“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
77
ABU NASR FAROBIYNING TA'LIM-TARBIYAGA OID FIKRLARINING
BUGUNGI KUNDAGI DOLZARBLIGI
Inomjonova Muhtasar Muhiddin qizi
ADPI, Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya
yo‘nalishi 202-guruh talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Abu Nasr Farobiyning ma’rifatparvarlik uning
chuqur falsafiy kuzatishlari asosida yaratilgan asarlaridagi pedagogik qarashlari fikr va
g
ʻ
oyalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
ta'lim tarbiya, axloq, shaxs, xarakter, komillik, aql-zakovat,
individuallik, dunyoviy ilm, «Fozil odamlar shahri», inson, jamiyat.
Abu Nasr Farobiy (873-950) o‘rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, falakiyot,
tabobat, musiqa, tilshunoslik, falsafa sohalarida ijod qilgan qadimgi yunon falsafasining
Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ‘ibotchisidir. U Sirdaryo bo‘yidagi O‘tror (Forob)
shahrida tug‘ilgan.U Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o‘rganish
bilan shug‘ullandi. U o‘z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida
shuhrat qozondi. U “Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o‘rganish kerak”,
“Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi. [1]
Farobiy yosh avlodni kamolga yetkazishda u yashayotgan jamiyatdagi muhit, hayotiy
tajriba, ta'lim-tarbiyaning ta'siri va bu ta'sir natijasida ular o‘zlaridagi ijobiy yoki salbiy
xislat-fazilatlarni namoyon qilishlarini aytadi. “Insonlar tug‘ilganda kamolotli bo‘lib
tug‘ilmaydi, ularni orasida aslida farq ham bo‘lmaydi, ularning xulqi, faoliyati, hayoti
o‘xshash bo‘ladi, keyinchalik esa o‘zgaradi, ya'ni ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda
odamlar ming yillardan beri amal qilib kelayotgan qadriyatlarni va me'yorlarni qabul
qiladilar.Farobiy ta'lim tarbiyaga bag‘ishlagan asarlarida ta'lim- tarbiyaning muhimligi, unda
nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil
odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql
ma'nolari to‘g‘risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Farobiy o‘z ishlarida ta'lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta'lim bergan bo‘lsa
ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o‘z o‘rni va xususiyati bor ekanligini
alohida takidlaydi. [1]
Farobiy insonning ma'naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aql-idrok ongiga
va axloqiga e'tibor beradi. Shuning uchun ta'lim- tarbiya uning fikricha aqliy tomondan ham,
axloqiy tomondan ham yetuk qilib yetishtirishga qaratilmog‘i lozim. Ta'lim tarbiya
jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat, odatiy malaka, faoliyat birlashib boradi,
yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi.Farobiy o‘z qarashlarida
insonning aqliy va axloqiy jihatlariga alohida e'tiborini qaratadi va u “Fozil odamlar shahri”
asarida o‘n ikki tug‘ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli inson bo‘la olishini ta'kidlaydi.
Bular quyidagilar: “Birinchidan bunday odamning barcha a'zolari mukammal taraqqiy etgan,
sog‘lom bo‘lish lozim; ikkinchidan, tez fahm so‘zlovchining maqsadini tez payqay oladigan
bo‘lsin; uchinchidan, xotirasi juda kuchli va mustahkam bo‘lsin; to‘rtinchidan, zehni tez va
o‘tkir bo‘lsin; beshinchidan, nutqi ravon, fikri teran, mulohazalarini yorqin bayon eta olsin;
oltinchidan, bilish va o‘rganishga ishtiyoqi baland bo‘lib, bilimlarini charchashni sezmasdan
o‘zlashtira olsin; yettinchidan, nafsini tiya oladigan, qimor o‘yinlaridan jirkanadigan bo‘lsin;
sakkizinchidan haqiqatni sevadigan bo‘lsin; to‘qqizinchidan g‘ururli va vijdonli bo‘lsin,
oliyjanob ishlarga intilsin; o‘ninchidan, mol-dunyo yig‘ishga berilmasin; o‘nbirinchidan,
adolatli bo‘lsin, odamlarni adolatga targ‘ib etadigan bo‘lsin; o‘n ikkinchidan, adolatli bo‘lsin,
ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o‘zbilarmonlikka berilmasin, lekin har
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
78
qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo‘lsin, o‘zi zarur deb bilgan narsasini amalga
oshirishda qat'iylik ko‘rsatsin, qo‘rqmas, jasur bo‘lsin, qo‘rqish va ojizlikni bilmasin”.[2]
Xulosa qilib aytganda Farobiyning pedagogik qarashlarida axloqiy tarbiyaning
ahamiyati, ta’lim-tarbiyaning o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuvi, insonning o‘z
imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish imkonini beradigan tarbiya va tarbiya usullari
kabi masalalar bayon etilgan.Farobiy ta’lim faqat bilimlar bilan cheklanib qolmasligini,
ta’lim jarayonida axloq va xarakterni rivojlantirish kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
g‘oyalarni ta’kidlab o‘tgan. Farobiyning pedagogik qarashlari bugungi kun ta’lim tizimida
muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://azkurs.org/abu-nasr-farobiyning-pedagogika-qarashlari.html
2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti, 1993.
3. Umarjonov, S. (2023). Analysis of the logical views of Fakhr al-Din al-Razi.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, (Special Issue),
73-80.
4. Yusupov E.Inson kamolotining ma
ʼ
naviy asoslari - Toshkent: Universitet, 1998. -
184 b.
5. Saifnazarov, I.S. (2023). Yassaviy merosi turkiy xalqlar ma'naviy hamjihatligini
ta'minlovchi omil sifatida. Ilmiy xabarnoma. Seriya: Gumanitar tadqiqotlar,
