“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
278
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TABIIY GEOGRAFIYA BOSHLANG‘ICH
KURSINING TUTGAN O‘RNI VA ISTIQBOLLARI
Oybek Olimov Baxromjon o‘g‘li,
Durdona Kamolova Shamsiddin qizi,
ADPI, Tabiiy fanlar fakulteti, Geografiya va
iqtisodiy bilim asoslari ta’lim
yo‘nalishi 2- bosqich talabalari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktab tizimida tabiiy geografiya boshlang‘ich
kursining o‘qitilishi va o‘quvchilarda ushbu fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish chora
tadbirlari yoritib berilgan. Bundan tashqari tabiiy geografiya boshlang‘ich kursining o‘qitish
istiqbollari ham yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
o‘qitish istiqbollari, chora-tadbir, tizim,
Har bir fanni rivojlantirish va uning ko‘lamini kengaytirish, ushbu fanni ko‘p jihatdan
o‘qitilishiga bog‘liq. Shu ma’noda tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida ham yangicha
usullaridan foydalanish ta’lim sohasidagi va bugungi kundagi eng muhim vazifalardan biri
ekanligini hisobga olsak, bu kabi jihatlarga oddiy hol sifatida qarashning o‘zi kifoya. Bu
o‘rinda tabiiy geografiya boshlang‘ich kurslarida badiiy usuldan foydalanish orqali
mavzularni har tomonlama o‘quvchilarga oson, sodda va tushunarli tarzda yetkazish
mumkin.
Avvalambor, badiiy ijod deganda, tabiiy
geografiya boshlang‘ich kurslariga tegishli bo‘lgan asardan parcha, hikoya yoki sherni
tushunish mumkin. Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida badiiy ijoddan foydalangan holda
dars o‘tishning bir qator o‘ziga hos jihatlari va hususiyatlari mavjud va bular:
1.
O‘quvchilarda tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi darsliklaridagi
mavzularni, geografik tushunchalarni sodda, ravon va tushunarli holatda yetkazishni
ta’minlash;
2.
O‘quvchilarning nutq ravonligini oshirish, yodda saqlab qolish qobiliyatlarini
kuchaytirishga xizmat qilish;
3.
Dars mashg‘ulotlari jarayonida mavzular bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida
o‘ziga xos raqobatni vujudga keltirish, shu orqali ularni mavzularga oid tushunchalarni
mustahkamlash;
4.
Mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishlariga yordam berish.
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi darslarida badiiy ijod namunalaridan foydalanish
, zamon ta’labidan kelib chiqgan holda, dars o‘tish jarayoniga yangicha yondashish
kerakligini yana bir bor isbotlaydi. Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi darsliklarida
keltirilgan badiiy ijod namunalari va u orqali berilgan ma’lumotlar hayotiyligi bilan birga,
o‘quvchilarga go‘yoki voqea va hodisalarning aynang o‘zini ko‘z oldida gavdalantirib
beradi. Bu bilan har bir o‘quvchi ozi ushbu voqea va hodisalarni chuqur anglab, geografik
mavzularni tushunib olishlari oson bo‘ladi. Hayotga boglab o‘tilgan xar qanday mavzu
o‘quvchilar ongida muhrlanib qoladi va uni yodlab olishlari xam juda tez kechadi. Shu bilan
tabiiy geografiya boshlang‘ich kurslariga badiiylikni bog‘lab dars jarayonlarini olib borish
o‘quvchilar ongiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
Sobirxonov A.T. Tabiiy geografiya kursida mavzularni yoritishda badiiy
metoddan foydalanish (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) – T,:”Turon zamin ziyo” 2015. 32-33
b.
2.
Nabixonov M. Tabiiy geografiya darslarida qo‘shimcha badiiy adabiyotlardan
foydalanish ahamiyati. 1968. 17 b.
