Mualliflar

  • Sayfulloh Kozimov
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74421

Kalit so‘zlar:

axborot sivilizatsiya axborot huruji axborot-psixologik xavfsizlik halokatli g‘oya

Annotasiya

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi tushunchasi psixologik.
mavzu va uning mohiyati ochib beriladi. Axborot va psixologik xavfsizlik muammosi tarixan qo'yilgan.
har qanday davlat va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy shakllanishini hisobga olish
manfaatlar va ularning mafkuraviy sohada ifodalanishi.
Shuningdek, axborot va psixologik xavfsizlik muammosi bundan buyon barqarorlik,
rivojlanish bilan birga ma'lum bir xarakterdagi axborot va psixologik xavf, axloqiy
Mafkuraviy tahdidlar ham paydo bo'ladi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

690

AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK MOHIYATI

Andijon davlat pedagogika instituti

Pedagogika fakulteti

Pedagogika va psixologiya

yo

ʻ

nalishi 3-bosqich talabasi

Kozimov Sayfulloh Maxammadjon o

ʻ

g

ʻ

li

Annotatsiya:

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi tushunchasining psixologik

mohiyati mavzusi yoritilib o‘tilgan. Axborot-psixologik xavfsizlik muammosi tarixan olib
qaralgada har qanday davlatning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy
manfaatlar hamda ularning mafkuraviy sohada ifodalanishi bilan vujudga keladi.
Shuningdek, axborot-psixologik xavsizlik muammosi ana shu vaqtdan barqarorlik,
rivojlanish bilan birga muayyan xarakterdagi informatsion-psixologik xavf-xatar, ma’naviy
va mafkuraviy tahdidlar ham paydo bo‘ladi.

Kalit so

ʻ

z:

axborot, axborot-psixologik xavfsizlik, sivilizatsiya, axborot

huruji, destruktiv g‘oya, axborot sektori

Axborot tushunchasi hozirgi vaqtda global ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, u insonlar

tafakkuriga turli yo‘nalishlarda ta‘sir o‘tkazuvchi, hayot va undagi juda ko‘plab taqdirlarni u
yoki bu tomonga burib yuboruvchi, ba’zan salbiy, ba’zan ijobiy mohiyat kasb etuvchi
qudratli qurolga aylandi. Shuningdek, hayotning har bir jabhasiga o‘zining sezilarni darajada
ta’sirini ko‘rsatmoqda. Umuman olganda, axborot – moddiy dunyoning organizmda yoki
organizmlar jamoasida aks etgan hamda ular tomonidan atrof-muhit o‘zgarishlariga
moslashish uchun foydalaniladigan moddiy dunyo obyektlarining aksidir [1;98].

Qachonlardir ilohiy ma’no kasb etgan bu so‘z, uning qudrati bugungi kunga kelib,

dunyo taqdirini hal qilishda eng asosiy rol o‘ynaydigan kuchli vosita maqomiga ko‘tarildi.
Ilm-fan, texnika inqilobidan keyin kommunikatsion texnologiyalar hamda axborot
infratuzilmalarining katta tezlikdagi taraqqiyoti, xususan, internetning paydo bo‘lishi hamda
uning qisqa vaqt ichida ijtimoiy hayot tarziga chuqur kirib borishi axborotni eng qimmat
mahsulotga aylantirdi. Darhaqiqat, globallashuv va integratsiyalashuv sharoitida oltin,
platina, javohirdan ko‘ra ko‘proq qiymatga ega bo‘lgan - axborot jahon bozoridan munosib
joy oldi. Kim axborotga egalik qilsa, u dunyoni boshqaradi, qabilidagi fikrlarni bir necha bor
esga olinayotgani ham bejizga emas.

Har bir fuqaro o‘z shaxsiy nuqtai nazari, fiklash doirasi, dunyoqarashi, ma’naviy-

ma’rifiy, axloqiy, ruhiy imkoniyatlari doirasidagina faoliyat ko‘rsatadi. O‘z olami hududida
yashaydi va tashqi olamga o‘z aqli doirasida munosabat bildiradi. Har bir individ mustaqil
inson sifatida tabiiy-biologik kamolotidan va ruhiy ehtiyojidan kelib chiqib, o‘ziga mos
axborotni qabul qiladi, tahlil etadi. Mushohada va tahlillar asosida shaxsiy xulosasiga ega
bo‘ladi. Natijada mazkur shaxs u yoki bu tarzdagi nuqtai nazarini shakllantiradi [3].

Demak, har qanday axborotning mazmuni, mohiyati, ta’sir etish darajasi, jamiyatga

foydali yoki zararliligi, kishini ezgulikka yoki yovuzlikka da’vat etishi bilan shaxs, jamiyat,
davlat mutanosibligiga ijobiy yoki salbiy ta‘sir etadi. Ana shu jihatdan qaraganda, milliy
manfaatlarni asrash va rivojlantirishda informatsion-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning
roli yana ham oshadi.

Axborot-psixologik xavfsizlik, avvalo, bevosita inson ruhiyatiga ta‘sir o‘tkazish orqali

uni o‘z aqidalaridan, e‘tiqodidan ayiradigan buzg‘unchi g‘oyalardan asrashdir. Bundan kelib
chiqib shuni aytish mumkinki, informatsion-psixologik xavfsizligiga ehtiyoj, eng avvalo,
bevosita inson va jamiyat, inson va davlat, shaxs va uning daxlsizligi, millat va milliy
qadriyatlar, urf-odatlar, an‘analar, tarixiy va madaniy meros, avlodlarga ta‘sir etuvchi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

691

buzg‘unchi g‘oyalar va tajovuzkor mafkuralarning mavjudligidan kelib chiqadi. Qolaversa,
axborot-psixologik xavfsizlikka rioya qilinmasa, uning ta‘sirchan choralari ko‘rilmasa,
destruktiv g‘oyalar milliy xavsizlikka putur yetkazishi mumkin.

Axborotlashgan jamiyat kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida

shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda informatsion
texnologiyalardan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini ifodalovchi tushuncha.
Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni “bosqichlar
almashinuvi” nuqtai-nazaridan qaraganda, uning shakllanishini qishloq xo‘jaligi, sanoat va
xizmatlar iqtisodiyotidan keyin paydo bo‘lgan iqtisodiyotning to‘rtinchi – “axborot sektori”
yuzaga kelishi bilan bog‘laydilar. Ularning fikriga ko‘ra, industrial jamiyatning asosi bo‘lgan
kapital axborotlashgan jamiyatda o‘z o‘rnini axborot va bilimga bo‘shatib beradi [2;252].

O‘zbekiston sharoitida axborot almashish jarayoni xavfsizligini ta’minlash uchun

o‘ylaymizki, axborot hurujlari sharoitida quyidagi vositalarga alohida e‘tibor qaratish kerak:
ya‘ni axborotlashtirish vositalari faoliyatini, milliy o‘zligimiz va manfaatlarimizga
zamonaviy usullar orqali muvofiqlashtirish; shaxs axborot xavfsizligiga qarshi barcha
zamonaviy vositalardan foydalanish; ichki va tashqi siyosatda ro‘y berayotgan voqealarni
yoritishda yangicha yondashuvlarni qo‘llash; O‘zbekistonning xalqaro aloqalarini tahlil
qilish borasida tizimli yondashuvlarni ishlab chiqish, islohotlarning axborot ta‘minotini
ta‘minlash ishida matbuot va elektron ommaviy axborot vositalari harakatini birlashtirishga
alohida e‘tibor qaratish, barcha axboriy ta‘sirlar doirasini nazoratga olish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.

ADABIYOTLAR:

1.

O.Abduazimov Ommaviy axborot vositalari – fuqarolik jamiyatini barpo etish omili

Akademiya Toshkent-2008 98-bet

2.

A.T.Kenjaboyev Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish muammolari “Ibn-

Sino” nashriyoti Toshkent-2004 252-bet.

3.

M.Yoqubova Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari. Uslubiy qo‘llanma. Star

– Poligraf Toshknet-2008

4.

V.M.Karimova Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot «Universitet-nashriyoti»

Toshkent-1999

5.

S.M.Kozimov (2022). Insonlarda vaqtni to

ʻ

g

ʻ

ri taqsimlash muammosi va unga

psixofiziologik yondashuv.

Моя

профессиональная

карьера

, 6(23), 50-56.

6.

http://farspublishers.org/index.php/ijessh/article/view/2071

7.

O’Gilxontolibjonovna, V. (2023). AXBOROT MUHITI YOSHLAR IJTIMOIY

NORMALARI SHAKLLANISHIGA TA’SIRINI TADQIQ ETISHNING METODIK
JIHATLARI.

Современное

образование

(

Узбекистан

), (11 (132)), 15-22.

Bibliografik manbalar

O.Abduazimov Ommaviy axborot vositalari – fuqarolik jamiyatini barpo etish omili

Akademiya Toshkent-2008 98-bet

A.T.Kenjaboyev Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish muammolari “Ibn-

Sino” nashriyoti Toshkent-2004 252-bet.

M.Yoqubova Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari. Uslubiy qo‘llanma. Star

– Poligraf Toshknet-2008

V.M.Karimova Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot «Universitet-nashriyoti»

Toshkent-1999

S.M.Kozimov (2022). Insonlarda vaqtni toʻgʻri taqsimlash muammosi va unga

psixofiziologik yondashuv. Моя профессиональная карьера, 6(23), 50-56.

O’Gilxontolibjonovna, V. (2023). AXBOROT MUHITI YOSHLAR IJTIMOIY

NORMALARI SHAKLLANISHIGA TA’SIRINI TADQIQ ETISHNING METODIK

JIHATLARI. Современное образование (Узбекистан), (11 (132)), 15-22.

Сулейманова, Т. Г., Халимова, М. В., & Шобдурахимова, У. Т. (2015). Оилада ўсмирлардаги ижтимоий-психологик дезадаптация ҳолатларини келтириб чиқарувчи омиллар. Современное образование (Узбекистан), (9), 33-37.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари