Mualliflar

  • Hamdam Toshpo‘latov
    Jizzax Davlat pedagogika universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74094

Kalit so‘zlar:

python dastur dasturlash tili abs round

Annotasiya

Ushbu maqolada bugungi kunda juda muhim bo‘lgan soha kompyuter dasturlash sohasi, xususan python dasturlash tili va bu dasturlash tilida sonlar ustida
bajariladigan amallar haqida fikr yuritiladi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

126

PYTHON DASTURLASH TILIDA SONLAR USTIDA BAJARILADIGAN

AMALLAR

Toshpo‘latov Hamdam Bekmuhammadovich

Jizzax Davlat pedagogika universiteti Informatika va

raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya:

ushbu maqolada bugungi kunda juda muhim bo‘lgan soha kompyuter

dasturlash sohasi, xususan python dasturlash tili va bu dasturlash tilida sonlar ustida
bajariladigan amallar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

python, dastur, dasturlash tili, abs, round, min, max, pow

Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va milliy

bozorini rivojlantirish bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda. Dasturlash tillari sohasida
mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilyapti. Hozirgi dolzarb muammolardan
biri dasturlash bo‘yicha yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash,
ularning kasbiy mahoratini takomillashtirishdan iborat.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun python dasturlash tilini o‘rganish ayni muddao

bo‘ladi. Python dasturlash tili boshqa dasturlash tillariga nisbatan o‘rganish ancha oson
bo‘lganligi va o‘zining boy kutubxonalar bazasiga egaligi bilan bugun dastruchilar orasida
eng ommabop dasturlash tillaridan biriga aylanib ulgurdi.

Keling biz python dasturlash tilida sonlar ustida bajariladigan amallar bilan tanishaylik.

f-string

Ikki (va undan ko‘p) matn ko‘rinishidagi o‘zgaruvchilarni birlashtirish uchun f-string

usulidan f"{matn1} {matn2}" ham foydalansak bo‘ladi:

ism = "Asqar"
familiya = 'Umarov'
ism_sharif = f"{ism} {familiya}"
print(ism_sharif)
#Asqar Umarov
Bu usul yordamida uzun matnlarni ham yasash mumkin:
ism = "Sardor"
familiya = 'Baxtiyorov'
print(f"Salom, mening ismim {ism}. {ism} {familiya}!")
#Salom, mening ismim Sardor. Sardor Baxtiyorov!
Bu usuldan foydalanganimizda figurali qavslar Ichida ifodalarni ham yozishimiz

mumkin bo‘ladi.

a=5
c=4
print(f”{a}+{c}={a+c}; {a}-{c}={a-c}; {a}x{c}={a*c}; {a}:{c}={a/c};”)
#5+4=9; 5-4=1; 5x4=20; 5:4=1.25

O‘zgaruvchi turini aniqlash
Oldingi mavzularimizda aytib o‘tganimizdek, Python dasturlash tilida bir nechta

ma’lumotlar turlari bor. Ular o‘zlariga xos ma’lumotlarni ifoda qiladi. Va har qanday
ma’lumotlar turi uchun o‘zlariga mumkin bo‘lgan operatorlar va funksiyalar bor. Dastur
tuzish jarayonida biror bir ma’lumot turi uchun, unga mos bo‘lmagan funksiya yoki
operatorni qo‘llasak, dastur bajarilish jarayonida interpretator buni xatolik deb topadi va
xatolik xaqida xabar beradi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

127

Shunday noxush xolatlarni oldini olish uchun dasturlash jarayonida o‘zgaruvchilarga

biror funksiya yoki operatorni qo‘llashdan oldin uning turini aniqlab olishga to‘g‘ri keladi.
Bu vazifalarni bajarish uchun python dasturlash tilining ma’lumot turini aniqlovchi

type()

funksiyasi bor.

x = 5
print(type(x)) #<class 'int'>
x = "5"
print(type(x)) #<class 'str'>
x = 5.0
print(type(x)) #<class 'float'>
x = True
print(type(x)) #<class 'bool'>
Demak python dasturlash tilida ma’lumot turini aniqlash uchun type() funskiyasidan

foydalanishimiz kerak ekan.

Endi dasturlash jarayonida yana tez-tez ishlatiladigan amallardan biri bu ma’lumotlar

turlarini almashtirish amallaridir. Buning uchun ma’lumotlar turini bir turdan ikkinchi turga
almashtirib beruvchi maxsus funksiyalar mavjud. Buni quyidagi misolda ko‘raylik:

Uchburchakning asosi

a

va balandligi

h

berilgan. Uning yuzini topish dasturini tuzing.

Demak bizda uchburchakning asosi va balandligi berilgan. Bizdan berilgan qiymatlar

bo‘yicha uchburchakning yuzasini xisoblab, natijani chop etish so‘ralayapti. Bu masalada biz
asos

a

va balandlik

h

ni ma’lumotlarni muloqot holida kiritish funksiyasi

input()

bilan

kiritishimiz kerak. Lekin input() funksiyasi bilan kiritilgan ma’lumotlarni interpretator satrli
ma’lumot deb qabul qiladi. Bizga esa arifmetik amallarni bajarish uchun sonli ma’lumotlar
kerak bo‘ladi. Biz foydalanuvchi tomonidan kiritigan ma’lumotlarni sonli ma’lumotlarga
o‘zgartirib olishimiz kerak. Bizga oldingi mavzularimizdan ma’lumki python dasturlash
tilida 3 ta sonli ma’lumotlar turi bor edi: int(butun), float(haqiqiy) va complex(kompleks).
Biz bu masalada uchburchaknig o‘lchamlari haqiqiy sonlar to‘plamida kiritladi deb xisoblab,
dasturni shunga moslab tuzamiz. Buning uchun bizga ma’lumotlar turini haqiqy songa
o‘zgartirib beruvchi funksiya kerak bo‘ladi. Python dasturlash tilida bu funksiya

float()

funksiyasidir.

a=flaot(input(“Uchburchakning asosini kiriting a=”))
h=float(input(“Uchburchakning balandligini kiriting h=”))
print(“Uchburchakning yuzi S=”, a*h/2)

Ma’lumotlarni turini o‘zgartiruvchi funksiyalar:
-

int()

– ma’lumotlarni butu songa o‘zgartirib beradi

-

float()

– ma’lumotlarni haqiqiy songa o‘zgartirib beradi.

-

str()

- ma’lumotni satrga o‘zgartirib beradi.

-

bool()

- ma’lumotni mantiqiy turga o‘zgartirib beradi.

Ma’lumotlar turlarini o‘zgartiruvchi boshqa funksiyalar ham bor ular haqida keyingi

mavzularimizda gaplashamiz.

Pythonda o‘zlashtirish operatorlari

Operator

ishlatilishi

Teng kuchli

x=5

x=5

x=5

+=

x+=6

x=x+6

-=

x-=8

x=x-8

*=

x*=2

x=x*2


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

128

/=

x/=4

x=x/4

%=

x%=6

x=x%6

//=

x//=3

x=x//3

**=

x**=9

x=x**9

Python dasturlash tilida matematik amallarni bajarish uchun matematik funksiyalar

mavjud.

Ichki(o‘rnatilgan) matematik funksiyalar:
-

min(a, b, c)

- berilgan argumentlar ichidan kichkinasini topadi

-

max(a, b, c)

- berilgan argumentlar ichidan kattasini topadi

-

abs(x)

- x sonning absolut qiymatini topadi

-

pow(x, y)

- x sonini y darajaga ko‘taradi

-

round(a, m)

-berilgan a sonini m-xonasigacha yaxlitlaydi

-

divmod(a, b)

-a sonini b soniga bo‘lib bo‘linmaning butun qismini va qoldiqni topadi.

round(x) funksiya sonning butun qismigacha yaxlitlaydi, round(x,n) funksiyasi sonning

n – xonasigacha yaxlitlaydi, pow(x,y)=x**y ga teng kuchli va a,b=divmod(x,y) funksiyasi
bir vaqtda x ni y ga bo‘lib butun va qoldiq qismlarini oladi. Funksiyali amallarni ishlash
jarayoni tushunarli bo‘lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko‘ramiz.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

129

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Tashpulatov H. B. Peculiarities of using mental map in the process of forming

algorithmic thinking in the process of teaching future teachers in mathematics and
computer science //Thematics Journal of Education – 2022 –

Т

.7.–

. 5.

2.Tashpulatov X.

Обьектно

-

ориентированное

программирование

как

эффективное

средство

развития

алгоритмического

мышления

студентов

//Science and

innovation. – 2022. –

Т

. 1. –

. B8. –

С

. 2268-2275.

Bibliografik manbalar

Tashpulatov H. B. Peculiarities of using mental map in the process of forming

algorithmic thinking in the process of teaching future teachers in mathematics and

computer science //Thematics Journal of Education – 2022 – Т.7.– №. 5.

Tashpulatov X. Обьектно-ориентированное программирование как

эффективное средство развития алгоритмического мышления студентов //Science and

innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B8. – С. 2268-2275.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари