MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
80
PEDAGOGIK TA’LIM KLASTERI VA UNING MOHIYATI
Saydullayeva Barchinoy
Andijon davlat pedagogika instituti
maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi
o’qituvchisi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15226634
Annotasiya:
Maqola ta’lim klasteri mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, unda ta’lim klasterning
nazariy asoslari va uning xususiyatlari ochib koʻrsatilgan. Klaster elementlarining oʻzaro aloqaga
asoslangan belgilari yoritib berilgan va oʻrganilgan tadqiqotlar natijasida ilmiy xulosalar
bildirilgan.
Kalit soʻzlar:
klaster, ta’lim klasteri, model ,nazoratchi, element, sinergitik, model, klaster
subyektlari, nazoratchi, element, sinergetik, yaxlitlik, innovatsiya, biznes tuzilma.
“Klaster” soʻzi ilmiy atama sifatida birinchi marta Maykkl Evgeniy tomonidan ishlatilgan
inglizcha soʻz boʻlib, clyster (dasta, toʻplash, bir-biriga juda yaqin boʻlgan narsalar yoki odamlar
hamkorlik tizimi) kabi soʻzlar ma’nosiga borib taqaladi. Klaster atamasi oʻtgan asrning 90-
yillarida iqtisodiy adabiyotlarda faol qoʻllanila boshlandi va xalqaro tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki,
u asosan, hozirgi kungacha iqtisodiyot va tibbiyot sohalarida keng qoʻllanilgan. Rus olimi
S.P.Postnikov ta’rifi boʻyicha, Klaster bu - birlashtiruvchi murakkab tuzilmadir-fan, ta’lim va
ishlab chiqarishning yagona butunligi, demakdir. Ta’lim klasteri esa – ta’lim muassasasi va ish
beruvchilarning hamkorlik asosida korxona uchun mutaxassislarni bir necha bosqichli kadrlar
tayyorlashning ajralmas tizimi boʻlib, uning bir qancha afzalliklari mavjud. Oʻzingizga ma’lumki,
ba’zi maktablar markazdan yiroqda (olis hududlarda joylashgan) va juda kam resurslarga ega va
ta’lim nazoratchilari ularga kamdan-kam tashrif buyurishadi va kerakli maslahat va metodik
yordamlarni oʻz vaqtida ololmaydilar. Xalqaro tajribaga e’tibor qaratadigan e’tibor qaratadigan
boʻlsak, shu muammoni hal qilish maqsadida 1960-yillarda Lotin Amerikasida jamiki, ta’lim
resurslarini integrasiya qilish, koʻnikma va tajribalarni almashish uchun maktablarni bir-biri bilan
bogʻlash gʻoyasi paydo boʻlgan va bu amalda qoʻllanilib, ijobiy natijalar bergan kerakli maslahat
va metodik yordamlarni oʻz vaqtida ololmaydilar. Xalqaro tajribaga e’tibor qaratadigan boʻlsak,
shu muammoni hal qilish maqsadida 1960-yillarda Lotin Amerikasida jamiki, ta’lim resurslarini
integrasiya qilish, koʻnikma va tajribalarni almashish uchun maktablarni bir-biri bilan bogʻlash
gʻoyasi paydo boʻlgan va bu amalda qoʻllanilib, ijobiy natijalar bergan. Uning asosiy vazifalariga
quyidagilar kirgan: tayyorlanayotgan kadr (kompetentligini) sifatini oshirishga, darslardan
tashqari mashgʻulotlar davomida maktabda olingan bilimni mustahkamlash va ta’lim muassasasini
bitirgandan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri ish bilan ta’minlanishga, bitiruvchilarni hamkorlikdagi
korxonaga nisabatan pozitiv munosabatini ta’minlash ( ish shart-sharoitlari bilan yaqindan
tanishgan boʻlajak mutaxassis oʻzining oldiga malaka oshirgan korxonasida ishlash uchun istak
paydo boʻladi) kabilar. Klaster atamasi yaqinda keng qoʻllanila boshlangan soʻz boʻlib, ingliz
tilidan tarjima qilinganda "klaster" – “toʻda”, “bogʻ”, “shingil” ma’nosini anglatadi. Ilmiy termin
sifatida bir necha oʻxshash narsalarning guruhlashishi, deb tushunish mumkin. Umumiy klaster
modulida bir maktab asosiy, markaziy va lider maqomida boʻladi va boshqalari esa unga
birlashgan maktablar boʻladi. Asosiy maktab boshqalarini birligini, resurslarni boʻlishishni va
shuningdek, pedagoglarni kompetentlik darajasini rivojlanishini nazorat qiladi. Tashlangan
element tizim yaxlitlikni buzmaydi. Ta’lim klasterining elementlari - bu tashkilot (universitet,
biznes tuzilmasi, ta’lim muassasasi va boshqalar) yoki uning alohida tuzilmalari vazifasini hal
qilishda ishtirok etadigan tuzilmalarning kombinasiyasi boʻlishi mumkin. Ta’lim klasteri
ishtirokchilarining tarkibini (uning elementlarini) vaziyatga qarab toʻldirilish mumkin. Klasterda
maktab infratuzilmasi - zamonaviy maktab infratuzilmasini ta’minlash boʻyicha chora - tadbirlar
roʻyxati turli sohalarda ta’lim muassasalari va tashkilotlar, madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport,
biznes va boshqa muassasalar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantirishni oʻz ichiga olishi kerak.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
81
Infratuzilma ta’lim makonining oʻlchamlari va boshqa topologik xususiyatlarini
belgilaydi, bu ta’lim xizmatlarining hajmi, ta’lim ma'lumotlarining imkoniyatlari va intensivligi
bilan tavsiflanadi. Klasterni shakllantirish jarayoni sheriklar oʻrtasida olib tashlangan element
tizim yaxlitlikni buzmaydi. Ta’lim klasterining elementlari - bu tashkilot (universitet, biznes
tuzilmasi, ta’lim muassasasi va boshqalar) yoki uning alohida tuzilmalari vazifasini hal qilishda
ishtirok etadigan tuzilmalarning kombinasiyasi boʻlishi mumkin. Ta’lim klasteri
ishtirokchilarining tarkibini (uning elementlarini) vaziyatga qarab toʻldirilish mumkin. Klasterda
maktab infratuzilmasi - zamonaviy maktab infratuzilmasini ta’minlash boʻyicha chora - tadbirlar
roʻyxati turli sohalarda ta’lim muassasalari va tashkilotlar, madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport,
biznes va boshqa muassasalar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantirishni oʻz ichiga olishi kerak.
Infratuzilma ta’lim makonining oʻlchamlari va boshqa topologik xususiyatlarini belgilaydi, bu
ta’lim xizmatlarining hajmi, ta’lim ma’lumotlarining imkoniyatlari va intensivligi bilan
tavsiflanadi.Ta’lim klasteri - bu maktab infratuzilmasini tashkil etish usullaridan biri, ta’limga
bogʻliq undagi muassasalar esa - bu infratuzilmaning elementlaridir. Klasterni shakllantirish
jarayoni sheriklar oʻrtasida ehtiyojlar, texnologiyalar haqida ma’lumot almashishga asoslangan.
Klasterli yondashuvda klasterning barcha a’zolari uchun turli aloqa vositalari yordamida erkin
ma’lumot almashish va yangiliklarni tez tarqatish imkoniyati mavjud. Klasterli yondashuv
metodining rivojlanishini belgilovchi muhim omillaridan biri uning tilmiy-tadqiqot tashkilotlari
bilan oʻzaro aloqaga asoslanligidir. Klaster munosabatlarining asosiy belgilari:
izchillik
maqsad birligi;
Innovatsiyaga yo`nalganlik;
yaxlitlik;
sinergetik;
natijaviylik
Ta’lim klasteri uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha ta’lim turlari, ilmiy tadqiqot institutlari va
markazlari, amaliyot bazalari, ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalarning bir butunligi boʻlib, ularning
birgalikdagi vazifalar taqsimlangan faoliyati pedagogik ta’lim tizimini sifat jihatidan yangi
darajaga koʻtarish imkonini beradi, deb fikr bildirish mumkin. Taʼlim klasterlari maktablar,
universitetlar, davlat idoralari, notijorat tashkilotlar va biznes kabi bir nechta manfaatdor
tomonlarni birlashtirgan holda, umumiy muammolarni hal etish va hamkorlik qilishga,
shuningdek, innovatsiya va bilim almashishni ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Shukurova, D. S. Q. (2022). Ta’lim klasteri sharoitida inklyuziv ta’limning innovatsion
mexanizmlari. Academic research in educational sciences, 3(3),
2. O‘zbekiston «yetakchi raqamli davlatlar» reytingida «A» guruhidan joy oldi (xabar.uz)
3. Yarashov, M. (2021). Talim tizimida raqamli texnologiyalarning oʻrni. Ilmiy nasharlar markazi
(buxdu.uz)
3. Toshtemirova S. A. (2020). Ta’lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida
// Uzluksiz ta’lim. № 1 (86). - S.5
4. Gafforov Ya.X. Toshtemirova. S. (2020). Ways to increase the effectiveness of education
in an integrated environment. International Journal of Current Research and Review. India.
5. Gafforov Ya.X. (2020). Important aspects of environmental education in the education
system. EPRA International Journal. of research & development. India. 2020. 97.
6. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of
Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.
