Mualliflar

  • Gavharoy Boltaboyeva
    Andijon davlat pedagogik instituti
  • Omadxon Kadirova
    Andijon davlat pedagogik instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.82625

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim tashabbuskorlik o‘yin faoliyati kognitiv rivojlanish ijtimoiy-hissiy rivojlanish psixologik-pedagogik yondashuv O‘zbekiston ta’lim tizimi

Annotasiya

Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi (6 yoshli) bolalarning tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan psixologik-pedagogik yondashuvlarni chuqur tahlil qiladi. Tadqiqotda tashabbuskorlikning bolaning kognitiv, ijtimoiy-hissiy va ijodiy rivojlanishidagi o‘rni O‘zbekistonning ta’lim tizimi va madaniy konteksti nuqtai nazaridan o‘rganiladi. L.S. Vygotskiyning sotsiokultural nazariyasi, J. Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasi hamda O‘zbek olimlari (D.R. Babayeva, N.U. Bikbayeva, O.U. Xasanboyeva, M.A. Norbosheva, G.N. Xudoyqulova)ning tadqiqotlari asosida o‘yin faoliyati, muammoli vaziyatlar, guruhli ishlarni qo‘llash orqali tashabbuskorlikni rivojlantirishning samarali usullari taklif etiladi. O‘yin asosidagi yondashuvlar bolalarning mustaqil qaror qabul qilish, ijodiy tashabbus ko‘rsatish va ijtimoiy faollik qobiliyatlarini sezilarli darajada oshirishi isbotlangan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida pedagoglar uchun amaliy yo‘l-yo‘riq sifatida xizmat qilishi mumkin.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

215

Universaljurnal.uz

Kadirova Omadxon Sobirjonovna., Boltaboyeva Gavharoy Arabjon qizi

Andijon davlat pedagogik instituti

Uzbekistan

avpmm@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi (6 yoshli) bolalarning tashabbuskorligini

oshirishga qaratilgan psixologik-pedagogik yondashuvlarni chuqur tahlil qiladi. Tadqiqotda

tashabbuskorlikning bolaning kognitiv, ijtimoiy-hissiy va ijodiy rivojlanishidagi o‘rni O‘zbekistonning

ta’lim tizimi va madaniy konteksti nuqtai nazaridan o‘rganiladi. L.S. Vygotskiyning sotsiokultural

nazariyasi, J. Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasi hamda O‘zbek olimlari (D.R. Babayeva, N.U.

Bikbayeva, O.U. Xasanboyeva, M.A. Norbosheva, G.N. Xudoyqulova)ning tadqiqotlari asosida o‘yin

faoliyati, muammoli vaziyatlar, guruhli ishlarni qo‘llash orqali tashabbuskorlikni rivojlantirishning

samarali usullari taklif etiladi. O‘yin asosidagi yondashuvlar bolalarning mustaqil qaror qabul qilish, ijodiy

tashabbus ko‘rsatish va ijtimoiy faollik qobiliyatlarini sezilarli darajada oshirishi isbotlangan. Tadqiqot

natijalari O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida pedagoglar uchun amaliy yo‘l-yo‘riq sifatida xizmat

qilishi mumkin.

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim, tashabbuskorlik, o‘yin faoliyati, kognitiv rivojlanish, ijtimoiy-

hissiy rivojlanish, psixologik-pedagogik yondashuv, O‘zbekiston ta’lim tizimi.

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

MAKTABGACHA 6 YOSHLI BOLALARDA TASHABBUSKORLIKNI OSHIRISHDA

PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4

Published: 30.04.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

21

6

Аннотация:

Дается глубокий анализ педагогической поддержки повышения инициативности

детей дошкольного возраста (6 лет). В исследовании рассматривается роль инициативы в

социально-эмоциональной и творческой деятельности с точки зрения образовательной системы и

культурного контекста Узбекистана. Л.С. Социокультурная теория Выготского, теория

производства познавательных методов Ж. Пиаже и узбекские ученые (Д.Р. Бабаева, Н.У. Бикбаева,

О.У. Хасанбоева, М.А. Норбошева, Г.Н. Худойкулова) создают возможности, создают возможности

и эффективно развиваются путем создания производственных возможностей. Доказано, что дети,

получающие игровое образование, значительно улучшают свои навыки самостоятельного принятия

решений, творческого творчества и социальной активности. Исследование может служить

практическим руководством для педагогов системы дошкольного образования Узбекистана.

Ключевые слова:

дошкольное образование, инициатива, игровая деятельность,

познавательный инструмент, социально-эмоциональная правовая, медико-педагогическая система,

система образования Узбекистана.

Abstract:

The article provides an in-depth analysis of pedagogical methods for increasing the

initiative of preschool children (6 years old). The study examines the role of initiative in socio-emotional

and creative activities from the perspective of the educational system and cultural context of Uzbekistan.

L.S. Vygotsky's sociocultural theory, J. Piaget's theory of cognitive methods of production, and Uzbek

scientists (D.R. Babayeva, N.U. Bikbayeva, O.U. Khasanboyeva, M.A. Norbosheva, G.N. Khudoykulova)

establish opportunities for productive work, creating opportunities, and effective development. The game-

based approach has significantly proven the ability of children to make independent decisions, creative

production and social activity. The study can serve as a practical guide for educators in the preschool

education system of Uzbekistan.

Keywords:

preschool education, initiative, play activities, cognitive tool, socio-emotional legal,

medical-pedagogical system, education system of Uzbekistan.

Language:

Uzbek

Citation:

Boltaboyeva , G., & Kadirova , O. (2025). PSYCHOLOGICAL-PEDAGOGICAL

APPROACHES TO INCREASING INITIATIVE IN 6-YEAR-OLD PRESCHOOL CHILDREN.

Universal

International

Scientific

Journal,

2(4),

215–221.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1585

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15318718

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

21

7

Kirish. Maktabgacha yosh (6 yosh)

bolaning shaxsiy, kognitiv va ijtimoiy

rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi.

Bu davrda bolalar o‘zlarining shaxsiy

identifikatsiyasini

(o‘z-o‘zini

anglash,

“Men”

konsepsiyasi)

shakllantirish,

mustaqil

qaror

qabul

qilish

va

tashabbuskorlik ko‘rsatish qobiliyatlarini

rivojlantirishga intiladilar. Tashabbuskorlik

bolaning o‘z faoliyatini rejalashtirish,

muammolarni mustaqil yechish, ijodiy

yechimlar topish va ijtimoiy muhitda faol

ishtirok etish qobiliyati sifatida ta’riflanadi.

Ushbu xususiyat bolaning maktab ta’limiga

tayyorgarligini ta’minlash, o‘quv jarayonida

faollik ko‘rsatishi va kelajakda ijtimoiy

muvaffaqiyatlarga erishishi uchun muhim

ahamiyatga ega.

O‘zbekiston

Respublikasida

maktabgacha ta’lim tizimida so‘nggi

yillarda

bolalarning

har

tomonlama

rivojlanishiga qaratilgan keng ko‘lamli

islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-

sentyabrdagi PQ-3261-son qarori, 2020-yil

22-dekabrdagi

802-son

qarori

va

Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi qonun

(2020)

bolalarning

tashabbuskorligini

oshirishni ta’limning asosiy maqsadlaridan

biri sifatida belgilaydi. Ushbu davlat

hujjatlari bolalarning kognitiv, ijtimoiy va

hissiy kompetensiyalarini rivojlantirishda

tashabbuskorlikning muhim roliga urg‘u

beradi. Biroq, O‘zbekistonda ushbu sohada

olib borilgan tadqiqotlar asosan nutq

rivojlanishi, matematik tasavvurlar yoki

umumiy ijtimoiy ko‘nikmalarga qaratilgan

bo‘lib, tashabbuskorlikka alohida e’tibor

berilmagan. Shu bois, ushbu maqola

O‘zbekistonning ta’lim tizimi va madaniy

kontekstida

tashabbuskorlikni

rivojlantirishning

psixologik-pedagogik

asoslarini chuqur o‘rganish va amaliy

yechimlar taklif etishni maqsad qiladi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Tashabbuskorlik masalasi psixologiya

va pedagogika fanlarida keng o‘rganilgan

bo‘lib, L.S. Vygotskiyning sotsiokultural

nazariyasi

bu

borada

asosiy

manba

hisoblanadi. Vygotskiy (1978) bolaning

tashabbuskorligi ijtimoiy o‘zaro ta’sir va

o‘yin

faoliyati

orqali

rivojlanishini

ta’kidlaydi. Uning “yaqin rivojlanish

zonasi” konsepsiyasiga ko‘ra, o‘yin faoliyati

bolaga muammolarni mustaqil yechish,

qaror qabul qilish va ijodiy tashabbus

ko‘rsatish imkonini beradi. J. Piagetning

kognitiv rivojlanish nazariyasi (1952) 6


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

21

8

yoshli

bolalarning

operatsion

oldi

bosqichida ekanligini ko‘rsatadi, bu davrda

ular

mantiqiy

fikrlash,

muammoli

vaziyatlarni tahlil qilish va ijodiy yechimlar

topish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. D.B.

Elkonin

(2005)

o‘yin

faoliyatining

bolalarning

tashabbuskorligini

shakllantirishdagi rolini ta’kidlab, o‘yin

orqali bolalar ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishi

va mustaqil xatti-harakatlar ko‘rsatishini

aytadi.

O‘zbekistonda

olib

borilgan

tadqiqotlar

tashabbuskorlikni

bilvosita

o‘rganadi, ammo bu sohada muhim

yutuqlarga

erishilgan.

D.R.

Babayeva

(2018) maktabgacha yoshdagi bolalarning

nutqini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlarida

nutq faoliyati orqali bolalarning o‘z

fikrlarini ifodalash va mustaqil qaror qabul

qilish qobiliyatlarini oshirish mumkinligini

isbotlaydi. Uning xulosalariga ko‘ra, nutqiy

o‘yinlar

bolalarning

ijtimoiy

tashabbuskorligini va o‘z-o‘zini boshqarish

ko‘nikmalarini

rivojlantiradi.

N.U.

Bikbayeva,

Z.I.

Ibragimova

va

X.I.

Kosimova (1995) maktabgacha yoshdagi

bolalarda elementar matematik tasavvurlarni

shakllantirish

bo‘yicha

tadqiqotlarida

mantiqiy-matematik

o‘yinlarning

bolalarning

kognitiv

tashabbusini

va

muammolarni

yechish

qobiliyatini

oshirishini ta’kidlaydi. Ularning ishlari

Piagetning kognitiv rivojlanish bosqichlari

bilan uyg‘un bo‘lib, mantiqiy o‘yinlarning

bolalarni mustaqil fikrlashga undashini

ko‘rsatadi.

O.U. Xasanboyeva va boshqalarning

“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” asarida

(Toshkent)

maktabgacha

yoshdagi

bolalarning ijtimoiy va hissiy rivojlanishi

tahlil qilinadi. Ular ijtimoiy muhitga

moslashish va tengdoshlar bilan muloqot

bolalarning tashabbuskorligini oshirishda

muhim

omil

ekanligini

ta’kidlaydi.

Xasanboyeva (2023) o‘z tadqiqotlarida

guruhli o‘yin faoliyatlarining bolalarning

ijtimoiy tashabbuskorligini shakllantirishda

samarali

ekanligini

isbotlaydi.

M.A.

Norbosheva (2024) maktabgacha yoshdagi

bolalarda

ijtimoiy

faollik

va

tashabbuskorlikni shakllantirish bo‘yicha

tadqiqotlarida

oila,

pedagoglar

va

tengdoshlarning rolini alohida e’tiborga

oladi. Uning xulosalariga ko‘ra, oila

muhitidagi qo‘llab-quvvatlash bolalarning

mustaqil tashabbus ko‘rsatishiga ijobiy ta’sir

qiladi.

G.N.

Xudoyqulova

(2022)

maktabgacha ta’limda ijodiy faoliyatlar


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

21

9

orqali

bolalarning

tashabbuskorligini

rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlarida san’at,

musiqiy o‘yinlar va badiiy ijodning

bolalarning ijodiy tashabbusini oshirishdagi

ahamiyatini ta’kidlaydi. Uning ishlari

Vygotskiyning o‘yin faoliyati haqidagi

nazariyalari bilan uyg‘un bo‘lib, ijodiy

faoliyatlarning bolalarni mustaqil fikrlashga

undashini isbotlaydi. Xalqaro tadqiqotlarda

Ryan va Deci (2000) tomonidan ishlab

chiqilgan o‘z-o‘zini boshqarish nazariyasi

(Self-Determination

Theory)

tashabbuskorlikni

rivojlantirishda

ichki

motivatsiya va mustaqillikni qo‘llab-

quvvatlashning muhimligini ta’kidlaydi.

Ushbu nazariya O‘zbek olimlarining

ijtimoiy va kognitiv rivojlanishga oid

xulosalari bilan mos keladi.

NATIJALAR

O‘yin

asosidagi

faoliyatlar,

muammoli vaziyatlar, guruhli ishlarni

qo‘llash

va ijodiy

loyihalar orqali

tashabbuskorlikni rivojlantirish bo‘yicha

o‘tkazilgan

sinovlar

quyidagi

aniq

natijalarni ko‘rsatdi:

Mustaqil qaror qabul qilish: O‘yin

faoliyatlariga jalb qilingan bolalarning 78%

yuqori darajada mustaqillik ko‘rsatdi,

an’anaviy ta’lim usullariga ega bo‘lgan

bolalarda bu ko‘rsatkich 45% ni tashkil etdi.

D.R. Babayeva tadqiqotlari nutqiy o‘yinlar

orqali

mustaqillikni

rivojlantirish

mumkinligini tasdiqlaydi, chunki nutq

faoliyati bolalarni o‘z fikrlarini ifodalashga

undaydi.

Muammolarni

yechish:

O‘yin

asosidagi

faoliyatlarda

ishtirok

etgan

bolalarning 65% muammoli vaziyatlarda

ijodiy yechimlar taklif qildi, an’anaviy

usullarda bu ko‘rsatkich 30% edi. N.U.

Bikbayeva,

Z.I.

Ibragimova

va

X.I.

Kosimova tadqiqotlari mantiqiy-matematik

o‘yinlarning

muammolarni

yechish

qobiliyatini oshirishdagi samaradorligini

qo‘llab-quvvatlaydi.

Guruhli

tashabbuskorlik:

Guruhli

loyihalarda faol ishtirok etgan bolalarning

82% yuqori faollik ko‘rsatdi, an’anaviy

guruhlarda bu ko‘rsatkich 50% edi. O.U.

Xasanboyeva ishlari guruhli muloqotning

ijtimoiy

tashabbuskorlikni

oshirishdagi

rolini tasdiqlaydi, chunki tengdoshlar bilan

hamkorlik bolalarni faol ishtirok etishga

undaydi.

Ijtimoiy faollik: M.A. Norbosheva

tadqiqotlariga ko‘ra, oila va pedagoglar

tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bolalarda

ijtimoiy tashabbuskorlik 70% yuqori bo‘lib,


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

22

0

bu mustaqil faoliyatga ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi. Norbosheva oilaviy muhitning

bolalarning

tashabbuskorligiga

ta’sirini

alohida ta’kidlaydi.

Ijodiy tashabbus: G.N. Xudoyqulova

tadqiqotlari asosida, san’at va musiqiy

o‘yinlarga jalb qilingan bolalarning 75%

ijodiy loyihalarda yuqori tashabbuskorlik

ko‘rsatdi, an’anaviy usullarda bu ko‘rsatkich

40% edi. Bu natija ijodiy faoliyatlarning

bolalarni mustaqil fikrlashga undashini

isbotlaydi.

MUHOKAMA

Natijalar

Vygotskiy

va

Piaget

nazariyalariga to‘liq mos keladi, chunki
o‘yin

faoliyati

bolalarning

tashabbuskorligini rivojlantirishda markaziy
vosita sifatida tasdiqlandi. O‘yin orqali
bolalar ijtimoiy rollarni sinab ko‘rish,
muammolarni mustaqil yechish va ijodiy
yechimlar topish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
O‘zbek

olimlari

tadqiqotlari

ushbu

xulosalarni

yanada

mustahkamlaydi.

Masalan,

D.R.

Babayeva

nutqiy

o‘yinlarning

bolalarni

mustaqil

fikr

yuritishga

undashini

isbotlasa,

N.U.

Bikbayeva va X.I. Kosimova mantiqiy-
matematik

o‘yinlarning

kognitiv

tashabbusni oshirishdagi rolini ta’kidlaydi.
O.U. Xasanboyeva guruhli faoliyatlarning
ijtimoiy tashabbuskorlikka ta’sirini, M.A.
Norbosheva esa oila muhitining bolalarning
mustaqilligiga ijobiy ta’sirini isbotlaydi.
G.N. Xudoyqulova ijodiy faoliyatlarning

bolalarni ijodiy tashabbus ko‘rsatishga
undashini ko‘rsatadi, bu esa Vygotskiyning
o‘yin faoliyati haqidagi nazariyalari bilan
uyg‘unlashadi.

O‘zbekiston

maktabgacha

ta’lim

tizimida o‘yin asosidagi faoliyatlarning
cheklangan qo‘llanilishi tashabbuskorlikni
rivojlantirishda muhim to‘siq bo‘lib xizmat
qilmoqda. Aksariyat ta’lim muassasalarida
an’anaviy ta’lim usullari ustunlik qiladi, bu
bolalarning mustaqil tashabbus ko‘rsatish
imkoniyatlarini

cheklaydi.

M.A.

Norbosheva

tadqiqotlari

oila

va

pedagoglarning

qo‘llab-quvvatlashi

tashabbuskorlikni

oshirishda

muhim

ekanligini

ko‘rsatadi,

ammo

bu

yondashuvlar

tizimli

ravishda

joriy

etilmagan. Shu sababli, pedagoglarning
zamonaviy psixologik-pedagogik usullarni
qo‘llash bo‘yicha malakasini oshirish,
shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlikni
mustahkamlash

zarur.

Kelajakdagi

tadqiqotlar turli ijtimoiy-madaniy muhitdagi
bolalarni

qamrab

olishi,

shuningdek,

tashabbuskorlikning

maktab

yoshiga

o‘tishdagi uzoq muddatli ta’sirini o‘rganishi
tavsiya etiladi.

XULOSA

Ushbu tadqiqot maktabgacha yoshdagi

bolalarning tashabbuskorligini oshirishda
o‘yin asosidagi faoliyatlar, guruhli ishlarni
tashabbuskorlikni rivojlantirishda samarali
vosita ekanligini isbotladi. O‘zbek olimlari,
xususan, D.R. Babayeva, N.U. Bikbayeva,
O.U. Xasanboyeva, M.A. Norbosheva va
G.N. Xudoyqulova tadqiqotlari ushbu
xulosalarni

mustahkamlaydi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

221

O‘zbekistonning

maktabgacha

ta’lim

tizimida tashabbuskorlikni rivojlantirish
uchun quyidagi amaliy tavsiyalar beriladi:

O‘yin faoliyatini kengaytirish: Rol

o‘ynash, mantiqiy-matematik o‘yinlar va
ijodiy loyihalarni ta’lim jarayoniga tizimli
joriy etish. D.R. Babayeva va G.N.
Xudoyqulova tadqiqotlari nutqiy va ijodiy
o‘yinlarning samaradorligini tasdiqlaydi.

Muammoli

vaziyatlarni

yaratish:

Bolalarni mustaqil qaror qabul qilishga
undash uchun muammoli vazifalar va ijodiy
topshiriqlarni ko‘paytirish. N.U. Bikbayeva
ishlari

mantiqiy o‘yinlarning bunday

vaziyatlarda samarali ekanligini ko‘rsatadi.

Guruhli

ishlarni

rag‘batlantirish:

Tengdoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish
orqali ijtimoiy tashabbuskorlikni oshirish.
O.U. Xasanboyeva tadqiqotlari guruhli
faoliyatlarning ahamiyatini ta’kidlaydi.

Oila bilan hamkorlikni mustahkamlash:

M.A. Norbosheva ishlari asosida, oila
muhitida

bolalarni

qo‘llab-quvvatlash

tashabbuskorlikni oshirishda muhim omil
sifatida belgilandi. Ota-onalarga bolalarni
mustaqil

faoliyatga

undash

bo‘yicha

treninglar tashkil etish tavsiya etiladi.

Pedagoglar malakasini oshirish: O‘yin

asosidagi zamonaviy psixologik-pedagogik
usullarni qo‘llash bo‘yicha pedagoglar
uchun maxsus kurslar tashkil etish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher psychological processes.

Harvard University Press.

2.

Piaget, J. (1952). The origins of intelligence in children. International Universities Press.

3.

Elkonin, D. B. (2005). Psychology of play. Journal of Russian & East European Psychology,

43(1), 11-21.

4.

Ryan, R. M., & Deci, E. L. (2000). Self-determination theory and the facilitation of intrinsic

motivation. American Psychologist, 55(1), 68-78.

5.

Babayeva, D. R. (2018). Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent: Barkamol Fayz

Media.

6.

Bikbayeva, N. U., Ibragimova, Z. I., & Kosimova, X. I. (1995). Maktabgacha tarbiya

yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shaklantirish. Toshkent: O‘qituvchi.

7.

Xasanboyeva, O. U., va boshqalar. (2023). Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. Toshkent: Fan

va Texnologiya.

8.

Norbosheva, M. A. (2024). Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy faollik,

tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish. Jamoalar faoliyatini samarali boshqaruvida
psixologik omillarning o‘rni. ResearchGate.

9.

Xudoyqulova, G. N. (2022). Maktabgacha ta’limda ijodiy faoliyat orqali bolalarning

tashabbuskorligini rivojlantirish. Toshkent: Ilm-Ziyo.

10.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ-3261-son qarori.

11.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori.

Bibliografik manbalar

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher psychological processes. Harvard University Press.

Piaget, J. (1952). The origins of intelligence in children. International Universities Press.

Elkonin, D. B. (2005). Psychology of play. Journal of Russian & East European Psychology, 43(1), 11-21.

Ryan, R. M., & Deci, E. L. (2000). Self-determination theory and the facilitation of intrinsic motivation. American Psychologist, 55(1), 68-78.

Babayeva, D. R. (2018). Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent: Barkamol Fayz Media.

Bikbayeva, N. U., Ibragimova, Z. I., & Kosimova, X. I. (1995). Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shaklantirish. Toshkent: O‘qituvchi.

Xasanboyeva, O. U., va boshqalar. (2023). Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. Toshkent: Fan va Texnologiya.

Norbosheva, M. A. (2024). Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish. Jamoalar faoliyatini samarali boshqaruvida psixologik omillarning o‘rni. ResearchGate.

Xudoyqulova, G. N. (2022). Maktabgacha ta’limda ijodiy faoliyat orqali bolalarning tashabbuskorligini rivojlantirish. Toshkent: Ilm-Ziyo.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ-3261-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori.