“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
663
BOLALARGA OMMAVIY AXBOROT TA’SIRI VA OQIBATLARI
Toshqulova Ozoda
Andijon davlat pedagogika instituti
Annotatsiya.
Bolaning psixik rivojlanishi qanday bo‘ladi, u qanday shakllanadi va
unga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri
psixolog va pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy masalasi bola psixik taraqqiyotini
o‘rganishdan iborat ekan, bu masalani hal qilishda, uni tushuntirib berishda turli xil
qarashlarni o‘rganish, tahlil qilish muhimdir.Bolalarning ommaviy axborot vositalaridan
ko‘p foydalanishi, ularni turli xil kasallikka chaqiradi.
Kalit so‘zlar.
Bolalar psixologiyasi, xotira, diqqat, atrof-muhit, oila,
o‘yinlar,teleko‘rsatuvlar, ommaviy axborot vositalari, ota-ona, multfilm, o‘yinchoqlar.
Bolalar psixikasini taraqqiy etishini tushuntirib berishga uringan ilk nazariya
“Bola katta yoshli kishining kichik nusxasi” degan fikr bilan ta’riflanadi. Bu nazariya
tarafdorlari bola sifat e’tibori bilan katta yoshli kishidan hech bir farq qilmaydi. Bola bo‘yi,
shuningdek tasavvurlari, xotirasi, diqqati, tafakkuri va boshqa jarayonlaridan anchayin
kichkina bo‘lgan katta yoshli kishilardir deb ko‘rsatishga urinadir. Lekin bola psixikasining
sifat jihatidan o‘ziga xosligini tushuntirib bera olmaydilar va taraqqiyotning asosiy
sabablarini yoritib bera olmaydilar.XVII asrdan boshlab falsafiy va psixologik yo‘nalishlarda
bolaning taraqqiyoti haqida kurash boradi: psixologik yo‘nalish tarafdorlari psixik taraqqiyot
butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog‘liq deydilar. Xo‘sh odam psixikasi va xatti
harakatlarida bor bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarni nima bog‘laydi –tabiiy, tug‘ma
xususiyatlarmi yoki hayot davomida orttirgan xususiyatlarmi? degan muammoda turlicha
qarashlar maydonga keldi .Bolalar psixologiyasi qobiliyatlarning taraqqiyotini tevarak –
atrofdagi muhitning ta’siri bilan tushuntirishga asoslana boshladi. O‘yinlar, o‘yinchoqlar,
multfilmlar, ko‘rsatuvlar, kiyimlar, o‘quv qurollari, uy anjomlari o‘zida axborot saqlovchi
psixologik omillar bo‘lib, kundalik hayotda har bir inson va ayniqsa, farzandlar duch
kelayotgan real voqelik bilan chambarchas bog‘liqdir.Bugungi kunda, bola informatsion
oqimlar ta’sirida o‘sayotgan davrda ota-onalar, mahsulot ishlab chiqaruvchilar hamda keng
jamoatchilik oldida muhim masala turibdi. Ya’ni“Biz bolalarga qanday kiyimlar xarid
qilyapmiz?”, “Qaysi multfilmlarni tomosha qilyapti?”, “Qanday uy jihozlari, o‘qish
qurollarini xarid qilib beryapmiz?”. Bu kabi savollarga o‘z vaqtida javob olinmasa,
keyinchalik: “Farzandimiz nima uchun urishqoq, bemehr?,“Farzandim o‘zgarib qolyapti...”,
“Ilgari bunday emas edi-ku...”, “G‘alati harakatlar qilyapti...” degan ikkilamchi fikrlar
yuzaga kelishi mumkin.Quyida “Oila” markazi tomonidan olib borilayotgan “Bolalarni
ularning sog‘lig‘i va axloqiga zarar yetkazuvchi ma’lumotlardan himoya qilish” nomli
tadqiqotning xorijiy amaliyotni o‘rganish natijalarini sizga havola etamiz. Xulosa esa
o‘zingizdan.
Amerikalik psixologlarning ta’kidlashicha, teleko‘rsatuv va multfilmlarni ortiqcha
ko‘rish bolada hadik va hayajonni yuzaga keltiradi. Bolani shaxs sifatida rivojlanishini,
ayniqsa, mustaqil fikrlash qobiliyatini tormozlaydi. Bolalar eng ta’sirchan va
himoyalanmagan tomoshabin bo‘lib, agar ota-onalar 9 oylik bolani o‘zlari bilan bo‘ladigan
jonli muloqotni televizor bilan bo‘ladigan muloqotga almashtirishsa, 20% bolada rivojlanish
ortda qolar ekan. Agar teleko‘rsatuvlarni ko‘rish shu tarzda davom etaversa, 3 yoshga
yetganda rivojlanishda o‘z tengdoshlariga nisbatan 1 yilga ortda qolib ketar ekan. Bundan
tashqari, 12 yoshga borganda bolalar televizor orqali 100 mingta zo‘ravonlik va qotilliklar
guvohiga aylanib qolar ekan. Shuningdek, psixologik kuzatuvlardan ko‘rinadiki, hozirgi
davrda 4 yoshdagi bolalarning 25 %ida nutqida nuqsonlar kuzatilmoqda. Taqqoslash uchun
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
664
ushbu faktga murojaat qilish o‘rinli: 20-asrning 70-yillarida nutqida nuqson shu yoshdagi
bolalarning faqatgina 4 %ida kuzatilgan ekan.
Mashhur kanadalik psixolog A.Bandura ommaviy axborot vositalarini inson shaxsiga
ta’sirini tadqiq etgan. Tajribada 3-7-yosh bolalar ishtirok etishgan, ularga katta odam
tomonidan qo‘g‘irchoqqa negativ munosabatni ifoda etilgan qisqa metrajli multfilmlar
ko‘rsatilgan. Multfilmni ko‘rib bo‘lgach, bolalarga 10-20 minut o‘ynash imkoniyati berilgan.
Eng e’tiborli tomoni shundaki, bolalarning aksariyat qismi aktyor tomonidan ko‘rsatilgan
film lavhasidagi agressiyani takrorlashga harakat qilganligi kuzatildi. Chunki u ko‘rgan
multfilmidagi qahramon obraziga o‘zini qo‘yib idrok etadi. O‘zini multfilm qahramoni bilan
taqqoslash va andoza olish orqali u yaxshi yoki yomon illatlarni o‘ziga singdiradi. Uning
fikriga ko‘ra, g‘arb kinomahsulotlari tufayli juda ko‘p bolalar johil, urushqoq, qahri qattiq
bo‘lib qolayotganligi va normal insoniy hislardan ancha yiroq bo‘lib qolishlari ko‘rinar ekan.
Ekranda bolani kuzatadigan bunday negativ vaziyatlari bola uchun go‘yoki nizoli
vaziyatlarda qo‘llashi zarur bo‘lgan model bo‘lib xizmat qilishi mumkin ekan. Biz bolalarni
butunlay televizordan mahrum qilish kerak degan fikrdan yiroqmiz, aksincha ba’zi shunday
ko‘rsatuvlar borki ular bolalarga dunyoqarashning shakllanishida juda foydali bo‘ladi. Biz
bolalarimizga chet el mahsulotlarini hazm qildirishni to‘xtatib, o‘z milliyligimiz, din-
diyonatimiz va urf-odatlarimizga to‘g‘ri keladigan mahsulotlarni o‘zimiz ishlab
chiqarishimiz kerak demoqchimiz. Buning uchun har qanday imkoniyat bor. To‘g‘ri bu vaqt
va harajat talab qilishi haqiqat. Xo‘sh, nima bo‘libdi, kelajagimiz poydevorlari bo‘lgan
bolalar uchun har qancha harajat qilsak arziydi. Agar biz avvalgidek Imom Buxoriylar,
Imom Termiziylar, Samarqandiy
va Xorazmiylar
chiqishini
chin
dildan
istasak,
bolalarimizni ularning onalari tarbiyalagani kabi tarbiyalashimiz, ulardek sidqi dildan xizmat
qilishimiz kerak. Shundagina ko‘zlangan maqsadga yetishishimiz mumkin.
Xulosa:
qilib aytadigan bo‘lsak, bola uchun odatiy bo‘lgan vaziyatlarning buzilishi
bola hayot tarzi, kun tartibining o‘zhgarishi sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa ba’zida
stress holatini yuzaga keltiradi. Shu sababli bolalarimizni asraylik uni ommaviy
axborot vositalaridan uzoqlashtirib, kitoblar va unga eng kerakli bo‘lgan narsa mehrni
beraylik.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
F.I.Xaydarov,N.I.Xalilova,Umumiy
psixologiya/darslik/Toshkent,”INNOVATSIYA-ZIYO”-2019,360 bet;
2.
Z.Nishanova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish
metodikasi. O‘quv qo‘llanma.-T.:O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot
jamg‘armasi nashriyoti,2006.160 bet;
3.
K .Sodiqov, S .H .Aripova, G .A .Shahmurova, «Yosh fiziologiyasi va
gigiyena». «Yangi asr avlodi», 2009-yil.
