Mualliflar

  • Maxzunaxon Mamirova
    Andijon Davlat Pedagogika Instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86143

Kalit so‘zlar:

Ijtimoiy odob jamoa bo‘lib ishlash o‘yin terapiyasi o‘zaro hurmat hissiy intellekt mas’uliyat muammolarni hal qilish.

Annotasiya

Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning ijtimoiy odobini
shakllantirishda o‘yin terapiyasidan foydalanishning afzalliklari haqida ma’lumot beriladi. O‘yin
terapiyasi yordamida bolalarda jamoa bo’lib ishlash, o‘zaro ishonch, bir birini hurmat qilish kabi
ma’naviy fazilatlar shakllanadi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

40

ART TERAPIYANINNG O‘YIN TURI YORDAMIDA BOLALARDA

IJTIMOIY ODOBNI SHAKLLANTIRISH

.

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi

(maktabgacha ta’lim yo‘nalishi) 1-kurs magistranti

Mamirova Maxzunaxon Azamjon qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15225442

Annotatsiya

: Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning ijtimoiy odobini

shakllantirishda o‘yin terapiyasidan foydalanishning afzalliklari haqida ma’lumot beriladi. O‘yin
terapiyasi yordamida bolalarda jamoa bo’lib ishlash, o‘zaro ishonch, bir birini hurmat qilish kabi
ma’naviy fazilatlar shakllanadi.

Kalit so‘zlar:

Ijtimoiy odob, jamoa bo‘lib ishlash, o‘yin terapiyasi, o‘zaro hurmat, hissiy

intellekt, mas’uliyat, muammolarni hal qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida

2017-yil 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan
tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar
qo‘yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik xujjat ‘‘O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 9-sentabrdagi Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risidagi PF 5198-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ 3305-sonli qarori, O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilinadi.

“Art terapiya” art – san’at, theorapy –davolash, san’at yordamida davolash degan ma’noni

anglatadi. Uning bir necha asosiy turlari mavjud. Shu jumladan, o‘yin turining bolalar ijtimoiy
odobini rivojlanishi uchun ahamiyati katta.

O‘yin terapiyasi tarixiga nazar solsak, Aflotun (miloddan avvalgi 429-377) darvridan buyon

o‘yin muhim deb tan olingan va “odam haqida bir yillik suhbat davomda emas, bir soatlik o‘yin
davomida ko‘proq narsani bilib olish mumkin” deb ta’kidlagan. XVIII asrda Russo (1712-1778),
o‘z kitobida o‘yinni bolalar haqida bilish va tushunish vositasi sifatida kuzatishni muhimligi
haqida yozgan. Fridrix Frobel, Inson tarbiyasi (1903) kitobida o‘yinda ramziylikning muhimligini
ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra “ o‘yin bolalikdagi eng yuksak taraqqiyotdir, chunki bu faqat
bolaning qalbida mavjud bo‘lgan narsalarni erkin ifoda etishdir”.

1930-yilarda o‘yin pisixoterapiyasida yangi yondashuvlar paydo bo‘ldi, ularning kelib

chiqishi, pisixoanalizda yotadi. 1950-yillardan boshlab, o‘yin terapiyasi nazaryasi va amaliyoti
gumanistik yondashuv ichida rivojlana boshladi. 1990-yillarda esa kognitiv xulq-atvorni
davolashda o‘yinni ishlatishga qiziqish ortgan.

O‘yin terapiyasi –o‘yinlardan foydalanishga asoslangan bolalar va kattalarga ta’sir

qilishning psixoterapevtik usulidir.

O‘yin terapiyasi bolalarda ijtimoiy odob va ko'nikmalarni shakllantirish uchun ajoyib

usuldir. Bolalar o‘yin orqali o‘zaro munosabatlar, hissiy aloqalar va guruhda hamkorlik qilishni
o‘rganadilar. Quyidagi bir necha usullar o‘yin terapiyasi yordamida bolalarda ijtimoiy odobni
shakllantirish uchun xizmat qiladi:

1

. Rollarni ijro etish:

Bolalar turli rollarni ijro etish orqali boshqalarning nuqtai nazarini

tushunishni va empatiya rivojlantirishni o'rganadilar. Bu ularga ijtimoiy vaziyatlarni va
muammolarni hal qilishni o‘rganishga yordam beradi. Masalan, "Do‘kondan narsa sotib olish"
yoki "Maktabda dars" kabi rollarni ijro etishlari mumkin.

2.

Jamoaviy o‘yinlar:

Jamoaviy o‘yinlar bolalarga hamkorlik qilish, navbat kutish va

birgalikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, lego konstruksiyalarini
birgalikda qurish yoki jamoa bo‘lib turli vazifalarni bajarish.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

41

3.

Maslahatli o‘yinlar:

Bolalar maslahatli o‘yinlar orqali muammolarni hal

qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bu ularga ijtimoiy vaziyatlarda
qiyinchiliklarni yengishda yordam beradi.

4

.

Nizolarni hal qilish o‘yinlari:

Nizo holatlarida o‘yinlar bolalarga nizolarni hal qilish va

murosaga kelishni o‘rganishga yordam beradi.

5.

Emotsiyalarni ifodalash o‘yinlari:

Bolalar o‘yin orqali o‘z emotsiyalarini ifodalash va

ularga boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bu ularga boshqalar bilan sog‘lom
munosabatlar o‘rnatishda yordam beradi. Bu usullar yordamida bolalar o‘z ijtimoiy ko'nikmalarini
rivojlantirib, yaxshi ijtimoiy odobni shakllantiradilar. O‘yin terapiyasi bolalar uchun qiziqarli va
samarali usuldir.

6

. Qoidalarga rioya qilish:

Qoidali o‘yinlar bolalarga tartib-intizom va qoidalarga rioya

qilishni o‘rgatadi. Stol o'yinlari, sport o‘yinlari va karta o‘yinlari bu maqsadga erishish uchun juda
mos keladi.

7

. Ijodiy o'yinlar:

Bolalar ijodkorliklarini rivojlantirib, o'z his-tuyg'ularini ifoda etishni

o'rganadilar. Rasm chizish, hikoya yozish yoki qo'shiqlar kuylash bu maqsadga xizmat qilishi
mumkin.

O'yin terapiyasining asosiy maqsadi bolalarni qiziqtiradigan va ularning rivojlanishiga

yordam beradigan vaziyatlarni yaratishdir. Bu orqali bolalar ijtimoiy ko'nikmalarni va odob-axloq
qoidalarini o'rganishadi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,

o‘yin terapiyasi bu maktabgacha yoshdagi bolaning

psixikasi va shaxsyatida asosiy progressiv o‘zgarishlar sodir bo‘ladigan faoliyatning universal
shakli hisoblanib, o‘yin bolaning atrofidagi odamlar bilan munosabatlarini belgilaydi, uni keyingi
yosh bosqichiga, yangi faoliyatga o‘tishga tayyorlaydi. Shuning uchun o‘yinga asoslangan
bolalarda hissiy va xulq-atvor buzilishlarini tuzatish usuli sifatida o‘yin terapiyasi tobora muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Sog‘lomlashtiruvchi o‘yinlar bolalar uchun ularning bo‘sh vaqtini
qondiradigan o‘yin-kulgi shaklida bo‘lsada, lekin aslida ular taranglikni bartaraf etishga, bolalarga
salbiy his tuyg‘ularni “tashqariga chiqarishga” yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasi yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son
Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi

maktabgacha ta’lim tizi‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi.
PF-5198-sonli Farmoni.

3.

M.Artikova-ART TERAPIYA //O‘quv-uslubiy majmua, Andijon 2023.4-5b

4. Jose A.Fadul (General 2014).Psixoterapiya va maslahat bo‘yicha nazariya va

amaliyot ensiklopediyasi.Lulu.com. ISBN 9781312078369.

5. Игровая терапия / (Элекронний ресурс)-Режим доступа:

http//psychologes.ru// glossariy/09/igrovaya-terapiya/ Загл. с экрана.












Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizi‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi.

PF-5198-sonli Farmoni.

M.Artikova-ART TERAPIYA //O‘quv-uslubiy majmua, Andijon 2023.4-5b

Jose A.Fadul (General 2014).Psixoterapiya va maslahat bo‘yicha nazariya va amaliyot ensiklopediyasi.Lulu.com. ISBN 9781312078369.

Игровая терапия / (Элекронний ресурс)-Режим доступа: http//psychologes.ru// glossariy/09/igrovaya-terapiya/ Загл. с экрана.