“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
755
ZAMONAVIY TA’LIM MAZMUNINI 4K MODELI ASOSIDA
TAKOMILLASHTIRISH.
Mirzaahmedova Nigoraxon Abdusalim qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Tasviriy san’at va muhandislik
grafikasi yo'nalishi talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada 4K modeli va uning tarkibiy qismlari, boshlang’ich
ta’lim tizimida 4K modelidan foydalanishning pedagogik xususuyatlari, ta’lim
samaradorligini oshirishda 4K modelidan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar
. “4K” modeli, Kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ fikrlash, kritik
fikrlash, ta’lim, tarbiya.
Bugungi kunda o‘quvchini maktaga tayyorlash bu o‘quvchining ehtiyojini inobatga
olmasdan tashkil etilmaydigan jarayon. Chunki, o‘quvchilarning ehtiyojlari, uning
qobiliyatlari ta’lim traektoriyasini samarali qurishga ya’ni o‘quvchini o‘qitish emas uni
o‘qishga o‘rgatish, o‘quvchining imkoniyatlarini uning shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirish
hisoblanadi.
Boshlang’ich ta’lim-shaxs shakllanishi davrining eng muhim bosqichi. Bu davr bola
ong ostida olamni anglash, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo‘lgani uchun
ham nozik e’tibor talab etadi. Ayni shu pallada bola o‘zida “o‘quvchi shaxsini”yaratadi,
maktabga va ta’lim olishga nisbatan qiziqishni, mehrni tuyadi, ilm yòlidagi kelgusi natijalar
uchun kuch toplashni boshlaydi. Bu esa zamonaviy pedagogika oldidagi doimiy va murakkab
masala sifatida darsliklarning g’oyaviy, tarbiyaviy va ma’rifiy saviyasiga jiddiy yondashishni
talab etadi.
Aytish lozimki, hozirgi davr o‘qituvchilaridan faqatgina turli ma’ruza va qolipga
tushib qolgan mavzular bilan cheklanib qolmay, mustaqil ta’lim, elektron resurslar va
texnologiyalardan foydalanib, dars o‘tishni ilg’or metodikalaridan unumli foydalanib dars
o‘tib amaliyotga joriy etishni talab qilmoqda. Bunday ta’lim berish shakli o‘quvchilarning
nafaqat nazariy bilimlarini, balki bugungi kunda zarur bo’lgan XXl asr kònikmalarini
rivojlantirish orqali bilimlarini oshirishga yordam beradi. Shu ma’noda o‘quvchilarni tahlil,
mushohadaga tayangan holda tanqidiy, ijodiy fikrlashi, atrofdagilar bilan sog’lom
hamkorlik qilishi hamda moslashuvchan bolishini talab etadi. Buning uchun ta’limni isloh
qilish tizimiga yangi inovatsion uslublarni joriy etish bilan darsda o‘quvchilarni mustaqil va
ijodiy fikrlashga yo‘naltirish lozim. Ana shunday yondashuvlardan biri 4K modelidir.
4K yondashuvi o‘z nomi bilan to‘rtta tamoyilni o‘z ichiga oladi: Kollaboratsiya. Darsliklar
o‘quvchini jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan.
Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash
ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Kommunikativlik. O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshini
tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga
o‘rganadi.
Kreativ fikrlash. O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni
qo‘llashni o ‘rganadi, inovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal
qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Kritik(tanqidiy)fikrlash. Ushbu metodologiya
o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish
ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtai
nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtai nazarini
shakllantiradi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
756
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim- o‘quvchining fikrlash va harakat strategiyasini
inobatga olgan holda, uning shaxsi, o ‘ziga xususuyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan ta’lim. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning o‘ziga xos jihati ta’lim oluvchi
shaxsni tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan
iborat.
Shaxs ijodkorligi uning tafakkurida, muloqotida,his tuyg’ularida, muayyan faoliyat
turlarida namoyon bo‘ladi va iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa,
ijodkorlik zehn o‘tkirligini ham belgilab beradi.
Odatda ijodkorlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko‘zga tashlansada, biroq bu holat
ularning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular
tomonidan u yoki bu ijodiy ko‘nikma,malakalarni o‘zlashtirishlari zarur degan ehtimolni
ifodalaydi. Bolalarda ijodkorlikni shakllantirishda quyidagi shartlarga e’tibor qilish zarur.
Ular tomonidan ko‘p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo‘llab-
quvvatlash;
Bolalarni mustaqilligini rag’batlantirish va ularda mas’uliyatni kuchaytirish;
Bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
Bolalarni qiziqishlariga e’tibor qaratish
P.Torrens fikricha, ijodkorlik -muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish, farazni
tekshirish va o‘zgartirish qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash,
muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning òzaro qarama-qarshiligiga
nisbatan tasirchanlikni ifodalaydi.
Haqiqatni izlash shubhalanish hissi bilan bir vaqtda amalga oshishi mumkin. Bu his
odam faol bilish faoliyati orqali hosil qilgan g’oya hamda e’tiqodlarni hayotda tatbiq qilish
uchun bo‘lgan kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo‘ladi.
O‘quvchilarda muloqotini shakllantirish-bolalarda hayajonni yengishga, muloqotdan
cho ‘chimaslikka, savol bera olish va javob berish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Yuqorida aytib o ‘tganimizdek, boshlang’ich ta’lim-shaxs shakllanishi davrining eng
muhim bosqichi. O ‘quv faoliyati bolada nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurni
rivojlanishini taqozo etadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi ham o‘quv faoliyati bilan o ‘zaro
bog’liq ravishda rivojlanadi. O ‘yin faoliyatidan o‘quv faoliyatiga o ‘tish o‘ziga xos
qiyinchiliklarga sabab boladi. O‘quv faoliyatini o‘yinlar, ko‘rgazmali qurollar bilan tashkil
etilishi bu muammoni hal qilishni samarali vositalaridan biri. Chunki, bu davrda so‘z-mantiq
xotiraga nisbatan ko‘rgazmali-obrazli xotira ko‘proq rivojlangan bo‘ladi.
Baxs-munozara metodini qo ‘llash. Har bir bola muammoli vaziyatga o‘z
dunyoqarashidan, e’tiqodidan kelib chiqib turlicha yondashadi. Bolaga o‘z fikrini bayon
etishda erkinlik berish, fikrini bo‘lmaslik kerak. Bu uslubda bolalar nafaqat mushohada
qiladilar , balki boshqalarni tinglash, fikrlarni tahlil qilish va o‘z fikrlari bilan taqqoslash
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘quv faoliyati davomida shaxs ijtimoiylashuvi ham shakllana boshlaydi. Bunda
tarbiyaning o‘rni katta. Boshlang’ich sinfning “Tarbiya “ fani darsliklarida “vaziyatni
o‘rganing” topshiriqlari insondagi qaysi xislatlar yaxshi-yu, qaysilari salbiy ekanligi va nima
uchunligini mulohaza qilishga undaydi.
Kichik guruhlarda savol-javob musobaqalarini o‘tkazish orqali bolalarni bilimlari
sinovdan o‘tkaziladi, mustahkamlanadi. G’oliblar rag’batlantiriladi. Rag’batlantirish yangi
motivlarni yaratilishiga turtki bo‘ladi, jamoa bo‘lib ishlash esa mas’uliyat hissini
shakllantiradi. Chunki bola o‘z javobini guruhga ta’sir etishini anglagan holda harakat qiladi,
bunda bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi muhim rol o‘ynaydi
Bola o‘z manfaati uchun bajon-u dil mehnat qiladi, lekin barcha mehnat ham bolada
ijobiy hislatlarni shakllantirmaydi. Bolani asta sekinlik bilan mehnatsevarlikka o‘rgatish,
ko‘pchilik manfaatini ko‘zlaydigan mehnat faoliyatiga jalb etish lozim.”Sen shunday inson
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
757
bo‘lsang, yaxshi yashaysan” deb emas, “Sen shunday inson bo‘lsang, shuncha odamga
yordam berish imkoniyatiga ega bo‘lasan” kabi.
Bolaning tarbiyaviy shakllanishi faqat ta’limga bog’liq jarayon emas. Malumki,
yoshlarning ma’naviy axloqiy tarbiyasi bilan oila, mahalla, ta’lim muassasalari, ommaviy
axborot vositalari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, ilmiy pedagogik kadrlar
shug’ullanadilar. Tarbiya jarayonida barcha ishtirokchilarning bahamjihatlik bilan olib
boradigan ishlarigina o‘zining ijobiy natijalarini berishi mumkin.
Vatandoshimiz marifatparvar va davlat arbobi Abdulla Avloniy aytganidek,”Tarbiya
bizlar uchun yo hayot, yo ma’mot, yo najot ,yo xalokat, yo saodat, yo falokat
masalasidir…”.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. "Boshlang'ich sinflarda o'qitishning zamonaviy metodikasi"dasturi doirasida trening
ishtirokchisi qo'llanmasi Toshkent: 2023.
2. O‘rmonova Dilfuza Mamasalievna TAKRORLASH VA MUSTAHKAMLASH
DARSLARINI
“4K”
MODELI
ASOSIDA
TASHKIL
ETISHDA
KOLLOBORATIV MUHITDAN FOYDALANISH USULLARI Innovative
Development in Educational Activities (IDEA) Vol. 2 No. 3 (2023)
3. https://parliament.gov.uz/articles/1623
4. https://kun.uz/82301169?q=%2Fuz%2F82301169#
5. https://kun.uz/uz/82301169
6. https://yuz.uz/uz/news/4k--bolajak-talimni-belgilaydi
7. https://xabar.uz/uz/talim/ozbekistonda-4k-bolajak-talim-tamoyili
