Mualliflar

  • Hamdam Toshpo‘latov
    Jizzax Davlat pedagogika universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74095

Kalit so‘zlar:

python dastur dasturlash tili modul math

Annotasiya

ushbu maqolada python dasturlash tili va bu dasturlash tilining math moduli, uning bir qator funksiyalari haqida fikr yuritiladi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

122

PYTHON DASTURLASH TILIDA MATEMATIK FUNKSIYALARNI

KENGAYTIRUVCHI MATH MODULI BILAN ISHLASH

Toshpo‘latov Hamdam Bekmuhammadovich

Jizzax Davlat pedagogika universiteti

Informatika va raqamli ta’lim

texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya:

ushbu maqolada python dasturlash tili va bu dasturlash tilining math

moduli, uning bir qator funksiyalari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

python, dastur, dasturlash tili, modul, math, cos, sin, tan, log, math.pi.

Bugun hayotimizni turli kompyuterlar, truli xil gadjetlar va ulardagi ilova dasturlarisiz

tasavvur qilish muammoga aylanib ulgurdi. Ana shu ilova dasturlari esa siz va bizga
o‘xshagan insonlar dasturchilar tomonidan tuziladi. Bugun qaysiki jamiyat, mamlakat
taraqqiyot bo‘lishini, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti yuksalishini istasa dasturchilik sohasini
rivojlantirishga, o‘zining kuchli dasturchi mutaxassislarini tayyorlashiga to‘gri keladi.

Mamlakatimizda ham bu boradagi ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda bunga misol

qilib “One million uzbek coders” loyihasini, har bir viloyatda IT PARK larning va har bir
tumanda IT Markazlarning tashkil etilganligini misol qilishimiz mumkin.

Python dasturlash tili o‘rganishga qulayligi va boy kutubxonalar bazasiga egaligi uchun

bugun dasturchilar tomonidan juda ko‘p foydalaniladi.

Python dasturlash tilida matematik funksiyalar ro‘yxatini kengaytirish uchun

math

modulini ulash kerak bo‘ladi.

Buning uchun dasturimizning boshiga:

import math

buyrug‘ini kiritishimiz kerak.
Matematik modulni import qilganingizdan so‘ng, modulning fuksiyalari va

konstantalaridan foydalanishni boshlashingiz mumkin.

Masalan,

math.sqrt()

funksiyasi sonning kvadrat ildizini qaytaradi:

import math
x = math.sqrt(64)
print(x) #8.0

math.ceil()

funksiyasi sonni eng yaqin katta butun songa yaxlitlaydi,

math.floor()

funksiyasi esa eng yaqin kichkina butun songa yaxlitlaydi va natijani qaytaradi:

import math
x = math.ceil(1.4)
y = math.floor(1.4)
print(x) # 2
print(y) # 1

math.pi

doimiysi PI qiymatini qaytaradi (3.14...):

import math
x = math.pi
print(x) # 3.141592653589793
math modulida mavjud bo‘lgan boshqa fuksiyalarnig kengaytirilgan jadvalii

keltiramiz.

Funksiya

Izoh

acos()

soning arccosiusini qaytaradi

asin()

soning arcsinusini qaytaradi

atan()

soning arctangensini qaytaradi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

123

cos()

Sonning kosininusini qaytaradi

sin()

Sonning sinusini qaytaradi

tan()

Sonning tangensii qaytaradi

degrees()

Radianda berilgan burchakni, gradusda

qaytaradi

radians()

Gradusda berilgan burchakning radianda

qaytaradi

exp()

e

x

ni qaytaradi

fabs()

Sonig absolyut qiymatini qaytaradi

factorial()

Sonning faktorialini qaytaradi

fmod()

Qoldiqli bo‘lish

gcd()

Eng katta umumiy bo‘luvchii topadi

sqrt()

Soning kvadrat ildizini qaytaradi

isqrt()

Soning kvadrat ildizining butu qismini

qaytaradi

log()

Natural logarifmni qaytaradi

ln

log10()

10 asosli logarifmni xisoblaydi

lg

log1p()

1+x sonining natural logarifmini xisoblaydi

log2()

2 asosli logarifmni xisoblaydi

pow()

x ning y- darajasini xisoblaydi

remainder()

Qoldiqni xisoblaydi. Bunda bo‘luvchi ham,

bo‘linuvchi ham haqiqy son bo‘lishi mumkin va

qoldiq ham haqiqiy son bo‘ladi

trunc()

Sonning butu qismini xisoblaydi

ceil()

sonni eng yaqin katta butun songa

yaxlitlaydi

floor()

sonni eng yaqin kichik butun songa

yaxlitlaydi

-acos(x)

import math

print(math.acos(0.55)) # 0.9884320889261531
print(math.acos(-0.55)) # 2.15316056466364
print(math.acos(0)) # 1.5707963267948966
print(math.acos(1)) # 0.0
print(math.acos(-1)) # 3.141592653589793

sin(x)

import math

print (math.sin(0.00)) # 0.0
print (math.sin(-1.23)) # -0.9424888019316975
print (math.sin(10)) # -0.5440211108893698
print (math.sin(math.pi)) # 1.2246467991473532e-16
print (math.sin(math.pi/2)) # 1.0


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

124

degrees(x)

import math

print (math.degrees(8.90)) # 509.9324376664327
print (math.degrees(-20)) # -1145.9155902616465
print (math.degrees(1)) # 57.29577951308232
print (math.degrees(90)) # 5156.620156177409

radians(x)

import math

print(math.radians(180)) # 3.141592653589793
print(math.radians(100.03)) # 1.7458528507699278
print(math.radians(-20)) # -0.3490658503988659

python dasturlash tilida trigonometrik funskiyalar berilgan qiymatlarni radian deb

qabul qiladi. Biz burchakni gradusda berishimiz uchun

radians()

fuksiyasidan foydalanib

berishimiz kerak. Masalan cos(30

o

) ni xisoblash uchun dastur quyidagicha bo‘ladi:

import math
print(math.cos(30)) #0.15425144988758405
print(math.cos(math.radians(30))) #0.8660254037844387
print(3**(1/2)/2) # 0.8660254037844386

factorial(n)

import math

print(math.factorial(0)) #1
print(math.factorial(1)) #1
print(math.factorial(3)) #6
print(math.factorial(5)) #120
print(math.factorial(10)) # 3628800

fmod(a, b)

import math

print(math.fmod(20, 4)) # 0.0
print(math.fmod(20, 3)) # 2.0
print(math.fmod(15, 6)) # 3.0
print(math.fmod(-10, 3)) # -1.0
print(math.fmod(0, 0)) # xatolik. 0 ga bo‘lish mumkin emas

gcd(a, b)

import math

print (math.gcd(3, 6)) #3
print (math.gcd(60, 8)) #4
print (math.gcd(12, 36)) #12
print (math.gcd(-12, -36)) #12


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

125

print (math.gcd(5, 12)) #1
print (math.gcd(10, 0)) #10
print (math.gcd(0, 34)) #34
print (math.gcd(0, 0)) #0

remainder(a, b)

import math

print (math.remainder(9, 2)) # 1.0
print (math.remainder(9, 3)) # 0.0
print (math.remainder(18, 4)) # 2.0

print (math.remainder(23.5, 5)) # -1.5
print (math.remainder(23, 5.5)) # 1.0
print (math.remainder(12.5, 2.5)) # 0.0
print (math.remainder(12, 2)) # 0.0

trunc(a)

import math
print(math.trunc(2.77)) # 2
print(math.trunc(8.32)) # 8
print(math.trunc(-99.29)) # -99
Matematik konstantalar

Nomi

Izoh

math.e

Eyler

raqamini

qaytaradi (2,7182...)

math.pi

PI qaytaradi (3.1415...)

Bu

yerda

math

modulini

ulagandan

keyin

modulning

funksiyalariga

math.funksiya_nomi()

kabi murojaat qilish biroz noqulay bo‘lsa modulni ulagaimizdan

so‘ng unga o‘zimizga qulay bo‘lgan belgilash kiritb olishimiz mumkin bo‘ladi. Buning uchun

as

xizmatchi so‘zidan foydalanamiz. Masalan, quyidagi misolda

math

modulini ulab unga

m

deb belgilash kiritib olamiz:

import math as m
print(m.trunc(7.25)) #7
Ko‘rib turganingizdek

m.trunc()

deb funksiyaga murojaat qilish

math.trunc()

deb

murojaat qilishdan ancha qulay.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Tashpulatov H. B. Peculiarities of using mental map in the process of forming

algorithmic thinking in the process of teaching future teachers in mathematics and
computer science //Thematics Journal of Education. – 2022. –

Т

. 7. –

. 5.

2.Tashpulatov X.

Обьектно

-

ориентированное

программирование

как

эффективное

средство

развития

алгоритмического

мышления

студентов

//Science and

innovation. – 2022. –

Т

. 1. –

. B8. –

С

. 2268-2275.

Bibliografik manbalar

Tashpulatov H. B. Peculiarities of using mental map in the process of forming

algorithmic thinking in the process of teaching future teachers in mathematics and

computer science //Thematics Journal of Education. – 2022. – Т. 7. – №. 5.

Tashpulatov X. Обьектно-ориентированное программирование как

эффективное средство развития алгоритмического мышления студентов //Science and

innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B8. – С. 2268-2275.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари