Mualliflar

  • Arofatxon Abdullayeva
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Qamarniso Komiljonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74169

Kalit so‘zlar:

Pedagog ta’lim tarbiya kreativlik bo‘lajak o‘qituvchi

Annotasiya

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativlik qobiliyatini o‘z
ijod mahsullarini mutahasisliklari bo‘yicha rivojlantirib, o‘quvchilarga ta’lim tarbiya orqali
namayon etib berishi kerakligi ifodalangan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

244

BO‘LAJAK PEAGOGLARDA KREATIVLIK QOBILIYATI RIVOJLANISH

MASALALARI.

Abdullayeva Arofatxon Abduvaxobovna

ADPI, Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Komiljonova Qamarniso

Pedagogika tarbiya fani o‘qituvchisi yo

ʻ

nalishi

sirtqi ta’lim 1-bosqich talabasi

Anatatsiya:

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativlik qobiliyatini o‘z

ijod mahsullarini mutahasisliklari bo‘yicha rivojlantirib, o‘quvchilarga ta’lim tarbiya orqali
namayon etib berishi kerakligi ifodalangan.

Kalit so‘zlar:

Pedagog, ta’lim, tarbiya, kreativlik, bo‘lajak o‘qituvchi, 4K moduli,

zamonaviy, o‘quvchi maktab, dars.

Hammamizga ma’lumki “Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasida”o‘qitish metodikasini takomillashtirish vazifasi belgilangan. Shu vazifaga
ko‘ra maktab darsliklarini yangilash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib
chiqishimiz mobaynida 1-sinfdan 4-sinfgacha maktab darsliklari “4K” modeli asosida
tayyorlanadi. “4K” modeli bugungi kunda ko‘plab sinovlardan o‘tgan zamonaviyta’lim
modeldir. Bizning O‘zbekiston Respublikasi davlatimizga yangicha zamonaviy “4K” kirib
kelgan ekan , bo‘lajak pedagoglarimizning shu “4K” modeli asosida tayyorlab borishimiz
kerak. Sababi, shundaki, hozirgi zamonaviy texnologiyalar rivojlangan bir davrda
yashayabmiz ekan, hozirgi kunga kelib “4K” modeli joriy qilindi. Darslar shu “4K” modedli
asosida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Endi bir ta’limni zamonaviy ta’limga yo‘naltirdik. Shuunga
ko‘ra bo‘lajak o‘qituvchilarmizni “4K” modeli asosida dars o‘tishlarini va kreativlik
qobiliyatlarini shakllantirib rivojlantirib o‘z kasbini mohir mutahasisi etib tayyorlashimiz
kerak. Misol uchun darsda o‘tiladigan biror mavzuga bo‘lajak pedagoglarimizning, didaktik
o‘yinlar orqali, turlixil video roliklar orqali, ko‘rgazmali qurollar, nazariy bilim orqali darga
tayyor kirishlari lozim va mavzu yuzasidan yangilik tayyorlab kelishi muhim rol o‘ynaydi.
Darsga shunday tayyorgarlik qilib kelsa o‘qituvchi, o‘quvchi zerikib qolmaydi va shu fanni
bo‘lishini intizorlik bilan kutadi va shu bilan birgalikda bunday “4K”modeli asosida dars
o‘tishimiz o‘quvchilarni kommunikativlik, kreativ fikarlash, kritik fikrlashlarini
shakillantiriladi. Misol uchun turli xil mavzuga oid o‘yinlar orqali bolaning nutqi
rivojlanadi. Mantiqiy fikrlash orqali o‘ng va chap miyya yarim sharlari ishlaydi. Jismoniy
o‘quv mashg‘ulotlaridan esa bola ham ruhan ham jismonan sog‘lom rivojlanadi. Videorolik,
korgazmali qurollar, didaktik o‘yinlar va nazariy mashg‘ulotlar orqali o‘tiladigan darslar
o‘quvchilarni mustahkamroq esida qoladi. Bir sinfda 30 ta o‘quvchi bolsa shundan 10 tasi
o‘tilgan mavzuni videorolik orqali esida qoladi qolgan 5 tasi ko‘rgazmali qurol orqali va
qolganlariham nazariy va didaktik o‘yin orqali mavzuni yaxshi o‘zlashtirishib boradi.
Natijada esa jami 3ta ota bola shu mavzuni yaxshi o‘zlashtira oldi degani bo‘lajak pedagog
o‘z maqsadiga erishgan bo‘ladi. O‘quvchilarga bir xil uslubdadars o‘tilishi bu judayam
zerikarli bo‘lib tuyilishi mumkin. Kreativlik qobiliyatiga ega bolgan o‘qituvchi esa bunday
holatga also yo‘l qo‘ymaydi. Darslarni yaxshi o‘zlashtira olgan va yaxshi qatnshgan
o‘quvchilarini ham bunday qobiliyatga ega o‘qituvchi taqdirlab boradi. Zamonaviy bo‘lajak
pedagoglarimiz o‘z fan darsliklarini puhtamahorat bilan o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilib
olishlari lozim, yani o‘quvchilarda mavzu yuzasidan bahs murozalar o‘tkazishi
o‘quvchilarni jamoada ishlash qobiliyatini o‘z fikrlarini aniq va Ravshan ifodalay olishligi,
suhbatdoshini tinglash va tushunishni ma’lumot yetkazishni va ijodiy fikrlash va


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

245

yangiliklar tayyorlash qobiliyatini rivojlantira bilishlari lozim va shu bilan birgalikda
bo‘lajak o‘qituvchi o‘quvchilarini mavzu yuzasidan axborot almashinuvini o‘z fikr
mulohazalarini ifodalash orqali axborotga tanqidiy baholashni o‘rgatishi lozim. Shunday
dars o‘tish orqali o‘quv jarayonini o‘quvchilar uchun qiziqarli va foydali tarzda
tashkillashtirishimiz va shunga tayyor kadrlarni yetishtirib chiqishimiz lozim.

Har bir pedagogning o‘zini o‘zi rivojlantirishi va o‘zini o‘zi namoyon eta olishi

bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq. Odatda pedagoglarning kreativlik
qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot
ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali
ta

minlanadi. Pedagog o‘z- o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati

ma

lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u

asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak
pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik yillarida poydevor
qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning
o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim
ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish,
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini
yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar
ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy
sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o‘z oldiga muammoli masalalarni
qo‘yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash
keladi. Buning natijasida o‘z ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan ehtiyoj
sezadi. Pedagog o‘zida quyidagi kreativlik malakalarini namoyon eta oladi: bajariladigan
vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish; masalaning qo‘yilishini tahlil qila olish;
masalani hal qilish rejasini tuzish; masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez,
induksiya, deduksiya, taqqoslash va b.)larni qo‘llash; masalani hal qilish usullarini tanlay
olish; qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini asoslash va qayta tekshirish; masalani hal
qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish; masalani hal qilish sharoiti, jarayonning
borishi va masala yechimi yakunlarini umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish,
ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirish ham pedagogning
kreativlik potensialini rivojlantiradi. Natijada pedagog: ijodiy fikrlashga odatlanadi; -ilmiy-
tadqiqot faoliyatini olib borish ko‘nikmalarini puxta o‘zlashtiradi;

Pedagogika yoki mutaxassislik fani yutuqlari, ilg‘or tajribalardan foydalanish

imkoniyatlarini mustaqil tahlil qiladi; pedagogik jamoa tomonidan olib borilayotgan ilmiy
tadqiqot va ijodiy loyihalarni bajarishda faol ishlarni olib borishlari kerak bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https://uz.m.wikipedia.org>wiki
2. http://reja.tdpu.uz
3. https://arxiv.uz
4. zenodo.org.
5. kompy.info

Bibliografik manbalar