30
“ASYETIS” OZIQ OVQAT QO’SHILMASI TARKIBIDAGI
VITAMINLAR MIQDORINI ANIQLASH
1
Asqarov Ibrohim Rahmonovich.,
2
Mamatqulova Surayyo Abdusamatovna.,
3
G’ulomova Nodira Sherali qizi
1
Andijon davlat universitet.,
2
Farg
‘
ona davlat universiteti.,
3
Farg
‘
ona jamoat
salomatligi tibbiyot instituti.
Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 02.06.2024
Qayta qabul : 10.06.2024
Saytda mavjud : 12.06.2024
Muallif (lar)
I.A.Asqarov
S.A.Mamatqulova
*N.Sh.G’ulomova
Muallif bilan aloqa
https://orcid.org/0009-0002-7446-4353
© I.A.Asqarov va boshqalar
UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal
Ochiq ma’lumotlar:
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal
Maxfiylik bayonoti
Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va
qayta tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish
va litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada “Asyetis”
oziq ovqat qo’shilmasi tarkibidagi vitaminlar miqdori
tajribada aniqlanib adabiyotlar asosida tahlil qilindi..
Kalit so‘zlar:
Asyetis
,
Yetmak(bex
),
dorivor
issop, xalq tabobati, oziq-ovqat, farmatsevtika,
kimyoviy tarkibi, vitaminlar, HPLC, suyuqlik
xromatografiyasi, asetonitril, YuSSX.
Аннотация:
В этой статье количество
витаминов в пищевой добавке “Asyetis” было
определено в эксперименте и проанализировано
на основе литературы..
Ключевые
слова
:
колючелестник, иссоп лекарственный, народная
медицина, продукты питания, фармацевтические
препараты, химический состав, витамины,
ВЭЖХ, жидкостная хроматография, ацетонитрил,
Юссч.
Annotation:
In this article, the amount of
vitamins in a dietary supplement “Asyetis”was
determined experimentally and analyzed based on the
literature..
Keywords:
Asietis,
Acanthopyllum,
medicinal
hyssop,
folk
medicine,
food,
pharmaceuticals, chemical composition, vitamins,
HPLC, liquid chromatography, acetonitrile, Yussch.
Universal International Scientific Journal
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
31
UNIVERSAL international scientific journal
KIRISH:
Vitaminlar inson va hayvonlar
uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan, turli
kimyoviy tuzilishdagi organik birikmalardir.
Organizm uchun juda kam miqdorda talab
etiladigan (oqsil, yog’ va uglevodlardan farqi)
bu birikmalar fermentlar molekulasi tarkibiga
kirib, to’qimalardagi moddalar almashinuvida
ishtirok etadi. Odam organizmi ko’pchilik
vitaminlarni faqat o’simliklardan oziq ovqat
bilan birga oladi. Shuning uchun ovqat
mahsulotlari tarkibida biror vitaminning
bo’lmasligi yoki yetishmasligi inson ya
hayvonlar
organizmida
moddalar
almashinuvining buzilishiga, keyinchalik esa
avitaminoz
hamda
gipovitaminoz
deb
ataladigan og’ir kasalliklarning yuzaga
kelishiga sabab bo’ladi.Vitaminga boy va
dorivor o'simliklarga turli xil kasalliklarning
oldini olish yoki davolash uchun xalq yoki
an'anaviy tibbiyotda ishlatiladigan xom ashyo
olish uchun ishlatiladigan o'simliklarning katta
guruhi kiradi. Vitaminga boy va dorivor
o'simliklardan foydalanish tarixi insoniyatning
uzoq
o'tmishiga
borib
taqaladi.
Xalq
tabobatida
foydalanish
uchun
dorivor
o'simliklardan Dorivor Issop o‘simligini guli
va bargi hamda Yetmak(bex) o’simliginining
poya qismidan 3:1 nisbatdagi aralashmalik,
“Asyetis” nomlik oziq ovqat qo’shilmasi
tarkibida uchraydigan vitaminlar miqdorini
aniqladik.
NAZARIY QISM:
Yetmak(bex) oziq-
ovqat, qandolat va vinochilik sanoatida,
tibbiyotda
(balg’am
ko’chiruvchi
va
organizmni
mustahkamlovchi
dorilar
tayyorlashda)
qo’llaniladi,
to’qimachilik
sanoatida gazlamalarni oqartirish, ipak va jun
gazlamalarni
yuvish
uchun
ham
ishlatiladi.Tabobatimizda xam juda katta
axamiyat ega.Yetmak o’simligi balg’am
ko’chiruvchi vosita sifatida bronxit, nafas
yo’llarining
boshqa
shamollash
kasalliklarida qo’llash mumkin.Xalq
tabobatida xam yetmak (bex) turlaridan
tayyorlangan qaynatma bronxit, yo’tal va
nafas yo’llarining boshqa kasalliklarida
xamda
turli
yaralarni
davolashda
foydalanish mumkin. Yetmak turlarining
ildizidan
toza
saponinlar
olinishi
mumkin. Bu o’simlikdan oziq ovqat,
yengil sanoatda xamda xalq xo’jaligining
boshqa tarmoqlarida keng miqyosda
foydalanish mumkin Shunday holatlarda
ularga
asosan
tabiiy
yo`l
orqali
tayyorlangan turli xil damlamalar va
qaynatmalar beriladi.
Dorivor issop qadim zamonlardan
beri ko’plab kasalliklarni davolashda
samarali dorivor o’simlik sifatida
ishlatiladi. Dorivor maqsadlarda dorivor
issop barglari, o’simlik ildizi, va yuqori
gullaydigan qismlari ishlatiladi. Unda
yog'lar, shuningdek taninlar, organik
kislotalar (masalan, oleanolik va ursolik),
flavonoidlar va taninlar mavjud. Dorivor
issop o’simlikdagi efir moyining yuqori
miqdori va organizmga foydali ta’sir
ko’rsatadigan boshqa ko’plab elementlar
tufayli dorivor o’simlik sifatida keng
qo’llaniladi. Bargsiz novdasi shifobaxsh
hisoblanadi. Ular gullashni boshaganda
terib
olinadi
va
dorivor
sifatida
ishlatiladi.
TAJRIBA
QISM:
Ushbu
labaratoriya
ishida
suvda
eruvchi
vitaminlar miqdori yuqori samarali
suyuqlik
xromotografiyasi
usulida
oʻrganildi.
Asyetis oziq ovqat qo’shilmasi
tarkibidagi suvda eruvchi vitaminlar
Universal International Scientific Journal
32
UNIVERSAL international scientific journal
yuqori samaradorlikka ega boʻlgan suyuqlik
xromatografiyasi usuli yordamida aniqlandi.
Tortmadan 5-10 gr miqdorida Asyetis oziq
ovqat qo’shilmasidan analitik tarozida tortib
olinib, 300 ml hajmdagi yassi kolbaga
solinadi. Ustiga 50 ml 40% li etanol
eritmasidan qoʻshiladi. Aralashma magnit
aralashtirgich,
teskari
sovutkich
bilan
jihozlanib,
1
soat
davomida
intensiv
aralashtirib turgan holda qaynatiladi va
keyinchalik 2 soat davomida xona haroratida
aralashtiriladi. Aralashma tindirilib filtrlab
olinadi. Qolgan qismiga 25 ml 40 foiz
etanoldan solib 2 marta qayta ekstraksiya
qilindi. Filtratlar birlashtirildi va 100 ml
oʻlchagich kolbaga solinib chizigʻigacha 40%
etanol bilan toʻldiriladi (5-10%). Hosil boʻlgan
eritma
sentrafugada
7000
oborot/minut
tezlikda 10 daqiqa davomida aylantiriladi.
Hosil boʻlgan eritma ustki qismidan analiz
uchun olindi.
Suvda eruvchan vitaminlar 1mg/ml
konsentrasiyali ishchi eritmalari tayyorlab
olindi. Buning uchun har bitta vitamin
standartidan analitik tarozida 50,0 mg aniq
tortma tortib olinadi va 50 ml oʻlchagich
kolbaga 40 foizli etanolda eritildi va
chizigʻigacha
toʻldirildi.
Biz
ushbu
labaratoriya
ishimizda
suvda
eruvchi
vitaminlarni asetatli bufer sistemasi hamda
asetonitrildan foydalandik.
Xromotografiya sharoitlari:
-Xromotograf Agilent-1200 (avtodozator
bilan jihozlangan)
-Kolonka Exlipse XDB C 18 (teskari
fazali), 5 mkm, 4,6 x250mm
-Diod matrisali detektor (DAD), 250 nm
identifikasiya qilindi.
-Oqim tezligi 0,8 ml/min
- Elyuent asetatli bufer: asetonitril:
0-5 min 96:4,
6-8 min 90:10,
9-15 min 80:20,
15-17 min 96:4,
termostat harorati 250S,-5 mkl
kiritilgan miqdor (vkol)
Xromotografga
dastlab,
ishchi
standart
eritmalar,
keyinchalik
tayyorlangan ishchi eritmalar kiritildi.
NATIJALAR:
Dorivor issop va
Yetmak(bex) o’simliklari xalq tabobatida
turli
kasalliklarni
davolashda
ishlatilganligi sababli, bu o’simliklarni
aralashmasidan oziq ovqat qo’shilmalari
olish uchun antioksidantlik miqdorini
aniqladik. Oziq ovqat qo’shilmasidan
1:1, 1:3 va 3:1 nisbatdagi antioksidantlik
miqdori 2,2-difenil-1-pikril gidrazil usuli
yordamida aniqladik. Natijaga ko’ra eng
yuqori ko’rsatkich dorivor issop
o’simligi 3 nisbatda yetmak(bex)
o’simligi 1 nisbatda aniqlandi. Bu
aralashmani biz “ Asyetis” deb
nomladik.Bu oziq ovqat qo’shilmasi
tarkibidagi vitaminlar miqdorini aniqlash
uchun dorivor issop o’simligi 3 nisbatda
yetmak(bex) o’simligi 1 nisbatdagi
qo’shilmadan foydalandib, suyuqlik
xromatografiyasi
usuli
yordamida
vitaminlar miqdorini aniqladik.
Olingan natijaga ko’ra “Asyetis”
oziq ovqat qo’shilmasi tarkibidagi
vitaminlar
miqdori
1-jadvalda
ko’rsatilgan.
1-jadval:
VITAMINLAR
“Asyetis” oziq ovqat
qo’shilmasi
Mg/g konsentratsiyasi
B1
29,13
B-2
39,1
B-6
22,7
B-9
57.5
Universal International Scientific Journal
33
UNIVERSAL international scientific journal
Figure 1: Vitaminlar miqdori
XULOSA:
“Asyetis” oziq ovqat
qoʻshilmasidan aniqlangan vitaminlar miqdori
yuqori koʻrsatkichda aniqlandi. Eng yuqori
ko’rsatgich Vitamin B-9 da 57,5 mg/g
konsentratsiyada aniqlandi. Shuningdek B-2,
B-6 va PP В-3 vitaminlar ham yuqori
konsentratsiyada aniqlandi. Natijalarga
ko’ra dorivor issop o’simligi 3 nisbatda
yetmak(bex) o’simligi 1 nisbatdagi
“Asyetis”
nomli
oziq
ovqat
qo’shilmasidan foydalanib, Ilmiy tibbiyot
va xalq tabobatini uygʻunlashtirgan holda
bu
oʻsimliklar
antioksidant
yallig’lanishga qarshi, nafas yo’li
kasalliklarida asosan, balg’am ko’chirish
uchun, shuningdek ayollar kasalikklarida
va koʻplab immuntaqisligidan kelib
chiqadigan kasalliklarni oldini olishda va
davolashda yordam beruvchi oziq-ovqat
qoʻshilmalarini ishlab chiqarish va
amaliyotga tadbiq etish tavsiya etildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Асқаров.И.Р. Табобат қомуси . Тошкент.- Мумтоз сўз. - 2019.
2. Қаюмов А.Қ., Бердиев Э.Т., Ҳамроев Ҳ.Ф., Турдиев С.А. // Дендрология-тошкент,// -
“Фан ва технологиялар”., - 2015
3. Jumanova, B. (2023). CHEMICAL COMPOSITION OF THE MARMARAK MEDICINAL
PLANT (SALVIA OFFICINALIS) AND USE IN PEOPLE'S MEDICINE
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=5yBnCGoAAAAJ&ci
tation_for_view=5yBnCGoAAAAJ:2osOgNQ5qMEC
4. Abdujabborova, C. (2023). STYPHONOLOBIUM JAPONICUM (SOFORA JAPONICA)
THE CHEMICAL COMPOSITION AND APPLICATION IN MEDICINE
https://sirpublishers.org/index.php/jomap/article/view/271
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=hKvs_GgAAAAJ&ci
tation_for_view=hKvs_GgAAAAJ:eQOLeE2rZwMC
5. Gulomova, N. (2023). КОЛЮЧЕЛИСТНИК, ТУРКЕСТАНСКИЙ МЫЛЬНЫЙ КОРЕНЬ:
ХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ И ПРИМЕНЕНИЕ В МЕДИЦИНЕ. Евразийский журнал
медицинских и естественных наук, 3(12), 178–183. извлечено от
https://in-
academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/25175
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.10437434
6.
Абдужабборова Ч.С. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЛЮПИНА В НАРОДНОЙ МЕДИЦИНЕ И
РЕЦЕПТАХ . “Fizikaviy va kolloid kimyo fanlarining fundamental va amaliy muammolari
hamda ularning innovatsion yechimlari” Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. - 2024/2/10. -С.
1140,1141.
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=hKvs_GgAAAAJ&ci
tation_for_view=hKvs_GgAAAAJ:AvfA0Oy_GE0C
7. Асқаров И.Р. Товарлар кимёси (Монография). Фан ва технологиялар Марказининг
босмахонаси. -Тошкент - 2019. -1000 б.
8.Askarov, I. R., & Gulomova, N. S. (2023). Chemical Composition of Sambucus Nigra and its
role in folk medicine. International Bulletin of medical sciences and clinical research (Т. 3,
Выпуск 12, сс. 16–20). Zenodo.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10361541
9. Jumanova, B. (2023). Chemical Composition of the Marmarak medicinal plant (Salvia
officinalis) and use in people’s medicine. В academic research in modern science (Т. 2, Выпуск
26, сс. 158–162). Zenodo.
https://doi.org/10.5281/zenodo.1038941
