Mualliflar

  • Dilafro’z Yoqubaliyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74391

Kalit so‘zlar:

Egotsentrizm “Men” konsepsiyasi predmetlivaziyati predmetli faoliyat mexanik xotira

Annotasiya

Maqolada ilk bolalik davrida tashqi muhitning ta’siri. Ilk bolalik davri
psixologiyasi va bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, nutq va tafakkurning
rivojlanishi. Aqliy rivojlanish, ilk bolalik davri muomolari va yechimlari haqida sõz boradi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

763

ILK BOLALIK DAVRI PSIXOLOGIYASI

Andijon davlat pedagogika instititi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

o‘qituvchisi Yoqubaliyeva Dilafro’z

Maktabgacha ta’lim fakulteti 1-bosqich

talabasi Yusupova Nargiza

Annotatsiya:

Maqolada ilk bolalik davrida tashqi muhitning ta’siri. Ilk bolalik davri

psixologiyasi va bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, nutq va tafakkurning
rivojlanishi. Aqliy rivojlanish, ilk bolalik davri muomolari va yechimlari haqida sõz boradi.

Kalit so’zlar:

Egotsentrizm, “Men” konsepsiyasi, predmetlivaziyat, predmetli faoliyat,

mexanik xotira, vaziyat nutqi.
Bolaning yurishga urinishi, turli narsalar bilan ovunishi va mashg‘ul bo‘lish
imkoniyatlari kengayishi, uning kattalarga bevosita tobeligi, ularga bog‘liqligi nisbatan
kamayishiga olib keladi. Binobarin, uning mustaqil harakat qilishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratiladi. Bir yoshli va undan sal oshgan bolaning har xil harakatli o‘yinlarda
muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, ko‘zlagan ishni bajarishdagi noxush kechinmalar uning ruhiy
dunyosida dastlabki jazava (affektiv) tuyg‘u va hisni vujudga keltiradi. Shuningdek, o‘z
faoliyatida uchraydigan ko‘ngilsiz voqealarga shaxsiy munosabatini bildirish-aksettirishning
yangi shakli ta’sirlanish (reaksiyaga kirishish) ni tarkib toptiradi. Bola mazkur holatni intuitiv
ravishda kashf qiladi, bu narsa grammatik aloqalarda, morfologik o‘zgarishlarda namoyon
bo‘ladi.

Emaklash bolaning 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan (ilk bolalik) davrida boshlanadi.

Bu yoshdagi harakatdagi eng katta yutug‘i to‘g’ri va tik yura boshlashi psixikasining
rivojlanishini ta’minlovchi predmetli faoliyatning yo‘lga qo‘yishi va gaplarni tushunib nutq
rivojlanishidir. Yurish vaqtida to‘g‘ri yurish ularni qoniqtirmaydi. Orqaga ko‘zlarini yumib
baland-past joylardan yurib o‘zlari-o‘zlariga qiyinchilik tug‘diradi va uni yengishga harakat
qiladi. Uyqu vaqti kamaya boradi. 1,5 yoshdan 13,5 soat kechasi va 2 mahal, kunduzi 3
yoshga yetganda 12 soat kechasi va 1 mahal kunduzi uxlaydi. Jismoniy jihatda o‘sishi
quyidagi ko‘rsatkichlar atrofida bo‘ladi.
1 yashar bo‘yi 75 (yiliga 25) vazni 9 (yiliga 6)
2 yashar bo‘yi 85 (yiliga 10) vazni 12,5 (yiliga 3,5)
3 yashar bo‘yi 92 (yiliga 7) vazni 14 (yiliga 1,5)
Suyaklar qotishi va o‘sishi protsessi davom etadi. 3 yoshga yetganda sut tishlari chiqib
bo‘ladi. Umurtqasi rivojlanib bola gavdasini ko‘taradigan bo‘ladi. Ichki organlarda ham
o‘sadi, o‘pka va yurak harakatlarining aktivligi hisobiga vazn ortib faolligi ortadi. Leykotsit
kam bo‘lganligi uchun yuqumli kasalliklarga tez beriluvchan bo‘ladi.

Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi.

1.

Bolalarda 1-3 yosh oralig‘ida kattalarga taqlid qilish holati kuchayib ketadi.

2.

Bolalar 1,5-2 yoshdan boshlab o‘zlarini boshqa insonlar va predmetlardan alohidan

ekanligini anglay boshlaydilar va ular dunyoni quyidagicha idrok eta boshlaydilar: "Men
odamlar e’tiborining markazidaman", "Butun olam mening atrofimda aylanadi".

Bu

holatlarni qanday izohlaysiz?

Nerv sistemasi ham tez taraqqiy etadi. Bu davrda bolalarda qo‘zg‘alish tormozlanishda

ustunlik qiladi. Bolada shartsiz reflektor faoliyatiga endi bosh miya po‘sti nazorati ostida
yuzaga keladigan xilma-xil harakatlar bo‘ladi. Masalan, issiq choynak. Bu 1 signal
sistemasini faoliyati bo‘lib, endi 2 signal sistemasi yani nutq so‘z orqali xatti harakatlarni
boshqarishda katta rol o‘ynaydi. Bu davrda sezgi organlari yaxshi takomillashadi. (eshitish,
tuyg‘u, og‘riqni sezish) bular psixik taraqqiyot uchun zamin yaratadi. Idrok va tasavvurni


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

764

o‘sishi. Bolada shartsiz orenterovka refleksi asosida har narsaga qiziqish va dunyoni bilish
ishtiyoqi uchun ularda idrok va tasavvur hisobiga bo‘ladi. Bu analizator (sezgi organlari)
takomilashishi sababli go‘dak tevarak atrof haqidagi tarqoq tasavvurlar butun-butun
obrazlardan idrokka aylanadi. Yana harakat ko‘paygan sari uning bilish imkoniyati
kengayadi. Faqat emaklab yurib qolmasdan zinalardan tushish to‘siqlarni aylanib o‘tish,
stulga chiqish, o‘yinchoqlarni mustaqil o‘ynash va boshqalar. Tortmalarni sumkalarni
titqilab, qiziqib, tekshirib yangiliklarni bilib oladi. Bu bola idroki rivojlanishini ko‘rsatadi.

Bu yoshda bola narsalarning katta kichikligini idrok etishda qiynaladi. Fazani

tusmallab idrok qiladi. Vaqtni idrok qilishga juda ko‘ptirishadi. Erta-bugun kecha
tushunchalarini ishlatishda qiynaladi. Maktab yoshida ham qiynaladi. (ba’zida). Nutq idrok
uchun boy materiallari bo‘lib, u yordamida tasavvur ham shakllana boradi.

Diqqat:

Bu yoshda bolalarga ixtiyorsiz diqqat xosdir. Rang-barang narsalarga ko‘proq

e’tibor beradi. Beqaror diqqat (bir o‘yinchoqdan ikkinchi o‘yinchoqga o‘tib ketishi)
fiziologik asosi bosh miyada qo‘zg‘alish tormozlanishiga nisbatan kuchli. Shuning uchun
miyada muvozanatga kelish qiyin bo‘ladi. Bog‘chagacha davr oxirlarida diqqatni
barqarorligi 2 barobar o‘sadi. Bu davrda ixtiyoriy diqqat hali bo‘lmaydi.

Xotira

. Bu davrda ixtiyorsiz xotira bo‘ladi. Bola materiallarni ongli ravishda esda

saqlab qololmaydi. Lekin tanish protsesslar esga tushirishga sabab bo‘ladi. 2 yoshga
yakinuylarni, o‘z buyumlarini tanib oladi. Rasmlardan ismlarini aytib beradi. Dastlabki
xotiralar paydo bo‘ladi. Bolada kuchli kechinma va juda yorqin obraz tug‘dirgan narsa uzoq
vaqt esda qolishi va esga tushishi mumkin. Bola idrok qilgan narsasini konkret obraz
tasavvurlar shaklida esda saqlab qoladi.

Taqlid qilish

. Kattalardan nusxa ko‘chirish orqali ularning imo ishoralarini o‘rganib,

shu harakatlarni takrorlashga intiladi. (Telefonda, chaqaloq qaqarash, kir yuvish supurish
sigaret chakish) Ularda mexanik xotira yaxshi o‘sgan bo‘ladi. 3 yoshga yaqin bolada ertak
mazmunlarini ham 4 satrlik she’rlarni ham oradan bir oy vaqto‘tkazib ayttirilganda yaxshi
eslagan. Savol berib uning manosini ham bilishga harakat qiladi.

Nutq va tafakkur

. Sekin aytilgan so‘zlarni tushuna boshlaydi.

1 davr.

1-1,5 yosh 20-

30 ta so‘zni biladi. “oyi” so‘zini imo ishoralar bilan aytadi. Bu “situativ nutq vaziyat nutqi”
deyiladi. Birga bo‘lgan kishisi tushunadi. Bolada lug‘at passiv ravishda rivojlanadi, yani 1
tomonlama faqat tushunib, o‘ziga singdirib beradi.

2 davr

. Aktiv lug‘at rivojlanadi. Nutq

egallash protsessi sifati o‘zgaradi. Yangi so‘zlarni osonlikcha o‘rgana boshlaydi.
1 yoshda o‘rgangan so‘z 3ta
1,3 yoshda o‘rgangan so‘z 19-20
1,6 yoshda o‘rgangan so‘z 25-30
1,9 yoshda o‘rgangan so‘z 120
2 yoshda o‘rgangan so‘z 280
2,6 yoshda o‘rgangan so‘z 450
3 yoshda o‘rgangan so‘z 800-900

Bu ko‘rsatkichlar turlicha bo‘lishi ham mumkin. Ko‘proq muloqotda bo‘lishning ham

ta’siri ko‘p. Avval faqat nutqda extiyojlari ifodalangan bo‘lsa, endi nutqning kam berish
funksiyasi oshadi. Ma’no kira boshlaydi. Bu nima? Nima qiladi? Nutqning rivojlanishi
tevarak atrofni bilish uchun vosita bo‘lib ifodalanadi. Imo ishora qilib tafakkur bo’ladi, idrok
va ish harakatlar bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. Fikarlarni so‘zlar bilan tushuntira
olmaydilar. Yaqqol konkret tafakkur bo‘ladi. 3 yoshga qarab ketganda nutq orqali tafakkuri
shakllana boshlaydi. Asosiy fikrlash operatsiyalari oddiy ko‘rinishda paydo bo‘ladi. Analiz
taqqoslash sintez umumlashtirish, sodir bo‘la boshlaydi. Tom ma’noda fikrlash operatsiyalari
emas, grammatika rivojlangan sari fikrlarni aniq ayta boshlaydi. Kattalar nutqidagi
noto‘g‘rilikni anglab tez takrorlashga harakat qiladilar. Bolada tafakkur rivojlanishi undagi
qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib chiqadi. Titqilash, bu nima? Savollar


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

765

berish kattalar ishiga tiqilish va x.k. bola atrofdagi informatsiyalarni kattalarning
tushuntirishlari bilan o‘zlashtiring yaxshiroq tushunadi. Yuqorida aytilgan operatsiyalarni
miyalari ayniqsa solishtirish analiz sintez rivojlanadi. Bolada “qo‘l tafakkuri” davri 2 yoshda
bo‘ladi. Masalan vazani ichidan biror buyumni olish. Endi savollar bu nima? Shaklidan buni
nima qiladi? Ko‘rinishga ya’ni predmetning funksiyasini bilishga qaratilgan. Nutq o‘sishi
tafakkur o‘sishi uchun zamin deyilgan edi. Tafakkur rivojlanishi ham o‘z navbatida so‘z
zapaslarini oshishiga olib keladi.

Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalar asosida umumiy bir xulosaga kelish maqsadga

muvofiqdir. Ma’lumki, ikki yoshga to‘lgan bola tilninig barcha tovushlarini fonetik jihatdan
idrok qilish asosida nutqni tushinish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nutqnning o’sishi bola
xayolining o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bolalar kattalarning gaplariga tushunadigan
bo’lgach, xar xil ertak va xikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo’ladi. Bolalar u o’zlari biladigan,
o’zlariga yaxshi tanish bo’lgan narsalar xakidagi xikoyalarni joni dili bilan eshitadilar. Xar
bir hikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasavvurlar yuzaga keladi. Bola bu tasavvurlari
yordamida xayol qilish kobiliyatiga ega bo’ladi. Bola xikoyalarni eshitish orqali olgan tasav-
vurlarini so’zlar bilan ifodalaydi. So’z esa bolaning narsalarni boshkacha idrok qilishiga,
ularning boshka narsalarga o’xshashligini aniqlashiga va ana shunday o’xshashliklarni
aniqlash asosida yangi obrazlar, yangi tasavvurlar yaratishga yordam beradi.

Ilk bolalik davridagi bolalarda barcha psixik jarayonlar ma’lum darajada rivojlanar

ekan, bu umuman ular ongining rivojlanishiga zamin yaratadi. Tili chiqib, idrok va tafakkuri
anchagina o’sgan bola tevarak-atrofdagi xar turli narsalarga ongli munosabatda bo’la bosh-
laydi. Bola uzining turli extiyojlarini anglab, o’zining shaxsini shakllantira boshlaydi.
Mashxur fiziolog I.M.Sechenovning tili bilan aytganda, bola ana shu davrdan boshlab, o’z
sezgilarini tevarak atrofdagi narsalardan ajratib, o’z-o’zini anglay boshlaydi. Bu yoshdagi
bolalarning so’z boyligida o’z shaxsini bildiruvchi «men» degan olmosh tez-tez uchrab
turadigan bo’ladi. Ana shu tariqa bola juda elementar tarzda bo’lsa xam uzini shaxs sifatida
anglay boshlaydi. Binobarin, ana shu davrdan boshlab ilk bolalik davridagi bolalarning
shaxsiy (individual) xususiyatlari kamol topa boshlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Горошко

Е

.

И

.

К

уточнению

понятия

«

Компьютерно

-

опосредованной

коммуникация

»:

проблемы

терминоведения

//

ОТО

. - 2009. -

2. -

С

. 445-

2.

Болотова

А

.

К

.,

Жуков

Ю

.

М

.

Психология

коммуникаций

[

Текст

] :

моногр

.

А

.

К

.

Болотова

,

Ю

.

М

.

Жуков

;

Нац

.

исслед

.

ун

-

т

«

Высшая

школа

экономики

». -

М

.:

Изд

.

дом

Высшей

школы

экономики

, 2015. - 495

с

3.

Белинская

Е

.

П

.

Современные

исследования

виртуальной

коммуникации

:

проблемы

,

гипотезы

,

результаты

/

Е

.

П

.

Белинская

,

А

.

Е

.

Жичкина

//

Образование

и

информационная

культура

. -

М

., 2000. -

С

. 395-428

Жичкина

А

.

Е

.

Взаимосвязь

идентичности

и

поведения

в

Интернете

пользователей

юношеского

возраста

:

дис

. . ..

канд

.

психол

.

наук

: 19.00.05 /

А

.

Е

.

Жичкина

. -

М

., 2001.

- 199

с

.

Bibliografik manbalar

Горошко Е. И. К уточнению понятия «Компьютерно-опосредованной

коммуникация»: проблемы терминоведения // ОТО. - 2009. - № 2. - С. 445-

Болотова А.К., Жуков Ю.М. Психология коммуникаций [Текст] : моногр. А.К.

Болотова, Ю.М. Жуков; Нац. исслед. ун-т «Высшая школа экономики». - М.: Изд. дом

Высшей школы экономики, 2015. - 495 с

Белинская Е.П. Современные исследования виртуальной коммуникации:

проблемы, гипотезы, результаты / Е.П. Белинская, А.Е. Жичкина // Образование и

информационная культура. - М., 2000. - С. 395-428

Жичкина А.Е. Взаимосвязь идентичности и поведения в Интернете пользователей

юношеского возраста: дис. . ..канд. психол. наук: 19.00.05 / А.Е. Жичкина. - М., 2001.

- 199 с.