Mualliflar

  • Dildora Fatidinova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74183

Kalit so‘zlar:

Onlayn qimor o‘yinlari totalizator o‘yinlar bukmekerlik ommaviy kommunikatsiya

Annotasiya

Ushbu maqola turli hil onlayn qimor o‘yinlarida ishtirok etib
totalizatorlarda katta mablag‘ni yutqazib qo‘yganlar duch kelayotgan moliyaviy
qiyinchiliklar sabab ular tomonidan sodir etilayotgan huquq buzarliklar soni ortib
borayotganligi haqida.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

641

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QIMOR BIZNESINI TASHKIL

ETISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI.

Fatidinova Dildora Muratjonovna

Andijon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

А

nnotasiya:

Ushbu maqola turli hil onlayn qimor o‘yinlarida ishtirok etib

totalizatorlarda katta mablag‘ni yutqazib qo‘yganlar duch kelayotgan moliyaviy
qiyinchiliklar sabab ular tomonidan sodir etilayotgan huquq buzarliklar soni ortib
borayotganligi haqida.

Tayanch so‘zlar va tushunchalar:

Onlayn qimor o‘yinlari, totalizator o‘yinlar,

bukmekerlik, totalizator o‘yinlar, ommaviy kommunikatsiya.

Keyingi paytlarda internet orqali pul tikiladigan turli hil onlayn qimor o‘yinlarda

ishtirok etish oqibatida katta mablag‘larni, davlat byudjetidagi pullarni yutqazib qo‘yib,
xonavayron bo‘lgan, hatto, yutqazish natijasida depressiya holatiga tushib qolib, o‘z joniga
qasd qilganlar soni ko‘payib borayotganligi haqidagi xabarlar ko‘paya boshladi.

Onlayn qimor o‘yinlari ayrim toifadagi insonlar hayotining ajralmas qismiga aylanib

bormoqda. Bunday o‘yinlar natijasida nafaqat moliyaviy ta’sirga, balki qaramlikni keltirib
chiqaruvchi hissiy ta’sirga ham tushib qolish holatlari ko‘p uchramoqda. Ba’zi
mamlakatlarda qimor o‘yinlariga qaramlik o‘zining zararli oqibatlari tufayli sog‘liqni saqlash
sohasining muhim muammolaridan biriga aylangan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi
bir necha yil ichida global miqyosda totalizatorlarda o‘ynash darajasi oshgan. AQSHda
so‘nggi yillarda 6 milliondan ortiq odam qimor o‘yinlari tufayli sog‘ligini yo‘qotib,
davolanishga muhtojligini ma’lum qilgan.

Milliy urf-odatlarimiz va mentalitetimizga, shuningdek, diniy qarashlarimizga yot

bo‘lgan qimor o‘yinlarini noqonuniy ravishda tashkil etish holatlari, ayniqsa, onlayn tarzda
ommalashib, nafaqat o‘smir va yoshlarni balki katta yoshlik insonlarni ham o‘z domiga
tortayotgani achinarli holatlardan biridir.

Bundan ham yomoni, totalizatorlarda katta mablag‘ni yutqazib qo‘yganlar duch

kelayotgan moliyaviy qiyinchiliklar sabab ular tomonidan sodir etilayotgan huquq
buzarliklar soni ortib bormoqda.

Loxvitskiy to‘g‘ri ta’kidlaganidek, «bir necha soat ichida boyib ketish umidi, asosan,

o‘ziga ishonchi yetarli bo‘lmagan odamlarni o‘ziga tortadi; boylik yaratishning halol yo‘li
bo‘lgan mehnat hayotidan voz kechiladi; minglab odamlar bankrot bo‘ladi, biri boyib ketadi,
lekin hatto o‘sha odamning tasodifan qo‘lga kiritgan boyligi ham odatda unga hech qanday
foyda keltirmaydi. Hatto mulk tamoyili ham qimor o‘yinlari bilan larzaga keladi: boylik
tasodif natijasi bo‘lishi bilanoq, u barcha ma’naviy ahamiyatini yo‘qotadi” [1]

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda respublikamizda totalizator va bukmekerlik

faoliyatini amalga oshirish va albatta, bunday xizmatlarni reklama qilish noqonuniy
hisoblanadi. Bu borada mutasaddi idoralar tomonidan noqonuniy xizmatlar reklamasi
aniqlanib, ularga chek qo‘yilmoqda.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan mutasaddi tashkilotlar

bilan hamkorlikda 30 dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini noqonuniy ravishda
yurituvchi saytlarga kirish cheklab qo‘yildi, totalizator va bukmekerlik faoliyatini amalga
oshirish va albatta, bunday xizmatlarni reklama qilish noqonuniy hisoblanib, ularga chek
qo‘yilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida “onlayn” qimor bilan bog‘liq jinoyatlar 2019 yilda 55 ta,

2020 yilda 86 ta, 2021 yilda 103 ta, 2022 yilning 6 oyida 90 tani tashkil etgan [2].


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

642

2021-yilda chiqqan boshqa bir xabarda ko‘ra Farg‘ona davlat universitetining 30 yoshli

o‘qituvchisi 57 million so‘mni onlayn qimorda yutqazib qo‘ygach o‘z joniga qasd qilgan,
Farg‘onadagi boshqa bir holatga ko‘ra esa Olimpiya kolleji bosh hisobchisi 4,3 milliard
so‘mni qimor o‘ynash uchun ishlatgan.

Binobarin, mamlakatimizda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni qonunga

xilof ravishda tashkil etish hamda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
278-moddasida jinoyat sifatida belgilab qo‘yilgan. Qolaversa, bunday o‘yinlarda qonunga
xilof ravishda ishtirok etish, shuningdek, voyaga yetmagan shaxsni qimor va
tavakkalchilikka asoslangan tatalizator o‘yinlarda ishtirok etishga jalb qilish O‘zbekiston
Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 191-moddasida ma’muriy
huquqbuzarlik sifatida e’tirof etilgan.

Jumladan, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof

ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, shu jumladan, ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar
tashkil etish yoki ularni saqlash yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga jalb

qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud to‘rt oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish yoki o‘tkazish

uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan, internet jahon axborot tarmog‘i
provayderlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa
ko‘paytirish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir
etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan
jazolanadi”.

Qonunga xilof ravishda qimor o‘yinlarida qatnashish hamda kapital harakati

operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi saytlar O‘zbekiston qonunchiligi bilan
tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan internet tarmog‘i reyestriga kiritiladi. Bu
reyestrga kiritish uchun qimor saytlari ro‘yxatini Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Axborot
va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga taqdim etadi.

Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilikka

asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va reklama qilish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab
bo‘ladi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 16 avgustdagi 176 sonli qaroriga asosan,

2007 yil 1 sentabrdan boshlab O‘zbekiston hududida qimor o‘yinlarini va tavakkalchilikka
asoslangan boshqa o‘yinlarni (shu jumladan totalizatorlar) tashkil etish va o‘tkazish
taqiqlangan [3].

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston

hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish, o‘tkazish
uchun xizmat ko‘rsatish yoki uni tarqatish – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 15
baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi [4] .

Bundan tashqari, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston

hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar, shuningdek, telekommunikatsiya
tarmoqlari va internetdan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va
tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasi taqiqlangan. 2022 yil boshidan buyon
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklangani xabar
qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari

ishtirokchilarining kartalaridan transchegaraviy o‘tkazmalar taqiqlanadi. 2022 yil 30 noyabr
kuni “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

643

texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish
choralari to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolangandi.

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, deputatlar

korib chiqayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksida internetda qimor va
tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar yuzasidan qator o‘zgarishlar ko‘zda tutilmoqda. Qimor
va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish,
o‘tkazish yoki ularda ishtirok etish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari yoxud Internet
jahon axborot tarmog‘i orqali xizmatlar ko‘rsatish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa
ko‘paytirish, uni tarqatish BHM ning 50 baravaridan 70 besh baravarigacha miqdorda jarima
yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.

Aslida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarning qonunga xilof

ravishda tashkil etilishi va o‘tkazilishi fuqarolarga nafaqat ruhiy ta’sir o‘tkazadi, balki
moliyaviy qaramlikka duchor etib, oilaviy nizolarga ham sabab bo‘ladi. Shuningdek, ushbu
faoliyat naqd pullarning bankdan tashqari muomalasi ko‘payishiga, soliqlar va boshqa
to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlanishiga yo‘l ochadi hamda shu orqali mamlakatimizning
iqtisodiy ravnaqiga putur yetkazadi.

Xulosa qilib aytganda fuqarolarning ogohligini oshirish, davlatning bu boradagi

nazoratini kuchaytirish hamda ota-onalar tomonidan o‘z farzandlarining bo‘sh vaqtlaridan
unumli foydalanishi ustidan muntazam nazorat olib borilishi yuqoridagi kabi salbiy
illatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Onlayn qimor o

ʻ

yinlariga tobelikdan davolanish

uchun tavsiya qilinadigan asosiy usul bu kognitiv xulq-atvor terapiyasidir ya’ni mutaxassis
bilan muddatli psixologik suhbatlar olib borish va proektiv metodlardir. Biroq tuzalish
ehtimoli juda kam, buning ustiga tadqiqotchilar fikriga ko‘ra qimorbozlarning 80 foizi hech
qachon davolanishga murojat qilmaydi, shuningdek qimor ortidan kelgan moliyaviy
nochorlik ham bunga yo‘l bermasligi mumkin. qimor o

ʻ

yinlarining shakl va usullarining

evolyutsion rivojlanishi tarixning ma

ʼ

lum bir davridagi insoniyat taraqqiyoti darajasiga

to

ʻ

g

ʻ

ri kelgan degan xulosaga keldik. Dunyo davlatlari har doim qimor o‘yinlari sohasida

yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solish zarurati bilan duch keladilar.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ham onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan
boshqa o‘yinlarning qonunga xilof ravishda tashkil etilishi va o‘tkazilishga qarshi qushimcha
chora tadbirlar ishlab chiqilishi lozim deb o‘ylaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Loxvitskiy A. Rossiya jinoyat huquqi kursi. - Sankt-Peterburg: Schreyer nashriyoti,

1871. - 714 b.

2. Javoxir Ergashev. Oyna.uz

01.12.2022, 18:34

3. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 16 avgustdagi 176 sonli qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-

moddasi.

5. O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasi.
6. https/ Kun.uz 2023.12.04
6. Xosilbekovna, S. F. (2024). THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON THE

MANIFESTATION OF AGGRESSIVE BEHAVIOR IN ADOLESCENCE.

IJTIMOIY

FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI

,

4

(2), 134-137.

5.

Сирожиддинова

,

Ф

.

Х

. (2024).

ХОТИН

-

ҚИЗЛАР

МЕҲНАТ

САМАРАДОРЛИГИНИ

ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ

ИЖТИМОИЙ

-

ПСИХОЛОГИК

АСОСЛАРИ

.

SCHOLAR

,

2

(5), 188-192.

Bibliografik manbalar

Loxvitskiy A. Rossiya jinoyat huquqi kursi. - Sankt-Peterburg: Schreyer nashriyoti,

- 714 b.

Javoxir Ergashev. Oyna.uz 01.12.2022, 18:34

Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 16 avgustdagi 176 sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-

moddasi.

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasi.

https/ Kun.uz 2023.12.04

Xosilbekovna, S. F. (2024). THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON THE

MANIFESTATION OF AGGRESSIVE BEHAVIOR IN ADOLESCENCE. IJTIMOIY

FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(2), 134-137.

Сирожиддинова, Ф. Х. (2024). ХОТИН-ҚИЗЛАР МЕҲНАТ

САМАРАДОРЛИГИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ ИЖТИМОИЙ-

ПСИХОЛОГИК АСОСЛАРИ. SCHOLAR, 2(5), 188-192.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари