Mualliflar

  • Ilminur Shukurova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Mahfuzaxon Alimjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74133

Kalit so‘zlar:

tarbiya maktabgacha ta’lim muassasalari mashg‘ulot faoliyat davlat

Annotasiya

Azaldan-azal tarbiya muhim masala bo‘lib kelgan. Ushbu maqolada
bola rivojlanishida maktabgacha ta’lim muassasalarining ahamiyati, yosh avlodga qaratilgan
e’tibor, ularning ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishlari uchun
maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ushbu
muassasalarda olib boriladigan mashg‘ulotlar va ularning bola rivojidagi o‘rni to‘g‘risida
fikrlar yuritiladi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

322

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIDA

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING O‘RNI

Andijon davlat pedagogika instituti

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

o‘qituvchisi Shukurova Ilminur,

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich

talabasi Alimjonova Mahfuzaxon

Annotatsiya.

Azaldan-azal tarbiya muhim masala bo‘lib kelgan. Ushbu maqolada

bola rivojlanishida maktabgacha ta’lim muassasalarining ahamiyati, yosh avlodga qaratilgan
e’tibor, ularning ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishlari uchun
maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ushbu
muassasalarda olib boriladigan mashg‘ulotlar va ularning bola rivojidagi o‘rni to‘g‘risida
fikrlar yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

tarbiya, maktabgacha ta’lim muassasalari, mashg‘ulot, faoliyat, davlat

talablari, qoniqish hissi, shaxsiy gigiyena, qobiliyat, rivojlantiruvchi markazlar, 5 tashabbus,
tarbiyalanuvchi, bog‘cha yoshi, xarakter, guruhlar.

Bugun ilm-fan va ta’lim izchil rivojlanib borayotgan bir davrda hech shak-shubhasiz

tarbiya ta’limning asosida turishi shartdir. Shunday ekan, ilm-fan ta’lim-tarbiya asosida olib
borilishi maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, har bir pedagog, muallim va ustozning ta’lim
berishdan maqsadi kelajagi porloq, Vatan va el-yurt xizmatida turadigan halol kadrlarni
tarbiyalash bo‘lsagina, bunday ta’lim-tarbiya o‘z samarasini bermay qolmaydi. Ya’ni,
bugungi kunning o‘qituvchi va muallimi o‘zi ta’lim berayotgan shaxsga fidoyilik bilan ta’lim
berishi, qolaversa jonkuyar tarbiyachi bo‘lishi shart.

Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo

falokat masalasidir

” - deya Abdulla Avloniy bobomiz ham ta’kidlab o‘tganlar. Bundan

tashqari ko‘plab olim-u fazalolarimiz, shu jumladan Alisher Navoiy, Abdurauf Fitrat, Abu
Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy kabi mutafakkirlarimizning asarlarida namoyon bo‘lgan
tarbiyaga oid qarashlari fikrimiz isbotidir. Farzandlar kelajagi hamda tarbiyasiga nafaqat
olimlar, farzandning oila a’zolari, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar shular bilan
birgalikda davlatimiz rahbarlari ham befarq emaslar. “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”
naqliga amal qilgan holda mustaqillikdan so‘ng bolalarimizning yaxshi yashashi, yaxshi
tarbiyalanishi va kamol topishini ko‘zlab, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga katta e’tibor
qaratilmoqda. Nafaqat davlat tashkilotlari balki-davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etildi. Bularning barchasi kelajak avlod tarbiyasini
o‘z zimmasiga oladilar. So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari qamrovi keskin
darajada ortdi. Masalan: 2023 yilga kelib 2017 yilga nisbatan 27.7%, 2 barobarga ya’ni
71.8%ga ortdi(4). Barcha bolalar cheksiz imkoniyatlarga ega va har bir bola este’dodlidir.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolani ham ma’nan, ham ruhan va jismonan yetuk

bo‘lib shakllanishi uchun katta ahamiyatga egadir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uzluksiz
ta’limning poydevori. Bolaning asosiy faoliyati bu-o‘yin faoliyatidir. O‘yin faoliyati aslida
nima uchun kerak? Bola ulg‘ayar ekan uning kuchiga kuch, energiyasiga energiya qo‘shilib
boradi. Bolajonlarimiz bu energiyani faqatgina o‘yin orqali sarflay oladilar va ayniqsa
ularning bu faoliyati do‘stlar va tengdoshlari davrasida bo‘lishi maqsadga mufoviq. Ayni shu
jihatdan ham farzandlarimizni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ishonib topshirganimiz
ma’qul. Yana shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, turli xildagi gadjet va axborot tarqatuvchi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

323

vositalarning farzandlarimizga naqadar zararli ekanligini barcha ota-ona yaxshi biladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu vositalardan uzoqlashgan holda erkin
mashg‘ulotlar ya’ni, o‘yin faoliyati, mehnat faoliyati, bilim olish, tarbiya jarayonlari olib
boriladi. Sog‘lom turmush tarzini belgilab beradigan o‘z yoshiga mos rejim asosida
ovqatlanish jarayonlari esa ularni jismonan sog‘lom bo‘lib rivojlanishi uchun xizmat qiladi.

Mashhur rus pedagogi Lestgaftning fikricha “Insonning bog‘cha yoshidagi davri

shunday bir bosqichki bu davrda bolalar harakter hislarining namunalari shakllanib, ahloqiy
harakterning asoslari yuzaga keladi”(1) deydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga
odob-ahloq qoidalari, tartib intizom, shaxsiy gigiyena, o‘z majburiyatlari va burchlari,
kelajakdagi orzu-umidlari, do‘st tushunchasi, vatanga muhabbat, xato qilganda aybdorlik
hissi, orzu-istaklari yo‘lida maqsad qo‘yish, ustoz va shogird tushunchalari keng qamrovda
o‘rganiladi va bilimlar beriladi.

Bog‘cha yoshidagi bolalarning qiziqishlari va intilishlari juda tez sur’atlarda o‘zgarib

boradi. Bog‘chada tarbiyalanayotgan bola turli xil faoliyatlar natijasida o‘z qirralarini ochib
boradilar va o‘zidan qoniqish hissini tuyadi (1).

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yana bir yaxshi tomoni shundan iboratki, u yakka

tartibda ishlash bilan ham shug‘ullanadi. Sog‘ligida muammolari bor, alohida ta’lim olishga
ehtiyojmand bola bilan individual tarzda shug‘ullanadilar. Bolalarning maktabgacha ta’lim
tashkilotlaridagi kun tartibi va o‘quv mashg‘ulotlari ham davlat nazorati ostidadir. Ular
uchun maxsus dasturlar, masalan “Bolajon” davlat dasturi, “Ilk qadam” davlat dasturi va
guruhlarga mos mashg‘ulotlar hamda mashg‘ulotning davomiylik vaqti ishlab chiqilgan(4).
Prezidentimiz ta’kidlagan besh tashabbus hamda faoliyat markazlari ham bolalar tarbiyasi va
kelajagini o‘ylab qilingan islohatlardir. “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga
oshirish shuningdek maktabgacha ta’lim tizimining normativ huquqiy bazasini
takomillashtirish maqsadida 2020 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 802-sonli qarori qabul qilindi. Ilk va maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni
rivojlantirish bo‘yicha davlat talablariga muvofiq “Ilk qadam” davlat dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur dastur doirasida har bir maktabgacha ta’lim tashkilotlarida beshta rivojlanish
markazlari tashkil etilgan bo‘lib, bolalar “Qurish-yasash”, “Til va nutq”, “Matematika”
“San’at-ilm fan”, “Tabiat syujetli ro‘lli o‘yinlar” kabi yo‘nalishlarda tahsil oladilar(5).
Ushbu burchaklardan foydalanib, ular milliyligimizni unutmagan holda turli xil sahna
o‘yinlarini ijro etadilar, narsa va buyumlar yasaydilar, o‘z nutqlari ustida ishlaydilar va
tabiatning bebaho ne’mat ekanligi to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlar oladilar. “Matematika”
hamda “Badiiy adabiyot” mashg‘ulotlarida aqliy darajalari o‘sib boradi, xotirasi
mustahkamlanadi, o‘z fikrini erkin bayon eta olishga o‘rganadilar. O‘z qiziqishlariga qarab
kasb yoki hunarga ham yo‘naltiriladi. Maktabga tayyorlov guruhlarida esa bolalarni
maktabda o‘qishlari uchun dastlabki bilimlar berib boriladi. Bog‘chada bolaning yosh
hususiyatlariga qarab, guruhlarga bo‘linadi.

Biz erkin va farovon vatanda yashar ekanmiz, Vatanga munosib farzand bo‘lish va

munosib farzandlarni tarbiyalash har birimizning burchimizdir.

Xulosa

. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga berilgan imkoniyatlar

hamda mahalla va oila hamkorligi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ota-ona hamkorligini
amalga oshirgan holda ish ko‘rilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu muassasalardagi faoliyat
jarayonlari, mashg‘ulotlar rejasi, bolaning bilim darajasini belgilash uchun bolalar xaritasini
yuritish va shaxsiy gigiyenaga qo‘yilgan talablar maktabgacha ta’lim muassasalari
yutuqlaridandir. Bu esa maktabgacha ta’li tashkilotlarining bolalar hayotidagi o‘rni beqiyos
ekanligini belgilab beradi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

324

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar”

markazining bosmaxonasi : 2009.

2. E.G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi”, “Noshir”, Toshkent 20103. D.Asqarova

“Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” Toshkent-2020

4. F.Qodirova, Sh. Toshpo‘latova, N. Qayumova, M.A’zamova “Maktabgacha

pedagogika”T . “Tafakkur” 2019.

5. Sherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum.

Toshkent, 1991.

6. Shukurova, I. (2024). Psychological development of social intelligence in

adolescence.

Multidisciplinary and Multidimensional Journal

,

3

(1), 65-69.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари