Mualliflar

  • Nigoraxon Mirzaahmedova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74251

Kalit so‘zlar:

“4K” modeli Kollaboratsiya kommunikativlik kreativ fikrlash kritik fikrlash

Annotasiya

Ushbu maqolada 4K modeli va uning tarkibiy qismlari, boshlang‘ich ta’lim tizimida 4K modelidan foydalanishning pedagogik xususuyatlari, ta’lim samaradorligini oshirishda 4K modelidan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z boradi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

492

ZAMONAVIY TA’LIM MAZMUNINI 4K MODELI ASOSIDA

TAKOMILLASHTIRISH

Mirzaahmedova Nigoraxon Abdusalim qizi

ADPI, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada 4K modeli va uning tarkibiy qismlari, boshlang‘ich

ta’lim tizimida 4K modelidan foydalanishning pedagogik xususuyatlari, ta’lim
samaradorligini oshirishda 4K modelidan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z boradi

.

Kalit so‘zlar.

“4K” modeli, Kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ fikrlash, kritik

fikrlash, ta’lim, tarbiya.

Bugungi kunda o‘quvchini maktaga tayyorlash bu o‘quvchining ehtiyojini inobatga

olmasdan tashkil etilmaydigan jarayon. Chunki, o‘quvchilarning ehtiyojlari, uning
qobiliyatlari ta’lim traektoriyasini samarali qurishga ya’ni o‘quvchini o‘qitish emas uni
o‘qishga o‘rgatish, o‘quvchining imkoniyatlarini uning shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirish
hisoblanadi.[1] Boshlang‘ich ta’lim-shaxs shakllanishi davrining eng muhim bosqichi. Bu
davr bola ong ostida olamni anglash, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo‘lgani
uchun ham nozik e’tibor talab etadi. Ayni shu pallada bola o‘zida “o‘quvchi
shaxsini”yaratadi, maktabga va ta’lim olishga nisbatan qiziqishni, mehrni tuyadi, ilm
yòlidagi kelgusi natijalar uchun kuch toplashni boshlaydi. Bu esa zamonaviy pedagogika
oldidagi doimiy va murakkab masala sifatida darsliklarning g‘oyaviy, tarbiyaviy va ma’rifiy
saviyasiga jiddiy yondashishni talab etadi. [2]

Aytish lozimki, hozirgi davr o‘qituvchilaridan faqatgina turli ma’ruza va qolipga tushib

qolgan mavzular bilan cheklanib qolmay, mustaqil ta’lim, elektron resurslar va
texnologiyalardan foydalanib, dars o‘tishni ilg‘or metodikalaridan unumli foydalanib dars
o‘tib amaliyotga joriy etishni talab qilmoqda. Bunday ta’lim berish shakli o‘quvchilarning
nafaqat nazariy bilimlarini, balki bugungi kunda zarur bo‘lgan XXl asr kònikmalarini
rivojlantirish orqali bilimlarini oshirishga yordam beradi. Shu ma’noda o‘quvchilarni tahlil,
mushohadaga tayangan holda tanqidiy, ijodiy fikrlashi, atrofdagilar bilan sog‘lom
hamkorlik qilishi hamda moslashuvchan bolishini talab etadi. [3] Buning uchun ta’limni
isloh qilish tizimiga yangi inovatsion uslublarni joriy etish bilan darsda o‘quvchilarni
mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish lozim. Ana shunday yondashuvlardan biri 4K
modelidir. 4K yondashuvi o‘z nomi bilan to‘rtta tamoyilni o‘z ichiga oladi: Kollaboratsiya.
Darsliklar o‘quvchini jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda
tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-
quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi. Kommunikativlik. O‘quvchilar o‘z
fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshini tinglashga va tushunishga, ma’lumotni
yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadi.

Kreativ fikrlash. O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni

qo‘llashni o‘rganadi, inovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal
qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Kritik(tanqidiy)fikrlash. Ushbu metodologiya
o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish
ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtai
nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtai nazarini
shakllantiradi. [4]

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim- o‘quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga

olgan holda, uning shaxsi, o‘ziga xususuyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

493

ta’lim. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning o‘ziga xos jihati ta’lim oluvchi shaxsni tan olish,
uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat. [5] Shaxs
ijodkorligi uning tafakkurida, muloqotida,his tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida
namoyon bo‘ladi va iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, ijodkorlik zehn
o‘tkirligini ham belgilab beradi.

1. Odatda ijodkorlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko‘zga tashlansada, biroq bu holat

ularning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular
tomonidan u yoki bu ijodiy ko‘nikma,malakalarni o‘zlashtirishlari zarur degan ehtimolni
ifodalaydi. Bolalarda ijodkorlikni shakllantirishda quyidagi shartlarga e’tibor qilish zarur.

2. Ular tomonidan ko‘p savollar berilishini rag‘batlantirish va bu odatni qo‘llab-

quvvatlash,

3. Bolalarni mustaqilligini rag‘batlantirish va ularda mas’uliyatni kuchaytirish,
4. Bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish,
5. Bolalarni qiziqishlariga e’tibor qaratish.
P.Torrens fikricha, ijodkorlik -muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish, farazni

tekshirish va o‘zgartirish qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash,
muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning òzaro qarama-qarshiligiga
nisbatan tasirchanlikni ifodalaydi. [6]

Haqiqatni izlash shubhalanish hissi bilan bir vaqtda amalga oshishi mumkin. Bu his

odam faol bilish faoliyati orqali hosil qilgan g‘oya hamda e’tiqodlarni hayotda tatbiq qilish
uchun bo‘lgan kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo‘ladi. [7]

O‘quvchilarda muloqotini shakllantirish-bolalarda hayajonni yengishga, muloqotdan

cho‘chimaslikka, savol bera olish va javob berish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, boshlang‘ich ta’lim-shaxs shakllanishi davrining eng

muhim bosqichi. O‘quv faoliyati bolada nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurni
rivojlanishini taqozo etadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi ham o‘quv faoliyati bilan o‘zaro
bog‘liq ravishda rivojlanadi. O‘yin faoliyatidan o‘quv faoliyatiga o‘tish o‘ziga xos
qiyinchiliklarga sabab boladi. O‘quv faoliyatini o‘yinlar, ko‘rgazmali qurollar bilan tashkil
etilishi bu muammoni hal qilishni samarali vositalaridan biri. Chunki, bu davrda so‘z-mantiq
xotiraga nisbatan ko‘rgazmali-obrazli xotira ko‘proq rivojlangan bo‘ladi.

Baxs-munozara metodini qo‘llash. Har bir bola muammoli vaziyatga o‘z

dunyoqarashidan, e’tiqodidan kelib chiqib turlicha yondashadi. Bolaga o‘z fikrini bayon
etishda erkinlik berish, fikrini bo‘lmaslik kerak. Bu uslubda bolalar nafaqat mushohada
qiladilar, balki boshqalarni tinglash, fikrlarni tahlil qilish va o‘z fikrlari bilan taqqoslash
imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘quv faoliyati davomida shaxs ijtimoiylashuvi ham shakllana boshlaydi. Bunda

tarbiyaning o‘rni katta. Boshlang‘ich sinfning “Tarbiya” fani darsliklarida “vaziyatni
o‘rganing” topshiriqlari insondagi qaysi xislatlar yaxshi-yu, qaysilari salbiy ekanligi va nima
uchunligini mulohaza qilishga undaydi.

Kichik guruhlarda savol-javob musobaqalarini o‘tkazish orqali bolalarni bilimlari

sinovdan o‘tkaziladi, mustahkamlanadi. G‘oliblar rag‘batlantiriladi. Rag‘batlantirish yangi
motivlarni yaratilishiga turtki bo‘ladi, jamoa bo‘lib ishlash esa mas’uliyat hissini
shakllantiradi. Chunki bola o‘z javobini guruhga ta’sir etishini anglagan holda harakat qiladi,
bunda bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi muhim rol o‘ynaydi

Bola o‘z manfaati uchun bajon-u dil mehnat qiladi, lekin barcha mehnat ham bolada

ijobiy hislatlarni shakllantirmaydi. Bolani asta sekinlik bilan mehnatsevarlikka o‘rgatish,
ko‘pchilik manfaatini ko‘zlaydigan mehnat faoliyatiga jalb etish lozim. “Sen shunday inson
bo‘lsang, yaxshi yashaysan” deb emas, “Sen shunday inson bo‘lsang, shuncha odamga
yordam berish imkoniyatiga ega bo‘lasan” kabi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

494

Bolaning tarbiyaviy shakllanishi faqat ta’limga bog‘liq jarayon emas. Ma’lumki,

yoshlarning ma’naviy axloqiy tarbiyasi bilan oila, mahalla, ta’lim muassasalari, ommaviy
axborot vositalari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, ilmiy pedagogik kadrlar
shug‘ullanadilar. Tarbiya jarayonida barcha ishtirokchilarning bahamjihatlik bilan olib
boradigan ishlarigina o‘zining ijobiy natijalarini berishi mumkin.

Vatandoshimiz marifatparvar va davlat arbobi Abdulla Avloniy aytganidek,

“Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo ma’mot, yo najot, yo xalokat, yo saodat, yo falokat
masalasidir…”.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

"Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi"dasturi doirasida

trening ishtirokchisi qo‘llanmasi Toshkent: 2023.

2.

O‘rmonova

Dilfuza

Mamasalievna

TAKRORLASH

VA

MUSTAHKAMLASH DARSLARINI “4K” MODELI ASOSIDA TASHKIL ETISHDA
KOLLOBORATIV MUHITDAN FOYDALANISH USULLARI Innovative Development
in Educational Activities (IDEA) Vol. 2 No. 3 (2023)

3.

https://parliament.gov.uz/articles/1623

4.

https://kun.uz/82301169?q=%2Fuz%2F82301169#

5.

https://kun.uz/uz/82301169

6.

https://yuz.uz/uz/news/4k--bolajak-talimni-belgilaydi

7.

https://xabar.uz/uz/talim/ozbekistonda-4k-bolajak-talim-tamoyili

Bibliografik manbalar

"Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi"dasturi doirasida

trening ishtirokchisi qo‘llanmasi Toshkent: 2023.

O‘rmonova Dilfuza Mamasalievna TAKRORLASH VA

MUSTAHKAMLASH DARSLARINI “4K” MODELI ASOSIDA TASHKIL ETISHDA

KOLLOBORATIV MUHITDAN FOYDALANISH USULLARI Innovative Development

in Educational Activities (IDEA) Vol. 2 No. 3 (2023)

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари