MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
568
BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI
SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN MULOHAZALAR
Andijon davlat instituti,
Maktabgacha ta’lim kafedrasi professori,
pedagogika fanlari doktori
Valijon Qodirov
https://doi.org/10.5281/zenodo.15255035
Annotatsiya.
Maqolada maktabgacha ta’lim bo‘g‘inida faoliyat olib boradigan
tarbiyachilarning kasbiy kompetentligiga xos bo‘lgan asosiy belgilar, kasbiy kompetensiyaning
shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Shuningdek, MTT tarbiyachilari
o‘zlarida mujassamlashtirishlari nazarda tutilgan kompetensiyalar mazmuni bayon qilingan.
Kalit so‘zlar
: kasbiy kompetentlik, MTT tarbiyachilari, talablar, pedagogik imkoniyatlar,
innovatsion g‘oyalar, kasbiy mahorat.
Kompetentlik mehnat bozorida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishni istagan mutaxassis
uchun raqobatbardoshlik asosi sanaladi. Ayni paytda maorif sohasi, jumladan, maktabgacha ta’lim
tizimi xodimlaridan kasbiy kompetentlik ma’naviy mukammallik bilan uyg‘unlashgan holda
bo‘lishi talab qilinadi [1]. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachining
kasbiy kompetentligi ijodiy intellektining ortib borishi, o‘z sohasidagi innovatsiyalarni
o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zgaruvchan pedagogik vaziyatlarga moslashuvchanligi bilan ham
belgilanadi. Tarbiyachining kasbiy kompetentlilik darajasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi [2:23].
Maktabgacha ta’lim bo‘g‘inida faoliyat olib boradigan tarbiyachilarning kasbiy
kompetentligiga xos bo‘lgan asosiy belgilarni boshqa soha mutaxassislariga qo‘yiladigan
talablarga tayanilgan holda quyidagicha sanab ko‘rsatish mumkin:
1.
Har xil yoshdagi (yosh toifasi turlicha) bolalar bilan ularning yoshi va intellektual
imkoniyatlariga tayanib ishlay olish.
2.
O‘z sohasi bo‘yicha tarbiyalanuvchilarning yosh psixologiyasi, pedagogik
imkoniyatlarini anglagan holda tadqiqot ishlarini olib borish.
3.
Amaliy faoliyatida innovatsion g‘oyalardan foydalanish, yangi pedagogik
texnologiyalarni o‘zlashtirish.
4.
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik qo‘llab-quvvatlashning har xil shakllaridan
foydalana bilish.
5.
Tarbiyachilar faoliyati bilan bog‘liq tashkil etilgan har xil tanlov, festival va
musobaqalarda ishtirok etish.
6.
Har qanday pedagogik shart-sharoitlarda o‘zining pedagogik mahoratini namoyish eta
bilish.
7.
Mamlakat davriy matbuotida hamkasblari bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashish va
boshqalar [3:135].
Bu sifatlarning hech biri tarbiyachida o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Buning uchun u
kasbiy mahoratini oshirishga ehtiyoj sezishi, bunga intilishi lozim. MTT tarbiyachisi kasbiy
kompetensiyasining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlarini quyidagicha ajratib ko‘rsatish
mumkin:
·
kasbiy mahoratini oshirishning tarbiyachi tomonidan tahlil qilinishi va anglanishi;
·
o‘z-o‘zini rivojlantirish (maqsad, vazifa va hal etish yo‘llarini)ning rejalashtirilishi;
·
o‘z-o‘zini namoyish qila bilish, faoliyatini tahlil va tahrir qila olishi.
MTT tarbiyachisining kasbiy kompetentligining shakllanishi va rivojlanishi uzoq hamda
uzluksiz tarzda amalga oshadigan jarayondir. Ya’ni tarbiyachi pedagogik faoliyatda tinimsiz
ravishda o‘z ustida ishlashi, soha yangiliklaridan xabardor bo‘lishi, mashg‘ulotdan mashg‘ulotga
o‘zida yangi sifatlarni shakllantira borishi lozim.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
569
MTT tarbiyachisining kasbiy kompetentligi mutaxassis tomonidan alohida
bilim, malakalarning egallanishinigina emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ
bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini ham nazarda tutadi. Shuningdek, kasbiy kompetensiya
muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va
o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni ham taqozo etadi.
O‘z kasbiy kompetentligiga intilgan MTT tarbiyachisi:
·
bilimlarini izchil ravishda boyitib boradi;
·
sohasi bo‘yicha yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;
·
davr talablarini chuqur anglaydi;
·
yangi bilimlarni qayta ishlaydi va amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi;
·
murakkab jarayonlarda, noaniq vaziyatlarda bir-biriga zid ma’lumotlardan oqilona
foydalanadi;
·
kutilmagan vaziyatlarda ham harakat rejasiga ega bo‘la oladi.
N. Muslimov va boshqalar tomonidan ta’kidlangan kompetentlikka ijodiy yondashgan holda
MTT tarbiyachilari o‘zlarida mujassamlashtirishlari nazarda tutilgan kompetensiyani quyidagicha
aks ettirish mumkin:
·
Psixologik kompetentlik
– pedagogik amaliyotida sog‘lom muhit yarata olish,
tarbiyalanuvchilar bilan ijobiy muloqotni yo‘lga qo‘ya bilish, turli ziddiyatli holatlarni vaqtida
payqash va ularni bartaraf eta bilish;
·
Metodik kompetentlik
– maktabgacha ta’lim jarayonini metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil
etish, ta’limiy yoki tarbiyaviy faoliyat uchun zarur metod va vositalarni maqsadga muvofiq tarzda
tanlay olish;
·
Informatsion kompetentlik
– minglab axborotlar oqimi orasidan sohasi uchun zarur,
muhim va samarali ma’lumotlarni topib saralab olish, ularni qayta ishlab, ta’lim amaliyotida
oqilona foydalana bilish;
·
Kreativ kompetentlik
– o‘z tarbiyachilik amaliyotiga tanqidiy va ijodiy yondosha bilish,
ish faoliyatida ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
·
Innovatsion kompetentlik
– tarbiyachilik faoliyatini vaziyatga moslashgan holda
takomillashtira borish, ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, bu jarayon samaradorligini oshirishga
doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq eta olish;
·
Kommunikativ kompetentlik
– darslar jarayonida har bir tarbiyalanuvchi bilan samimiy
muloqotda bo‘lish, uni tinglay bilish, unga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish, har biriga xos bo‘lgan
xarakter-xususiyatlarga mos muomalani, yondashuvni topa bilish.
·
Shaxsiy kompetentlik
– o‘zining kiyinish, muomala madaniyatini kuzatib borish,
dunyoqarashini, badiiy didini, ma’naviy fazilatlarini boyitib, yuksaltirib borish;
·
Texnologik kompetentlik
– tarbiyachilik sohasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni
boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni izchil o‘zlashtirib borish, zamonaviy texnika vositalaridan,
texnologiyalardan foydalana olish;
·
Ekstremal kompetentlik
– bolalar orasida, o‘zi bilan tarbiyalanuvchilar o‘rtasida yuz
berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda, tabiiy ofatlar yuz bergan holatlarda, texnologik
jarayon ishdan chiqqanda tez va oqilona qarorlar qabul qilish, to‘g‘ri xulosa chiqarish hamda shu
asosda harakatlanish malakasiga ega bo‘lish;
Baholash kompetentligii
– aytilgan fikrlardagi o‘ziga xoslik, betakrorlik, sodda, qisqa,
lekin ma’lum asoslarga ega bo‘lgan pishiq-puxta javob, munosabatning tanqidiyligi darajasidan
kelib chiqib munosib baholay bilish va hk [4:97].
Ko‘rinadiki, MTTda faoliyat olib boradigan tarbiyachining bunday sifatlarga ega bo‘lishi
uchun bugungi talabalar oldiga bo‘lguvchi pedagogga qo‘yiladigan talablarni qo‘yish ta’limdagi
uzluksizlik va uzviylikning ta’minlanishiga asos bo‘ladi.
Buni badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlari misolida ko‘raylik. MTT
tarbiyachisining kasbiy kompetentligiga xos bo‘lgan bolalarning bilimini to‘g‘ri baholay olish,
ularni uzluksiz ravishda mustaqil faoliyatga yo‘naltira borish va ayni zamonda, tarbiyalanuvchilar
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
570
tafakkurining mustaqillik darajasini aniqlab, baholay bilish bolalarning ma’naviy
kamolot yo‘lini aniqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Bu mezonni sharhlab shunday izohlash
o‘rinliki, bog‘chadagi adabiy ta’limda tarbiyalanuvchilarning har qanday badiiy asar, tasviriy
san’at namunalari tahlili asnosida aytgan fikrlaridagi o‘ziga xoslik, o‘zgalar qarashlaridan xoli
betakrorlik, soddagina, qisqagina bo‘lsa-da ma’lum asoslarga ega bo‘lgan pishiq-puxta javobini,
munosabatining tanqidiyligi darajasidan kelib chiqib to‘g‘ri baholay bilish tarbiyachi
kompetentligining darajasiga bog‘liqdir.
Shu ma’noda aytish mumkinki, tarbiyachilarning tafakkuri va faoliyati mustaqilligi
darajasini aniqlash hamda uni munosib baholay bilish tarbiyachining o‘zi mustaqil fikr sohibi
bo‘lishini taqozo etadi. Chunki o‘zi mustaqil fikr egasi bo‘lmagan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarini
mustaqil faoliyatga yo‘naltira olmaydi, ularni munosib baholashga ham qodir bo‘lolmaydi.
O‘zining mustaqil nazari bo‘lmagan tarbiyachi o‘rganilayotgan obyektdagi (badiiy matndagi)
tarbiyalanuvchilardan mustaqil mulohaza yuritishni talab etadigan detallarni ilg‘amaydi. Natijada
tarbiyalanuvchilar badiiy asarning mazmunini qayta hikoyalab berish, tasviriy san’at asarlari
bo‘yicha ko‘rinib turgan asosiy jihatlarni sanash bilan chegaralanadilar va ularning aqliy,
ma’naviy taraqqiyoti ham shu atrofda bo‘laveradi.
To‘g‘ri, MTT tarbiyachilarining har ikkala janrdagi asarlarning yuzaki jihatlarini ajratib
aytib berishlari ham yetarli, deydiganlar ham topiladi. Amaldagi davlat talablarining asosiy
talablaridan biri ham shu. Lekin yosh guruhlarda hammaga o‘xshamaydigan, o‘z intellektual
imkoniyatlari bilan atrofdagilardan ajralib turadigan tarbiyalanuvchilar bo‘ladi. Gap shu
tarbiyalanuvchilarning o‘rtachalar qurboni bo‘lib ketmasligida. Tarbiyachi mashg‘ulotlarni imkon
qadar yuqori saviyada tashkil eta olishi, uni tarbiyalanuvchilarning har biri o‘z imkoniyatlari
darajasida qabul qilishlari uchun zaruriy shart-sharoitni yarata bilishi uning kompetentlig
darajasini namoyon etadi.
Xullas, MTTda badiiy adabiyot bilan tanishtirishni uning maqsadiga muvofiq tashkil etishda
MTT tarbiyachilarining kasbiy kompetentligi uning saviyasi, dunyoqarashi, bilimi, ko‘nikma va
malakalarini takomillashtirishini, ayni zamonda, o‘zining ma’naviy sog‘lomligi uchun
qayg‘urishini ham taqozo etadi.
FOYDALANILOGAN ADABIYOTALAR
1.«Ilk qadam». Maktabgacha ta’lim muassasalari davlat o‘quv dasturi. Tayyorlaganlar:
I.V.Grasheva, L.G.Evstafeva, D.T.Mahmudova, Sh.B.Nabihonova, S.V.Pak, G.Je.Djanpeisova. –
T.: MTV, 2018. – p. 268.
2.
Миндлина
Т
.
Я
.
Дошкольное
воспитание
во
Франции
. –
Москва
:
Педагогика
, 1984.
– 64
с
.
3.Husanboeva Q., Shodiev F., Hazratqulov M. Boshlang‘ich sinflarda adabiyot o‘qitish
metodikasi. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2019. – 380 b.
4.
Муслимов
Н
.,
Усмонбоева
М
.,
Сайфуров
Д
.,
Тўраев
А
.
Педагогик
компетентлик
ва
креативлик
асослари
. –
Т
.: Sano-standart, 2015. – 168
б
.
