“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
410
KICHIK MAKTAB DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi
o‘qituvchisi Shukurova Ilminur,
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich
talabasi Umarova Maftuna Ulug‘bek qizi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada kichik maktab yoshdagi bolalarning psixologik
xususiyatlarning rivojlanishi haqida malumot beriladi. Jumladan maqolada kichik maktab
yoshidagi bolalarning maktabga tayyorgarlik jarayonida sodir bo‘ladigan psixologik
o‘zgarishlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Kichik maktab yoshi, intelektual tayyorgarlik, o‘quv faoliyatiga
tayyorgarlik.
Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Uning psixikasi bilim
olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim
xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z
mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki
o‘quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir[1]. Fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 yoshga
kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada rivojlangan bo‘ladi. Lekin bu
yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi
murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq shakllanib bo‘lmagan
bo‘ladi.( miyaning bu qismlari 12 yoshda rivojlanib bo‘ladi.) Miyaning boshqaruv
funksiyalarini to‘liq shakllanib bo‘lmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-
atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ayrim 6 yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga tayyor bo‘lmay turib,
maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi. Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish
oqibatida turli xil kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsonlar paydo
bo‘ladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya strukturasining va nerv psixik jarayonlarining
maktabda o‘qish uchun to‘liq yetishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik
motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining pastligi kuzatiladi. Bolani
erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning
emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab
bo‘ladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida yoki jismoniy
rivojlanishida kamchiliklar sodir bo‘ladi. [3]
Maktabga tayyor bo‘lgan boladagi ushbu o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay,
aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi.
O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik
maktab yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata
olmaydilar, ta’sirchan hamda emotsional bo‘ladilar. [6] Ushbu yoshdagi o‘zgarishlar salbiy
oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga
yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud
bo‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik - sog‘lom organizmning
harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni yengishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu yoshdagi
bolalar nihoyatda serharakat bo‘ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga
qiziqish bilan qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham bog‘liqdir. Bolaning
jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bog‘liqdir. [5]
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
411
Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar asosida harakat
qilishga o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv
faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini
talab etgan holda, bola xulq-atvorining rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi.
Do‘stlashish motivlari orasida tashqi motivlarning roli kamayadi.Bu davrga kelib bola
atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o‘zi xohlayotgan
narsalarni hamda, o‘z sinfi va oilasida o‘zi egallagan o‘rnini aniq biladigan bo‘ldi.
Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish
yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan
baholariga qarab “Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar ko‘z o‘ngida
qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. [4]
Bola maktabda noaniqlikka duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari ma’nosini
tushunmasa unda taqlidchanlik rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi ixtiyoriy va ixtiyorsiz
bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz taqlidchanlik ustozi va sinfdoshlarining xatti-harakatlarini
o‘zlashtirishga olib keladi. Bunda xattiharakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. Shuni
hamisha yodda saqlash lozimki, bola ixtiyorsiz ravishda nafaqat chiroyli va kerakli narsalarga
balki turli salbiy ko‘rinish va holatlarga ham taqlid qilishi mumkin. Ixtiyoriy taqlidchanlik
irodaviy zo‘riqishni talab etadi. Bunday vaziyatlarda bola maqsadga yo‘naltirilgan ravishda
u – yoki bu xatti-harakatni amalga oshiradi, bu xatti-harakatlarini qoida, namuna etalonga
moslashtirishga intiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ushbu maqola orqali siz bolaning maktabga kirishi
ya'ni hayotidagi burulish chog‘ida asosiy faoliyati psixologik xususiyatlari haqida
ma'lumotga ega bo‘lasiz. Ushbu maqola orqali kichik maktab yoshidagi bolalarning
psixologik, fiziologik xususiyatlarini individual qiziqishlarini o‘rganib olamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shukurova, I. (2024). PSYCHOLOGICAL DEVELOPMENT OF SOCIAL
INTELLIGENCE
IN
ADOLESCENCE.
Multidisciplinary
and
Multidimensional
Journal
,
3
(1), 65-69.
2. Z. T. Nishonova, N. K. Karimova, " Rivojlanish psixologiyasi, pedagogik
psixalogiyasi " Toshkent 2018.
3. Sh. A. Dòstmuhammedova , X. A . Tillashayxova. " Umumiy psixologiya ( Yosh
davri ba pedagogik psixologiya)" Toshkent 2020
4.Safayev N.S., Mirashirova N. A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va
amaliyoti”:-T: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.
5.Nazirova L. V., Rahimova I. G., Kamalova Z.X., Xolmuratova D.A., “Obshaya
psixologiya”- Uchebnoye posobiye T. TGPU. 2020 y
6.G`oziyev E. G‘. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi) T: O‘qituvchi. 1994-y.
