“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
246
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA 4K MODELIDAN FOYDALANISHNING
PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Karimova Malohatoy Mo‘minjonovna
Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika va
psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
Madaminjonova Muxlisa Mahmudjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at
va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida 4K modeli va uning
modelidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari hamda shart-sharoitlari va pedagogik
jarayonlarda umumiy amaliy ahamiyati, shuningdek boshlang‘ich sinf matematika darsini
samaradorligini oshirishda 4K modelidan foydalanishning ahamiyati haqida haqida bayon
etilgan.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich ta’lim, 4K modeli, bilim, ko‘nikmalar, tanqidiy fikrlash,
ijodkorlik, kreativlik,
Barchamizga ma'lumki, boshlang‘ich ta'lim - o‘quvchi shaxsi shakllanishining
poydevori hisoblanadi. Chunki bu davrida bola ong ostida olamni anglashni, tasavvur va
bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo‘lgani uchun ham alohida e'tibor talab etadi. Maktab
ostonasiga qadam qo‘yar ekan, bola o‘zining o‘quvchi ekanligini his qila boshlaydi, ta'lim
olishga va birinchi ustoziga nisbatan mehrni tuyadi, ilm yo‘lidagi kelgusi natijalar uchun
harakat qila boshlaydi.Kelajakdagi egallamoqchi bo‘lgan kasbini egallash uchun qattiq
harakat qiladi. "4K" modeli ta'lim tizimiga zamonaviy yondashuv bo‘lib, zamonaviy ta'lim
tizimida 4K modelidan foydalanishda o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashga, o‘z fikrini erkin
bayon etishga, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan
bo‘ladi. Masalan o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni oshirish. Bunda o‘quvchilarga
o‘tilayotgan mavzu yuzasidan savollar beriladi va o‘quvchilar shu mavzu bo‘yicha o‘z fikr
mulohazalarini bildiradilar. Bunda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati, darsga bo‘lgan
qiziqishlari va aqliy qobiliyatlarini yanada oshiradi va mustahkamlaydi.
4K modelining afzalliklari.
4K modeli 21asr uchun har tomonlama rivojlangan
shaxslarni shakllantirishda ko‘plab afzalliklarni taqdim etadi. Keling, har bir “K” ni ajratamiz
va uning o‘zgaruvchan salohiyatiga guvoh bo‘laylik:
1. Bilim:
Ø
Chuqurroq o‘rganish: 4K modeli yuzaki tushunishdan tashqariga
chiqadi,tanqidiy fikrlash va tahlilni targ‘ib qiladi. Talabalar ma’lumotlar bilan faol
shug‘ullanadilar, aloqalarni o‘rnatadilar va bilimlarni real dunyo stsenariylariga qo‘llaydilar.
Ø
Integratsiyalashgan o‘quv rejasi: bo‘linadigan fanlar o‘rniga, 4K modeli
fanlararo o‘rganishni rag‘batlantiradi. Turli sohalardagi tushunchalar birbiriga bog‘lanib,
yaxlit tushunishni rivojlantiradi va sun’iy to‘siqlarni yo‘q qiladi.
Ø
Shaxsiylashtirilgan ta’lim: 4K modeli individual o‘rganish uslublari va
sur’atlarini taniydi. Moslashuvchan o‘quv muhiti turli xil ehtiyojlarni qondiradi va
talabalarga o‘z ta’lim sayohatlariga egalik qilish imkoniyatini beradi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, joriy kunda Prezident Sh.M.Mirziyoyev
Xalqaro kongress markaziga kelib, boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi avlod
darsliklari taqdimoti bilan tanishib chiqdi. Yangi avlod darsliklari taqdimotida
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
247
tanishtiriladigan o‘quv-metodik komplekslar (O‘MK) asosini Tanqidiy fikrlash, Jamoaviy
ishlash, Ijodkorlik (Kreativlik) va Muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish (4K) tamoyili
tashkil etadi. Ularni ishlab chiqishda xalqaro dasturlar tomonidan o‘quvchilarning
muvaffaqiyatlarini baholashda qo‘llaniladigan namunaviy topshiriqlar o‘rganib chiqildi va
asos qilib olindi (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA). Eng asosiysi 1-3 sinflar uchun
taqdim etilgan darsliklarning bir qismi xususan tasviriy san’at, o‘zbek tili va musiqiy
savodxonlik bo‘yicha kitoblar kengaytirilgan reallik texnalogiyalaridan foydalanilgan holda
ishlab chiqilgan. Bu esa o‘quvchilarni dars jarayonlariga yanada qiziqtirish hamda o‘smirlar
hayotida muhim. Masalan matematika darslarida o‘quvchilar faqat misol va masalalar bilan
45 minut darsni o‘tkizib emas balki kitobdagi masala yuzasidan atroflicha yoritilib o‘tish
kerak.Shuni aytib o‘tish joizki 1-3 sinf o‘quvchilar ko‘proq fan yuzasidan o‘zlari qiziqtirgan
savollarga javob olishni hohlashadi, shuni esa sinf bilan muhokama etilib barchaning fikrlari
bilan tanishilib chiqiladi, chunki har bir o‘quvchining fikrlash doirasi turli xil 30 o‘quvchidan
30 xil fikrlar chiqadi ular esa bir biridan farq qiladi. Qachonki o‘quvchi savol berib o‘z fikrini
bildirsa darsga qiziqayotganligi va bu haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishni hohlashini
anglatadi.Shunda matematika darsida samaradorlikga erishish mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf darslarida 4K modelidan
foydalanish quyidagi natijalarga olib keladi: o‘quvchining o‘rganish jarayonini boyitadi;
o‘quvchilarga kognitiv (atrof-olam haqidagi bilim doirasini kengaytirish, bilish ehtiyojlarini
rivojlantirish ta'limi) axborot beradi; o‘quvchilarda materialni o‘rganishga ishtiyoq
uyg‘otadi; o‘quvchilarning o‘z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarni shakllantirish
imkoniyatlarni kengaytiridi; axborotni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
o‘quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlar beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Hargreaves, D. (2008). O‘qituvchilarni o‘zgartirish, vaqtni o‘zgartirish:
O‘qituvchilar ta’limi va maktablarning ijtimoiy konteksti.
2. Fullan, M. (2013). 21-asr ta
ʼ
lim tizimida nima uchun kurashishga
arziydi? O‘qituvchilar kolleji matbuoti
.
