Mualliflar

  • Nodira Tojiboyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Xusnora Nu’monova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74212

Kalit so‘zlar:

Gerontopsixologiya psixologik keksayish biologik keksayish ijtimoiy keksayish nafaqadan oldingi inqiroz

Annotasiya

Ushbu tezisda yosh davrlari psixologiyasidan gerontopsixologiyaga oid
xususiyatlar , ularni davrlashtirish muammolari va ko‘rib chiqiladi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

572

KEKSALIK DAVRI INQIROZLARI VA ULARNING IJOBIY YECHIMLARI

ADPI Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

Nodira Tojiboyeva

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

Nu’monova Xusnora Shavkatjon qizi

Annotatsiya:

Ushbu tezisda yosh davrlari psixologiyasidan gerontopsixologiyaga oid

xususiyatlar , ularni davrlashtirish muammolari va ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

Gerontopsixologiya, psixologik keksayish , biologik keksayish, ijtimoiy

keksayish, nafaqadan oldingi inqiroz, identiklik inqiroz , yangi bandlik , nafaqadan oldingi inqiroz

Gerontopsixologiya qarilik davri psixologiyasi bo

ʻ

lib, yunoncha geron -qari va psixologiya

so

ʻ

zlaridan tashkil topgan. Umumiy psixologiya vositalari va qoidalaridan foydalanib keksalar

ruhiyati va fe'lining o

ʻ

ziga xos xususiyatlarini o

ʻ

rganadi. Ko

ʻ

plab olimlar kishilarda keksayish

sababli ro

ʻ

y beradigan o

ʻ

zgarishlarga azaldan qiziqib kelishgan bo

ʻ

lsada, gerontopsixologiya fan

sohasi sifatida 20-asrning 2-yarmida shakllana boshladi. Bu sohaning shakllanishiga ijtimoiy
omillar: keksalarni ko

ʻ

payib ketishi, ularning ish layoqati va turmush tarzi sabab bo

ʻ

ldi.

Gerontopsixologiyaning asosiy vazifasi kishilarning qariganda ham bardam, tetik yashashiga yordam
beradigan vositalarni izlab topishdir. Keksalar sonining keskin ko

ʻ

payib ketishiga sabab:

tug

ʻ

ulishning kamayib ketishi,salomatlikning yaxshilanishi, kichik va katta yoshdagilarda o

ʻ

lim

sonining kamayishi, hayotning individual davomiyligining ortishidir. Aholining keksayishi iqtisodiy
ijtimoiy siyosiy muammolarni keltirib chiqaradi. Rivojlangan Yevropa davlatlarida keksalarni "sekin
ta'sir qiluvchi demografik bomba" deya atashadi. Qarilik ijtimoiy kategoriya sifatida XX asrda
ajratildi. Bu oxirgi yuz yilda Yer planetasidagi demografik o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Dunyo
aholisining keksayishi ro‘y bermoqda, ya’ni rivojlangan davlatlarda keksa insonlar soni ortib
bormoqda. Bronza davrida hayotning o‘rtacha davomiyligi 18—20 yil bo‘lsa, o‘rta asrlarda 35 yil,
XIX asrda 44 yil bo‘lsa, XX asrda 68-72 yilni tashkil etadi. Aholining keksayishi iqtisodiy, tibbiy,
huquqiy, siyosiy va boshqa muammolarni tug‘diradi. Biologik nazariyalarga rus gerontologiyasining
asoschisi A.A.Bogomolsning organizm fiziologik jarayonlari uyg‘unligining buzilishini keksayishda
asosiy omil deb hisoblagan nazariyasini hamda keksayishni intoksifikatsiya sifatida qaragan
I.I.Mechnikov nazariyasini kiritish mumkin

Qarilikni o‘rganishda yana bir nazariyalar ham mavjudki ularni inkor etib bo‘lmaydi.Ular

keksayishning kompleks nazariyalaridir. Kompleks nazariyalar keksayishning biron jihatiga urg‘u
beradigan nazariyalarga qarshi chiqadi. Keksayish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u o‘zaro biologik,
ijtimoiy va psixologik jarayonlar bilan bogliqdir. Har bir insonga o‘ziga xos keksayish yo‘li bor bo‘lib
Dj.Terner, D.Xelms uch o‘zaro bog‘liq jarayonni ajratib ko‘rsatadilar:

Psixologik keksayish - individ o‘zi keksayish jarayonini qanday tasavvur qiladi va his qiladi,

boshqalarning keksayishi bilan o‘zini taqqoslab keksayish jarayoniga qanday munosabatda bo‘ladi.

Biologik keksayish — yosh o‘tishi bilan organizmda o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi.
Ijtimoiy keksayish — individ keksayishni jamiyat bilan, ijtimoiy rollarni bajarish bilan qanday

bog‘laydi.

Keksalikning yosh chegaralari muammosi qarilikning yosh chegaralarini turli olimlar turlicha

tavsiflashadi, lekin ko‘pchilik 60—65 yoshni qarilikning boshlanishi sifatida e’tirof etishadi. Misol
tariqasida bir necha olimlarning qarashlarini keltirib o‘tamiz:

Chexiyalik professor B.Prijigoda: 60-75 — qarilik, 75-100 yosh keksalik.
Dj.Birren: 50—75 yosh so‘nggi yetuklik, 75 yoshdan keyin qarilik.
D.B. Bromley qarilikning 3 bosqichini ko‘rsatib o‘tadi: 65-70 yosh sevimli ishdan uzoqlashish;

70 yoshdan keyin keksalik; 110 yoshgacha — munkillaganlik, qarib kasalga chalinish va o‘lim.

Keksayish yoshga oid muqarrar jarayon bo‘lishiga qarab har kimda har xil individual kechadi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash Yevropa byurosining klassifikatsiyasiga muvofiq, erkaklarda qarilik
61—74 yosh, ayollarda 55—74 yosh, 75 dan keyin keksalik boshlanadi, 90 yoshdan keyin uzoq umr
ko‘ruvchilar deb ataladi. Qarilikning boshlanishi ijtimoiy mezon sifatida insonning nafaqaga chiqishi
bilan belgilanadi.Qarilik davriga o‘tishningijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari - bu asosiy daromad


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

573

manbayining o‘zgarishi, ijtimoiy mavqening o‘zgarishi, ijtimoiy rollar doirasining o‘zgarishi
hisoblanadi.

Yetuklik va keksalik orasidagi inqiroz 55—65 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Keksalik davridagi

inqirozni nafaqadan oldingi inqiroz deb ataladi, bunda asosiy determinant sifatida ijtimoiy omil
nafaqa yoshiga yetish omili ko‘rsatiladi. Darhaqiqat nafaqaga chiqish inson hayotini tubdan
o‘zgartirib yuboradi, jamiyatdagi muhim ijtimoiy rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent
guruhidan ajralishi, muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvolining yomonlashuvi, ba’zan «iste’fo
shoki» holatining o‘tkir kechishida namoyon boladi. Bu holat ko‘pchilik qartayayotgan insonlarda
qiyin kechadi, salbiy hissiy holatlarni vujudga keltiradi. L.I.Ansifirovaning ta’kidlashicha,
qariyalarning uch xil asosiy shaxs tiplarini ajratish mumkin. Birinchi tipdagi qariyalar nafaqaga
chiqishni yaxshi boshdan kechiradi, yangi qiziqarli mashg‘ulotga jon deb ko‘chadilar, yangi do‘stona
munosabatlarni o‘rnatishga layoqatli. Bularning bari ularning hayotdan qoniqqanlik darajasining
yuqori bo‘lishiga hamda umrining uzun bo‘lishiga ham ta’sir etadi. Ikkinchi tipdagi qariyalar hayotga
passiv munosabatda bo‘ladi. Ularda qiziqishlar doirasining pasayishi, o‘z-o‘ziga hurmatning
yo‘qolishi, kerak emaslik va mos emaslik hissi kuzatiladi. Ushbu yosh davridagi inqirozni yumshatish
strategiyalaridan biri «hayotga yangicha qarash» texnikasidir. Bu texnika o‘z ichiga yangi ijtimoiy
yondashuvga psixologik tayyorgarlik, bo‘sh vaqtni oldindan rejalashtirish, yangi hayot tarzini,
jamiyatga kirishishning yangi usullarini izlash, salbiy holat va hodisalarni oldindan his qilish,
nafaqaga chiqishni qat’iy kun tartibi va qat’iy cheklovlardan ozod bo‘lish hamda insonning yangi
qobiliyatlarini namoyon etadigan erkin fazo sifatida ijobiy idrok etish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Keksalik davriga o‘tishdagi inqirozlar bo‘yicha boshqa bir yondashuv shaxs ichidagi, identiklik
inqirozidir. Bunda qarilik alomatlari subyekt tomonidan emas, balki atrofdagilar tomonidan seziladi.
Fiziologik qartayish jarayonlari doimiyligi tufayli uzoq vaqt subyekt tomonidan anglanmaydi,
o‘zining «o‘zgarmasligi» haqida illyuziya paydo bo‘ladi. Keksalikni anglash kutilmaganda sodir
bo‘ladi(masalan, sinfdoshlari bilan uchrashganda) hamda ichki nizolarga olib keladi. Ba’zan qarilikni
anglash bilan bog‘liq inqiroz o‘smirlik davridagi inqiroz bilan tenglashtiriladi (bunda ham o‘zining
o‘zgargan tanasiga yangicha munosabatni ishlab chiqishdan iborat), lekin qarilik inqirozi ongliroq
kechadi.

«Yopiq kontur tipi» bo‘yicha adaptatsiya strategiyasida tashqi dunyoga qiziqishlar va

intilishlar darajasining pasayishida, egotsentrizm, emotsional nazoratning susayishi, toliqmaslik
kompleksi, qo‘zg‘aluvchanlik ba’zan atrofdagilarga befarqlikda namoyon boladi. Ba’zan ushbu
keksayish modelini «passiv keksayish» yoki ijtimoiy qiziqishlarning yo‘qolishi ham deb atashadi.
Bunga alternativ ravishda yana bir model mavjud, ya’ni jamiyat bilan aloqalar saqlab qolinadi, yanada
rivojlantiriladi. Yetakchi faoliyat ijtimoiy tajribani tizimlashtirish va uzatishdan iborat boladi. Bu
yoshda keksalar kasbiy faoliyatlarini davom ettirishlari, memuarlar yozishlari, o‘qitishlari, ustozlik
qilishlari, nabiralarni tarbiyalashlari va jamoat ishlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.O‘zini shaxs
sifatida saqlab qolish uchun kuchi yetadigan mehnat bilan shug‘ullanish, turli qiziqishlarga ega
bolish, yaqinlarga kerakli inson bolishga intilish, hayotga qiziquvchanlikni his qilish zarur.

Donishmandlik - keksalik davrining eng yuksak yutug‘idir.
Amerika psixologlari tadqiqotlarida nafaqaga chiqqan erkaklar o‘rganilib, 5 xil shaxs tiplari

o‘rganilgan.

1. Konstruktiv tip — ichki muvozanat, ijobiy emotsional kayfiyat, o‘ziga nisbatan tanqidiylik

va boshqalarga nisbatan chidamlilik bilan tavsiflanadi. Kasbiy faoliyatni to‘xtatgandan so‘ng ham
hayotga nisbatan optimistik ustanovka saqlanib qoladi. Bunday keksalarning o‘z-o‘zini baholashi
yuqori bolib, atrofdagilarning yordamiga tayangan holda kelajak uchun reja tuzadi.

2. Bog‘liq tip - ijtimoiy qabul qilingan va yaxshi moslashgan tip. Yuksak hayotiy va kasbiy

intilishlar bolmaganida turmush o‘rtog‘iga yoki farzandiga bo‘ysunadi. Oilaviy vaziyat tufayli hissiy
muvozanat saqlab turiladi.

3. Himoyalanuvchi tip — zo‘r berib doimiy faollik orqali 0‘zo‘zini ta’minlashga intilish.

Nevrotik tip sifatida baholanadi

4. Agressiv-ayblovchi tip — bunday keksalar shaxsiy muvaffaqiyatsizliklari uchun aybni

boshqalarga to‘nkaydi, shubhalanuvchan va birdan tutoqib ketadi. Ular o‘zlarining keksaligi,


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

574

nafaqaga chiqqanligi haqidagi fikrni qabul qilishni istamaydi, kuchi tugayotgani va olim haqida
o‘ylab, yoshlarga nisbatan dushmanlarcha munosabatda bo‘ladi.

5. O‘z-o‘zini ayblovchi tip — passivlik, depressiyaga beriluvchanlik, tashabbussizlik,

yolg‘izlik, hayotga pessimistik munosabat, o‘lim baxtsizlikdan qutulish yo‘li sifatida qabul qilinadi.

I.S.Kon keksalikdagi ijtimoiy-psixologik tiplarni ajratishda mezon sifatida faoliyatning

yo‘nalganligidan foydalanadi.

Ijobiy psixologik qulay tiplar:
1) nafaqaga chiqqandan so‘ng jamoat ishlarini davom ettirish, faol va ijodiy munosabatda

bolish;

2) shaxsiy hayoti bilan shug‘ullanish — moddiy ta’minlanganlik, xobbi, qiziqishlar, mustaqil

ta’lim olish, yaxshi ijtimoiy va psixologik ta’minlanganlik;

3) oilaning boshqa a’zolariga qulay bolish uchun ularga yordamlashish, bular ko‘proq

ayollardir. Zerikish yo‘q, lekin birinchi va ikkinchi guruhdagilarga nisbatan hayotdan qoniqqanlik
quyiroq;

4) hayotning mazmuni sogliqni mustahkamlash bilan bog‘lanadi, bu ko‘proq erkaklarga xos.

Hayotni bunday tashkil etish ma’lum ma’noda axloqiy qoniqish hosil qiladi, ba’zan sog‘liqqa
nisbatan xavotirlanish kuzatiladi.

Keksalarning salbiy tiplari:
1) agressiv, maxmadonalar;
2) o‘z hayotidan norozi, baxtsiz, muvaffaqiyatsiz keksalar.
Keksalik davrida paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilma — bu hayotiy donishmandlikhamda

ruhning chuqur qatlamlari bilan yashash qobiliyatidir

Xulosa qilib aytganda, keksalik bu individning ishdan qolishi va jamiyatdan uzulib qolish

holatlaridir. Bunda gerontopsixologiya fani keksalikda ham kishilarni sog

ʻ

lom va bardam hayot

kechirishlarini ta

ʼ

minlovchi kashfiyotlar qilish bilan shug

ʻ

ullanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Do‘stmuxamedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunusova G.Yu., Ziyavitdinova G.Z.,

«Yoshdavrlari va pedagogik psixologiya» - Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2021y.

2. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008
3. Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To‘ychiyeva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya” T.

TDPU, 2009 .

4. Abdullaeva, S. H. (2014). Shaping to emotional stability future teachers of the professional

education. European Journal of Natural History, (4), 23-24.

5. Xosilbekovna, S. F. (2024). The impact of globalization on the manifestation of aggressive

behavior in adolescence. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 4(2), 134-137.

7. Xosilbekovna, S. F. (2024). Psixologik holatlarga tushishni oldingi olish.

Образование

наука

и

инновационные

идеи

в

мире

, 39(4), 56-58.

Bibliografik manbalar

Do‘stmuxamedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunusova G.Yu., Ziyavitdinova G.Z.,

«Yoshdavrlari va pedagogik psixologiya» - Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2021y.

Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008

Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To‘ychiyeva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya” T.

TDPU, 2009 .

Abdullaeva, S. H. (2014). Shaping to emotional stability future teachers of the professional

education. European Journal of Natural History, (4), 23-24.

Xosilbekovna, S. F. (2024). The impact of globalization on the manifestation of aggressive

behavior in adolescence. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 4(2), 134-137.

Xosilbekovna, S. F. (2024). Psixologik holatlarga tushishni oldingi olish. Образование

наука и инновационные идеи в мире, 39(4), 56-58

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари