Mualliflar

  • Sayyoraxon Ibragimova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Sayyoraxon Ibragimova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon Davlat pedagogika Instituti Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika  fakulteti Maxsus pedagogika (Logopediya) yo‘nalishi 2-kurs 203-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86223

Kalit so‘zlar:

aqli zaif bolalar shaxslararo munosabatlar

Annotasiya

Ushbu ishda aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlar xususiyatlari tadqiq etilgan bo‘lib ,aqli zaiflik bolalarning ijtimoiy faoliyati , boshqalar bilan muloqot qilishi va umumiy ijtimoiy munosabatlar munosabatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunishga, ta’lim muassasalarida va har xil ijtimoiy muhitlarda aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlarini o‘rganish , ularning muammolarini aniqlash va yechimlar topish , ijtimoiy adaptatsiyadagi qiyinchiliklarni minimallashtirish maqsadidagi ishlarining muhimligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

545

AQLI ZAIF BOLALARNING SHAXSLARARO MUNOSABAT XUSUSIYATLARI

Andijon Davlat pedagogika Instituti

Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika

fakulteti Maxsus pedagogika (Logopediya) yo‘nalishi

2-kurs 203-guruh talabasi Ibragimova Sayyoraxon Akramjonovna

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15237156

Annotatsiya

. Ushbu ishda aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlar xususiyatlari

tadqiq etilgan bo‘lib ,aqli zaiflik bolalarning ijtimoiy faoliyati , boshqalar bilan muloqot qilishi va
umumiy ijtimoiy munosabatlar munosabatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunishga, ta’lim
muassasalarida va har xil ijtimoiy muhitlarda aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlarini
o‘rganish , ularning muammolarini aniqlash va yechimlar topish , ijtimoiy adaptatsiyadagi
qiyinchiliklarni minimallashtirish maqsadidagi ishlarining muhimligi haqida ma’lumotlar
keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

aqli zaif bolalar,shaxslararo munosabatlar,ijtimoiy faoliyat,ijtimoiy

adaptatsiya.

Tabiiyki, har bir odam ma’lum sahxs sifatida odamlar qurshovida yashaydi.

Oiladami,bog’cha yoki maktabdami , oliy o‘quv yurtidami , ish joyidami u qandaydir odamlar
guruhi , qandaydir jamoa bilan o‘ziga xos munosabatga kirishadi.Guruh va jamoalar har doim
o‘zgarib turadi.Konkret shaxs esa , bo‘layotgan o‘zgarishlarga moslashib , guruh va jamoadagi
odamlar bilan murakkab o‘zaro munosabatlarga kirishishi kerak. Har bir shaxs ijtimoiy mavjudot
bo‘lganligi sababli atrofdagi boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatga kirishmay turib mutlaqo
yashay olmaydi.Inson shaxsining guruh va jamoadagi munosabatlarini ijtimoiy psixologiya fani
o‘rganadi. Ijtimoiy psixologiya ta’limotiga ko‘ra , ikki guruh farqlanadi.Ulardan birinchisi shartli
guruh , ikkinchisi esa haqiqiy , real guruhdir.Bolalarni yosh belgilariga qarab bog’cha yoshidagi
bolalar , o‘rta maktab yoshidagi bolalar , o‘smirlar , katta maktab yoshidagi bolalar deb shartli
guruhlarga bo‘lish mumkin. Har bir shaxs o‘z referent guruhiga ega bo‘ladi.Referent guruhdagi
odamlar shaxsga har tomonlama yoqadi,shu sababli shaxs ularni hurmat qiladi va gaplarga quloq
soladi.

Aqliy nuqsonli bolalar ham normal bolalar singari mehnat va o‘qish faoliyatlarida

munosabatga kirishadilar.Sinfda o‘quvchilar faoliyat birligi . qarashlar o‘xshahsligi ,
qiziqishlarining bir-birlariga mos kelishlari bilan muomalaga kirishadilar.Shu sababli turli
norasmiy guruhlar yuzaga keladi.

Aqli zaif bolalarning muomala guruhlarining shaklini va faoliyat ko‘rsatishi o‘zining

qator xususiyatlariga ega.Guruhlarning sekin yuzaga kelishi,ularning turg’un bo‘lmasligi
,differentirlashmaganligi ajralib turadi.Aqli zaif bolalarning maktabga kelishlari bilan rasmiy
guruhlarga birlashadilar.Bu bolalar bir qancha muddat bir-birlari bilan sezilarli darajada aloqaga
kira olmaydilar.Ayniqsa,bu holatlar tormozlanuvchan,kaoalliqlari davom etuvchi,shaxsi qo‘pol
buzilgan,og’ir tabiatli bolalarda ko‘zga tashlanadi.Bu narsa bu ularning aloqaga intilishlarining
yo‘qligida,tashabbuslarning etishmoligida, bolalar bilan birgalikdagi o‘yin va o‘quv faoliyatlariga
qiziqishlarning yo‘qligida namoyon bo‘ladi.Agarda normal o‘quvchilarda norasmiy guruhlar
faqatgina boshlang’ich sinflarda bo‘lsa , aqli zaif bolalrda esa bunday turg’unsizlik yordamchi
maktabni bitirgunlaricha saqlanib turadi.Shu bilan aqli zaif bolalar guruhiga ko‘p hollarda
o‘tkinchilik va turg’unsizlik xos ekan .Aqli zaif bolalar guruhlari va jamoalarida ommaviy
maktablardagidek , ish yuzasidan va shaxsiy aloqalarini shaxslararo munosabatlar quyidagi
xususiyatlar borligi aniqlangan.Sinflarda har doim ham norasmiy lidirlarni aniqlash imkoni
bo‘lmaydi.Aqli zaif bolalarning aqliy nuqsonlari ko‘p hollarda bunga imkon bermaydi.Masalan ,
kasalligi davom etuvchi tutqanoq kasali bor bolani rasmiy yetakchi qilish mumkin emas.Chunki ,
ulardagi qasd olish , qahrlillik xislati yaxshi natijalarga olib kelmaydi.Ikkinchidan , aqli zaif
bolalarda o‘zlaridagi nuqsonlari oqibatida murakkab , shaxsiy , individual ko‘rinishlar


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

546

mavjud.Bularga bolalar bilan muomalaga kirisha olmaslik , muloqotga bo‘lgan

talablarning pastligi , hissiyot – iroda sohalarining qo‘pol tarzda buzilganligi kabi salbiy sifatlar
kiradi.Bularning barchasi bolalar orasidagi muomalani qiyinlashtiradi.Aqli zaif bolalarning aloqa
guruhlarida ba’zan yetakchi bolalar ko‘zga tashlanib qoladilar.Shu bilan , ba’zan yetakchilar
orasida salbiy shaxsiy sifatlar tashib yuruvchi va o‘z sinfdoshlariga yomon ta’sir etuvchi bolalar
ham uchrab turadi.Aqli zaif bolalar orasidagi yetakchilari ichida ham ijobiy shaxsiy sifatlarga ega
bo‘lganlari ham uchrab turadi.O‘zlarining yaxshi o‘qishlari , yaxshi xulqlari boshqa bolalarga
namuna bo‘ladilar.Aqli zaif bolalar orasida shunday bolalar ham borki , ularning umuman
o‘rtoqlari yo‘q , sinfdoshlari bilalan hech qanday aloqasi bo‘lmagan hollar ham uchraydi.Aqli zaif
bolalar orasida juda ko‘p mayda guruhlar mavjud.Ommaviy maktablarga nisbatan yordamchi
maktablarda yakkalanib qolgan o‘quvchilar taxminan 3-4 marta ko‘p uchrar ekan.Bu holat , albatta
nuqson mazmuni bilan bog’liq.Aslida , jizzaki , tez ta’sirlanuvchan , xafa bo‘luvchan , xulqi
turg’un bo‘lmagan aqli zaif bolalar yakkalanib qoladilar.Yordamchi maktabning har bir
o‘qituvchisi va tarbiyachisi shaxslararo munosabatlarning psixologik xususiyatlarini yaxshi
bilishlari kerak.Shaxslararo munosabatlar mazmunini o‘rganish asosida har bir aqli zaif bolani
to‘liq o‘rganish mumkin.Bu bilimlar ta’lim -tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.Jamoa
a’zolari orasida ommaviy tusdagi hodisalar ham uchrab turar ekan.Binga misol qilib jamoa
orasidagi ijtimoiy kayfiyatni va ijtimoiy vaximani ko‘rsatish mumkin.Jamoada yuzaga keladigan
ijtimoiy kayfiyat nihoyatda katta ijobiy hodisadir.Jamoadagi ommaviy hodisaalardan biri
vahimadir.Vahima jamoa a’zolari orasida juda tez tarqaladigan hodisasir.Qandaydir bir shaxs
jamoada vahima tarqatib , jamoa a’zolarini alg’oq – dalg;oq qilib yuborishi mumkin.Jamoa
qanchalik uyushgan bo‘lsa , vahima shunchalik sekin tarqaladi,va aksincha ,jamoa qanchalik
uyushmagan bo‘lsa vahima shunchalik tez tarqaladi.Bu kabi holatlar ham aqli zaif bolalar orasida
ham uchrab turadi.

Xulosa o‘rnida , aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlari ijtimoiy mohiyatga ega

bo‘lgan mavzulardan biri bo‘lib , ularning muammolari va ehtiyojlari ijtimoiy , adaptatsiya
,empatiya va muloqot qilish qobiliyatlarida qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin. Bu bolalarning har
birida shaxsiy hislatlar va ijtimoiy muhitga integratsiyalashuvchi hususiyatlar turlicha bo‘lishi
mumkin , shunung uchun ularga individual yondashuvlar talab etiladi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki , aqli zaif bolalarni ijtimoiy muhitda muffaqiyatli

bo‘lishlari uchun ularga ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rgatish va psixo-emotsional qo‘llab-quvvatlash
kerak.Shuningdek, oila , ta’lim muassasalari va jamiyat ularning ijtimoiy integratsiyasini
yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi .To‘g’ri yordam va qo‘llab -quvvatlash muhiti tufayli aqli zaif
bolalalarning shaxslararo munosabatlari yaxshilanib , ularning ijtimoiy faoliyati va
munosabatlarining sifatini oshirish mumkin.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlashda aqli zaif bolalarni xususiyatlarini tushunish va ularga

individual yondashishning ahamiyati katta ekanligi ko‘rsatilgan.Bu bilan ularning shaxslararo
munosabatlarida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi va ularning ijtimoiy faoliyati yanada
mustahkamlanadi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Aqli zaif bolalar psixologiyasi : K.Q.Mamedov , G’B.Shoumarov Toshkent - o‘qituvchi-

1994

2.Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar diagnostikasi.D.A.Nurkejdiyeva,M.U.Hamidova

Toshkent -2016

3.Maxsus pedagogika R.M.Po‘latova Toshkent -200

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Aqli zaif bolalar psixologiyasi : K.Q.Mamedov , G’B.Shoumarov Toshkent - o‘qituvchi1994

Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar diagnostikasi.D.A.Nurkejdiyeva,M.U.Hamidova

Toshkent -2016

Maxsus pedagogika R.M.Po‘latova Toshkent -200