Mualliflar

  • Umidaxon Egamberdiyeva
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86210

Kalit so‘zlar:

lied janri lirik subyektivlik musiqa va poeziya uyg`unligi musiqiy dramaturgiya musiqiy kompozitsiya

Annotasiya

Mazkur maqolada XIX romantik  musiqa san`atining yirik vakili Frans Peter Shubertning qo`shiqchilik lirikasi, ya`ni Lied janridagi ijodi har tomonlama tahlil etilgan.  Shuningdek, tadqiqotlarda bastakorning  Lied janriga oid asarlari poetik matn va musiqiy tuzilma o`zaro munosabatlarni nuqtayi nazaridan ko`rib chiqiladi. Ayniqsa, Frans Peter Shubertning fortepiano partiyasiga bergan sematik yuklamasi, vokal ifoda bilan musiqaviy dramaturgiyadagi uyg`unlik, tonal va tematik kontrastlar orqali yaratgan musiqiy semiosferasi atroflicha tahlil qilinadi


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

242

Universaljurnal.uz

Egamberdiyeva Umidaxon

Andijon davlat universiteti ‘’Sport va San`at’’ fakulteti Xalq cholg`u ijrochiligi 1-kurs talabasi

Uzbekistan

adu@edu.uz

Annotatsiya.

Mazkur maqolada XIX romantik musiqa san`atining yirik vakili Frans Peter

Shubertning qo`shiqchilik lirikasi, ya`ni Lied janridagi ijodi har tomonlama tahlil etilgan. Shuningdek,

tadqiqotlarda bastakorning Lied janriga oid asarlari poetik matn va musiqiy tuzilma o`zaro munosabatlarni

nuqtayi nazaridan ko`rib chiqiladi. Ayniqsa, Frans Peter Shubertning fortepiano partiyasiga bergan sematik

yuklamasi, vokal ifoda bilan musiqaviy dramaturgiyadagi uyg`unlik, tonal va tematik kontrastlar orqali

yaratgan musiqiy semiosferasi atroflicha tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

lied janri, lirik subyektivlik, musiqa va poeziya uyg`unligi, musiqiy dramaturgiya,

musiqiy kompozitsiya.

Аннотация:

В статье всесторонне анализируется творчество Франца Петера Шуберта,

крупнейшего представителя романтической музыки XIX века, в жанре вокальной лирики — Lied. В

исследовании также рассматриваются произведения композитора в жанре Lied с точки зрения

взаимосвязи поэтического текста и музыкальной структуры. В частности, подробно анализируется

смысловая нагрузка, которую Франц Петер Шуберт придавал партии фортепиано, гармония

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

FRANS PETER SHUBERTNING QO’SHIQCHILIK LIRIKASI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4

Published: 30.04.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

24

3

вокального выражения с музыкальной драматургией, а также музыкальная семиосфера, созданная

им посредством тональных и тематических контрастов.

Ключевые слова:

жанр песни, лирическая субъективность, гармония музыки и поэзии,

музыкальная драматургия, музыкальная композиция.

Abstract:

This article comprehensively analyzes the work of Franz Peter Schubert, a major

representative of the 19th century romantic music, in the genre of singing lyricism, that is, the Lied genre.

Also, the research examines the composer's works in the Lied genre from the perspective of the relationship

between poetic text and musical structure. In particular, Franz Peter Schubert's semantic load on the piano

part, the harmony of vocal expression with musical dramaturgy, and the musical semiosphere created

through tonal and thematic contrasts are analyzed in detail.

Keywords:

lied genre, lyrical subjectivity, harmony of music and poetry, musical dramaturgy,

musical composition.

Language:

Uzbek

Citation:

Egamberdiyeva , U. (2025). SINGING LYRICS BY FRANZ PETER SCHUBERT.

Universal

International

Scientific

Journal,

2(4),

242–245.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1731

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15340149

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

KIRISH

Romantizim davrining eng yetuk
namoyandalaridan biri Frans Peter Shubert
Avstriyalik kompozitorlardan bo`lib, 1797-
1828 yilllarda yashab ijod qilgan. Shubert
klassik va romantik davr oralig`ida ijod
qilgan, o`zining emotsional boyligi, poetik
sezgirligi va musiqiy obroz yaratish
mahorati

bilan

ajralib

turadigan

bastakorlardan biridir. Uning ijodi ayniqsa
vokal kamer musiqasi, xususan, Lied (
san`atli nemis qo`shig`i) janrida mislsiz
yuksakliklarga erishdi. Shubertning Lied
janridagi

asarlari

nafaqat

musiqaviy

jihatdan, balki adabiy va estetik qimmat

jihatidan ham nemis romantizmi ruhini
to`liq aks ettiradi. Qo`shiqchilik lirikasi –
vokal san`atining yuksak shakli bo`lib, u
musiqaning emotsional imkoniyatlari va
poeziyaning ma`naviy-estetik mazmuni
uyg`unlashgan

badiiy

holati

hisoblanadi.Qo`shiqchilik lirikasi nafaqat
kuy lash san`ati, balki inson ruhiyatining
musiqiy tilda ifodasi, she`r va musiqaning
ijodiy sintetik uyg`unligi, dramatik va
psixologik kechinmalarning badiiy aksidir.
Shubert qo`shiqchilik lirikasi sohasida
ikkita muhim yangilik kiritdi: Birinchisi –
fortepianoning mustaqil dramatik obrazga
aylanishi, Ikkinchisi esa – vokal ifoda
orqali lirik subyektivlikni kuchli tarzda


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

244

ifodalash. U vokal va fortepiano orasida
badiiy dialog yaratdi: fortepiano partiyasi
matn mazmunini sharhlab berdi, hissiy fon
yaratdi, obrazlarni jonlantirdi. Natijada
uning qo`shiqlari oddiy ashulalardan farqli
ravishda, psixologik musiqiy sahnalarga
aylandi. Uning ilgari surgan yondashuvi
orqali musiqiy kompozitsiya faqatgina
go`zal ohanglar majmui emas, balki inson
qalbining

ichki

kechinmalari,

ruhiy

murakkabliklari, psixologik va falsafiy
izlanishlari ifodasiga aylandi.

Frans Peter Shubert ijodida insoniy
tuyg`ular, shaxsiy kechinmalar va romantik
dunyoqarash

markaziy

o`rinda

turadi.Uning har bir qo`shig`i – nafaqat
musiqa, balki filosofik-fikriy mazmunga
ega

badiiy

musiqiy

obrazdir.

U

romantizmning quyidagi asosiy estetik
tamoyillarini

Lied

janrida

mujassamlashtirgan: Ichki dunyoni aks
ettirish

inson

qalbi,

orzulari,

tushkunliklari, yolg`izligi musiqada lirik
obrazlar orqali ifodalanadi. Tabiat bilan
ruhiy uyg`unlik – daryo, shamol, qish, oy
kabi tabiat obrazlari musiqiy fon emas,
balki

qahramonning

ruhiy

holatiga

to`g`ridan-to`g`ri bog`liq. Yolg`izlik va
begonalik

Shubert

qo`shiqlarida

jamiyatdan begonalashgan individuallik
asosiy mavzulardan biridir. O`lim va
yashash oralig`idagi falsafa – ko`plab
qo`shiqlarda

yashash

ma`nosi,

vaqt,

o`tkinchilik, umidsizlik falsafiy tarzda
yoritiladi. Shubertning qo`shiq yaratish
uslubi nihoyatda murakkab va mukammal
darajada rejalashtirilgan. Shu bilan birga
Shubert har bir qo`shiqlarida ichki
drmaturgiya

mavjud:

Kiruvchi

ekspozitsiya

– holat yoki muhitni

tasvirlaydi. Konflikt (dramatik keskinlik)
– emotsional iztiroblar yuzaga chiqadi.
Klimaks ( Yuqori nuqta) - his-tuyg`ular
kuchayadi. Rezolutsiya yoki ochiq yakun -
obraz taqdiri noaniq qoladi yoki murosaga
kelinadi.

Bu

yondashuv

Shubert

qo`shiqlarni oddiy aytiladigan ashula emas,
balki musiqiy drama sifatida idrok etishga
olib keladi.

Frans Peter Shubertning qo`shiqchilik
lirikasi hozirgi zamon musiqasiga katta
ta`sir

ko`rsatgan.

Shubertning

qo`shiqchilik lirikasi bugungi kunda turli
shakllarda davom etayotgan musiqiy
jarayonlarning rivojlanishiga o`z hissasini
qo`shgan.

Ayniqsa,

Shubertning

qo`shiqchilik lirikasi bugungi musiqaning
estetik jihatiga katta ta`sir ko`rsatdi. Uning
qo`shiqlardagi nafaqat melodik tuzilish,
balki rimoz va aks ettirilgan tuyg`ular ham
hozirgi

musiqachilarning

yaratgan

asarlarida aks etmoqda. Shubert melodik
strukturalarini, musiqiy simbolizmini va
ichki psixologik tartibini o`z musiqalariga
jalb qilmoqda. Bu Shubert musiqasining
zamonaviy tarzda yaratilishida ham qanday
katta o`rin tutishini ko`rsatadi.

Xulosa

Shubert

qo`shiqchilik

lirikasi

orqali

individual

hissiyotlar

va

shaxsiy

tajribalarni ifodalashni, balki insoniyatning
umumiy ruhiyatini, kayfiyatini, orzularini
va umidsizliklarini ham musiqaga kiritdi.
Shubertning qo`shiqchilik lirikasi bugungi
kunda nafaqat musiqiy pedagogikada, balki
san`atning

boshqa

sohalarida

ham

o`rganiladi va yuksak baholanadi. U vokal


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

24

5

san`atining yangi istiqbollarini ochdi va
o`zining melodik, garmonik, ifodalash
uslubi orqali kelajakdagi , musiqiy
kompozitorlarga

katta

ilhom

berdi.

Bugungi kunda Shubertning qo`shiqchilik
lirikasi shu bilan birga klassik musiqaning
eng muhim asarlari sifatida qaraladi, balki

zamonaviy

musiqiy

ta`lim

va

pedagogikada ham katta ahamiyatga ega.
Uning qo`shiqlati musiqiy ijodiyotni
o`rgatishda,

vokal

texnikaning

rivojlanishida va musiqaning ichki ifodasi,
dramatizmini o`rganishda eng samarali
manbaalardan biri sifatida ishlatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Shaw,M. The Lieder of Franz Schubert. Cambridge University Press. 2000.

2.

Swayne, N.P. The Songs Schubert: Analysis and Interpretation. Oxford University Press, 2002.

3.

Levy, Barry. Schuberts Songs. Oxford University Press, 2004.

4.

Zerlin, Michael. Schuberts Vocal Music: A Comprehensive Guide. Camridge University Press,

2013.

5.

https://www.oxfordmusiconline.com/

6.

http://www.schubert.org/

7.

https://www.naxos.com/

8.

https://www.allmusic.com/

Bibliografik manbalar

Shaw,M. The Lieder of Franz Schubert. Cambridge University Press. 2000.

Swayne, N.P. The Songs Schubert: Analysis and Interpretation. Oxford University Press, 2002.

Levy, Barry. Schuberts Songs. Oxford University Press, 2004.

Zerlin, Michael. Schuberts Vocal Music: A Comprehensive Guide. Camridge University Press, 2013.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари