SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
198
BO’LAJAK TARBIYA FANI O’QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORGARLIK
SIFATINI OSHIRISHDA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH
Yoqubaliyeva Dilafro’z Payzidin qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Pedagogika va psixologiya
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15353319
kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarlik
sifatini oshirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan.
Tadqiqotda sun’iy intellekt texnologiyalarining pedagogik jarayonga integratsiya qilish usullari va
shakllari aniqlanib, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga ta'siri tajriba-sinov
asosida ko‘rib chiqilgan. Natijalar pedagogik oliy ta'lim muassasalarida zamonaviy axborot
texnologiyalari, xususan, sun’iy intellekt vositalarini qo‘llash orqali ta'lim sifatini sezilarli darajada
oshirish mumkinligini ko‘rsatdi.
Kalit so'zlar:
sun’iy intellekt, tarbiya, kasbiy tayyorgarlik, kasbit-metodik rivojlantirish,
pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalari, ta'lim sifati, innovatsion ta'lim.
Аннотация
.
В
данной
статье
проанализированы
возможности
использования
технологий
искусственного
интеллекта
в
повышении
качества
профессиональной
подготовки
будущих
учителей
педагогических
дисциплин
.
В
исследовании
были
определены
методы
и
формы
интеграции
технологий
искусственного
интеллекта
в
педагогический
процесс
и
на
основе
эксперимента
рассмотрено
влияние
технологий
искусственного
интеллекта
на
уровень
профессиональной
подготовки
будущих
педагогов
.
Результаты
показали
,
что
качество
образования
в
педагогических
высших
учебных
заведениях
можно
значительно
повысить
за
счет
применения
современных
информационных
технологий
,
в
частности
,
средств
искусственного
интеллекта
.
Ключевые
слова
:
искусственный
интеллект
,
воспитание
,
профессиональная
подготовка
,
профессионально
-
методическое
развитие
,
педагогические
технологии
,
информационные
технологии
,
качество
образования
,
инновационное
образование
.
Annotation.
This article analyzes the possibilities of using artificial intelligence technologies
in improving the quality of professional training of future teachers of educational subjects. The study
identified the methods and forms of integration of artificial intelligence technologies into the
pedagogical process and examined the impact of future teachers on the level of professional training
on an experimental basis. The results showed that it is possible to significantly increase the quality of
education in pedagogical higher educational institutions through the use of modern information
technologies, in particular, artificial intelligence tools.
Keywords:
artificial intelligence, upbringing, professional training, professional-
methodological development, pedagogical technologies, information technology, quality of
education, innovative education.
Kirish
. Bugungi globallashib borayotgan bir davrda ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalar,
ayniqsa sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish dolzarb masalaga aylangan. Bo’lajak
tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik rivojlantirish orqali kasbiy tayyorgarligini oshirishda
bunday texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari juda yuqori ekanligini ayta olamiz. Mazkur olib
borilgan tadqiqotda bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarini kasbiy-metodik tayyorlash jarayoniga sun’iy
intellekt texnologiyalarini integratsiya qilishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish vazifasi
qo‘yilgan.
Tez texnologik taraqqiyot davrida sun'iy intellekt hayotning turli sohalari rivojlanishiga ta'sir
qiluvchi asosiy omilga aylanib bormoqda. Ushbu texnologiyalar unumdorlik va samaradorlikni
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
199
oshirishdan tortib, ilm-fan va innovasiyalardagi yutuqlarga qadar ulkan foyda keltirish salohiyatiga
ega ekanligini tan olish kerak.
Mamlakatimizda tarbiya fanining mazmun va mohiyatini o’sib kelayotgan barkamol avlodni
tarbiyalash va ta’lim berishga qaratilganligini ko’rishimiz mumkin. Respublikamizda sog'lom, yetuk,
barkamol va kelajakni oldindan ko’ra oladigan avlodni tarbiyalash, o’sayotgan avlodni XXI asr
texnika asri talablariga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash
va voyaga yetkazish bo’yicha zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Tarbiya
jarayonidao'quvchilarning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish muhim masalalardan biridir. Axloq
normalarinio'quvchilar ongiga singdirish bugungi kunda juda muhimdir. Mamlakatimizda milliy
ta'lim tizimining huquqiy-me’yoriy asoslarini shakllantirish uchun keng shart-sharoitlar yaratilgan.
Darhaqiqat, islohotlar ta'lim tuzilmasi va mazmun-mohiyatini takomillashtirish imkoniyatini
oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyev ta'kidlaganidek, “Biz ta'lim va tarbiya
tiziminingbarcha bo'g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni
o'zimizningbirinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” [1]. Tarbiya - yosh avlodni har tomonlama
voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat
hisoblanadi. Shaxsni aqliy, jismoniy, axloqiy, ma'naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo'lib,
insonning jamiyatda tutgan o’rni va turmush tarzini yaxshilashini ta'minlash uchun zarur bo'lgan
xususiyatlarini tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy,
siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirokinita'minlashga qaratilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar,
harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya bo’lmasa inson jamiyatda o’z o’rnini topa olmay
qiylanadi. Qadimdan aynan tarbiya masalasi yuzasidan ota-bobolarimiz ham qayg’urib,
farzandlariga, nabiralariga tarbiyaviy ahamiyatga molik bo’lgan afsonalar, ertaklar, hadislar va ibratli
so’zlardan namunalar so’zlab tarbiyaviy ta’sir ko’rsatganlar.
Jamiyatimizda zamonaviy ta’lim tizimi juda shiddat bilan kirib kelayapti. Ta’lim tizimida
raqamli texnologiyalar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday texnologiyalar nafaqat o‘quv
jarayonini yanada qiziqarli va interaktiv qilish, balki o‘qituvchilarning kasbiy-metodik rivojlanishini
oshirishda ham juda katta yordam bermoqda. Chunonchi, bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarini
kasbiy-metodik rivojlantirishda, tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish ularning
pedagogik mahoratini, kasbiy qiziqishini, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga va zamonaviy
talablarga javob bera oladigan kadrlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Bo’lajak tarbiya fani o’qituvchilari o’rtasida olib borilgan tadqiqotimizda eksperimental,
taqqoslash va kuzatuv metodlaridan keng foydalanildi. Bo’lajak o‘qituvchilarni tayyorlash
jarayonida virtual simulyatsiyalar, aqlli o‘qituvchi-assistent dasturlari va mashinali o‘qitish tizimlari
amaliyotga joriy etildi. Ushbu texnologiyalar yordamida talabalarning bilim darajasi, pedagogik
malakalari va kreativ fikrlash ko‘nikmalari rivojlanishi kuzatildi. Albatta, bugungi kun yoshlari har
tomonlama rivojlangan bo’lib, ularga qanday vazifa topshirsangiz ham uddalay oladigan yoshlardir.
XXI asr texnika asrida yoshlar ham yangi-yangi raqamli texnologiyalardan keng foydalanishini
ko’rishimiz mumkin. O'z navbatida sun'iy intellektni ilm-fanga joriy etish uchun malakali kadrlar
sonini oshirish talab etiladi. Negaki aynan o'z kasbining ustasi bo'lgan mutaxassislar barcha
jabhalarga sun'iy intellekt kirib borishida asosiy omil bo'ladi. Shu maqsadda sun'iy intellekt
texnologiyalari asosidagi innovatsion biznes-modellar, mahsulotlar va xizmat ko'rsatish usullari
rivojlanishi uchun qulay va maqbul ekotizim yaratish, ularni belgilab berilgan ustuvor tarmoqlar va
sohalarda tezkorlik bilan joriy etish va amaliyotga tatbiq etish bo'yicha harakatlar boshlab yuborildi.
Sababi, sun'iy intellekt texnologiyalari raqamli texnologiyalarning eng tez rivojlanayotgan istiqbolli
yo'nalishlaridan biri hisoblanadi[2].
Raqamli texnologiyalar tarkibiga kiruvchi sun'iy intellektdan foydalanish orqali, nafaqat
ta'limda balki, hayotning barcha jabhalarida samarali foydalanish mumkin. Sun'iy ong
texnologiyasini joriy etish orqali shaffoflikni ta'minlash, firibgarlikni oldini olish, ma'lumotlarni tahlil
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
200
etish, katta hajmli ma'lumotlar bilan ishlash ustunliklarini beradi. Ta'lim sohasida esa virtual o'quv
muhitini yaratish va masofaviy ta'limda katta qulayliklar yaratadi.
Sun’iy intellekt texnologiyalarining integratsiyasi orqali talabalar nazariy bilimlarni amaliyotda
qo‘llashda samarali natijalar ko‘rsatdi. Ayniqsa, aqlli o‘qituvchi-assistent dasturlari talabalarning
shaxsiy ehtiyojlari va qobiliyatlariga mos holda individual yondashuvni ta'minladi. Virtual
simulyatsiyalar esa pedagogik vaziyatlarni modellashtirish orqali talabalarni kasbiy faoliyatga
tayyorlashda muhim rol o‘ynadi. Oddiy so'zlar bilan aytadigan bo'lsak, sun'iy intellekt (ingl. Artificial
intellegence) - kompyuter tizimlarining shu vaqtgacha insonlarga xos bo'lgan ijodkorlik va
intellektual faoliyatni bajarish qobiliyatidir[3]. U neyron tarmoqlar, mashinani o 'qitish (machine
learning), tabiiy tilni qayta ishlash, kognitiv (ongli) hisob-kitoblar, kompyuterning tasvirni ko'rishi
singari fanning o'ta murakkab yangi yo'nalishlarini o'zida birlashtiradi.
Sun'iy intellekt ta'lim oluvchining vaqtini tejashga va ta'limda muvaffaqiyatli rivojlanishiga
sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Sun'iy intellektning imkoniyatlari keng qamrovli bo'lib, u sizni qiziqtirgan
savollarga javob berishi, berilgan buyruq asosida rasm chizishi yoki turli mavzularda taqdimotlar
yaratishi va xattoki, turli referat va maqolalar ham yozib bera olish imkoniyatiga ega. Uning ta'lim
algoritmlari, talabalarning individual xususiyatlari va o'rganish usullari asosida moslashtiriladi, bu
esa har bir talabalarning o'ziga xos ta'lim yo'lidagi qobiliyatlarini oshiradi.
Tadqiqot davomida olingan natijalar sun’iy intellekt texnologiyalarining pedagogik jarayonga
joriy qilinishi an'anaviy ta'lim usullariga nisbatan samaraliroq ekanini ko‘rsatdi. Talabalar tomonidan
yangi texnologiyalar qabul qilinishi, ularning motivatsiyasi va kasbiy tayyorgarligiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi. Biroq, mazkur texnologiyalarni pedagogik jarayonga joriy qilishda o‘qituvchilarning
texnologik savodxonligini oshirish ham muhim omil ekanligi aniqlandi. "Sun'iy intellekt" bo'yicha
olib borilgan tadqiqotlar natijasi bu miya ishini tushunishga intilish, inson ongining sirlarini ochish
va inson aqlining ma'lum darajasiga ega mashinalar yaratish muammosi[4]. Intellektual jarayonlarni
modellashtirishning asosiy imkoniyati shundan kelib chiqadiki, miyaning har qanday funktsiyasi,
cheklangan miqdordagi so'zlardan foydalangan holda qat'iy bir ma'noli semantikaga ega tilda
tasvirlangan har qanday aqliy faoliyat printsipial ravishda elektron raqamli kompyuterga o'tkazilishi
mumkin [7]. Bu jarayonda inson bilan texnologiya uyg'unlashadi va inson mehnatini kamaytirgan
holda texnalogiyalar ish bajaradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini
oshirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish ta'lim sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Pedagogik oliy ta'lim muassasalari ushbu innovatsion vositalarni kengroq qo‘llash orqali sifatli
kadrlarni tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sun'iy intellekt hozirgi kunda quyidagi jarayonlar
ko'rinishida ta'limni o'zgartirishni davom ettirmoqda: S globallashuv va fan-texnika taraqqiyoti
jarayonida sun'iy intellektning ta'lim tizimidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda; O'tgan bir necha
yillar davomida kompyuterdan foydalana olmaslik, savodsizlikdek ko'rilgan bo'lsa, endi bu narsa
Sun'iy intellekt texnologiyalariga nisbat berib ishlatilish davri keldi. Dunyo ta'limi esa o'sha
texnologiyalar asosida ancha katta yutuqqa erishib kelmoqda, ushbu vositalarni joriy etish esa o'z
qo'limizda. Zero, sun'iy intellekt texnologik rivojlanish va taraqqiyotlar asosidir. Bo’lajak tarbiya fani
o’qituvchilari ham fan doirasida, mavzularni o’quvchilarga qiziqarli tarzda tushuntirishda va fanga
qiziqtirishda keng samarali foydalanishlari mumkin. Shuni unutmaslik kerakki har bir yaratilayotgan
texnologiyalar doim insoniyatga, uning turmush darajasini yaxshilashga, bashariyat taraqqiyotga
xizmat qilmog'i lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
2.Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyotiva
xalq farovonligining garovi. -T.: «O'zbekiston», 2017. -22-b
3.S. Mayer. (2023). AI in Education: Opportunities and Challenges. Educational Technology
Journal, 54(2), 102-118.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
201
4.A. Karimov va boshqalar. (2024). Pedagogika va sun’iy intellekt: integratsiya istiqbollari.
Toshkent: "Fan".
5.K. Aminova. (2022). Innovatsion ta'lim texnologiyalarining pedagogik jarayonda
qo‘llanilishi. Toshkent: "Innovatsiya".
6.G'ulomov S.S. va boshqalar "Axborot tizimlari va texnologiyalari". Oliy o'quv yurti
talabalari uchun darslik. - T: «Sharq», 2000 y. 336-368 b.
7.Raximov N.O. Intellektual o'qitish tizimlarida bilimlarni ifodalash modellari // TATU
xabarlari. - Toshkent.
№
4. 2010. 64-68 b.
