“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
692
TALABALARDA AXBOROT PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGI IMMUNITETINI
RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti
Pedagogika va psixologiya yo
ʻ
nalishi
3-bosqich talabasi
Kozimov Sayfulloh Maxammadjon o
ʻ
g
ʻ
li
Annotatsiya:
Ushbu maqolada talabalarda axborot psixologik xavfsizligi immunitetini
rivojlantirish omillari mavzusi yoritilgan. Shu bilan birga, talabalarda axborot-psixologik
xavfsizlik immunitetining dolzarb masalalari va rivojlantirish jarayoni, axborot-psixologik
xavfsizlik immunitetini rivojlantirishning milliy ijtimoiy-madaniy, ildizlari haqida so
ʻ
z
ketgan.
Kalit so
ʻ
z:
Axborot, axborot-psixologik xavfsizlik, psixologik immunitet, talaba yosh
davri, psixologik himoya.
Globallashuv jarayoni jadallik bilan sodir bo
ʻ
layotgan bu davrda kunda yosh avlodni
barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularni shaxs sifatida shakllantirish muhim masalalardan
biri bo
ʻ
lib kelmoqda. Zero, yosh avlod tarbiyasi ta’limi Vatanimiz tarqqiyotini belgilovchi
asosiy omil bo
ʻ
lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizning har tomonlama xavfsizligi, barqaror taraqqiyoti o
ʻ
sib kelayotgan
yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga, ijtimoiy-madaniy muhit omillari, axborot makonining
ta’siri ham sezilarli darajada kengayib bormoqda. Respublikamizda 2023-2024 o‘quv yili
boshlangan paytda talabalarning umumiy soni 1 040 400 nafarga yetgan. [1] Yoshlar internet
tarmoqlari tahdidlari kuchayib borishi natijasida axborotlarni tanlab, saralab olishda katta
psixologik zo‘riqishlarga duch kelmoqda. Shu sababli talabalarning axborot-psixologik
xavfsizlik immuniteti – Vatan xavfsizligi darajasining muhim ko‘rsatkichlaridan biriga
aylandi.
Bugungi kunda yashayotgan har bir inson axborot iste’mol qilish va ishlab chiqish
borasidagi qarashlari turlicha hamda uning mustaqilligi keskin darajada oshib bormoqda.
Internet tarqqiyotning muhim omili bo‘lishi bilan birga asosiy targ‘botchi quroliga ham
aylanib ulgurdi. Ayniqsa, pornografiya, jinoyatchilik, bezorilik, jinoyatchilik, odobsizlik,
latifalar, mish-mishlardan iborat keraksiz, zararli axborotga ega juda ko‘plab internet
kontentlari paydo bo‘ldi. Jamiyatga yot g‘oyalar birdaniga kira olmaydi. Qarama-qarshiliklar
eng avvalo yoshlarning siyosiy, diniy, ma’naviy, ma’rifiy, ijtimoiy dunyoqarashlar tizimiga
to‘xtovsiz tarzda ta’sir qilib turadigan psixologik texnologiyalardan foydalanilmoqda.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, bunday yovuz xavf-xatarlarning oldini olishda ota-onaga,
jamiyatga munosabatda ma’naviy birdamlik, ijtimoiy xavf-xatarlarning, psixologik xavf-
xatarlarning holatini tahlil qila olishlari juda muhim hisoblanadi.
Hozir butun dunyodagi odamlarning 63 foiz qismi internetdan foydalanadi. Qariyb 1
yillik
davr
mobaynida
internet
foydalanuvchilari
soni
200
millionga
ortgan. Foydalanuvchilarning asosiy qismi (92,4 foiz) mobil qurilmalar orqali internetdan
foydalanadi. 4,65 mlrd odam esa ijtimoiy tarmoqlarda faol. Dunyo bo‘yicha 3 milliarddan
ortiq messenjer foydalanuvchilar mavjud. Eng ko‘p foydalanuvchiga ega bo‘lgan
platformalar:
w
WhatsApp — 2,5 mlrd;
w
Wechat — 1,3 mlrd;
w
Facebook Messenger – 988 mln;
w
QQ – 574 mln;
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
693
w
Snapchat – 557 mln;
w
Telegram – 550 mln foydalanuvchiga ega.
O‘zbekistonda eng ommabop messenjerlar ro‘yxati:
·
Telegram — 80 foiz;
·
WhatsApp — 22 foiz;
·
Facebook Messenger — 6 foiz.
Datareportal.com ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston aholisining qariyb 70 foiz qismi
internet foydalanuvchisi hisoblanadi. Aholining 18,3 foiz qismi ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanadi. Mamlakatda foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p Instagram ijtimoiy
tarmog‘idan foydalaniladi. Hozirgi kunda ushbu tarmoqdan foydalanuvchilar soni 4,8
milliondan ortiq. Ularning 34,4 foiz qismi ayollar, asosiy qismi yoshlarni (18-35 yosh) tashkil
etadi. [2]
Ana shunday xavflar turli axborot tarmoqlari orqali xalq ishonib kelgan narsalar
yomonlanadi va obro‘sizlantiriladi. Qadriyatlarini yemirish usullarining jirkanch
ko‘rinishlaridan foydalanishlari mumkin. Bu albatta erkinlik yoki oshkoralik, niqobi ostida
sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori hisoblanadi. Axborotni tanlash va u bilan ishlash salbiy yoki
ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan jarayondir. Bir tomondan, individ mustaqil
bo‘lishi lozim. Lekin, ikkinchi tomondan, u o‘zining ma’naviy negizlariga putur yetkaza
oladigan yot ta’sirdan himoyalanish dasturiga ega bo‘lishi darkor. Individ axborotning
soxtaligini o‘z vaqtida payqamasligi mumkin, sababi bunday axborot, odatda
―
Yaltiroq
qog‘ozga yaxshilab o‘ralgan
ǁ
bo‘ladi. Oqibatda insonning axborotlardan foydalanishdagi
erkinligi aks samara beradiki, bu individning o‘zini ham bunday mustaqillikdan muhofaza
qilish zarurligini ko‘rsatadi. [3]
Talaba yoshlarga axborot bilan ishlash bir qancha jihatlarni qamrab oladi, va ularning
ish mexanizmi esa quyidagidan iborat:
- Ma’lumotlarni qabul qilish, anglab olish va yodga olish;
- qayta ishlash va yangilangan axborotni shaxs xotirasida saqlash;
- axborotni tarqatish.
Axboriy psixologik xavfning ko‘lami tobora kengayib bormoqdaki bunda shaxsga
ta’sir etishning turli qarashlar tizimidan foydalangan holda tadqiq qilinishga muhtojdir.
Shuning uchun ham biz yoshlarnini uning psixologik sifatlari va unga ko‘rsatiladigan axborot
ta’siri nuqtai nazaridan uchta asosiy mazmunda ko‘rib chiqsak, to‘g‘ri bo‘ladi: birinchidan,
u maqsadli yo‘naltirilgan axborot-psixologik ta’sirga duchor qilinadigan bosh ob’ekt
hisoblanadi; ikkinchidan, ayni bir paytda u ijtimoiy axborot bobida birdan-bir ishlab
chiqaruvchidir; uchinchidan, u axborot tajovuzlaridan davlat va jamiyat tomonidan himoya
qilinishga muhtoj sub‘ektdir. [3] Barkamol shaxsni shakllantirish jamiyatimizning eng
muhim psixologik xususiyatlar muhim ahamiyatga ega. Shaxsni axborotni quyidagi asosiy
manbalardan oladi.
- davlat tomonidan yetkaziladigan axborot siyosati;
- turli ommaviy axborot vositalari;
- norasmiy muloqotdagi axborot.
Ochiq axborot tizimlarining turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu
hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday
ekani bilan bir muncha bog‘liq. Mamlakatimiznining 60% ni yoshlar tashkil qilishini hisobga
olsak, bu muommoning ko‘lamini sezish qiyin emas. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli
jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta‘sirini kamaytirish va ijobiy
ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisining mohiyatini chuquroq anglash, uning
xususiyatlarini o‘rganish ham kerak. Bu jamiyatning xulqiy o‘zgarishlarining axborot
ta’sirida o‘zgarayotganligidan dalolat berib turibdi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
694
Talaba-yoshlarda
–
Psixologik
xavfsizlik
tushunchasi
odatda
shaxsning
xususiyatlaridan biri sifatida tushuniladi, uni himoya qilish darajasini tashqi dunyodan unga
yo‘naltirilgan turli xil salbiy hamda halokatli omillardan xarakterlaydi. Shaxsiy
daxlsizlikning psixologiyasi, birinchi navbatda, insonning farovon aqliy holatining zarur
darajasiga bog‘liq bo‘lib, u o‘zining professional va ijtimoiy funktsiyalarini o‘z hayoti uchun
qo‘rqmasdan va uning rivojlanishining salbiy oqibatlaridan qo‘rqmagan holdan amalga
oshirishi mumkinligi bilan bog‘liq.[5]
Insonning psixologik xavfsizlikning eng muhim xususiyatlaridan biri mustahkamlik va
moyillikdir. Chunki u odamlarning turli xuruj va ekstremal holatlarga bog‘liqligini,
shuningdek, vaziyatdan chiqish yo‘lini topish uchun qisqa vaqt ichida yordam beradigan
to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish qobiliyatiga ega.
Talabalarda axborot-psixologik immunitetini hosil qilishda quyidagi omillarni
rivojlantirish zarurati mavjud:
- Talabalarda vatanparvarlik, sadoqat, milliy o‘zlikka xos tushunchalarini boyitish
shakllantirib borish;
- Huquqiy, axloqiy me’yorlarga rioya etish va aborot xavf omili uning zarurati haqida
izchil va muntazam ravishda bilimlar berib borish;
- Internetga tobelikning psixologik ta’siri sog’lom turmush tarziga amal qilish;
- Internetga qaramlik, mobil telefonlarga tobelik, komyuter o‘yinlarining psixologik
mohiyati;
- Mamlakatimiz va dunyoda ro‘y berayotgan voqealarga to‘g‘ri munosabatlarni
shakllantirish;
- Axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish haqida bilimlar berib borish;
- Sharq allomalarining buyuk meroslari axloqiy jihatlarining talaba-yoshlarga muhim
zarurati;
- O‘quv-tarbiya muassasalari, ota-onalar va jamoatchilik hamkorligini amaliy jihatdan
yuqori saviyada olib borishga erishish;
- Talaba-yoshlarning go‘zallikni his ettirish ko‘nikmalarini tarkib toptirish orqali
ma’naviy muhofaza qila olish imkonini yaratish omilidir.
ADABIYOTLAR:
1.
https://kun.uz/news/2023/02/14/ozbekistonda-talabalar-soni-1-milliondan-
oshdi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2023%2F02%2F14%2Fozbekistonda-talabalar-soni-1-
milliondan-oshdi
2.
https://daryo.uz/2022/08/10/ozbekistonda-ijtimoiy-tarmoq-va-messenjerlardan-
foydalanish-korsatkichlari-malum-boldi
3.
B.M.Umarov. Shaxs axborot-psixologik xavfsizligining psixologik imkoniyatlari.
The light of islam, 4-son 2019-yil 4-bet
4.
https://uz.tierient.com
5.
R.Samarov Axborot xavfsizligining nazariy va metodologik asoslari. T.:
―
Akademiya
ǁ
, 2010.
6.
S.M.Kozimov (2022). Insonlarda vaqtni to
ʻ
g
ʻ
ri taqsimlash muammosi va unga
psixofiziologik yondashuv.
Моя
профессиональная
карьера
, 6(23), 50-56.
7.
O’Gilxontolibjonovna, V. (2023). AXBOROT MUHITI YOSHLAR IJTIMOIY
NORMALARI SHAKLLANISHIGA TA’SIRINI TADQIQ ETISHNING METODIK
JIHATLARI.
Современное
образование
(
Узбекистан
), (11 (132)), 15-22.
