“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
276
ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMINING YANGI MODELI VA KONSEPTUAL
ASOSLARI
Nabiyeva Dilzoda Abduvohidjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
biologiya yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy ta'lim tizimi va
yangi modelni amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, ta'limga e'tibor berish va sifatini
oshirish haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
"Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonun, zamonaviy ta'lim tizimi, yangi model,
Harakatlar strategiyasi, konseptual asoslari
O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuni. Mustaqillik yillarida,
O‘zbekiston Respublikasida, uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish
sifatida e'tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunida uzluksiz
ta'lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta'lim mazmuni, ta'limning huquqiy asoslari batafsil
ochib berilgan. Mazkur me'yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:
1) fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari;
2) ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;
3) har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;
4) pedagogk faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi:
5) ta'lim muassasasining huquqiy maqomi;
6) ta'lim tizimi va turlari;
7) ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish;
8) ta'lim tizimini boshqarish.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunida alohida urg‘u
berilganidek, ta'limni tashkil etishning asosiy maqsadi - jamiyatda intellektual va ilmiy
potensialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan
barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.[1; 317-bet ]
Ta'lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohotlar. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng
muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat asosida ta'lim sohasiga doir qator islohotlar
amalga oshirildi. Ta'lim tizimini xalq bilan muloqot va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida isloh
qilishga asosiy e'tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
30-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil
etish to‘g‘risida» PQ-3305-son qarori asosida respublikamizda ilk bor Maktabgacha ta'lim
vazirligi tashkil etildi.[ 2; 10-bet ]
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi va konseptual asoslari, O‘zbekistonning
mustaqil davlat bo‘lishidan keyin rivojlantirilgan va mustahkamlikka buriladigan asosiy
mexanizmlardan biridir. Bu tizim, davlat va jamiyatning o‘rta va uzluksiz rivojlanishi, inson
manfaatlari uchun zamonaviy ilmiy texnologiyalar va strategik hujjatlar asosida shakllangan.
Ushbu tizimning asosiy maqsadi, insonning ma'naviy, aqliy, jismoniy va ijtimoiy
salomatligini ta'minlash, ma'rifat va bilim bazasini oshirib, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish
bo‘yicha zarur umumiy asoslar va tamoyillarini shakllantirishdir.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston mamlakati ta'limga katta e'tibor qaratmoqda va
mamlakatda ta'lim sifatini oshirishga harakat qilmoqda. Ta'lim tizimi o‘quvchilarni
kelajakdagi muvaffaqiyatlarga tayyorlaydigan va mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan
har tomonlama ta'lim berishni maqsad qilmoqda.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
277
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Pedagogika,//M.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida, Darslik,T.:Ozbekiston
Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.[ 317-bet ]
2. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik T:SANO-
STANDART, 2017 [ 10-bet ]
3. Jalilovna, M. M.(2024). Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelini amalga oshirish
uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn
ilmiy jurnali, 4(2), 130-133.
4. Otabayeva, F. T. ( 2019) . Technology using the case- study method in the studiy of
computer graphics.
