib borilishi maqsadga muvofiq. Xususan
geografiya fani haqida bolalarda eng zarur ko‘nikmalar, tushunchalar bo‘lishi kerak. Chunki
geografiya o‘zimiz yashaydigan butun borliq haqidagi fandir. Bolalarni geografiya faniga
qiziqtirishda, ushbu fan to‘g‘risida yetarlicha bilim, ko‘nikma va malakalarni maktabgacha
ta'lim davridan shakllantirish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Шерзод
Иброим
Ўғли
Иброимов
(2020).
География
дарсларида
талабалар
билимини
назорат
қилиш
усуллари
. Academic research in educational sciences, (4), 412-
417.
2.
Фуркат
Туракулович
Ражабов
, &
Азиза
Абдуллаевана
Олимова
(2020).
Таълим
муаммолари
ечимида
инновацион
кластернинг
аҳамияти
(
география
таълими
мисолида
). Academic research in educational sciences, (3), 697-702.
3.Tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilar tasavvur va tushunchalarini shakllantirish
hamda rivojlantirish o‘quv qo‘llanma. F.Xalilova.2021.
