Mualliflar

  • Umidaxon Egamberdiyeva
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86208

Kalit so‘zlar:

dramatik ifoda raqslarda xorazm folklori xorazmcha ritmlar nomoddiy madaniy meros dinamika harakat ritmlari kompozitsiya hofizlar tuproqqal`a maqom improvizatsiya

Annotasiya

Xorazm – O`zekistonning qadimiy va madaniy jihatdan yuksak taraqqiy etgan hududi sifatida nafaqat tarixiy obidalar va yozma manbalar, balki og`zaki ijod va sahna san`atining boy an`analariga ega. Mazkur maqolada Xorazm raqs san`atining shakllanishi jarayoni qadimgi marosimlar, xalq urf-odatlar va diniy e`tiqodlar bilan bog`liq holda tahlil qilinadi. Raqsning o`ziga xosligi,  jumladan, qo`l harakatlari harakatlari, kaft ishoralari, ko`rinarli his tuyg`ular va tana ritmining bir  butun dramatik  kompozitsiyaga bo`ysundirilganligi raqs ijrosining shu bilan birga jismoniy, balki ruhiy-psixologik jihatlarni ham ochib beradi.  Har bir  element xalqning asrlar davomida shakllangan dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlari va ichki ruhiy kechinmalari bilan bevosita bog`liq


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

252

Universaljurnal.uz

Egamberdiyeva Umidaxon

Andijon davlat universiteti “Sport va San`at” fakulteti Xalq cholg`u ijrochiligi 1-kurs talabasi

Uzbekistan

adu@edu.uz

Annotatsiya.

Xorazm – O`zekistonning qadimiy va madaniy jihatdan yuksak taraqqiy etgan hududi

sifatida nafaqat tarixiy obidalar va yozma manbalar, balki og`zaki ijod va sahna san`atining boy

an`analariga ega. Mazkur maqolada Xorazm raqs san`atining shakllanishi jarayoni qadimgi marosimlar,

xalq urf-odatlar va diniy e`tiqodlar bilan bog`liq holda tahlil qilinadi. Raqsning o`ziga xosligi, jumladan,

qo`l harakatlari harakatlari, kaft ishoralari, ko`rinarli his tuyg`ular va tana ritmining bir butun dramatik

kompozitsiyaga bo`ysundirilganligi raqs ijrosining shu bilan birga jismoniy, balki ruhiy-psixologik

jihatlarni ham ochib beradi. Har bir element xalqning asrlar davomida shakllangan dunyoqarashi, axloqiy

qadriyatlari va ichki ruhiy kechinmalari bilan bevosita bog`liq.

Kalit so‘zlar:

dramatik ifoda raqslarda, xorazm folklori, xorazmcha ritmlar, nomoddiy madaniy

meros, dinamika , harakat ritmlari, kompozitsiya , hofizlar , tuproqqal`a , maqom , improvizatsiya.

Аннотация:

Хорезм, как древний и культурно высокоразвитый регион Узбекистана, имеет не

только исторические памятники и письменные источники, но и богатые традиции устного и

исполнительского искусства. В статье анализируется процесс формирования хорезмийского

танцевального искусства в связи с древними обрядами, народными традициями и религиозными

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

XORAZM RAQS SAN`ATI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4

Published: 30.04.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

25

3

верованиями. Уникальность танца, включающая подчинение движений рук, жестов ладоней,

видимых эмоций и ритмов тела единой драматургической композиции, раскрывает не только

физические, но и духовные, психологические аспекты танцевального исполнения. Каждый элемент

напрямую связан с мировоззрением, моральными ценностями и внутренним духовным опытом

народа, которые формировались на протяжении веков.

Ключевые слова:

драматическое выражение в танцах, хорезмский фольклор, хорезмские

ритмы, нематериальное культурное наследие, динамика, ритмы движения, композиция, хафизы,

тупуклала, маком, импровизация.

Abstract:

Khorezm, as an ancient and culturally highly developed region of Uzbekistan, has not only

historical monuments and written sources, but also rich traditions of oral creativity and performing arts.

This article analyzes the process of formation of Khorezm dance art in connection with ancient rituals, folk

customs and religious beliefs. The uniqueness of the dance, including the subordination of hand

movements, palm gestures, visible emotions and div rhythms to a single dramatic composition, reveals

not only the physical, but also the spiritual and psychological aspects of dance performance. Each element

is directly related to the worldview, moral values and inner spiritual experiences of the people formed over

the centuries.

Keywords:

dramatic expression in dances, Khorezm folklore, Khorezm rhythms, intangible cultural

heritage, dynamics, rhythms of movement, composition, Hafizs, Tupukqala, maqom, improvisation.

Language:

Uzbek

Citation:

Egamberdiyeva , U. (2025). KHORESM DANCE ART. Universal International Scientific

Journal, 2(4), 252–256. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1733

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15344102

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Kirish

Xorazm

raqs

san`ati

O`zbekiston hududida shakllangan eng
qadimiy raqs an`analaridan biridir. U
nafaqat badiiy-estetik qadriyat, shuningdek
xalqning tarixiy tafakkuri, dunyoqarashi,
ijtimoiy hayoti v ava ma`naviy olamini
o`zida mujassam etgan noyob madaniy
meros hisoblanadi. Xorazm raqs san`ati

asrlar davomida shakllangan, rivojlangan
va avloddan avlodga og`zaki va amaliy
tarzda o`tib kelgan. Xorazm vohasi
qadimdan buyuk madaniyat markazlaridan
biri

bo`lgan.

Arxeologik

topilmalar,

qadimiy yodgorliklar va tarixiy yozma
manbalar bu hududda raqs va musiqa
san`ati

qadimdan

mavjud

bo`lganini

tasdiqlaydi. Qadimgi Xorazmda diniy
marosimlar, hosil bayramlari, to`ylar va


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

25

4

turli xalq udumlarida raqs asosiy san`at
shakli bo`lgan. Masalan, miloddan avvalgi
IV-III

asrlarga

oid

arxeologik

yodgorliklarda raqsga tushayotgan inson
tasvirlari uchraydi. Ayniqsa, Tuproqqal`a,
Qiyot

va

Ko`hna

Urganch

kabi

yodgorliklarda topilgan haykaltaroshlik va
devoriy suratlar bu raqslarning diniy,
marosimiy va badiiy xarakterga ega
bo`lganini ko`rsatadi. Xorazmning o`rta
asrlar davrida, ya`ni IX-XII asrlarda, raqs
san`ati saroy madaniyatining muhim qismi
bo`lib xizmat qilgan. Xorazmshohlar
davrida san`atkorlar, hofizlar, raqqosalar
saroylarda xizmat qilgan. Bu davrda raqslar
ko`proq musiqiy va she`riy san`at bilan
uyg`unlashgan holda rivojlangan. Raqs
ayniqsa, doston va maqom ijrosida
sahnaviy element sifatida muhim o`rin
egallagan.

ASOSIY QISM

Xorazm raqs san`ati faqat saroy

san`ati bo`lib qolmagan. U Xalq orasida,
kundalik

hayotda,

ayniqsa

to`ylar,

bayramlar va marosimlarda faol ravishda
ijro etilgan. Aynan xalq raqslari orqali
Xorazm raqsining turfa uslublari va
jo`shqin ifoda vositalari shakllangan.
Xorazm raqs san`atining eng yorqin
namunasi bu – ‘’Lazgi’’ raqsidir. Lazgi
qadimdan

to

hozirgacha

o`zining

energiyasi, ritmik harakatlari va chuqur
mazmuni bilan ajralib turadi. Ayniqsa
Lazgi raqsi ko`pincha yakka ijroda
namoyon bo`lgan. Bu uslub har bir
raqqosaning

shaxsiy

ifoda

kuchi,

improvizatsiyasi va texnikasini ochib
beradi. Jamoaviy raqslar esa bayramlar ,
to`ylar yoki ommaviy tantanalarda bir

necha raqqos birgalikda sinxron tarzda ijro
etadi. Harakatlar aniq , muvofiqlashtirilgan
bo`ladi. Bu uslub sahna ko`rinishlarda keng
qo`llaniladi. ‘’ Lazgi ‘’ eng mashhur va
xalqaro miqyosda tan olingan raqslardan
biri

bo`lib,

uning

ildizi

qadimiy

marosimlarga borib taqaladi. 2019- yilda ‘’
Xorazm

lazgisi’’

YuNESKOning

Nomoddiy madaniy merosi ro`yxatiga
kiritilgan.

Xorazmning

mashhur

raqslaridan yana ‘’ Tanovar ‘’ , ‘’ Munojot
‘’ , ‘’Bazm raqslari’’ – bular mazmunan
turli xil mavzularni qamrab oluvchi
raqslardir.

Xorazm

raqsi

o`zining

jo`shqinligi,

dramatizmi

va

ritmik

murakkabligi bilan ajralib turadi. U
quyidagi xususiyatlarga ega:

Qo`l harakatlari – harakatlar goh

silliq, goh keskin bo`lib, his-tuyg`ularni
ifodalaydi. Qo`llarning har bir ohangga
mos harakati harakatning mazmunini ochib
beradi.

Yuz ifodasi va ko`z qarashi – raqqosa

his-tuyg`ularni faqat tanasi bilan emas,
balki yuz ifodasi bilan ham yetkazadi.

Harakat ritmi - raqsda keskin sur`at

o`zgarishlari mavjud. To`satdan tezlashish
yoki

sekinlashish

raqsga

dinamika

bag`ishlaydi.

Musiqa bilan uyg`unlik - Xorazm

raqsi doira , g`ijjak , nay , chang , kabi
cholg`ular sadolari bilan ijro etiladi.

Erkaklar va Ayollar raqslari -

an`anaviy jihatdan erkaklar raqsi kuchli va
harakatchan, ayollar raqsi esa nafis va
ma`noli bo`ladi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

255

Xorazm raqs kiyimlari an`anaviy va

milliy uslubda bo`lib, raqsning ifodalovchi
va estetik jihatlarini yanada boyitadi . Raqs
kiyimlari faqat estetik jihatlarni ta`minlab
qolmay, balki har bir raqs turi va ijrochi
uchun muhim ma`no va ramzlarni ham
ifodalaydi. Ayollar raqs kiyimlari odatda
uzun , yengli va jozibali bo`ladi. Chiroyli
ipak yoki atlas matolaridan tikilgan uzun
yubkalar va ko`ylaklar keng tarqalgan. Ular
raqqosaga harakatda qulaylik yaratadi va
raqsda har bir harakatni aniq ko`ratadi.
Ayollar asosan ko`pincha uzun ko`ylaklar
yenglari va etagi naqshlar bilan bezatilgan
bo`ladi. Ko`ylaklar yengil, oq yoki oltin,
kumush ranglarda bo`lishi mumkin, bu
raqqosaning

nafisligi

va

go`zalligini

ta`kidlaydi. Ayollar kiyimida belbog`lar
juda muhim rol o`ynaydi. Ular raqqosaning
tasvirini

yanada

kuchaytiradi,

belni

ta`kidlab, harakatlarni yanada ta`riflaydi.
Ayollar raqqosalarining ko`pincha boy
marjonlar, taqinchoqlar bilan bezatilgan
bo`ladi.

Erkaklar raqs kiyimlari odatda o`rta

uzunlikda bo`ladi. Yengsiz yoki yengil
ko`ylaklar

ko`proq

ishlatiladi,

ko`ylaklarning ranglari qora, oq, ko`k yoki
oltin ranglarda bo`lishi mumkin. Erkaklar
raqs kiyimida belbog` muhim rol o`ynaydi.
Ular raqqosaning harakatini va ifodasini
kuchaytiradi.

Erkak

raqqosalarning

belbog`lari ko`pincha qalin va mustahkam
bo`ladi.

Teatr sahnalarida Xorazm raqs san`ati

ko`pincha katta va yorqin kiyimlarda ijro
etiladi. Bu kiyimlar nafaqat estetik jihatdan
boyitilgan, balki sahna yorug`ligi va

bezaklari bilan uyg`unlashgan bo`lishi
kerak.

XX

asrning

oxiridan

boshlab,

Xorazm raqsi an`anaviy ko`rinishdan
chiqib, sahna san`atining bir qismi sifatida
namoyon bo`la boshladi. Bu o`zgarish
raqsning o`ziga xosligiga zarar bermadi,
aksincha uni yangicha uslubda jonlantirdi.
Bugungi kunda Xorazm raqsi yoshlar
oraida

ham

ommalashgan.

Xususan,

Xorazm viloyatidagi raqs anambllari va
san`at maktablari bu san`at turini yoshlar
orasida yanada rivojlantirishga katta hissa
qo`shmoqda. Yosh raqqosalar, an`anaviy
raqsni sahnada ijro etishda zamonaviy
musiqalar bilan uyg`unlashib, unga yangi
nafas berishmoqda. Xorazm raqsi endi
nafaqat xalq tadbirlarida, balki milliy va
xalqaro

festivallarda

ham

namoyish

etilmoqda. Raqsga asoslangan festival va
musobaqalar yoshlarni o`z san`atini dunyo
miqyosida tanitishga imkon yaratmoqda.

XULOSA

Xorazm raqs san`ati - bu O`zbekiston

xalqining madaniy yodgorligi, ma`naviy
boyligi va badiiy ifoda vositasidir. U asrlar
davomida shakllanib, turli xil tarixiy
bosqichlardan o`tgan bo`lsa-da, o`zining
mazmuni va go`zalligini yo`qotmagan. Bu
raqslar xalqning hayot tarsi, ruhiy olami va
san`atga bo`lgan munosabatini ifodalovchi
vositadir. Xorazm raqslari – bu xalqning
tarixiy xotirasi, quvonchi va orzusidir. Ular
orqali

biz

o`tmishimizni

anglaymiz,

bugungi kunimizni bezaymiz va kelajak
avlodlarga

bebaho

san`at

merosini

yetkazamiz.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

25

6

Foydalanilgan adabiyotlar:

1 . Milliy va Xalqaro raqs festivallari : O`zbekistondagi tajribalar.

2. Xalq raqslari va ularning ifodaviy xususiyatlari.

3. Xorazm xalq raqslari.

4. O`zbek raqs san`atining rivojlanishi.

Bibliografik manbalar

. Milliy va Xalqaro raqs festivallari : O`zbekistondagi tajribalar.

Xalq raqslari va ularning ifodaviy xususiyatlari.

Xorazm xalq raqslari.

O`zbek raqs san`atining rivojlanishi.