Mualliflar

  • Ozoda Toshqulova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74198

Kalit so‘zlar:

Bolalar psixologiyasi xotira diqqat atrof-muhit oila

Annotasiya

Bolaning psixik rivojlanishi qanday bo‘ladi, u qanday shakllanadi va unga ta’sir
etuvchi omillar nimalardan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri psixolog va
pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy masalasi bola
psixik taraqqiyotini o‘rganishdan iborat ekan, bu masalani hal qilishda, uni tushuntirib berishda turli
xil qarashlarni o‘rganish, tahlil qilish muhimdir.Bolalarning ommaviy axborot vositalaridan ko‘p
foydalanishi, ularni turli xil kasallikka chaqiradi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

606

BOLALARGA OMMAVIY AXBOROT TA’SIRI VA OQIBATLARI

Toshqulova Ozoda

Andijon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya.

Bolaning psixik rivojlanishi qanday bo‘ladi, u qanday shakllanadi va unga ta’sir

etuvchi omillar nimalardan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri psixolog va
pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy masalasi bola
psixik taraqqiyotini o‘rganishdan iborat ekan, bu masalani hal qilishda, uni tushuntirib berishda turli
xil qarashlarni o‘rganish, tahlil qilish muhimdir.Bolalarning ommaviy axborot vositalaridan ko‘p
foydalanishi, ularni turli xil kasallikka chaqiradi.

Kalit

so‘zlar

.Bolalar

psixologiyasi,

xotira,

diqqat,

atrof-muhit,

oila,

o‘yinlar,teleko‘rsatuvlar, ommaviy axborot vositalari, ota-ona, multfilm, o‘yinchoqlar.

Bolalar psixikasini taraqqiy etishini tushuntirib berishga uringan ilk nazariya “Bola katta

yoshli kishining kichik nusxasi” degan fikr bilan ta’riflanadi. Bu nazariya tarafdorlari bola sifat
e’tibori bilan katta yoshli kishidan hech bir farq qilmaydi. Bola bo‘yi, shuningdek tasavvurlari,
xotirasi, diqqati, tafakkuri va boshqa jarayonlaridan anchayin kichkina bo‘lgan katta yoshli kishilardir
deb ko‘rsatishga urinadir. Lekin bola psixikasining sifat jihatidan o‘ziga xosligini tushuntirib bera
olmaydilar va taraqqiyotning asosiy sabablarini yoritib bera olmaydilar.XVII asrdan boshlab falsafiy
va psixologik yo‘nalishlarda bolaning taraqqiyoti haqida kurash boradi: psixologik yo‘nalish
tarafdorlari psixik taraqqiyot butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog‘liq deydilar. Xo‘sh odam
psixikasi va xatti harakatlarida bor bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarni nima bog‘laydi –tabiiy, tug‘ma
xususiyatlarmi yoki hayot davomida orttirgan xususiyatlarmi? degan muammoda turlicha qarashlar
maydonga keldi .Bolalar psixologiyasi qobiliyatlarning taraqqiyotini tevarak –atrofdagi muhitning
ta’siri bilan tushuntirishga asoslana boshladi. O‘yinlar, o‘yinchoqlar, multfilmlar, ko‘rsatuvlar,
kiyimlar, o‘quv qurollari, uy anjomlari o‘zida axborot saqlovchi psixologik omillar bo‘lib, kundalik
hayotda har bir inson va ayniqsa, farzandlar duch kelayotgan real voqelik bilan chambarchas
bog‘liqdir.Bugungi kunda, bola informatsion oqimlar ta’sirida o‘sayotgan davrda ota-onalar,
mahsulot ishlab chiqaruvchilar hamda keng jamoatchilik oldida muhim masala turibdi. Ya’ni“Biz
bolalarga qanday kiyimlar xarid qilyapmiz?”, “Qaysi multfilmlarni tomosha qilyapti?”, “Qanday uy
jihozlari, o‘qish qurollarini xarid qilib beryapmiz?”. Bu kabi savollarga o‘z vaqtida javob olinmasa,
keyinchalik: “Farzandimiz nima uchun urishqoq, bemehr?,“Farzandim o‘zgarib qolyapti...”, “Ilgari
bunday emas edi-ku...”, “G‘alati harakatlar qilyapti...” degan ikkilamchi fikrlar yuzaga kelishi
mumkin.Quyida “Oila” markazi tomonidan olib borilayotgan “Bolalarni ularning sog‘lig‘i va
axloqiga zarar yetkazuvchi ma’lumotlardan himoya qilish” nomli tadqiqotning xorijiy amaliyotni
o‘rganish natijalarini sizga havola etamiz. Xulosa esa o‘zingizdan.

Amerikalik psixologlarning ta’kidlashicha, teleko‘rsatuv va multfilmlarni ortiqcha ko‘rish

bolada hadik va hayajonni yuzaga keltiradi. Bolani shaxs sifatida rivojlanishini, ayniqsa, mustaqil
fikrlash qobiliyatini tormozlaydi. Bolalar eng ta’sirchan va himoyalanmagan tomoshabin bo‘lib, agar
ota-onalar 9 oylik bolani o‘zlari bilan bo‘ladigan jonli muloqotni televizor bilan bo‘ladigan
muloqotga almashtirishsa, 20% bolada rivojlanish ortda qolar ekan. Agar teleko‘rsatuvlarni ko‘rish
shu tarzda davom etaversa, 3 yoshga yetganda rivojlanishda o‘z tengdoshlariga nisbatan 1 yilga ortda
qolib ketar ekan. Bundan tashqari, 12 yoshga borganda bolalar televizor orqali 100 mingta zo‘ravonlik
va qotilliklar guvohiga aylanib qolar ekan. Shuningdek, psixologik kuzatuvlardan ko‘rinadiki, hozirgi
davrda 4 yoshdagi bolalarning 25 %ida nutqida nuqsonlar kuzatilmoqda. Taqqoslash uchun ushbu
faktga murojaat qilish o‘rinli: 20-asrning 70-yillarida nutqida nuqson shu yoshdagi bolalarning
faqatgina 4 %ida kuzatilgan ekan.

Mashhur kanadalik psixolog A.Bandura ommaviy axborot vositalarini inson shaxsiga ta’sirini

tadqiq etgan. Tajribada 3-7-yosh bolalar ishtirok etishgan, ularga katta odam tomonidan
qo‘g‘irchoqqa negativ munosabatni ifoda etilgan qisqa metrajli multfilmlar ko‘rsatilgan. Multfilmni
ko‘rib bo‘lgach, bolalarga 10-20 minut o‘ynash imkoniyati berilgan. Eng e’tiborli tomoni shundaki,
bolalarning aksariyat qismi aktyor tomonidan ko‘rsatilgan film lavhasidagi agressiyani takrorlashga
harakat qilganligi kuzatildi. Chunki u ko‘rgan multfilmidagi qahramon obraziga o‘zini qo‘yib idrok


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

607

etadi. O‘zini multfilm qahramoni bilan taqqoslash va andoza olish orqali u yaxshi yoki yomon
illatlarni o‘ziga singdiradi. Uning fikriga ko‘ra, g‘arb kinomahsulotlari tufayli juda ko‘p bolalar johil,
urushqoq, qahri qattiq bo‘lib qolayotganligi va normal insoniy hislardan ancha yiroq bo‘lib qolishlari
ko‘rinar ekan. Ekranda bolani kuzatadigan bunday negativ vaziyatlari bola uchun go‘yoki nizoli
vaziyatlarda qo‘llashi zarur bo‘lgan model bo‘lib xizmat qilishi mumkin ekan. Biz bolalarni butunlay
televizordan mahrum qilish kerak degan fikrdan yiroqmiz, aksincha ba’zi shunday ko‘rsatuvlar borki
ular bolalarga dunyoqarashning shakllanishida juda foydali bo‘ladi. Biz bolalarimizga chet el
mahsulotlarini hazm qildirishni to‘xtatib, o‘z milliyligimiz, din-diyonatimiz va urf-odatlarimizga
to‘g‘ri keladigan mahsulotlarni o‘zimiz ishlab chiqarishimiz kerak demoqchimiz. Buning uchun har
qanday imkoniyat bor. To‘g‘ri bu vaqt va harajat talab qilishi haqiqat. Xo‘sh, nima bo‘libdi,
kelajagimiz poydevorlari bo‘lgan bolalar uchun har qancha harajat qilsak arziydi. Agar biz avvalgidek
Imom Buxoriylar, Imom Termiziylar, Samarqandiy va Xorazmiylar chiqishini chin dildan istasak,
bolalarimizni ularning onalari tarbiyalagani kabi tarbiyalashimiz, ulardek sidqi dildan xizmat
qilishimiz kerak. Shundagina ko‘zlangan maqsadga yetishishimiz mumkin.

Xulosa: qilib aytadigan bo‘lsak, bola uchun odatiy bo‘lgan vaziyatlarning buzilishi bola

hayot tarzi, kun tartibining o‘zhgarishi sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa ba’zida stress
holatini yuzaga keltiradi. Shu sababli bolalarimizni asraylik uni ommaviy axborot vositalaridan
uzoqlashtirib, kitoblar va unga eng kerakli bo‘lgan narsa mehrni beraylik.

Foydalanilgan adabiyotlar:
F.I.Xaydarov,N.I.Xalilova,Umumiy psixologiya/darslik/Toshkent,”INNOVATSIYA-ZIYO”-

2019,360 bet;

Z.Nishanova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv

qo‘llanma.-T.:O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti,2006.160
bet;

K .Sodiqov, S .H .Aripova, G .A .Shahmurova, «Yosh fiziologiyasi va gigiyena». «Yangi asr

avlodi», 2009-yil.

Bibliografik manbalar

F.I.Xaydarov,N.I.Xalilova,Umumiy psixologiya/darslik/Toshkent,”INNOVATSIYA-ZIYO”-

,360 bet;

Z.Nishanova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv

qo‘llanma.-T.:O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti,2006.160

bet;

K .Sodiqov, S .H .Aripova, G .A .Shahmurova, «Yosh fiziologiyasi va gigiyena». «Yangi asr

avlodi», 2009-yil.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари