Mualliflar

  • Umidaxon Yuldasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86145

Kalit so‘zlar:

bo‘lajak o‘qituvchi boshlang‘ich sinf ingliz tili pedagogik kompetensiya metodik kompetensiya o‘qitish innovatsion metodlar didaktik materiallar o‘quv jarayoni malaka rivojlantirish.

Annotasiya

Maqolada boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilarining pedagogik va metodik
kompetensiyalarini rivojlantirishning ahamiyati va usullari muhokama qilinadi. Maqolada
pedagogik kompetensiya sifatida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan samarali aloqa o‘rnatish,
darslarni tashkil etish va boshqarish, o‘qitish jarayonini innovatsion metodlar yordamida samarali
o‘tkazish ko‘nikmalari keltiriladi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

38

TAYANCH TUSHUNCHALARNI LOYIHALAB O‘QITISH JARAYONIDA

O‘QUVCHILARNING OG‘ZAKI NUTQ VA FIKRLASH FAOLIYATINI

RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mamadaliyeva Nilufar Bahodirovna

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15225423

Annotatsiya:

ushbu maqolada ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalarni

mavjudligi va ular pedagogika fanidagi o‘zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘lashi,
pedagogik g‘oyalarning tarqalishida qadimgi Yunonistonning mashhur faylasuflarining hissalari
hamda ularning faoliyatida yoshlarni o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalariga mos ravishda ta’lim-
tarbiya nazariyasini ishlab chiqish haqida fikrlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim, tarbiya, g‘oya, o‘quvchi, o‘qituvchi, ijtimoiy, shaxs, pedagogik,

faoliyat.

Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash ehtiyoji ham ortib boradi. Shu

sababli ta’lim va tarbiya jarayoni ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qaraladi, chunki ta’lim-
tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni, davlatni, shaxsni rivojlantirishni tasavvur qilib
bo‘lmaydi.

Har bir ijtimoiy tizimda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya,

ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, ular pedagogika fanidagi o‘zgarishlarni
jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda atroflicha o‘rganishni taqozo etadi.

Pedagogik g‘oyalarning tarqalishida Qadimgi yunonistonning mashhur faylasuflarining

hissasi katta. Ular o‘z faoliyatida yoshlarni o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalariga mos ravishda
ta’lim-tarbiya nazariyasini ishlab chiqdilar.

Yunonistonda pedagogikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkir olimlardan

biri Demokrit falsafa, matematika, fizika, biologiya, tibbiyot, ruhiyat, san’atga doir asarlar yaratib,
inson shaxsining qaror topishi uning tabiati va tarbiyasiga bog‘liqligiga urg‘u berib o‘tgan. Agar
inson o‘qimasa mahorat va donishmandlikka erisha olmaydi deb hisoblagan.

Forobiy insonning qadr-qimmatiga, uning aql-zakovatining ijodiy va bunyodkorlik kuchiga

yuksak baho beradi. Inson Forobiy uchun shunchaki biologik bir mavjudot emas, u o‘z mohiyatiga
ko‘ra, aql-idroki tufayli hayvonot dunyosi chegaralaridan tashqariga chiqadi, zakovati, mehnati
bilan bir qatorda uni ijtimoiy jihatdan faol qilib qo‘yadi.

Abdulla Avloniyning ijodiy faoliyatida maktab va maorif, ta’lim-tarbiya masalalari alohida

o‘rin egallaydi. Avloniy “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy
guliston yoxud axloq” asarlarini maktab o‘quvchilariga bag‘ishlaydi [1, 5-15 betlar].

Yosh avlodni insonparvarlik ruhida tarbiyalash – V.A.Suxomlinskiy pedagogik ijodi va

faoliyatining yuragi. Pedagog insonparvarlik deganda chuqur g‘oyaviy e’tiqodni, ijtimoiy
faollikni, vatanparvarlikni, mehnatga muhabbatni, ijodkorona hayot kabilarni tushunadi.
V.A.Suxomlinskiyning pedagogik faoliyati va ta’lim-tarbiya masalalariga qaratilgan bir qancha
asarlari bolalarni komil inson qilib tarbiyalashga qaratilgan. Uning “Bolalarga jonim fido” asarida
bolalarni fikrlash faoliyatini quyidagicha ta’riflaydi: “Bola fikr qiladi … Bu esa uning miya yarim
sharlari po‘stlog‘i neyronlarining ma’lum bir guruhi atrof-dunyodagi obrazlar (manzaralar,
predmetlar, voqealar, so‘zlar)ni qabul etadi-da, mayda-mayda nerv hujayralari bo‘ylab aloqa
kanallaridagi singari signallar yuboriladi. Neyronlar bu informatsiyani ishlaydi, uni sistemaga
soladi, guruhlarga ajratadi, solishtiradi, taqqoslaydi, bu vaqtda yangi informatsiya olinadi, uni yana
qayta-qayta qabul etish, “ishlash” kerak bo‘ladi. Tobora yangi-yangi obrazlarni qabul etib va
informatsiyani “ishlab” ulgurish uchun, neyronlarning nerv energiyasi benihoya qisqa vaqt ichida
obrazlarni qabul etishdan ularni “ishlash”ga o‘tadi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

39

Neyronlar nerv energiyasining ana shunday hayratlanarli darajada tez bir ishdan

ikkinchisiga o‘tishida xuddi biz o‘ylagan voqea sodir bo‘ladi, ya’ni bola o‘ylaydi… Bola
miyasining hujayralari shu qadar nozik, qabul obyektidan shu qadar ta’sir oladiki, ular qabul
obyekti ko‘riladigan, eshtiladigan, qo‘l tekkizib tekshiriladigan obraz bo‘lgan taqdirdagina normal
ishlay oladi. Bola oldida ko‘rsa bo‘ladigan, real obraz turgandagina, yoki so‘zlab yaratilgan
obrazni bola go‘yo ko‘rib, eshitib, sezib turganday bo‘lgan taqdirdagina fikrning fikrlash mohiyati
bo‘lgan ishdan ishga o‘tish mumkin bo‘ladi.

Fikr ko‘rgazmali obrazda shu obraz haqidagi ma’lumotni “ishlash”ga o‘tishi uchun, bola

miyasining tabiati, uning aqli fikr manbai oldida – ko‘rgazmali obrazlar ichida, avvalo tabiat
qo‘ynida tarbiya ko‘rishni talab qiladi” – deb ta’kidlab, boshlang‘ich sinflarda bolalarni fikrlash
qobiliyatini o‘stirishni tabiat qo‘ynida olib borish ko‘proq samarali bo‘lishini o‘zining amaliy
tajribalari orqali isbotlagan [2, 31 b.].

Shuni aytish kerakki, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim inson hayotida birinchi ijtimoiy

bosqichlardir. Chunki boshlang‘ich ta’lim bolalarning yoshligidanoq ularning ongi, irodasi,
sezgisiga yo‘nalish beradi. Kattalarning g‘amxo‘rligida bola o‘z hayotiy tajribasini to‘plab boradi,
o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitdagi boshlang‘ich oddiy tushunchaga jamiyat hayotidagi bilim va
ko‘nikmaga ega bo‘la boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Musurmonova A. va boshqalar. Umumiy pedagogika (1-qism). //O‘quv qo‘llanma. – T.

2020. – 5-15 b.

2.

Suxomlinskiy V.A. Bolalarga jonim fido. – T. “O‘qituvchi”. 1984. –31 b.

3.

Xusanovich M. O. SHARQ ALLOMALARI PEDAGOGIK MEROSIDA

BOLALARNING

TADBIRKORLIKKA

DOIR

ELEMENTAR

KO‘NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISHNING TARIXIY-PEDAGOGIK JIHATLARI //Science and innovation. –
2023. – Т. 2. – №. Special Issue 12. – С. 299-301.

4.

Qodirova. N. R. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI

RAQAMLASHTIRISH //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – С. 109-111.
























Bibliografik manbalar

Jalolov J.J. Chеt til o’qitish mеtodikasi: Chеt tillar oliy o’quv yurtlari (fakultеtlari) talabalari uchun darslik. –T.: O’qituvchi, 2012 y.

Jalolov J.J., Makhkamova G.T., Ashurov Sh.S. “English Language Teaching methodology”. –T.: 2015.

U.M.Yuldasheva. “Maktabgacha ta’limda chet tillarini o’qitish” Darslik. A.2023