MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
661
AUTIZM SINDROMLI BOLALAR
Andijon davlat pedagogika institute
Maktabgacha ta’lim fakulteti
Maxsus pedagogika:logopediya yo’nalishi talabasi
Akbaraliyeva Marhaboxon Akmaljon qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15258108
Annotatsiya.
Autizm grekcha so‘z bo‘lib “o‘zi” degan ma’noni anglatadi. U reallikdan
uzoqlashib, tashqi dunyodan ajralish va tashqi olam bilan kommunikativ funksiyaning buzilishi
ko‘lamini o‘z ichiga oluvchi sindrom hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
autizm, bolalar, sindrom, aloqa, ehtiyoj, muloqot, atrof-muhit, Leo Kinner,
o‘zi kirishmaslik.
Autizm-keng ma’noda odatda aloqaga kirishmaslik “yovvoyilik”, aloqadan o‘zini olib
qochish, o‘zining dunyosida yashash ma’nosini anglatadi. Autizm grekcha so‘z bo‘lib “o‘zi”
degan ma’noni anglatadi. Autizm atamasi 40 yil oldin kirib kelgan. U Leo Kinner tomonidan fanga
kiritilgan. Bu xastalikning asosiy belgisi - bolaning muloqot qilinishidagi qiyinchiligi, boshqa
odamlar bilan aloqa qilishdan o‘zini tiyib, go‘yo o‘zining olamida yashayotgandek tuyuladi.
Ba’zan autist bo‘lgan bolalarning cheklanishlari ma’lum bir qobiliyatni kuchaytiradi.
Autizm- nerv sistemsining kasalliklaridan biri hisoblanadi. Dastlabki yillarda jamiyat
bilan o‘zaro aloqadorligini, harakatini buzadigan salbiy omillar uning miyasi yetilish jarayonini
kechiktiradi, tormozlaydi.Analizatorlararo murakkab tizimning shakllanishiga to‘sqinlik qiladi.
Bolalarda autizm turli shakllarda, aqliy va nutqiy rivojlanishining turli darajalarida namoyon
bo‘ladi.U miya rivojlanishining buzilishidan kelib chiqadigan va ijtimoiy o‘zaro ta’sir va aloqada
aniq va keng qamrovli tanqislik, shuningdek, cheklangan qiziqishlar bilan tavsiflanadigan kasallik.
Bu belgilarning barchasi 3 yoshdan paydo bo‘la boshlaydi.Yengilroq belgilar va alomatlar qayd
etilgan shunga o‘xshash holatlar autizm spektirining buzilishi deb ataladi.
1943-yilda ingliz psixatori Leo Kinner davolash amaliyotida 11 bolaning xulq-atvori,
yurish-turishida o‘xshashlik belgilarini kuzatib “ilk yoshdagi autizm” atamasini kiritdi Bu
bo‘yicha autizmning belgilari quyidagilardan iborat:
– Bolaning ota-onasi bilan bo‘lishini yoqtirmaslik.
– 3 yosh bolada nutqning rivojlanmaganligi.
- O‘zi yolg‘iz bo‘lishni hohlashi.
- Atrof bilan aloqada bo‘lishni yoqtirmasligi.
- Bola shaxs bilan muloqot jarayonida suhbatdoshining ko‘ziga qaramasligi.
- Doimo bir harakatni takrorlashi.
- Mimika va imo-ishora yo‘qligi.
- Bola juda kam kuladi.
- Qiziqishlari cheklangan bo‘ladi.
- Faqat o‘zi bilan o‘zi yolg‘iz o‘ynaydi.
- E’tiborni faqat bir narsaga qaratadi.
Olimlar autizmli bolani 4 guruhga ajratganlar:
1-guruh
: Ilk yoshdagi bolalar (2 yoshgacha bo‘lgan bolalar). Ularning e’tiboroni qaratish
juda qiyin. Atrofdagi bo‘layotgan voqealarga butunlay bee’tibor bo‘lib qoladi. Ular tanlab
muloqotga kirishadi.
2-guruh
: Bolalar autizmi (2-11 yoshdagi bolalar). Ularda ham ilk yoshdagi autizmli
bolalarda uchraydigan belgilar kuzatiladi. Ular 1 so‘z yoki musiqani doimiy takrorlab yuradi,
Ko‘nikma va malakani egallashga juda qiynaladi.
3-guruh
: O‘smirlar autizmi (11-18 yoshdagi bolalar). Oddiy muloqot ko‘nikmalariga ega
bo‘lishadi. Lekin ko‘proq yolg‘iz qolishni hohlashadi. Ko‘p holatda ruhiy tushkunlik holatida
bo‘ladilar.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
662
4-guruh
: Kattalar autizmi. Ularning ruhiyatida buzilishlar kuzatiladi. U
butunlay o‘zga olamda yuradi.
Ba’zi austik cheklanishlari bo‘lgan odamlar bitta ma’lum sohaga (masalan rassomchilik)
qaratilgan ajoyib qobiliyatlarini namoyon etadilar va boshqalari esa me’yoriy “normal” holatga
tushib qoladilar. Shunga qaramay, butun olamda bu xastalikka hanuzgacha da’vo topilgani yo‘q.
Autizm nerv sistemasining kasalliklaridan biridir. Ushbu nuqson bolalarda turlicha namoyon
bo‘ladi. Ayrim olimlar fikricha, autizm ruhiy kasalliklarning belgilaridan biri bo‘lib, bunda bola
tevarak - atrofga nisbatan befarq, beparvo bo‘ladi. Natijada atrofdagilar bilan aloqada bo‘lmaydi.
Bola o‘z-o‘zi bilan bo‘lib, o‘zicha hayajonlanib, kuyinib, nimalardandir tashvishlanib o‘z ichki
dunyosida yashaydi.
Ba’zi bolalarda emotsional qiyinchiliklar mavjud bo‘ladi. Ular tushkunlikka tushishlari yoki
bezovta bo‘lishlari mumkin yoki ularning hulq-atvori g‘ayritabiiy bo‘ladi, buni noo‘rin yig‘lashlar
va kulishlardan bilish mumkin. Ular haddan tashqari harakatchan bo‘lib, ish vaqtining o‘zida bir
narsaga e’tiborini bir zumgina qaratib yana boshqa narsaga chalg‘ib ketishlari mumkin yoki ular
befarq yoki parishonxotir bo‘lishlari mumkin. Emotsional tushkunliklar yaqin orada bo‘lib o‘tgan
jarohatlar, xafagarchiliklar yoki uzoq vaqt ongli ish bilan shug‘illanish natijasida yuzaga kelishi
mumkin.
Autik bola chetdan qaraganda erkalatilgan, tantiq, tarbiyasiz, injiq bola haqida tasavvur hosil
qilishi mumkin, atrofdagilarning ko‘chada, transportda, do‘konda uni tushunmasliklari, tanqidlari
bolaning hamda ota-onasining holatini murakkablashtiradi. Natijada, autik bolalarda “butun
dunyoga qarshi chiqishga” intilish istagi uyg‘onadi, o‘rtoqlik bog‘lanishlari uziladi, jamoat
joylarida bo‘lishdan qo‘rqish hissi tug‘iladi, ya’ni oilaning ikkilamchi autizatsiyasi shakllanadi.
Autizm bolalarda aloqaga kirishmaslik ko‘proq hollarda uchrab turadi. Aloqaga kirishishdan
qochish turli shaklda va sabablarga ko‘ra namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zan bu bolaning xarakteri
kuchsiz bo‘lsa, boshqa hollarda uning ko‘rish yoki eshitish qobiliyatining yetarlicha bo‘lmasligi,
aqliy rivojlanishdan orqada qolish, nutq rivojlanishining orqada qolishi, nevrotik buzilishlar yoki
og‘ir gospitalizm (bolaning ilk yoshlaridagi ijtimoiy jihatdan izolyatsiya qilinishi natijasida
yuzaga kelgan aloqa qilishning surunkali taqchilligi) oqibatida kelib chiqadi.
Kommunikatsiya (aloqa) qilishning buzilishlari ko‘p hollarda asosiy yetishmovchilik, aloqa
qilishga bo‘lgan ehtiyojning sustligi, ma’lumotlarni idrok etish va vaziyatni tushunishning
qiyinligi, ilk yoshlarda aloqaning surunkali yetishmasligi, nutqdan foydalana olmaslik oqibati
bo‘ladi. Ba’zi ma’lumotlarning ko‘rsatilishicha, autik bolalarda ko‘pgina hollarda aloqa qilishning
buzilishi mutizm (so‘z va hatto jumlaning tasodifan aytilish holatlari saqlangan holdagi nutqdan
aloqa qilish uchun maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanishning yo‘qligi) ko‘rinishida namoyon
bo‘ladi. Nutqning turg‘un shakllari rivojlangan paytda ham autik bolalar ularni aloqa qilishda
qo‘llamaydilar.
Autik bolalar uchun exolaliya (eshitgan so‘z yoki jumlalarni darrov yoki keyinchalik o‘rinsiz
takrorlash), uzoq vaqtgacha shaxs olmoshlarini noto‘g‘ri qo‘llash, bolaning o‘zoni “sen”, “u” deb
nomlashi, o‘zining ismini aytishi, o‘zining istaklarini shaxssiz ko‘rsatmalar bilan (men chanqadim
yoki suv ichaman o‘rniga “suv berish”, qornim ochdi o‘rniga “ovqatlanish”) xosdir. Autik bola
hatto anchagina yaxshi rivojlangan, nutqi boy, yoyilgan jumlali “kattalar” nutqiga ega bo‘lsa-da,
uni ham shtampli, “to‘tiqushlarnikiga o‘xshash”, “fonografik” (yozib olingan) xarakterga ega
bo‘ladi. Autik bolalarning o‘zi savol bermaydi va unga qaratib aytilgan murojaatga javob
qilmaydi, ya’ni nutqiy o‘zaro harakatdan qochadi. Shuningdek, u imo-ishora, yuz ifodasidan
foydalanmaydi. Nutqning sur’ati, ritmi, ohangi, intonatsiyasi o‘ziga xos bo‘ladi.
1943-yil Leo Kennerning “ilk yoshdagi bolalar autizmi” atamasiga binoan u kuzatgan
barcha bolalardagi belgilar hozirgi kunda ham autizmning asosiy belgilari sifatida o‘rganilmoqda.
Shunga qaramay, ko‘p yillar mobaynida bolalar autizmi aqli zaiflik, shizofreniya kabi va boshqa
ruhiy kasalliklarning belgilar sifatida o‘rganilgan edi. Faqatgina 1981-yildan boshlab bolalar
autizmi mustaqil nuqson sifatida o‘rganilmoqda. Biroq bosh miyaning rivojlanishidagi
nuqsonlarning kelib chiqish sabablari hali ham noaniq. Ayrim olimlarning fikriga ko‘ra bolalar
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
663
autizmi irsiy kasallik bo‘lib hisoblansa, boshqalarni esa autizm holati aqli zaiflikdan
kelib chiqqanligini ta’kidlaydilar.
Autizm murakkab xulq-atvor, til va idrokdagi anomaliyalar bilan tavsiflanadi, 70%
hollarda aqliy zaiflik va 30% hollarda tutilishlar, 90% dan 95% gacha ko‘rlik, karlik va uzun yo‘l
belgilarining yo‘qligi autizmdan tashqari miya disfunksiyasining har qanday sababi xulq-atvor
nevrologiyasi nuqtai nazaridan, bu yulduz turkumi korteks assotsiatsiyasining umumiy
disfunksiyasini ko‘rsatadi, bunda asosiy sezgi va motor kortekslari va oq materiya saqlanib qoladi.
Gipoksik ishemik shikastlanishi bo‘lgan bolalarda tez-tez uchraydigan fokal miya
disfunksiyasining klinik belgilarining yo‘qligi, masalan, ko‘rish va miya falajlari, asab tizimining
taqsimlangan anomaliyasini ko‘rsatadi. Yuqoridagi xatti-harakatni nevrologik baholash 1980-
yillarning boshlarida, autizmning ikkilamchi holatlari idyopatik holatlardan ajratilganda mumkin
edi. Biroq, so‘nggi 10 yil ichida bu xatti-harakatlar nevrologiyasiga mos keladigan autizm uchun
neyrobiologiya paydo bo‘ldi.
Autizmning zamonaviy neyrobiologiyasi guruhning o‘rtacha bosh atrofi aholi
me'yorlariga nisbatan 60-70 foiz oralig‘ida bo‘lganligi va bo‘y va vaznga nomutanosib ekanligini
isbotlash bilan boshlandi. Autizm guruhining 15% dan 20% gacha makrosefaliya bilan kasallangan
(bosh atrofi 99 %). Bo‘y uchun bosh atrofi kattaroq bo‘lsa-da, eng keng tarqalgan natija va butun
autizm guruhi uchun to‘g‘ri bo‘lsa-da, bu universal emasdi. Autizmda bosh atrofi balandlikka
mutanosib vabosh atrofi balandlikdan kichikroq bo‘lishi ham kuzatilgan. Shunday qilib, ko‘plab
bosh o‘sishi traektoriyalari autizm bilan mos edi. Autizmi bo‘lgan juda yosh bolalarning bosh
atrofi bo‘yicha ma'lumotlar retrospektiv tarzda 12 oylik 11 yoshda boshning tez o‘sishi va 4
yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 15% dan 20% gacha makrosefaliyaning boshlanishini
aniqladi.
Ilmiy adabiyotlarda erta bolalar autizmi sindromiga olimlar tomonidan quyidagicha ta’rif
berilan:
1.
Fransuz tadqiqotchisi J.M.Itarning
(1838) - “Intellektual mutizm” deb nomlanadi va
bu bilan autizmning asosiy belgilaridan biri - buzilgan intellektda nutqning rivojlanmaganligi yoki
orqada qolishini ajratib ko‘rsatdi.
2.
E.Bleyler
(1912) - fanga “autizm” terminini kiritdi va unga kishining emotsional
ehtiyojlari tomonidan boshqariladigan va real voqelikka bog‘liq bo‘lmagan tafakkurning o‘ziga
xos ko‘rinishi sifatida ta’rif berdi.
3.
L. Kenner
(1943) -EBA - muloqot (nutq)ning buzilishi bilan kechadigan alohida xolat
bo‘lib, u “shizofrenik spektr” deb atalmish xolatlar qatoriga kiradi.
4.
I.I.Mamaychuk
- Buzilgan rivojlanish dizontogenezining shunday turiki, unda umumiy
psixik rivojlanmaganlikning murakkab birikmalari, alohida psixik funksiyalarning buzilgan va
tezlashgan rivojlanishi kuzatiladi. Bu cifat jihatdan yangi patologik hosilalarni keltirib chiqaradi.
Erta bolalar autizmi ushbu dizontogenez turining klinik variantlaridan biridir.
5.
O.S.Nikolskaya
- Autizm deganda, odatda keng ma’noda keskin namoyon bo‘ladigan
odamovilik, muloqoqtlardan qochishga intilish, o‘z olamida yashashga intilish tushiniladi.
6.
B.P.Puzanov
- Autizm (yunoncha autos - o‘zi) - odamovilik, muloqotga ehtiyojining
yo‘qligi, o‘zining ichki olamini atrofdagilardan afzal ko‘rishda namoyon bo‘ladigan psixika holati.
Erta bolalar autizmining patogenetik naxanizmlari uncha aniq emas. Bu borada quyidagi
taxminlar mavjud:
- Affektlik biologik mexanizmlarning buzilganligi;
- Instinktlarning birlamchi zaifligi;
- Idrokning buzilishi bilan bog‘liq axborot blokadasi;
- Ichki nutqning rivojlanmay qolganligi
- O‘zaro aloqalarga ehtiyojni bo‘g‘ib qo‘yadigan eshitish taassurotlarining markaziy
buzilishlari.
- Retikulyar formatsiyaning faollashtiruvchi ta’sirlarining buzilishi.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
664
Markaziy nerv sistemasining organik shikastlanishi autizm etimologiyasi bilan
bog‘liq holda 50 yildan ortiqroq vaqt davomida o‘rganib kelinmoqda. Ko‘p yillik tajribadan
ma’lum bo‘lishicha, EBA (erta bolalar autizmi) tasgxisi qo‘yilgan bolalar sinchiklab
o‘rganilganda, ularning ko‘pchiligida markaziy nerv sistemasining organik shikastlanishi ma’lum
bo‘lmoqda. Biroq ularning kelib chiqishini va tasnifini aniqlash qiyin kechmoqda.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, bolalikdagi autizmda buzilishlar atrof-muhit bilan
aloqada past chidamlilik tufayli yuzaga keladi, bu yangilikka yo‘naltirilgan hatti-xarakatlarning
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bolaning yaqin odamlar bilan, atrof-muhit haqidagi g‘oyalarini
cheklash, stereotip va bo‘laklarga bo‘lish uning mavjud bilim va ko‘nikmalarini erkin qo‘llashiga
to‘sqinlik qiladi. Yuqoridagilarni umumlashtirib, biz autizmli bolaning hissiy-irodaviy sohasini
rivojlantirishning o‘ta muhim ro‘li to‘g‘risida quyidagicha xulosa chiqarishimiz mumkin.
Shaxsiyatni shakllantirishning zaruriy sharti bu– erta yoshda ta’sirchan sohani rivojlantirish va
hissiy bog‘lanishni shakllantirishdir. Autizm sindromli bolalar bilan ta’sirchan hissiy sohani
rivojlantirishga qaratilgan tuzatish ishlari ularga normal hissiy rivojga qaytishi uchun katta
imkoniyatlar beradi. Faqatgina boshqa odamlar bilan aloqada bo‘lgan umumiy tajribada amalga
oshirilishi mumkin bo‘lgan atrof-muhit bilan faol mazmunli munosabatlarni rivojlantirish
orqaligina autizmni yengib o‘tilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Minshyu NJ, Payton JB. Autizmning yangi istiqbollari, II qism: autizmning
differentsial diagnostikasi va neyrobiologiyasi. Curr Probl Pediatr. 1988;18(11):613–694. doi:
10.1016/0045-9380(88)90017-5. [ DOI ] [ PubMed ] [ Google Scholar ]
2.
L.R.Mo‘minova “Autizm sindromi. Unoing sabablari. Turlari va bartaraf etish
usullari” Toshkent “Spectrum Media Group” 2015. 7-8-bet, 11- bet.
3.
V.S.Raxmonova Defektalogiya asoslari Toshkent “Niso poligraf” 2017
