Mualliflar

  • Umidaxon Yuldasheva
    Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti

Muallif biografiyasi

  • Umidaxon Yuldasheva, Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti

    Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti  Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86148

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich sinf ingliz tili о‘qituvchi interfaol metodlar til о‘rgatish kommunikativ kо‘nikmalar motivatsiya guruhli ish о‘yinlar

Annotasiya

Maqolada boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga ingliz tilini о‘rgatishda interfaol
metodlarning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada interfaol metodlar, ya'ni
о‘quvchilarni faol ishtirok etishga undovchi usullar (masalan, guruhli ishlash, rо‘l о‘ynash,
о‘yinlar va muammoli vazifalar) haqida sо‘z yuritiladi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

29

BOSHLANG‘ICH SINF INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARIGA INTERFAOL

METODLAR ORQALI TIL O‘RGATISH

Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti

Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi

Yuldasheva Umidaxon Maxmudovna

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15225232

Annotasiya.

Maqolada boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga ingliz tilini о‘rgatishda interfaol

metodlarning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada interfaol metodlar, ya'ni
о‘quvchilarni faol ishtirok etishga undovchi usullar (masalan, guruhli ishlash, rо‘l о‘ynash,
о‘yinlar va muammoli vazifalar) haqida sо‘z yuritiladi.

Kalit sо‘zlar:

boshlang‘ich sinf, ingliz tili, о‘qituvchi, interfaol metodlar, til о‘rgatish,

kommunikativ kо‘nikmalar, motivatsiya, guruhli ish, о‘yinlar.

Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish maqsadida so‘nggi yillarda davlatimiz

tomonidan xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha yaratilayotgan zarur sharoitlardan unumli
foydalanayotgan yoshlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Xorijiy tilni bilish hayotda o‘z
o‘rnini topishda asosiy shartga aylanib ulgurdi. Hozirgi kunda yurtimizdagi ta’lim sohasini tubdan
chet tillarga tadbiq qilish maqsadida taqdim etilayotgan darsliklar o‘quv qo‘llanmalari ham ayni
shu maqsadning amaliy isbotidir. Binobarin o‘z ona tilisiga qiziqqan va uni puxta o‘rgangan
o‘quvchigina boshqa tillarga mehr qo‘yib uni o‘rgana oladi. Ayniqsa ilk maktab yoshidagi bolalar
va yoshlar uchun qiziqarli mavzularda maqolalar chop etish hamda teleradiodasturlar tayyorlash,
ommaviy axborot vositalarida chet tillarida tashkil etilayotgan dasturlar hajmini va ta’sirchanligini
oshirish O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga
tavsiya etildi. Ingliz tili o‘qitishning samaradorligi, o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini
uyg‘otishda va ularni tilni o‘rganishda faol ishtirok etishga undashda o‘qituvchining metodik
yondashuviga bog‘liqdir. Bugungi kunda, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘rgatishda interfaol
metodlarning qo‘llanilishi samarali o‘quv jarayonini tashkil etishga imkon yaratadi. Interfaol
metodlar o‘quvchilarga tilni faqat nazariy tarzda o‘rganish bilan cheklanmay, uni real va amaliy
kontekstda ishlatish imkoniyatini beradi. Boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilariga interfaol
metodlar orqali til o‘rgatishning ahamiyati, asosiy tamoyillari va amaliy qo‘llanilishi haqida so‘z
boradi.

Interfaol metodlarning mohiyati va ahamiyati

-

bu o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro

faol muloqotga asoslangan o‘qitish usullaridir. Bu metodlar o‘quvchilarni o‘zlarini o‘rganish
jarayoniga faol jalb etishga, ularda ijodiy va analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga
qaratilgan. Interfaol metodlar faqat o‘qituvchi tomonidan berilgan ma’lumotni qabul qilishni
emas, balki o‘quvchilarning tilni o‘rganish jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Bu
metodlarning asosiy xususiyatlari o‘quvchilarning:

-Faol ishtirok etishi – o‘quvchilarning tilni faqat tinglash emas, balki unga faol ravishda

ishtirok etish orqali o‘rganishi;

-

Shaxsiy tajriba – o‘quvchilar tilni real vaziyatlarda ishlatish va o‘rganish imkoniyatiga ega

bo‘lishadi;

-O‘zaro hamkorlik – guruhli va juftliklarda ishlash orqali o‘quvchilar o‘rtasida muloqot va

hamkorlikni rivojlantirish.

Boshlang‘ich sinfda ingliz tilini o‘rgatishda interfaol metodlarni qo‘llash o‘quvchilarda tilni

o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi va ularning tilni samarali egallashlariga yordam beradi.
Bu metodlar o‘quvchilarni o‘z bilimlarini amaliyotga tadbiq qilishga, o‘rganilgan materialni eslab
qolishga va yangi ma’lumotlarni yodlashda samarali usullarga ega bo‘lishga undaydi. Interfaol
metodlar turli xil pedagogik yondashuvlar va usullarni o‘z ichiga oladi. Har bir metod o‘zining
maxsus tamoyillari va qoidalariga asoslanadi. Boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilarining
interfaol metodlarni samarali qo‘llashida quyidagi asosiy tamoyillarni inobatga olish zarur:


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

30

Ko‘p tajriba

:

O‘quvchilarga o‘rganilgan materialni ko‘p marta qayta ishlash va

turli faoliyatlar orqali mustahkamlash imkoniyatini yaratish kerak. Bu tajribalar o‘quvchilarning
tilni real vaziyatlarda ishlatish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Muloqotga asoslangan o‘qitish: O‘quvchilarni tilni o‘rganishda faqat grammatika yoki

lug‘atni yodlash bilan cheklanmasdan, tilni real muloqotda ishlatishga undash lozim. Muloqotga
asoslangan o‘qitish, o‘quvchilarga so‘zlashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Hamkorlik

:

O‘quvchilarning bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishi, birgalikda ishlash orqali

tilni o‘rganish jarayonini yanada samarali qilish mumkin. Guruhli va juftlikda ishlash
o‘quvchilarga o‘zaro fikr almashish, tilni ishlatish va o‘rganishda yordam beradi.

Interaktiv texnologiyalar

:

Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, interfaol o‘qitish

metodlarini yanada samarali qiladi. Multimedia materiallari, interaktiv taxta va onlayn o‘quv
resurslari yordamida o‘quvchilarga yanada ko‘proq vizual va audio-tasvirlar yordamida tilni
o‘rganish imkoniyatini yaratish mumkin. Boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilari uchun
interfaol metodlarning amaliy qo‘llanilishi turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Quyida ba’zi
usullarni ko‘rib chiqamiz:

O‘yinlar

:

O‘yinlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun samarali interfaol metod

hisoblanadi. Ular o‘quvchilarga tilni qiziqarli va jonli tarzda o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
Masalan, "Hangman", "Memory" o‘yini va "Simon says" kabi o‘yinlar o‘quvchilarga yangi lug‘at
va grammatikani o‘rganishda yordam beradi. Rollarni o‘ynash: O‘quvchilarni turli rollarga kiritish
va ularga ingliz tilida muloqot qilish imkoniyatini berish, tilni o‘rganishning eng samarali
usullaridan biridir. O‘quvchilarni real hayotdagi vaziyatlarga, masalan, do‘konda xarid qilish,
restoranda buyurtma berish kabi rollarda ishtirok etish, tilni amaliy ravishda o‘rganishga yordam
beradi.

Lug‘atni o‘rganish orqali faoliyatlar

:

O‘quvchilarga yangi lug‘atni o‘rganish uchun turli

interfaol faoliyatlar yaratish mumkin. Masalan, so‘zlarni aniqlash, ularni jumlada ishlatish yoki
vizual tasvirlar orqali yangi so‘zlarni o‘rganish. Guruhli ishlar va muhokamalar: O‘quvchilarni
guruhlarga bo‘lish va ular bilan ingliz tilida muhokama qilish, ularni tilni faqat o‘rganish emas,
balki amaliyotda qo‘llashga undaydi. Masalan, guruhlarga ingliz tilidagi qisqa hikoyalar berilib,
ularni baholash va bahs-munozara qilish mumkin. Boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilari uchun
interfaol metodlarning qo‘llanilishi o‘quvchilarni til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi va
ularning tilni samarali egallashlariga yordam beradi. Bu metodlar o‘quvchilarga nafaqat tilni
nazariy tarzda, balki amaliy va real kontekstda o‘rganish imkoniyatini yaratadi. O‘qituvchilar
interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning tilni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini
oshirishi, muloqotda faollikni ta’minlashi va o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi mumkin.
Shu bilan birga, o‘quvchilarni guruhli ishlash va turli faoliyatlarda qatnashishga undash, ular
o‘rganayotgan tilni samarali ishlatishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jalolov J.J. Chеt til o’qitish mеtodikasi: Chеt tillar oliy o’quv yurtlari (fakultеtlari)

talabalari uchun darslik. –T.: O’qituvchi, 2012 y.

2. Jalolov J.J., Makhkamova G.T., Ashurov Sh.S. “English Language Teaching

methodology”. –T.: 2015.

3. U.M.Yuldasheva. “Maktabgacha ta’limda chet tillarini o’qitish” Darslik. A.2023








Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Jalolov J.J. Chеt til o’qitish mеtodikasi: Chеt tillar oliy o’quv yurtlari (fakultеtlari)

talabalari uchun darslik. –T.: O’qituvchi, 2012 y.

Jalolov J.J., Makhkamova G.T., Ashurov Sh.S. “English Language Teaching

methodology”. –T.: 2015.

U.M.Yuldasheva. “Maktabgacha ta’limda chet tillarini o’qitish” Darslik. A.2023