Mualliflar

  • Sojida Mamarasulova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Sojida Mamarasulova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Maxsus Pedagogika (logopediya ) yo’nalishi 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86220

Kalit so‘zlar:

Nutq buzilishlari maxsus ta’lim korreksion pedagogika

Annotasiya

Ushbu maqolada nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan  bolalar  uchun mo‘jallangan  maxsus  muassasalar tizimi,ularning tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari va metodikasi ko‘rib chiqiladi.Nutq buzilishlari bolalarning ijtimoiy va  akademik rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi sababli, logopedik  muassasalar va maxsus maktablar ularning ehtiyojlariga mos ravishda ishlab chiqilgan.Shuningdek,maqolada zamonzaviy pedagogik va logopedik yondashuvlar, innovatsion tehnalogiyalar hamda ushbu muassasalarning  jamiyatdagi o‘rni haqida ham so‘z boradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

554

NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR UCHUN MAXSUS

MUASSASALAR TIZIMI

Andijon davlat pedagogika instituti Maxsus

Pedagogika (logopediya ) yo’nalishi 2-kurs talabasi

Mamarasulova Sojida Dilmuradjon qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15247735

Annotatsiya.

Ushbu maqolada nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar uchun

mo‘jallangan maxsus muassasalar tizimi,ularning tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari va metodikasi
ko‘rib chiqiladi.Nutq buzilishlari bolalarning ijtimoiy va akademik rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi
sababli, logopedik muassasalar va maxsus maktablar ularning ehtiyojlariga mos ravishda ishlab
chiqilgan.Shuningdek,maqolada zamonzaviy pedagogik va logopedik yondashuvlar, innovatsion
tehnalogiyalar hamda ushbu muassasalarning jamiyatdagi o‘rni haqida ham so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Nutq buzilishlari, maxsus ta’lim, korreksion pedagogika, inkulyuziv ta’lim,

nutq terapiyasi, punktlar.

Defektologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar orqali nuqsonni erta aniqlash va uni oldinroq

tuzatish katta ahamiyatga ega ekanligi isbotlab berilgan. Bugungi kunda nutq nuqsoniga ega
bo‘lgan bolalarning so‘z boyligini oshirish butun dunyoda balki,yurtimizda ham maxsus
pedagoglarning muhim vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Ushbu muammolarni yechish
maqsadida mamlakatimizda turli xil nutq kamchiligiga har tomonlama sistematik yordam
rivojlanib bormoqda. Mana shunday muammolarni hal qilish uchun amalga oshirilayotgan
yechimlar butun dunyoning pedagoglarini o‘ylantirib kelmoqda. Ular jumlasidan Rossiyada
qadimdan alohida mehr-muruvvat muassasalari mavjud bo‘lib, ularda maxsus ta’lim jadal
namoyon bo‘lgan nuqsonlar karlik, aqli zaifliklarni ajratish va farqlash zaminida amalga
oshirilgan.

Bolalar nuqsoni bilan kurashish bo‘yicha I Butun Rossiya syezdi anomal

rivojlanishining xilma-xil turlariga ega bo‘lgan bolalar uchun tashkil qilinadigan maxsus
ta’lim va tarbiya tizimi tamoyillarini belgilab beradi. Mana shunday tamoyillarning qaror
topishi nuqsonga ega bo‘lgan bolalarga bo‘lgan e’tiborni yana kuchaytirdi.

Bir qator hollarda maxsus maktabgacha ta’lim va tarbiya rivojlanishdagi kamchiliklarni

tuzatadi va bu bilan bolalarning maktabda o‘qishida paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni oldini
oladi. Yaqqol namayon bo‘lgan nutq nuqsonlari mavjud bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan
tuzatish,tarbiyalash ishlarini erta boshlash nuqsonni sezilarli darajada kompensatsiya qilinishini
ta’minlaydi.

1960-yildan boshlab sobiq SSSRda nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarga mo‘jallangan

maktabgacha tarbiya muassasalari tarmog‘i rivojlana boshlagan. Dastlab bu ommaviy
bog‘chalar qoshida tashkil qilingan alohida eksperemintal guruhlar edi, keyinchalik esa nutq
nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan alohida bolalar bog‘chalari tashkil topgan.

Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalarida

barcha tuzatish jarayonlarini aniq tashkil qilish ko‘zda tutiladi.

Tuzatish ishlariga quyidagilar,ya’ni:
-bolalarni o‘z vaqtida tekshirish
-mashg‘ulotlar jadvalini oqilona tuzatish
-har bir bola bilan olib boriladigan individual ishni rejalashtirish
-frontal mashg‘ulotlarni rejalashtirish
-mashg‘ulotlarni kerakli jihozlar va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash
-logopedning tarbiyachi va ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi orqali ta’minlanadi
Ta’lim tzimida maktabgacha ta’lim muassasalari va nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar

guruhlari uchun namunaviy ta’minotlar yaratilmoqda.Bundan tashqari,umumiy bolalar
bog‘chalarida maxsus guruhlar,shuningdek, nutq terapiyasi markazlari mavjud. Umumta’lim


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

555

maktablarida logopediya markazlari mavjud bo‘lib, ularda nutq terapevti nutqi

buzilgan va o‘rganishda qiyinchiliklarga duch keladigan bolalarga yordam beradi. Bundan tashqari
nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktablar ham mavjud bo‘lib,ular ikkita bo‘limdan
iborat.Birinchi bo‘limga umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qishga to‘sqinlik qiladigan og‘ir nutqi
buzilgan bolalar qabul qilinadi.Ikkinchi bo‘limga qattiq duduqlanishdan aziyat chekadigan bolalar
qabul qilinadi.

Sobiq SSSR Ministerlari Sovetining 1948-yil 15-avgustdagi farmoni bilan o‘rta umumiy

ta’lim maktablari qoshida logopedik punktlar ochila boshladi.Logopedik punktlar maktab
yoshidagi bolalarda mavjud bo‘lgan nutq kamchiliklarini bartaraf etish uchun mo‘jallangan
maxsus ta’limiy va tarbiyaviy muassasalardir.Ular tumandagi umumiy ta’lim maktablarining
birida tashkil qilingan bo‘ladi.Har bir logopedik punktga muayyan miqdordagi maktablar soni
biriktiriladi.

Uning asosiy vazifalari:
-o‘quvchilarning nutq kamchiliklarini to‘g‘rilash
-o‘qituvchular va aholi o‘rtasida logopedik bilimlarni targ‘ib qilish
-birinchi sinfga kelayotgan bolalardagi nutq kamchiliklarini o‘z vaqtida aniqlash, oldini

olishdan iborat.

Tovushlar talaffuzida kamchiligi bo‘lgan,duduqlanuvchi, dizgrafik, dizleksik yaqqol

namayon bo‘lmaga nutqi rivojlanmagan bolalar logopedik punktlarning asosiy kontingenti
hisoblanadi.Logopedik punktlarga bolalar psixonevrolog,o‘qituvchi, ota-onalar tashabbusi bilan
yuborilishi mumkin.

Logopedik ishning samaradorligi tuzatish tadbirlarining to‘g‘riligiga, o‘qituvchi va

logopedning o‘zaro yaqin hamkorligi hamda bolalar nutqiga yagona talablar qo‘yilishiga
bog‘liqdir. Bolalar nutqini to‘g‘rilashda ota-onalarning faol ishtirok etishi ham katta ahamiyatga
ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

:

1.M.Y.Ayupova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.:

O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyat nashriyoti, 2007.

2.L.R.Mo‘minova. Nutq kamchiligi bor bolalarning psixologik-pedagogik diagnostikasi. T.,

2012.

3.L.R.Mo‘minova, M.Y.Ayupova. Logopediya. -T.,1993.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

M.Y.Ayupova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyat nashriyoti, 2007.

L.R.Mo‘minova. Nutq kamchiligi bor bolalarning psixologik-pedagogik diagnostikasi. T., 2012.

L.R.Mo‘minova, M.Y.Ayupova. Logopediya. -T.,1993.