Mualliflar

  • Arofatxon Abdullayeva
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91505

Kalit so‘zlar:

Axborot xavfsizligi milliy qadriyatlar axloqiy tamoyillar ta’lim tizimi axborot madaniyati kiberxavfsizlik internet xavfsizligi.

Annotasiya

XXI asrda axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi ta’lim muhitiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Yoshlar internet va raqamli texnologiyalardan keng foydalanayotganligi sababli, axborot xavfsizligini ta’minlash muhim masalaga aylanmoqda. Ushbu maqolada axborot xavfsizligini ta’minlashda milliy qadriyatlar va axloqiy tamoyillarning o‘rni, ta’lim tizimida axborot madaniyatini shakllantirish usullari va zamonaviy texnologiyalar yordamida axborot tahdidlariga qarshi kurashish strategiyalari tahlil qilinadi.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

340

XXI ASR TA’LIM MUHITIDA MILLIY QADRIYATLAR VA AXLOQIY

TAMOYILLAR ASOSIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING YANGI

YONDASHUVLARI

Abdullayeva Arofatxon Abduvaxobovna

Andijon davlat pedagogika instituti

dotsenti v.b, pedagogika fanlari

bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

ORCID:0009-0009-3501-457X

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15356561

E-mail:arofatabdullayeva95@gmail.com

Annotatsiya

: XXI asrda axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi ta’lim muhitiga

sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Yoshlar internet va raqamli texnologiyalardan keng foydalanayotganligi
sababli, axborot xavfsizligini ta’minlash muhim masalaga aylanmoqda. Ushbu maqolada axborot
xavfsizligini ta’minlashda milliy qadriyatlar va axloqiy tamoyillarning o‘rni, ta’lim tizimida axborot
madaniyatini shakllantirish usullari va zamonaviy texnologiyalar yordamida axborot tahdidlariga
qarshi kurashish strategiyalari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Axborot xavfsizligi, milliy qadriyatlar, axloqiy tamoyillar, ta’lim tizimi,

axborot madaniyati, kiberxavfsizlik, internet xavfsizligi.

A

ннотация

:

Быстрое

развитие

информационных

технологий

в

XXI

веке

оказывает

значительное

влияние

на

образовательную

среду

.

В

связи

с

тем

,

что

молодежь

активно

использует

интернет

и

цифровые

технологии

,

обеспечение

информационной

безопасности

становится

важной

задачей

.

В

данной

статье

анализируется

роль

национальных

ценностей

и

этических

принципов

в

обеспечении

информационной

безопасности

,

методы

формирования

информационной

культуры

в

системе

образования

,

а

также

стратегии

борьбы

с

информационными

угрозами

с

использованием

современных

технологий

.

K

лючевые

слова

:

Информационная

безопасность

,

национальные

ценности

,

этические

принципы

,

система

образования

,

информационная

культура

,

кибербезопасность

,

безопасность

в

интернете

.

Annotation:

The rapid development of information technology in the 21st century has

significantly influenced the educational environment. As young people increasingly use the internet
and digital technologies, ensuring information security has become a crucial issue. This article
analyzes the role of national values and ethical principles in maintaining information security,
methods of developing information culture in the education system, and strategies for combating
information threats using modern technologies.

Keywords:

Information security, national values, ethical principles, education system,

information culture, cybersecurity, internet safety.

Milliy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasi masalasi pedagogik va falsafiy tadqiqotlarda

muhim o‘rin tutadi. Mazkur masalada turli olimlar o‘rtasidagi polemika, ularning qarashlari o‘zbek
jamiyatida yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol topishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, milliy qadriyatlar asosida o‘quvchilar shaxsini tarbiyalash jarayonini samarali amalga
oshirish uchun nazariy asoslarni tushunish muhim ahamiyatga ega. Masalan, professor Abdurashid
Jo‘raev milliy qadriyatlarni yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida markaziy o‘rinda qo‘yish
zarurligini ta’kidlaydi. Uning ta’kidlashicha, "Milliy qadriyatlar yoshlarning shaxsiy ongida
ifodalanib, ularning dunyoqarashi, ma’naviyati va axloqining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
asosiy omildir"[1]. Professor Jo‘raevning fikricha, milliy qadriyatlar yosh avlodni o‘z milliy merosiga
hurmat bilan qarash va uni asrab-avaylashga undaydi. Shuningdek, professor Oybek Hamroev milliy
qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining nazariy asoslarini tahlil qiladi. Uning fikriga ko‘ra, milliy
qadriyatlar tarbiya jarayonining muhim elementlaridan biri sifatida shaxsning ijtimoiy mas’uliyatini
oshirishda, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim rol o‘ynaydi[2]. Professor Hamroev


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

341

ta’kidlaganidek, milliy qadriyatlar asosidagi tarbiya jarayoni o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki
ularning milliy o‘zligini shakllantirishga xizmat qiladi.

Boshqa bir olim, professor Muhammad Aliev, milliy qadriyatlarning ta’lim-tarbiya

jarayonidagi ahamiyatini ta’kidlab, ularning ijtimoiy munosabatlar va inson kamolotiga ta’sirini
yoritadi. Uning ta’kidlashicha, "Milliy qadriyatlar shaxsning ma’naviy kamoloti uchun poydevor
bo‘lib, o‘quvchilarni o‘z xalqining tarixi, madaniyati va an’analari bilan bog‘lab turadi"[3]. Professor
Alievning fikricha, milliy qadriyatlar asosidagi tarbiya yoshlarni milliy merosga hurmat bilan
yondashish va uni kelajak avlodga yetkazishga undaydi. Shunday qilib, yuqoridagi olimlarning
fikrlari milliy qadriyatlar asosida o‘quvchilar shaxsini tarbiyalashning nazariy asoslarini yoritishda
turlicha yondashuvlarga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Milliy qadriyatlar yoshlarni ma’naviy-axloqiy
jihatdan rivojlantirishda muhim omil bo‘lib, ularning milliy o‘zligini shakllantirishda, ijtimoiy
mas’uliyatini oshirishda va jamiyatda o‘z o‘rnini topishida asosiy ahamiyatga ega.

XXI asrda ta’lim sohasi texnologiya, globalizatsiya va raqamli transformatsiya ta’sirida qarorli

qadamlar bilan rivojlanmoqda. XXI asrda texnologiyalarning tez rivojlanishi, raqamli transformatsiya
va globalizatsiya ta’lim sohasida ham tub o

ʻ

zgarishlarni keltirdi. Biroq, axborot xavfsizligi

muammolari (masalan,

ma’lumotlarning

noqonuniy

foydalanishi, kiberxavflar,

shaxsiy

ma’lumotlarning oshkor bo

ʻ

lishi) tobora murakkablashib bormoqda. Bunga javoban milliy

qadriyatlar, madaniy meros va axloqiy tamoyillarga asoslangan yangicha yondashuvlar zarur bo

ʻ

lib

qoldi.

Biroq, bu rivojlanish bilan birga axborot xavfsizligi muammolari ham jiddiy kengayib,

ta’lim muassasalarini yangi qiyinchiliklar oldiga qo‘ymoqda. Ma’lumotlarga ko

ʻ

ra, 2023-yilda dunyo

bo

ʻ

ylab ta’lim tizimlariga qaratilgan kiberhujumlar soni 150%ga oshgan (Global Cybersecurity

Index), shu jumladan O

ʻ

zbekistonda ham maktablar va universitetlarning onlayn platformalari

xakerlik hujumlariga duchor bo

ʻ

lishi qayd etilgan. Bu holat nafaqat texnik zaifliklar, balki axloqiy

qadriyatlarning yetishmasligi va milliy madaniy kontekstga mos kelmaydigan xavfsizlik
strategiyalari bilan bog‘liqdir.

Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, axborot xavfsizligini faqat texnologiyalar emas,

balki insoniy qadriyatlar tizimi orqali mustahkamlash samaraliroqdir. Masalan, UNESCOning 2022-
yildagi “Ta’limda raqamli etika” hisobotida ta’kidlanganidek, axloqiy tamoyillarga asoslangan ta’lim
dasturlari talabalarda mas’uliyatli raqamli fuqarolikni shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
IEEE Xalqaro Konferensiyasi (2023) ma’lumotlariga ko

ʻ

ra, sun’iy intellekt tizimlarini madaniy

jihatdan sezgir qilish ularning xavfsizlik samaradorligini 40%ga oshirishi mumkin. Shuningdek,
OECDning “Ta’limda kiberxavfsizlik” tadqiqoti (2021) ta’lim tizimlarida milliy qadriyatlarni inkor
etgan holda qabul qilingan global modellar mahalliy talablar bilan mos kelmasligini ta’kidlaydi.

O

ʻ

zbekiston kontekstida bu masala ayniqsa dolzarb hisoblanadi, chunki mamlakatda

“Yoshlar – kelajagimiz” kabi milliy dasturlar orqali raqamli taraqqiyot va madaniy merosni
uyg‘unlashtirishga intilish kuchaymoqda. “O

ʻ

zbekiston Respublikasining Raqamli O

ʻ

zbekiston –

2030” strategiyasida ta’lim tizimida milliy qadriyatlarni saqlab qolgan holda innovatsion yechimlarni
joriy etish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rsatilgan. Biroq, amaliyotda axborot xavfsizligi
sohasida milliy madaniyat va axloqiy tamoyillarning integratsiyasi hali yetarlicha o‘rganilmagan.
Masalan, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining 2023-yilgi tadqiqotida kiberxavfsizlik
dasturlarida mahalliy an’analar (masalan, “mahalla” tizimidagi ishonch tarmoqlari) dan
foydalanilmasligi tahlil qilingan.

Hozirgi kunda yoshlarimizga fanning so’nggi yutuqlarini to’liq tanishtirgan holda,

ularga tariximiz, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimiz haqida to’liq o’rgatib borishimiz
kerak.Yoshlarimiz tarbiyasida milliy qadriyat muhim o’rin egallaydi.Bugungi kundagi
yoshlarimizning har tomonlama kuchli, salohiyatli,bilimli, dunyoqarashi keng, o’z ishining mohir
ijodkori, o’z vatanining jonkuyar farzandi,mustaqil O’zbekistonning taraqqiyoti uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Yangi O’zbekistonda xalqimizning boy tarixini, moddiy va madaniy merosini
saqlash, o’rganish va targ’ib qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. “O’zbekiston Respublikasi


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

342

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20018-yil 28-dekabrda Oliy majlisga murojaatnomasida “Oldimizga
qo’ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo’ladigan milliy g’oya
va ma’naviyatimizni rivojlantirish zarur. Xususan milliy o’zligimizni anglash, vatanimizning qadimiy
va boy tarixini o’rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlarini
har tomonlama qo’llab-quvvatlashimiz lozim”deya”[4] ta’kidlagan fikrlari ayni haqiqatdir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda albatta barcha sohalar qatori
milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va ma’naviyatimizni rivojlantirish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar alohida ahamiyatga ega. Zero, tarixsiz-kelajak yo’q. Avvalo biz qadriyat nima
ekanligini bilib olishimiz kerak. “Qadriyat bu- millatning o’tmishi, buguni va kelajagini belgilab
beruvchi muhim omildir. Har bir xalqning o’ziga xos qadriyatlari mavjud bo’lib,u xalqning ko’zgusi
hisoblanadi. Qadriyatlar har bir millatning qon qoniga singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb
etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi,
shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari hodisasidir. Qadiyatlarni
jamiyat, millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy harakteriga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: Milliy, Diniy,
Mintaqaviy”.[5]

Yuqoridagi fikrlar asosida shuni xulosa qilish mumkinki, milliy qadriyatlar o'quvchilar shaxsini

tarbiyalashning nazariy asoslarini tashkil etuvchi asosiy omillardan biridir. O'zbek olimlarining
polemikasi shuni ko'rsatadiki, milliy qadriyatlar asosida tarbiya jarayoni orqali yosh avlodning
axloqiy va ma'naviy rivojlanishiga erishish mumkin. Bu esa, o'z navbatida, jamiyatning barqaror va
farovon rivojlanishiga xizmat qiladi. Men xulosa qilib shuni ayta olamanki, milliy qadriyatlar asosida
o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jamiyatni ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan
mustahkamlashga xizmat qiladi.Milliy qadriyatlarni o’rganish orqali o’quvchilar nafaqat o’z
xalqining madaniyatiga hurmat ko’rsatishi, balki boshqalarga ham mehr-oqibat va adolat bilan
munosabatda bo’lishni o’rganadilar. O’quvchilar o’zlarining milliy qadriyatlarini qanchalik yaxshi
bilsalar, qalblari yaxshilik nuri bilan to’ladi va hammaga birdek yaxshilik nurini sochadilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Jo’rayev.A, “Milliy tarbiya nazariyasi”, Toshkent. Fan nashriyoti, 2018, 45-bet.
2. Hamroyev o, “Ma’naviyat va qadriyatlar nazariy asoslar”, Toshkent: O’zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi nashriyoti 2020 67- bet.

3. Aliyev M, “ Tarbiya nazariyasi va amaliyoti” Toshkent yoshlar nashriyoti 2019, 103- bet.
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Oliy majlisga Murojaatnomasi”

Xalq so’zi, 2018-yil 28-dekabr.

5. Qodirov R. "Milliy tarbiya va qadriyatlar", Toshkent: Fan va Texnologiya, 2019, 101- 105-

betlar.

6. UNESCO (2022). “Digital Ethics in Education”. Global ta’limda axloqiy me’yorlarni tahlil

qilgan.

Bibliografik manbalar

Jo’rayev.A, “Milliy tarbiya nazariyasi”, Toshkent. Fan nashriyoti, 2018, 45-bet.

Hamroyev o, “Ma’naviyat va qadriyatlar nazariy asoslar”, Toshkent: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti 2020 67- bet.

Aliyev M, “ Tarbiya nazariyasi va amaliyoti” Toshkent yoshlar nashriyoti 2019, 103- bet.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Oliy majlisga Murojaatnomasi” Xalq so’zi, 2018-yil 28-dekabr.

Qodirov R. "Milliy tarbiya va qadriyatlar", Toshkent: Fan va Texnologiya, 2019, 101- 105-betlar.

UNESCO (2022). “Digital Ethics in Education”. Global ta’limda axloqiy me’yorlarni tahlil qilgan.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари