Mualliflar

  • Muhtasar Inomjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Dilzoda Nabiyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74075

Kalit so‘zlar:

pedagog psixodiagnostika psixoprofilaktik tadbirlar psixokorrektsiya kasbiy deformatsiya

Annotasiya

Mazkur maqolada pedagoglarning kasbiy deformatsiyasi va bu
jarayondagi turli psixologik buzilishlarning kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish kabi
omillari keltirilgan


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

73

TALABALARNING KASBIY DEFORMATSIYASI VA

PSIXODIOGNOSTIKASINING MOSLASHUVINING JIHATLARI .

Inomjonova Muhtasar Muhiddin qizi

Nabiyeva Dilzoda Abduvohid qizi

ADPI Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi

2-bosqich 202-guruh talabalari

Annotatsiya:

Mazkur maqolada pedagoglarning kasbiy deformatsiyasi va bu

jarayondagi turli psixologik buzilishlarning kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish kabi
omillari keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

pedagog, psixodiagnostika, psixoprofilaktik tadbirlar, psixokorrektsiya,

kasbiy deformatsiya, psixalogik salomatlik.

Kasbiy deformatsiya (mehnatga moslashish, ko‘nikish) - bu shaxsning yangi mehnat

vaziyatini o‘zlashtirishining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda shaxs va mehnat muhiti bir-biriga
faol ta'sir ko‘rsatadi va moslashuvchi-moslashtiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ya'ni birinchi
tomondan shaxs muayyan mehnat jamoasining kasbiy va ijtimoiy-psixologik munosabatlari
tizimiga faol kirishib ketadi, o‘zi uchun yangi bo‘lgan ijtimoiy vazifalarni, qadriyatlar va
normalarni o‘zlashtirib oladi, o‘zining alohida tutgan yo‘lini tashkilot (mehnat jamoasi)ning
maqsad va vazifalari bilan moslashtiradi, bu bilan o‘zining xulqini mazkur ta'lim
muassasaning xizmat yo‘l-yo‘riqlariga bo‘ysundiradi. Ikkinchi tomondan shaxs o‘zida
avvaldan qaror topgan muayyan maqsadlar, qadriyatli muomala yo‘nalishiga ega bo‘ladi,
shularga muvofiq korxonaga bo‘lgan o‘z talablarini shakllantiradi. Shaxs va ta'lim
muassasasi o‘z talablarini amalga oshira borib, o‘zaro bir-birlariga ta'sir ko‘rsatadilar, bir-
birlariga moslashadilar, buning natijasida mehnatga moslashuv jarayoni amalga oshiriladi.

Deformatsiya tushunchasi, odatda, organizmga ta'sir etuvchi va unda muhim xarakter

xususiyatini hosil qiluvchi o‘zgarish sifatida talqin qilinadi. Ko‘pgina tadqiqotchilar "Inson-
Inson" tipidagi kasblarda kasbiy deformatsiyaning paydo bo‘lishi va shakllanishini
ta'kidlaydilar. Insonning muayyan mehnat muhitiga moslashuvi uning kundalik
muomalasida, mehnat faoliyatining aniq ko‘rsatkichlarida, mehnat samaradorligida, ijtimoiy
axborot va uning amalda ro‘yobga chiqarilishida, faollikda namoyon bo‘ladi. Mehnatga
moslashish birlamchi bo‘lishi (xodimning mehnat muhitiga kirishida) va ikkilamchi (kasbni
almashtirgan va almashtirmagan holda ish o‘rnini almashtirishida yoki muhitning jiddiy
ravishda o‘zgarishida) bo‘lishi mumkin. Ular murakkab tuzilishga ega bo‘lib, quyidagi
moslashuvlardan iboratdir:

1. Kasbiy moslashuv - shaxsning kasbiy ko‘nikmalar va malakalarni muayyan darajada

egallashida, unda ayrim kasbiy jihatdan zarur hislatlarning shakllanishida, xodimning o‘z
kasbiga nisbatan barqaror ijobiy munosabatda bo‘lishining rivojlanishida ifodalanadi. Kasb
sohasidagi ish bilan tanishuvida, kasb mahorati ko‘nikmalarini, funktsional vazifalarni sifatli
bajarishida va mehnat sohasidagi ijodkorlikda namoyon bo‘ladi.

2. Ijtimoiy-psixologik moslashuv - ta'lim muassasasining ijtimoiy-psixologik

xususiyatlarini o‘zlashtirishda, unda qaror topgan o‘zaro munosabatlar tizimiga kirishda,
uning a'zolari bilan o‘zaro ijobiy hamjihat bo‘lishda o‘z ifodasini topadi.

3. Ijtimoiy-tashkiliy moslashuv - ta'lim muassasasining tashkiliy tuzilishi, boshqaruv

tizimi va ishlab chiqarish jarayoniga, hizmat ko‘rsatish tizimini, mehnat va dam olish rejimini
o‘zlashtirishni bildiradi.

4. Madaniy-maishiy moslashuv - bu mehnat tashkilotidagi turmush xususiyatlari va

bo‘sh vaqtni o‘tkazish an'analarini o‘zlashtirishdir. Bu moslashuv xususiyati ishlab chiqarish


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

74

madaniyati darajasi, tashkilot a'zolarining umumiy rivojlanishi, ishdan bo‘sh vaqtdan
foydalanish xususiyatlari bilan belgilanadi.

5. Psixofiziologik moslashuv - bu xodimlar uchun mehnat vaqtida zarur bo‘ladigan

shart-sharoitlarni o‘zlashtirish jarayonidir.

Ushbu psixodiagnosnika moslashuv jarayonlarida shaxsning individual-tipologik

xususiyatlari, motivatsiyasi, yo‘nalganligi, emotsional-irodaviy jihatlari, ehtiyojlarining turfa
ko‘rinishga ega ekanligi pedagog shaxsida "Kuyish sindromi", ya'ni doimiy emotsional
zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan emotsional, jismoniy va aqliy to‘yinishni o‘zida
mujassamlashtirgan murakkab psixofiziologik fenomen vujudga kelishiga sharoit yaratadi.
Mazkur sindrom depressiv holat, charchoq hissi va loqaydlik, shijoat va entuziazmning
yetishmasligi, o‘z faoliyatining ijobiy tomonlarini ko‘ra olmaslik ishga va umuman hayotga
nisbatan munosabatda salbiy ustanovkalarda namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda pedagoglar
psixologik salomatligiga xavf soluvchi quyidagi omillarni sanab o‘tish lozim:

- pedagogik jamoadagi zo‘riqishlar va nizolar, jamoa tomonidan qo‘llab-

quvvatlanishning yo‘qligi;

- pedagoglarning o‘z ustida ishlashiga sharoit yaratilmaganligi va ta'lim novatsiyalarini

joriy etish muhitining yo‘qligi, faoliyatdagi bir xillik;

- pedagogik jamoa tomonidan yetarlicha e'tibor berilmasligi va tan olinmaslik;
- ta'limiy vositalarning tanqisligi tufayli zo‘riqish;
- o‘quvchilarning motivatsiyalashmaganligi natijasida kelajakni ko‘ra bilmaslik;
- pedagogning shaxsiy nizolari va noto‘liqlik hissi.
Muammolar aniqlangandan so‘ng, ushbu muammolarni tuzatishga va shaxsning kasbiy

faoliyatini yaxshilashga yordam beradigan psixokorreksiya usullarini qo‘llash mumkin. Bu
maslahat, terapiya, malaka oshirish mashqlari va shaxsning o‘ziga xos ehtiyojlariga
moslashtirilgan boshqa tadbirlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bo‘lajak pedagoglar nuqtai
nazaridan psixodiagnostika va psixokorreksiya ularga duch kelishi mumkin bo‘lgan har
qanday shaxsiy yoki kasbiy muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynashi mumkin, natijada
ularga yanada samarali va muvaffaqiyatli o‘qituvchilar bo‘lishga imkon beradi. Ta'lim
muassasalari bo‘lajak o‘qituvchilarining ruhiy salomatligi va farovonligini birinchi o‘ringa
qo‘yishlari muhim, chunki bu pirovardida ularning o‘quvchilariga taqdim eta oladigan ta'lim
sifatiga ta'sir qiladi.

Foydanilgan adabiyotlar

1. N.P.Anikeev Jamoada ruhiy muhit. T., "O‘qituvchi", 1993 y.
2. SH.A.Do‘stmuhammedova O‘qituvchilarning o‘quv faoliyatlarini boshqarish

psixologiyasi. T., 2000

у

.

3. Z.T.Nishanova Psixologik xizmat. T., 2015

у

.

Bibliografik manbalar

N.P.Anikeev Jamoada ruhiy muhit. T., "O‘qituvchi", 1993 y.

SH.A.Do‘stmuhammedova O‘qituvchilarning o‘quv faoliyatlarini boshqarish

psixologiyasi. T., 2000 у.

Z.T.Nishanova Psixologik xizmat. T., 2015 у.

Xalimova, M. V. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA AXLOQIY TUSHUNCHALAR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 43(2), 95-99.

Jahongir o’g’li, B. J., & Vaxidovna, X. M. (2024). BOSHQARUVDA RAHBAR VA XODIM MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI MASALASI. Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari, 3(1), 20-24.

Xalimova, M. V. (2024). TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISHDA MA’SULIYaTINI RIVOJLANISHIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR. Science Promotion, 1(1), 74-76.