Mualliflar

  • Ma’muraxon Maxammatova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Maftuna Tojidinova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74141

Kalit so‘zlar:

4K modeli boshlang‘ich ta’lim tizim kollaboratsiya kommunikativlik

Annotasiya

Ushbu maqolada hozirgi zamon ta’lim tizimida 4K modelini
qo‘llanilishi, uning fandagi asosiy samaradorligi, o‘qituvchilarning 4K modelidagi bilim salohiyatlari va o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar haqida fikrlar bilan yoritilgan


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

282

ZAMONAVIY TA’LIMGA 4K MODELI ASOSIDA YONDASHUV

PEDOGOGIK JARAYONNI TAKOMILLASHTIRISH,

INSONPARVARLASHTIRISHNING ASOSIY OMILI EKANLIGI

Maxammatova Ma’muraxon Jalilovna

ADPI, Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchi

Tojidinova Maftuna Abdunabi qizi

biologiya yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada hozirgi zamon ta’lim tizimida 4K modelini

qo‘llanilishi, uning fandagi asosiy samaradorligi, o‘qituvchilarning 4K modelidagi bilim
salohiyatlari va o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar haqida fikrlar bilan yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

4K modeli, boshlang‘ich ta’lim, tizim, kollaboratsiya, kommunikativlik,

kreativ fikrlash, kritik fikrlash, tamoyil, fikrlash, bosqich, zamon metod va darsliklar.

Boshlang‘ich ta’lim –

shaxs shakllanishi davrining eng muhim bosqichi. Bu davr

bola ong ostida olamni anglash, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo‘lgani
uchun ham nozik e’tibor talab etadi. Ayni shu pallada bola o‘zida «o‘quvchi shaxsi»ni
yaratadi, maktabga va ta’lim olishga nisbatan qiziqishni, mehrni tuyadi, ilm yo‘lidagi kelgusi
natijalar uchun kuch to‘plashni boshlaydi. Bu esa, zamonaviy pedagogika oldidagi doimiy
va murakkab masala sifatida darsliklarning g‘oyaviy, tarbiyaviy va ma’rifiy saviyasiga jiddiy
yondashishni talab etadi.

2023- o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yangi avlod darsliklari

asosida ta’lim olishni boshladi. Darsliklarning asosiy xususiyatlaridan biri – ularning 4K
tamoyili asosida ishlab chiqilganidadir.Ya’ni bu tamoyilda quruq ma’lumotlarni yodlatish
yoki shunchaki o‘qish – yozishni o‘rgatish bilan cheklanilmaydi.O‘quvchilar nafaqat
fanlarni, balki XXI asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘rganadi.

Yangi innovatsion 4 K yondashuvni O‘zbekiston maktablarida joriy etishdan oldin

xorijiy tajribalar ham o‘rganildi. Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya, Estoniya kabi ta’limi
ilg‘or mamlakatlar o‘quvchilarda 4K tamoyilini o‘z ichiga olgan XXI asr ko‘nikmalarini
rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratadi. PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori
o‘rinlarni egallagan davlatlar ta’limida o‘quvchilarda "4K"ni o‘z ichiga olgan muloqot,
tadqiqot, yaratuvchanlik kabi ko‘nikmalarga alohida urg‘u berilgan va shuning uchun ham
ular xalqaro reytinglarda katta natijalarga erishishyapti."4K" modeliga asoslangan
innovatsion yondashuv maktablarda qo‘llash uchun alohida sharoitlar talab etmaydi.
Masalan, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash qobiliyati savol-topshiriqlar bilan, muloqot
ko‘nikmasi esa savol-topshiriqlar va mashg‘ulotlar orqali rivojlanadi.

Yangi innovatsion yondashuv natijasini o‘quvchining dunyoqarashi, fikrlashi o‘sishida

ko‘rish mumkin. XXI asr o‘quvchisi portretida XXI asr ko‘nikmalari bo‘lishi kerak.
Innovatsion yondashuvni qo‘llashdan asosiy maqsad ham shu. Qolaversa, ta’limning asosiy
maqsadi – o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga
o‘rgatishdan iborat.

2023 yilning yanvar oyidan O‘zbekistonning 14 ta hududidagi tajriba-sinov

maktablarda yangi avlod darsliklari joriy etilgandi. Sentyabrdan esa bu amaliyot
respublikaning barcha boshlang‘ich sinflari uchun davom ettirildi. Buning uchun kitoblar 770
nomda 72 mln nusxada chop etildi. Ularni ishlab chiqishda xalqaro dasturlar tomonidan
o

ʻ

quvchilarning muvaffaqiyatlarini baholashda qo

ʻ

llaniladigan namunaviy topshiriqlar

o

ʻ

rganib chiqildi va asos qilib olindi (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA). O

ʻ

quv metodik

komplekslar faol o

ʻ

quv jarayoni uchun to

ʻ

liq materiallar to

ʻ

plami: darsliklar, mashq

daftarlari, o

ʻ

qituvchilar uchun uslubiy qo

ʻ

llanmalarni o

ʻ

z ichiga oladi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

283

Avvalo o‘quvchilarning bilim va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda o‘qituvchining

o‘zi kasb mahoratidan kelib chiqib, “4K” yondashuvining mazmun va mohiyatini anglab
yetishi va dars jarayonida qo‘llash lozim.

“4K” yondashuvining asosiy maqsadi komil haxsni shakllantirish uchun poydevor

bo‘lgan pedogogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, o‘quvchining
mustaqilligini ta’minlash, o‘qitish jarayonida texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali
foydalanishga erishishdan iborat.

O‘qituvchi va o‘quvchilarni faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay

bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitishni izlaydi,zamonaviy pedagogik texnologiyaga
suyanib o‘quv jarayoni samaraorligini oshiradi. O‘qituvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib
o‘quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligini oshirishda xizmat qiladi.

Ushbu muhim kompetentsiyalarni rivojlantirishni yordam berishni istasak o‘quv

jarayonini bolalar uchun qiziqarli va foydali tarzda tashkillashtirishimiz kerak. Maktabdagi
har bir dars o‘quvchilar faqat fan mazmunini o‘zlashtiradigan emas, balki mustaqil bilim
oladigan va qobiliyatini rivojlantiradigan jarayondir.

Dars jarayonida qo‘llanilayotgan interfaol metodlar, didaktik o‘yinlar, ko‘rgazmali

qurollar va tarqatmali vositalar ham “4K” yondashuviga asoslangan holda tashkil etilsa, dars
samaradorligi yuqori boladi.

Xulosa qilib aytganda ta’lim tizimida 4K modellini qo‘llash o‘quvchilarda kritik

fikrlash va kreativlikni rivojlantiradi. Yangi inovatsion yondashuv natijasini o‘quvchining
dunyoqarashi, fikrlashi o‘sishida ko‘rish mumkin. XXI asr o‘quvchilarida XXI asr
ko‘nikmalari bo‘lishi kerak. Bunday inovatsion yondashuvni qo‘llashdan asosiy maqsad ham
shu hisoblanadi. Qolaversa, ta’limning asosiy maqsadi – o‘quvchilarga nafaqat bilim berish,
balki olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga o‘rganishdan iborat deb hisoblash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022 –yil 5- dekabrdagi 372-sonli

“Xalq ta’limi vaziri ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada
takomillashtirish” tog‘risidagi buyrug‘i.

2. Avliyoqulov N.X., Musayeva N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent -2008-yil.
3. G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar. – “Tafakkur”

nashriyoti, Toshkent 2005-yil.

4. Jalilovna, M.M. (2024). Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelini amalga oshirish

uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn
ilmiy jurnali, 4(2), 130-133.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022 –yil 5- dekabrdagi 372-sonli

“Xalq ta’limi vaziri ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada

takomillashtirish” tog‘risidagi buyrug‘i.

Avliyoqulov N.X., Musayeva N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent -2008-yil.

G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar. – “Tafakkur”

nashriyoti, Toshkent 2005-yil.

Jalilovna, M.M. (2024). Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelini amalga oshirish

uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn

ilmiy jurnali, 4(2), 130-133.