Mualliflar

  • Nodira Tojiboyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74210

Kalit so‘zlar:

tarbiya aqliyo‘sish ijtimoiylashuv o‘quv-biluvfaoliyati

Annotasiya

Bugungi kunda ta’lim va tarbiya tushunchalariga juda ko‘p duch kelyapmiz. Bu
ikki tushuncha yonma-yon kelsada, bir-biridan farqli va inson umrida juda ahamiyatlidir. Ushbu
tezisda bu ikki tushunchaning inson hayotida muhimligi qaydarajada ekanligi haqida so‘z boradi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

578

TA’LIMMI YOKI TARBIYA?

ADPI Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

Tojiboyeva NodiraTursunaliyevna

ADPI 1-bosqich talabasi Omonkeldiyeva Munira

Annotatsiya:

Bugungi kunda ta’lim va tarbiya tushunchalariga juda ko‘p duch kelyapmiz. Bu

ikki tushuncha yonma-yon kelsada, bir-biridan farqli va inson umrida juda ahamiyatlidir. Ushbu
tezisda bu ikki tushunchaning inson hayotida muhimligi qaydarajada ekanligi haqida so‘z boradi.

Kalitso‘zlar:

ta’lim, tarbiya, aqliyo‘sish, ijtimoiylashuv, o‘quv-biluvfaoliyati, ta’limiytarbiya,

axloqiytarbiya, jismoniytarbiya, ma’naviy-axloqiytarbiya.

Bu hayotda inson yashar ekan har qachon o‘rganishga, bilimlar va ko‘nikmalar o‘zlashtirishga

ehtiyoj sezadi. Bularni o‘zlashtirishga aloqador bo‘lgan ta’lim, tarbiya, o‘qish, o‘rganish va o‘quv
faoliyati kabi tushunchalar mavjud.

Bunday faoliyat kishiga shu jumladan bolaga ham atrof-muhitga moslashish o‘zining asosiy

ehtiyojlari, shuningdek aqliy o‘sish va shaxsiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
Xo‘sh, bu borada ta’lim va tarbiyaning ahamiyati qay darajada ? Ulardan qay biri muhimroq ? Hozir
shu haqida fikr yuritamiz.

Tarbiya – bolaning ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini topishni o‘rganishi hamda insonning hayotiy

ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishidir. Ta’lim jarayonining markazida shaxsning bilish va anglash
jarayoni, uning qobiliyati, ilm o‘rganishi yotsa, undan farqli o‘laroq tarbiya insonni shaxs sifatida
shakllanishiga , uning dunyoqarashi va jamiyatga munosabatiga qaratiladi. Tarbiya – bu alohida
jarayon emas, balki o‘qitishning bir tomoni bo‘lib, u bilan umumiy va farqli tomonlarga egadir. Bilim
berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy ko‘nikma olish mexanizmning o‘ziga xos jihatlarini
kiritish mumkin.

Tarbiyani ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir talaba, o‘smir va yosh yigitning betakror va

o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqiy va erkinligining e’tiborga tutilishi:

—milliylikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahon madaniyatining ilg‘or

tajribalariga asoslanish;

— talabalar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish,
— qiziqarli, to‘laqonli talabalar yosh jihatlariga mos hayot iqlimini yaratish, mehnat, xayriya,

ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko‘ngilochar va shunga o‘xshash tadbirlar tashkiletish lozimki, natijada
talabalar o‘zlari xohlagan ishga qo‘l ursinlar, muvaffaqiyat hissini tushunib o‘zlariga ishonchlari
ortsin, axloqan barqaror bo‘lsin.

Tarbiyaning maqsad-mohiyati davrlar o‘tishi bilan o‘zgarmaydi, barcha millat uchun ham bir

darajada ahamiyatli. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, an’analar tarbiya mazmun-mohiyatini
belgilaydi. Bugun nemis, rus yoki ingliz maktabida ham, o‘zbek maktabida ham ta’lim
muassasasining tarbiyaviy vazifalarini kuchaytirish, ta’limning “tarbiyalovchi” faoliyatidan
qoniqmaslik holatlari olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Tarbiyaga asoslangan maktablar,
o‘quvchini hayotga tayyorlashni, ijtimoiylashuvini asosiy maqsad bilayotgan ta’lim muassasalari
tajribalarini o‘rganishga ehtiyoj tug‘ilayotganini ta’kidlash joiz.

Hozirgi zamon jahon pedagogikasida tarbiyaga turlicha ta’rif berilayotgan bo‘lsa-da, biz

uchun sharq mutafakkirlari qoldirgan meros o‘zining hayotiyligi va mazmunan keng qam¬rovliligi
bilan qimmatlidir.

Tanganing ikkinchi tarafi bo‘lganidek, ayrim hollarda ta’lim muassasalarida ta’limni

tarbiyadan ustun qo‘yish, tarbiyani e’tibordan chetda qoldirish holati yoki tarbiyani ta’lim orqali
amalga oshirish haqidagi fikrlar ilgari surildi. Ammo jahon pedagogikasidagi bu taj¬ribalar o‘zini
oqlamaganligini hayot ko‘rsatib turibdi. Rus olimi G.K.Selevko e’tirof etgani¬dek, “tarbiyalovchi
ta’lim” rus ta’lim tizimiga katta zarar keltirdi — bu ta’limni tarbiyadan ustun qo‘ydi, jamoa
tarbiyasini yetarli baholay olmadi, maktabni amaliy hayotdan ajratib qo‘ydi”.

Maktab amaliy hayotdan ajralib qolishi¬ning asosiy sabablaridan biri, shubhasiz (xuddi

shuni sharq mutafakkirlari ta’kidlagan edilar), yosh avlod tarbiyasiga faqat nazariy (ta’limiy)
tomondan yondashuv bo‘lib, axloqiy faoliyat e’tibordan chetda qoldirilganidir. Haqiqatan, ta’lim


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

579

olish (o‘quv-biluv faoliyati) — aqliy tarbiyani amalga oshirishi, ya’ni mustaqil o‘qish, fikrlashni
rivojlantirishi mumkin. Ammo ta’lim zamiridagi tarbiya nazariy bilimligicha qolave¬radi, bu faoliyat
emas.

Tarbiyaning ibratga, namunali amaliy faoliyatga asoslanganini ham unutmaslik joiz. Ya’ni

aqliy tarbiya (ta’lim) aniq dastur va rejalar asosida oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borsa,
tarbiyada (axloqiy tarbiya) jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan yoshlarda o‘z
vaqtida tegishli munosabat uyg‘otish, aniq maqsad va natijaga yo‘naltirilgan reja va dasturlar ijrosiga
qo‘shimcha ravishda ijodiy yondashuv, ijtimoiy muhitni sinchiklab o‘rga¬nish taqozo etiladi. Aqliy
tarbiyaga nisbatan axloqiy tarbiyaning faoliyat qamrovi, oldiga qo‘yilgan vazifalar katta bo‘lib,
buning samarali ijrosi uchun maktab imkoniyati torlik qiladi. Shunday bo‘lsa-da, ta’lim muassasasi
tarbiya jarayonining tashkilotchisi, muvofiqlashtiruv¬chisi bo‘lishi maqsadga muvofiq. Chunki
oilalar bolalarni nafaqat ta’limiy (fikriy), balki axloqiy va jismoniy tarbiyalash borasida turli darajada,
hatto farzandiga odob qoidalarini o‘rgatishga qobil bo‘lmagan ota-ona¬lar ham oz emas. “Qaysi
onalarni aytursiz, bilimsiz, boshipaqmoq, qo‘li to‘qmoq onalarmi? O‘zlari da yo‘q tarbiyani qaydan
olib berurlar”[1;4].

Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, Pedagogik jarayonda axloqiy tarbiyani ham, ta’lim

tizimidagidek (davlat ta’lim standartlari singari) uzluksizlik talablaridan kelib chiqib shakllantirish
qanchalik katta va murakkab masala bo‘lsa-da, amalga oshirish lozim. Albatta, ma’naviy-axloqiy
tarbiya tushunchalarini qolipga solib bo‘lmaydi, ammo talablar shaklida hayot¬dan ajralmagan holda
ifodalash mumkin. Bu boradagi samarali vositalardan biri, shubhasiz, milliy adabiyot o‘qitishni
yanada takomillashtirishdir. Chunki milliy adabiyotimiz azaldan odobga asoslanganligini yodda
tutishimiz lozim.

Tarbiya umr bo‘yi davom etadigan jara¬yon. Hayotdagi har bir kishi tarbiyaviy ta’sirga

ega. U hayot maktabida tarbiyalanar ekan, tarbiyachi sifatida, tarbiya vositasi sifatida o‘zi ham
ijtimoiy muhit yaratishga xizmat qiladi.

Foydalanilganadabiyotlar:
1. Abdulla Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq”.[1;4].
2. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/5137.htm
3. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008
4.Davletshin M.G.,Mavlonov M.M, To‘ychiyeva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya” T.

TDPU, 2009 .

5. Xosilbekovna, S. F. (2024). Psixologik holatlarga tushishni oldingi olish.

образование

наука

и

инновационные

идеи

в

мире

, 39(4), 56-58.

6.

Абдуллаева

,

Ш

.

Х

. (2016).

Коммуникативные

умения

как

профессиональная

компетенция

педагога

. NovaInfo. Ru, 3(54), 304-306.

Bibliografik manbalar

Abdulla Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq”.[1;4].

Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008

Davletshin M.G.,Mavlonov M.M, To‘ychiyeva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya” T.

TDPU, 2009 .

Xosilbekovna, S. F. (2024). Psixologik holatlarga tushishni oldingi olish. образование

наука и инновационные идеи в мире, 39(4), 56-58.

Абдуллаева, Ш. Х. (2016). Коммуникативные умения как профессиональная

компетенция педагога. NovaInfo. Ru, 3(54), 304-306

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари