MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
665
BOLALAR SEREBRAL FALAJI
Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti
Maxsus pedagogika Logopediya yo‘nalishi talabasi
Akbaraliyeva Marhaboxon Akmaljon qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15258183
Annotatsiya.
Bolalar serebral falaji – bu bosh miya harakatlantiruvchi zonalari va bosh
miyadagi harakatni yo‘naltiruvchi yo‘llarini zararlanishi bilan kechadigan markaziy nerv sistemasi
kasalligidir.
Kalit so‘zlar:
nerv, serebral, bola, shakllanish, qo‘l, oyoq, ichkari, nutqiy, aqliy, jismoniy.
Odam organizmi tashqi muhit bilan doimo aloqada bo‘lib turadi. Bu
bog‘lanishda
tayanch-harakatlanish sistemasi muhim ahamiyatga ega. Harakatlanish tufayli odam ish bajaradi,
atrofdagi odamlar bilan muloqotda bo‘ladi.
Tayanch-harakatlanish sistemasi skelet va muskullar sistemasidan iborat. Odam skeletining
funksiyasi–ko‘p qirrali. Eng muhimi u gavdada tayanch va himoya vazifasini bajaradi. Skeletning
tayanch funksiyasi orqali odam gavdasini tik tutadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv
sistemasini himoya qilish funksiyasini ham bajaradi.
Tayanch-harakat a’zolarining nonormal rivojlanishi natijasida turli potologik jarayonlar
vujudga keladi. Masalan, harakat-tayanch a’zolari jarohatlanganda bolalar serebral falaji kelib
chiqadi.
Bolalar serebral falajida miyaning harakat va nutq sistemasida erta organik buzilishlar
kuzatiladi. Bu buzilishlarning sabablari turlicha: infeksion kasalliklar, homiladorlik davridagi turli
intoksikatsiya va jarohatlanishlar, surunkali kasalliklar, ona va homila qonining rezus faktor va
guruhi bo‘yicha nomunosibligi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari homilaning erta yoki kech
tug‘ilishi, genetik faktorlar ham asosiy shartlardan bo‘lishi mumkin.
Bolalar serebral falaji ona homilasining faoliyatini buzilishi natijasida sodir bo‘ladigan
akusherik jarohatlari, tug‘ruq paytida kindikni bo‘yin atrofida o‘ralib qolishi natijasida ham paydo
bo‘lishi mumkin. Bunday holatda bolaning markaziy nerv sistemasiga kislorod yetishmay qolib,
bosh miya nerv hujayralarini zararlanishiga olib kelishi mumkin. Bolalar serebral falaji tug‘ruqdan
keyin neyroinfeksiyalarning kechishi va bosh miyaning qattiq jarohatlanishidan ham kelib chiqishi
mumkin. Bu bolalarda barcha harakat funksiyasini shakllanishida susayish va buzilishlar
kuzatiladi. Boshni ushlash, o‘tirish, turish funksiyalari qiyinchilik bilan yoki kechikib shakllanadi.
Bolalar serebral falajida harakatning buzilishi asosiy nuqso hisoblanib, u o‘ziga xos motor
anamaliyani rivojlanishini ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida bola asab-psixik funksiyasini
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Serebral falajlik rivojlanishining ilk bosqichlarida miyaning harakatlanishini nazorat
qiluvchi qismlariga jarohat yetishi sababli kelib chiqadi. Ko‘p holatlarda bu jarohat homiladorlik
davrida ro‘y beradi. Ba’zan tug‘ruq jarayonida va chaqaloqlik davridagi miya jarohatlari (kislorod
yetishmovchiligi sababli bo‘g‘ilish–asfiksiya, meningit, bosh qismining lat yeyishi yoki
chayqalishi)da ro‘y beradi. Har 1000 ta boladan 2 tasida serebral falajlik qayd etiladi.
Serebral falaj bolalar quyidagi qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin:
–
Tananing qismlari yaki butunlay harakatlanmasligi;
–
Og‘zaki bo‘lmagan muloqot (yuz ifodasi har doim ham emotsiyalarni to‘g‘ri
anglatmasligi mumkin ya’ni, bola kulayotgandek tuyilishi mumkin ammo aslida u juda hafa yoki
g‘amgin bo‘lishi)dagi;
–
Muskullarda ixtiyorsiz harakatlar (spazmlar)dagi;
–
Ovqatlanishdagi muammolar;
–
Muskul bo‘shligi yoki tarangligidagi muammolar;
–
Muvozanat va mo‘ljaldagi muammolar;
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
666
–
Holat (gavdani istalgan holatga qo‘yiish va shu holatda saqlash);
Kasallikning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat buzilishlari bola serebral
falajida har xil namoyon bo‘ladi. Bosh miyadagi harakat markazlarining jarohatlanish darajasi,
xususiyatlariga ko‘ra, bolalarda tayanch-harakat a’zolaridagi turli xildagi falajlanishlarni keltirib
chiqaradi. Shunga ko‘ra, bu toifadagi bolalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
–
Ikki yoqlama gemiplegiya;
–
Spastik dipligiya;
–
Giperkinestik shakli;
–
Gemiparetik shakli;
–
Atonik-astatik shakli;
Ikki yoqlama gemiplegiya – bolalar serebral falajining eng og‘ir shaklidir. Bu bolalarda
inson uchun eng muhim bo‘lgan funksiyalar: nutqiy, ruhiy va jismoniy holatlarda og‘ir buzilishlar
mavjud bo‘ladi. Bunday shaklning tashqi ko‘rinishidagi asosiy belgilari: bola tanasining bir qismi
falajlangan bo‘lib, asosan qo‘l bukilgan holatda, qo‘l ham oyoq ham ichkariga qaragan va
bukilgan holatda bo‘ladi.
Spastik dipligiya– bu eng ko‘p tarqalgan shakli bo‘lib, ma’kum bir og‘ir kasallik yokiu
Littal sindromining ta’sirida kelib chiqadi. Spastik dipligiya shaklidagi bolalarda ikkilamchi
nuqson sifatida ruhiy rivojlanishida sustlashishi kuzatiladi. 30-35% bu shakldagi bolalarda yengil
darajadagi aqliy zaiflik, 70%ida esa nutq nuqsonlari kuzatiladi. Spastik dipligiya turidagi falaj
bolalarning oyoqlari qo‘llariga nisbatan ko‘proq serebral falajlik ta’siri ostida bo‘lib, qo‘llar biroz
beo‘xshov harakatlanadi. Oyoqlar bir-biriga yopishgan va ichkariga qaragan holatda bo‘lishi
kuzatiladi.
Gemiparetik shakli – bir tomonlama falajlik kuzatiladi ya’ni bolaning bir tomonlama
oyog‘i va qo‘li falajlanadi. Bu bolalarning 25-35%ida nutq nuqsonlari kuzatiladi. Giperkinestik
shakli – kelib chiqishiga ilk vaqtda gemolitik kasalliklarning natijasida bilirubin ensefalofatiyasi
sabab bo‘ladi. Bu bolalarda harakatlanishdagi buzilishlar kuzatiladi. Bolalar serebral falajining
giperkinestik shaklining tug‘ma turida bolalar juda kech o‘tiradilar, kamdan-kam hollarda 2-3
yoshdan boshlab yura boshlaydilar, ko‘p hollarda ular 4-7 yoshlardan boshlab, xatto 9-12
yoshlarida mustaqil yurishlari mumkin. Bu bolalarning 90% ida giperkinetik dizartriya uchraydi.
Atonik-astatik shakli- boshqa shakllarga qaraganda yengilligi bilan xarekterlanadi.
Ularda harakat muvozanatidagi buzilishlar, reflekslar tonusidagi buzilishlar kuzatiladi
Ayrim hollarda serebral falajlikning aralash shakli ham uchrab turadi. Bu shaklda bolada
spastik-giperkinetik odatlar yoki atetoz harakatlar (nazorat qilib bo‘lmaydigan, g‘ayri oddiy
harakatlar) bilan mushaklar tonusining tarangligi bilan kelishi mumkin.
Serebral falaj bolalardagi mavjud nuqsonlarni korresiyalashda nuqson turini erta aniqlab,
alohida yondashish juda yaxshi samara beradi. Serebral falajning dastlabki belgilari:
- Bola tanasining bo‘shashgan yoki qotib qolgan bo‘lishi tug‘ilishi bilan ko‘zga tashlanishi
mumkin. Ammo hamma vaqt ham buni sezishning imkoni bo‘lavermaydi.
- Kutilmaganda tananing qotib qolishi. Bunda bolani orqasi bilan yotqizish yoki bag‘riga
bosish kerak bo‘lganda tanasini egish qiyin bo‘ladi.
- Tananing bo‘shashishi. Chaqaloqning boshi bo‘shashgan bo‘ladi va boshini kotara
olmaydi. Ko‘tarib turganda uning boshi va oyoqlari osilib turadi. Juda kam harakatlanadi.
- Sekin rivojlanish. Bola odatdagidan sekin rivojlana boshlaydi. Tanasining bir qismidan
boshqasiga nisbatan ko‘proq foydalanishi mumkin. Masalan, ba’zi bolalar ikkita qo‘lidan ko‘ra
bir qo‘lidan foydalanadi.
- Sust ovqatlanish. Ovqatni yutish sust bo‘ladi. Bola tili bilan ovqatni og‘zidan chiqarib
tashlaydi. Og‘zini yopishda qiynaladi.
- Noodatiy harakatlar. Bola yomon uhlaydigan va ko‘p yig‘laydigan, ko‘p bezovtalanadigan
bo‘lishi mumkin yoki aksincha ko‘p uhlaydigan va tovush chiarmaydigan bo‘ladi. Uch oylik
bo‘lguncha kulmasligi mumkin.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
667
Bundan tashqari boladagi serebral falajlikni aniqlashda quyidagilarni kuzatish
tavsiya etiladi:
Bolada serebral falajlanishni aniqlash ba’zi hollarda ancha qiyin kechishi mumkin. Buning
uchun bolani har bir rivojlanish davrida kuzatib borish lozim. Agar bolada serebral falajlik
mavjud bo‘lsa quyidagicha holatlar kuzatiladi.
1 oyligida: bolaning oyoqlari bukilmaydi. Boshini ko‘tara olmaydi va qo‘llari bilan
ko‘tarilishga harakat qila olmaydi. Boshi bir tomonga qaragan holda orqasini ko‘tarishga harakat
qiladi. Qo‘llarini bir-biriga tekkiza olmaydi.
6 oyligida: Boshini ko‘tara olmaydi. Beli bukilgan holatda bo‘ladi. Qo‘llari bukilmaydi,
kafti musht holatida bo‘ladi. Boshi og‘ib ketadi yoki o‘tirganda orqaga tortib ketadi. Oyoqlari
bukilmaydi va qaychiga o‘xshash ustma-ust holatda bo‘ladi.
12 oylik: biror narsa yoki o‘yinchoqlarni ushlab turishda qiynaladi va ularni qo‘lidan tez-
tez tushirib yuboradi. Oyoqlari bukilmaydi, emaklay olmaydi, tanasining faqat bir qismidan
foydalanadi.
18 oylik: tik turganda muvozanatni tik tutib turolmaydi. O‘ynaganda faqat bir qo‘lidan
foydalanadi. Bir oyog‘i qotib qolgan bo‘lishi mumkin. Tana og‘irligini faqat bir tomonga
tashlagan holda o‘tiradi.
Bolalar serebral falaji klinikasida nutq buzilishi asosiy o‘rinni egallaydi. Bolalar serebral
falajida nutq chastotasi 80% ni tashkil etadi. Nutq buzilishlarining o‘ziga xos tomonlarimiyani
qay darajada zararlanishiga qarab belgilanadi. Serebral falajga ega bolalarda ba’zi miya
sohasidagi zararlanish bilan birga bosh miya po‘stloq qismining buzilishini ikkilamchi
rivojlanmaganligi yoki kech rivojlanganligi ham namoyon bo‘ladi. Bu miyaning ontogenetik
tomondan .yosh bo‘lgan bo‘limlari bo‘lib, u insondagi psixik va nutq faoliyatini shakllanishida
muhim ahamiyatga ega.
Bolalar serebral falajida nutq kechikishiga sabab, miyaning po‘stloq bo‘limlari sekin
shakllanishigagina emas, balki ularda amaliy faoliyatni yetarli emasligi, atrof-muhit haqida bilim
va tasavvurlarning yetishmasligidir. Tarbiyaning notog‘ri kechishi nutq rivojlanishini orqada
qolishini murakkablashtiradi. Bu bolalar hayotining birinchi yillarida turli davolash
muassasalarida bo‘ladilar, agarda u yerda pedagogik ishga yaxshi ahamiyat berilmasa, bolaning
nutqiy rivojlanishi kechikishi mumkin. Bundan tashqari bolalarning onasidan uzoqda bo‘lishi
salbiy emotsional holat, yangi muhitga o‘rgata olmaslik nutqning rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bolalar serebral falajida nutq buzilishlari patogenezida harakat patologiyasi muhim
o‘rin tutadi. Bu bolalar bilan logopedik ishni tashkil qilishda nutq va harakat buzilishlarini klinik
va patogenetik umumiyligini tushunish ahamiyatli hisoblanadi.
“Serebral falajlanish nuqsoniga ega bolalar” bilan lug‘atni shakllantirish bo‘yicha ishlar
bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi. Birinchi bosqichda bolalar predmetlar bilan ularning
tasviri va ular bialn bajariladigan ishlar bilan birlamchi tanishtiriladi. Bu o‘rinda bolaning
e’tiborini jalb qilishga va uning javob reaksiyasini qo‘zg‘atishga yordam beradigan bir qator
usullar qo‘llanadi: ya’ni predmetni kutilmaganda, to‘satdan paydo bo‘lib qolishi, yo‘qolishi, uning
harakati. Shunday qilib, serebral falajli bolalar leksiyasini takomillashtirish va boyitish predmeti -
amaliy va o‘yin faoliyati bilan uzviy bog‘liq holda olib borish, shunungdek, sensor funksiyalarni
rivojlantirish va ularning korreksiyasini ongli faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda tasgkil
qilishni ko‘rsatish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
D.R.Matazizova “Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning klinik asoslari” Toshkent
“ O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti 2018.
2.
M.Y.Ayupova “Logopediya” Toshkent “O‘zbekiston faylasuflari million jamiyati”
nashriyoti 2007.
3.
P.M.Po‘latova, L.N.Nurmuhammedova, D.B.Yakubjonovna “Maxsus pedagogika”
Toshkent “Fan va texnologiya” nashriyoti 2014.
4.
V.S.Raximova “Defektologiya asoslari” Toshkent “Niso Poligraf” nashriyoti 2014.
