Mualliflar

  • Sayyoraxon Ibragimova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Sayyoraxon Ibragimova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon Davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika (Logopediya) yo‘nalishi 2-kurs 203-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86239

Kalit so‘zlar:

talaffuz fonetik va fonematik idrok

Annotasiya

Ushbu maqolada tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish va fonetik idrokni rivojlantirish usullari muhokama qilinadi.Talaffuz muammolari bolalar va kattalarda nutq taraqqiyotiga ta’sir qiladigan muhim omillardan biri hisoblanadi.Shu bois nutq terapiyasi,artikulyatsiya mashqlari kabi uslublar orqali ularni to‘g‘rilash yo‘llari ko‘rib chiqiladi.Shuningdek,maqolada til mutaxassislari va logopedlar tomonidan tavsiya etilgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,kompleks yondashuv vositasida talaffuz kamchiliklarini samarali bartaraf etish va fonetik idrokni kuchaytirish   mumkin.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

497

TOVUSHLAR TALAFFUZINI BARTARAF ETISH VA FONETIK IDROKNI

RIVOJLANTIRISH.

Andijon Davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika

fakulteti Maxsus pedagogika (Logopediya)

yo‘nalishi 2-kurs 203-guruh talabasi

Ibragimova Sayyoraxon Akramjonovna

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233925

Annotatsiya

.Ushbu maqolada tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish va fonetik

idrokni rivojlantirish usullari muhokama qilinadi.Talaffuz muammolari bolalar va kattalarda nutq
taraqqiyotiga ta’sir qiladigan muhim omillardan biri hisoblanadi.Shu bois nutq
terapiyasi,artikulyatsiya mashqlari kabi uslublar orqali ularni to‘g‘rilash yo‘llari ko‘rib
chiqiladi.Shuningdek,maqolada til mutaxassislari va logopedlar tomonidan tavsiya etilgan
innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,kompleks
yondashuv vositasida talaffuz kamchiliklarini samarali bartaraf etish va fonetik idrokni
kuchaytirish mumkin.

Kalit

so‘zlar

:

talaffuz,

fonetik

va

fonematik

idrok,artikulyatsiya

mashqlari,korreksiya,dislaliya

Nutq kamchiligini aniqlash,o‘rganish,bartaraf etish va oldini olishdefektologlarning barcha

sohalari(logopediya,oligofrenopedagogika,tiflopedagogikava surdopedagogika)uchun dolzarbdir.
Nutqdagi kamchiliklar bolalarning muomala qilish va o‘qitish uchun salbiy ta’sir etadi.Nutq
buzilishlari uzoq vaqt bartaraf etish ishlarini olib borishni talab etadi.

Tovushlar talaffuzini tekshirish.Tovushlar talaffuzining xolati logopedik amaliyotda

umumiy qabul qilingan quyidagi sxema bo‘yicha tekshiriladi. Bolaga predmetli rasmlar
ko‘rsatiladi,bunda rasmdagi predmetlarni ifodalovchi so‘zlar ichida tekshirilayotgan tovush uch
o‘rinda kelishi kerak: so‘zning boshida,o‘rtasida va oxirida.

Tekshirish jarayonida tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar: aloxida tovushlari talaffuz

etmaslik,noto‘g‘ri talaffuz etish, almashtirish xollari belgilab boriladi.Tovushlar talaffuzi avval
alohida,so‘ngi so‘zlarda,jumlalarda tekshiriladi. Bundan tashqari, bola turli bog‘in tuzilishiga ega
bo‘lgan so‘zlarni qanday talaffuz qilishini tekshirish ham alohida ahamiyatga ega
(masalan,ruchka,televizor,gultojixo‘roz).

So‘zlarda tovushlar talaffuzini tekshirish uchun maxsus tanlangan predmetli rasmlar

guruhidan tovush so‘zning boshida,o‘rtasida va oxirida kelishi lozim.Masalan:

S: salla,kosa, gilos
SH: shar,kichik,tosh.
L: lola,bola.lol.
Y: yo‘l,ayiq,uy.
R: randa,marra,archa,qor.
G: gugurt,tanga,tag.
K: kitob,ruchka,maktab,koptok,
X: xo‘roz,paxta,mix.
Z: zebra,mazza,qog‘oz.
CH: chok,kuchuk,qaldirg‘och.
Q: qalam,qurbaqa,boshoq.
Agarda so‘zlarda tovush talaffuzini aniqlash qiyin bo‘lsa,unda shu so‘zlarni logoped

ketidan qaytarib talaffuz etish tavsiya etiladi.Shunday holatlar uchraydiki,ba’zida bolalar tovushni
bir so‘zda to‘g‘ri talaffuz etadi,ba’zi so‘zlarda esa boshqa tovushlarga almshtiradi.Buning uchun
tekshirilayotgan tovushni iborali nitqda ham tekshirish tavsiya etiladi.Buning uchun bolaga bir
nechta iborani ketma-ket etish taklif qilinadi,bunda tekshirilayotgan tovushni bola bir necha


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

498

so‘zlarda ketma-ket qaytarishi lozim.Buning uchun she’r,maqol,matal,tez

aytishlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Tovushlar talaffuzini tekshirish vaqtida bola o‘z nutqida fonemalarni aralashtirib

yuborishiga yokiularni boshqa tovushlarga almashtirishiga (alohida so‘zlarda va iboralarda)
alohida ahamiyat bermoq lozim.Shunday hollar uchraydiki,bola s va sh tovushini alohida to‘g‘ri
talaffuz qiladi,lekin nutqda bu tovushlarni almashtiradi.(Shalim shabzi terdi).

Shuning uchun iborali nutqda tovushlar differentsiatsiyasini tekshirish tekshirish

zarurdir.

Tekshirish uchun maxsus predmetli va syujetli rasmlar tanlanadi.
So‘zning bo‘g‘in tuzilishini tekshirish.Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar bilan birga

bolalarda ko‘ bo‘g‘inli so‘zlar va qo‘sh undoshli so‘zlarni talaffuz qilishda bir qator qiyinchiliklar
kuzatiladi.Masalan:televizor-tvizor,mexanizatsiya-mexansasa,kelinoyi-kenagi,qo‘ng‘iroq-
qo‘g‘iroq,militsioner-missoney.

So‘zlarda bo‘g‘in tuzilishining buzilishi tovushlar va bo‘g‘inlar o‘rnini

almashtirirish,ularni tashlab ketish,q’shib talaffuz etish xollarida ko‘proq namoyon
bo‘ladi.Shuning uchun bola turli bo‘g‘inli so‘zlarni qanday talaffuz etayotganini tekshirish
zarurdir.

Quyida shunday soz’lardan misollar keltiriladi.
tramvay shahanshoh
qanddon

o‘yinchoqlar

gulli ekskavator
gultojixo‘roz daraxtzor
televizor mexanizatsiya
trolleybus jadallashtirish
Fonetik idrokni rivojlantirish nutq tovushlarini eshitish,ajratish va to‘g‘ri talaffuz qilish

qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.

Minimal juftliklarni farqlash:Masalan,kat-qat,bola-pola kabi o‘xshash,lekin farqli

tovushlarga ega so‘zlarni eshitib ajratish.

Musiq ava she’rlar:Xususan qofiyali she’rlar fonetik idrokni yaxshilashga yordam beradi.
Fonematik idrokni tekshirish.Tovushlar talaffuz holati tekshirib bo‘lingach,bola qanday

eshitib idrok etishi,ularni bir-biridan ajratishi tekshiriladi.Ayniqsa bu artikulyatsiya jihatidan bir-
biriga o‘xshash va jarangli va jarangsiz tovushlarga tegishlidir.Buning uchun turli fonemalar
guruhidan foydalaniladi.Masalan sirg‘aluvchi va shovqinli (sa-sha,sha-sa,za-ja,ja-za,sa-za,za-
sa,)jarangli va jarangsiz(pa-ba,ba-pa,ta-da,da-ta va boshqalar),sonor tovushlar(ra-la,la-ra va
boshqalar).

Tekshirish vaqtida logoped o‘zining ketidan turli oppozitsion bo‘g‘inlarni qaytarishni

so‘raydi.Masalan:sa-sha,sha-sa,ra-la,la-ra va boshqalar.

Agarda bola ba’zi tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etsa,tovushlarni farqlash quyidagicha

tekshiriladi:bolaga ma’lum (berilgan) bo‘g‘inni eshitganda biror bir harakatni bajarish tavsiya
etil adi.Masalan : bola bir qator sa ,za,pa,cha bo‘g‘inlar ichida sha bo‘g‘inini eshitganda qo‘lini
ko‘tarish.

Bundan tashqari bolaga aytilishi jihatdan o‘xshash,ma’nosi jihatdan farq qiladigan

so‘zlar ham berilib,ularni ajratib olishi tekshiriladi.Masalan:sim-shim,kuz-tuz,bosh-tosh,pol-
bol,gul-kul.Bu tekshirish turli usullardan foydalanib o‘tkazilishi mumkin.Masalan:kerakli rasmni
olib,sim-shim yoki kuz-tuz ,so‘ng ma’nosini aytib berish,ya’ni kuz nima-yu, tuz nima ? yoki sim
nima-yu shim nima?

Bunday har tomonlama logopedik tekshirishlarning natijalari hamma kerakli

ma’lumotlarni olishga , dislaliyaning sabablari,harakteri,og‘ir yoki yengil darajali ekanligi haqida
hulosa chiqarishga ,shuningdek kamchilikni tuzatish yo‘llarini belgilashga imkon beradi.

Logopedik -korreksion (tuzatish) ishlar sistemasi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

499

Tovushlar talaffuzining to‘g‘ri shakllanishi bo‘yicha olib boriladigan

hamma logopedik ishlar sistemasini shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin.

I-bosqich-tayyorgarlik bosqichi.Bu bosqichning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a)

eshitish diqqatini,eshitish xotrirasini va fonematik idrokni

rivojlantirish;

b)

nutqiy motorika rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf

etish,pereferik nutq apparati a’zolarining harakatini rivojlantirishuchun artikulyatsion
mashqlar o‘tkazish.

II-bosqich-talaffuz qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.Bu davrning asosiy

vazifalari:

a)

noto‘g‘ri tovush talaffuzini bartaraf etish;

b)

b)bolalarda mustaqil nutqning turli ko‘rinishlarida talaffuz qilish

ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.

Xulosa o‘rnida ,tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish va fonetik idrokni

rivojlantirish nutq madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki,logopedik mashqlar va artikulyatsion treninglar orqali talaffuz muammolarini
samarali hal qilish mumkin.Shuningdek,individual yondashuv va muntazam mashqlar orqali
fonetik idrokni rivojlantirish imkoniyati oshadi.Talaffuz to‘g‘riligi va aniqligi nafaqat shaxsiy
muloqotda,balki kasbiy sohalarda ham muhim rol o‘ynaydi.Shu bois, ushbu muammolarni bartaraf
etish uchun innovatsion metodlardan foydalanish tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Logopediya:T.B.Filicheva,L.S.Volkova,G.Chirkina,L.Mo‘minova va boshq. Toshkent

”O‘qituvchi:-1993

2.Nutq kamchiliklari:bartaraf etish texnologiyalari L.R.Mo‘minova Toshkent -2017
3.Koroleva I.V. Kar bolalar va kattalami koxlear implantatsiya qilish (elektrod eshitish

protezlari). - SPb .: KARO, 2008

4.Mamarajabova Z.N.Koxlear implantli eshitish moslamalari o‘rnatilgan, zaif eshituvchi

bolalar eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi- Toshkent:

5.Kuzmicheva E.P., Yaxnina S.Z. Kar bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish. - M., 2003 yil.
6. Mamarajabova Z.N.Koxlear implantli eshitish moslamalari o‘matilgan, zaif eshituvchi

bolalar eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi- Toshkent: AktivPrint,



















Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Logopediya:T.B.Filicheva,L.S.Volkova,G.Chirkina,L.Mo‘minova va boshq. Toshkent

”O‘qituvchi:-1993

Nutq kamchiliklari:bartaraf etish texnologiyalari L.R.Mo‘minova Toshkent -2017

Koroleva I.V. Kar bolalar va kattalami koxlear implantatsiya qilish (elektrod eshitish protezlari). - SPb .: KARO, 2008

Mamarajabova Z.N.Koxlear implantli eshitish moslamalari o‘rnatilgan, zaif eshituvchi bolalar eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi- Toshkent:

Kuzmicheva E.P., Yaxnina S.Z. Kar bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish. - M., 2003 yil.

Mamarajabova Z.N.Koxlear implantli eshitish moslamalari o‘matilgan, zaif eshituvchi bolalar eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi- Toshkent: AktivPrint,