Mualliflar

  • Gulbahor Xakimova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Bunyodjon Marasulov
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif tarjimai holi

  • Gulbahor Xakimova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi  2-kurs talabasi

  • Bunyodjon Marasulov, Andijon davlat pedagogika instituti

    Boshlang‘ich ta’lim kofedrasi dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86224

Kalit so‘zlar:

Individual yondashuv ta’lim klasteri

Annotasiya

Mazkur maqola ta’lim klasteri sharoitida alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim tarbiyasiga taaluqli dolzarb masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda ushbu bolalar duch keladigan asosiy muammolar, jumladan, individual yondashuvning yetishmasligi, o‘qituvchilar va pedagogik kadrlarning malaka darajasi, inkluziv muhitning rivojlanish darajasi tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, ushbu muammolarning yechimlari bo‘yicha takliflar, jumladan, ta’lim tizimida inkluziv ta’limni mustahkamlash, o‘qituvchilarni malakasini oshirish, hamkorlik klasterini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratadi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

542

TA’LIM KLASTERI SHAROITIDA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ

BOLALARNING TA’LIM- TARBIYASIGA DOIR MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Andijon davlat pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim

yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Xakimova Gulbahor Dilshodbek qizi

Marasulov Bunyodjon Sharipovich

Boshlang‘ich ta’lim kofedrasi dotsenti

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15237120

Annotatsiya.

Mazkur maqola ta’lim klasteri sharoitida alohida yordamga muhtoj

bolalarning ta’lim tarbiyasiga taaluqli dolzarb masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda ushbu
bolalar duch keladigan asosiy muammolar, jumladan, individual yondashuvning yetishmasligi,
o‘qituvchilar va pedagogik kadrlarning malaka darajasi, inkluziv muhitning rivojlanish darajasi
tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, ushbu muammolarning yechimlari bo‘yicha takliflar,
jumladan, ta’lim tizimida inkluziv ta’limni mustahkamlash, o‘qituvchilarni malakasini oshirish,
hamkorlik klasterini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratadi.

Kalit so‘zlar

. Individual yondashuv, ta’lim klasteri, alohida yordamga muhtoj bolalar,

pedagoglar malakasi, muammolar va yechimlar, ijtimoiy muhit, farmon va qarorlar.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat

tomonidan qo‘llab- quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” gi PF – 5270 – sonli
farmonida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga ularni jamiyatdagi mavqeyini
yanada oshirishga qaratilgan. 2019-yil 29- apreldagi “Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF 5712 sonli farmonida ta’lim-tarbiya jarayonida
individuallashtirish tamoyilini bosqichma- bosqich singdirib borish, ta’lim berish metodlarini
takomillashtirish imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim xizmati sifatini oshirish hamda mazkur
toifadagi har bir bolaning inkluziv ta’lim olishiga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan chora
tadbirlarni belgilab beradi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-
oktyabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim -tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ- 4860-sonli qaror mamlakatimiz ta’lim tizimida jahon
standartlari asosida islohotlarning maqsadli va manzili olib borilishini dolzarb masala sifatida o‘z
oldiga qo‘ydi. Mazkur qaror asosida imkoniyati cheklangan shaxslarning turmush darajasi va
sifatini yaxshilash ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish reablitatsiya hamda ta’lim-tarbiya
jarayonini takomillashtirish inkluziv ta’limni kengaytirish belgilab berilgan. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF 5987-sonli farmonida ta’lim klasterini
yaratish sohada samaradorlikni ta’minlovchi omil sifatida belgilab berilgan. Ta’lim klasteri
sharoitida alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim va tarbiyasiga doir muammolar hamda
ularning yechimlari ta’lim tizimining jiddiy e’tibor talab etuvchi jihatlardan biridir. Jamiyatning
har bir a’zosi sifatida bu bolalarning o‘ziga xos ehtiyojlarini qondirish, ularning intelektual,
ijtimoiy va psixologik rivojlanishini ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Ta’lim klasteri – bu
bir-biriga yaqin joylashgan ta’lim muassasalarning hamkorlikda ishlash tizimi bo‘lib, u
o‘quvchilar, ota-onalar va jamiyat a’zolari o‘rtasida samarali muloqot va o‘zaro hamkorlikni
rivojlantirishga imkon yaratadi. Ammo alohida yordamga muhtoj bolalar uchun bu tizimda qulay
muhit yaratish ayrim qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Muammolar qatorida inkluziv ta’lim
tamoyillarini to‘liq amalga oshirishdagi cheklovlar, maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassislarning
yetishmasligi va o‘quv mashg‘ulot resurslarning cheklanganligi kabi masalalar alohida e’tiborga
loyiqdir. Shu bilan birga, ta’lim klasteri sharoitida ushbu muammolarga innovatsion yechimlar
topish, jamiyatning barcha qatlamlarini hamkorlikka chorlash va alohida yordamga muhtoj bolalar
uchun moslashuvchan ta’lim jarayonini yaratish imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

543

kasb etadi. Ta’lim klasterlari maktablar, unversitetlar, davlat idoralari, notijorat

tashkilotlari va biznes kabi bir nechta manfaatdor tomonlarni birlashtirgan holda, umumiy
muammolarni hal etish va hamkorlik qilishga, shuningdek innovatsiya va bilim almashishni
rag‘batlantirishga qaratilgan. Bu esa ta’lim tizimini takomillashtirishning samarali usuli
hisoblanadi. Ta’lim klasterlarining asosiy afzalliklaridan biri resurslar va tajribalarni
birlashtirishdir. Ayniqsa inkluziv ta’lim tizimida bu juda samaralidir. Birgalikda ishlash orqali
muassasalar, shu bilan birga, boshqa tashkilotlar ham takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, o‘qitish
metodikasi hamda o‘quv materiallarini ishlab chiqishda o‘zlarining jamoaviy kuch va
imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Bu alohida ehtiyojga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun
yanada samarali va qiziqarli ta’lim jarayonini vujudga keltiradi. Ta’lim klasterlari ta’limning turli
darajalari o‘rtasidagi hamkorlikni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, unversitetlar alohida
yordamga muhtoj bolalarni o‘quv dasturlari, maxsus resurslardan foydalanish va amaliy o‘rganish
imkoniyatlarini taqdim etish uchun boshlang‘ich va o‘rta maktablar bilan hamkorlik qilishi
mumkin. Bu talabalarning kelgusi faoliyatlariga mos ravishda yetishtirish imkonini beradi.
O‘qituvchilar va mutaxasislar bunday ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli ishtirokchisi bo‘lish
uchun zarur bo‘lgan tehnologik vositalar hamda yetarlicha bilim va malakalarni egallagan
bo‘lishlari lozim. Ta’limda nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun tog‘ri tehnologiyalardan foydalanish
ta’lim jarayonini yanada samaraliroq qiladi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar yordamchi
vositalardan foydalanish orqali o‘z salohiyatini sezilarli darajada yaxshilash va oshirish
imkoniyatiga ega. Bunday bolalarga yordam beradigan ko‘plab foydali vositalar mavjud. Bu
tehnologiyalar o‘quvchilarda o‘quv va mehnat vazifalarida mustaqillikni rivojlantirishga yordam
beradi, tengdoshlar va o‘qituvchilar biln to‘liq muloqot qilish, mustaqil bilim olishni taminlash,
o‘zi bemalol sayrga chiqish imkoniyatlarini yaratib beradi.

Ta’lim klasteri sharoitida alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim va tarbiyasida

uchraydigan bir qancha asosiy muammolar mavjud.

- Individual yondashuv yetishmasligi. Ta’lim muassasalari ko‘pincha alohida yordamga

muhtoj bolalar uchun moslashtirilgan o‘quv rejalarga ega emas.

- Malakali kadrlar yetishmasligi. Maxsus pedagog va psixologlarning taqchilligi alohida

yordamga muhtoj bolalarning ehtiyojlarini qondirishda qiyinchiliklar tug‘diradi.

- Texnik vositalarning yetarli emasligi. Maxsus uskunalar va dasturlar yetishmasligi ta’lim

jarayonlarini qiyinlashtiradi. Bu o‘qituvchiga ham tarbiyasidagi o‘quvchiga ham noqulaylik olib
keladi.

- Ijtimoiy muhitni moslashtirish muammosi. Boshqa o‘quvchilar va ota-onalarning

tushunush va qo‘llab quvvatlash darajasi yetarli emasligi.

- Resurslarni birlashtirishda qiyinchiliklar. Ta’lim klasterida barcha muassasalar va

tashkilotlarning samarali hamkorligi ta’minlanmasligi.

Bunday muammolarga quidagicha yechimlar yechish maqsadga muvofiqdir.

-

Individual ta’lim dasturlarini joriy etish. Har bir bolaning ehtiyojlariga mos keladigan

ta’lim rejalarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash.

-

Maxsus malakaga ega kadrlarni tayyorlash. Pedagoglar, psixologlar va logopedlar uchun

malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

-

Maxsus vositalarni ta’minlash. Alohida yordamga muhtoj bolalar uchun tehnologiyalar va

qo‘shimcha materiallar bilan ta’minlash.

-

Ijtimoiy ongni oshirish. Jamiyatda alohida yordamga muhtoj bolalarga bo‘lgan

munosabatni o‘zgartirish uchun ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.

-

Hamkorlikni kuchaytirish. Ta’lim klasteridagi barcha tashkilotlar o‘rtasida resurslarni

o‘zaro almashishni yo‘lga qo‘yish.

Individual yondashuv alohida yordamga muhtoj bolalar uchun ularning individual

ehtiyojlari, qobilyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda puxta rejalashtirilgan bo‘lishi kerak.
Bunday bolalarning ehtiyojlari, ta’lim darajasi, qobilyatlari va imkoniyatlarini aniqlash uchun
individual baholash o‘tkaziladi. Bu jarayonda bolalarning kuchli tomomlariga, ularning


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

544

iqtidorlariga, qiziqishlariga alohida e’tibor qaratilib, ularning rivojlanish potensiali

aniqlanadi. Individual ishlashda pedagogik adaptatsiya ham muhim rol o‘ynaydi, bolalarga
o‘qituvchi moslasha olishi ularni ham bu jarayonga moslashtirishi juda muhimdir. Bu ta’lim
jarayonida o‘qituvchining psixologik qo‘llab quvvatlash ko‘nikmalarini rivojlantirishi zarur
hamda ota- onalar bilan faol muloqot olib borish, ularga kerakli bilim va ko‘nikmalarini berib
borishi maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda muhim jihat shundaki, har bir bola o‘zini qo‘llab-
quvvatlangan, qabul qilingan va hurmat qilinganligini his qilishi kerak. Individual yondashuvni
amalga oshirish uchun faqatgina pedagoglarning emas, balki oila va jamiyatning ham faol ishtiroki
zarur.

Alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim tarbiyasi dolzab masala bo‘lib, individual

yondashuvning yetishmasligi asosiy muammolardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Klaster
doirasida standart ta’lim dasturlari ko‘pincha maxsus ehtiyojli bolalarning talablari va
qobilyatlariga mos kelmaydi. Bundan tashqari, malakali pedagoglarning yetarli emasligi,
resurslarning cheklanganligi va jamiyatning ushbu masalaga e’tibori pastligi ham muhim
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Mazkur muammolarni yechish uchun moslashtirilga ta’lim
dasturlarini ishlab chiqish, pedagogik xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish, maxsus
ehtiyojlarga mos vositalar bilan ta’minlash kabi amaliy chora tadbirlar zarur. Shuningdek, ota-
onalar va jamiyatni faol jalb qilish orqali bolalarning ijtimoiy integratsiyasini ta’minlash muhim
ahamiyatga ega. Umuman olganda, ta’lim klasterlarida maxsus ehtiyojli bolalar uchun inkluziv
muhit yaratish nafaqat ta’lim sifatini oshirishga, balki jamiyatning insonparvarlik tamoyillarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola ushbu yo‘nalishda asosiy muammolarni aniqlash va
amaliy yechimlar taklif qilish orqali masalani yanada chuqurroq yoritishga hissa qo‘shadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-oktyabrdagi “Alohida ta’lim

ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim -tarbiya berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” PQ 4860-son qarori.

2.

F.U Qodirova, D. A Po‘latova ‘Inkluziv ta’lim’.

3.

X. N Muzaffarova, D. Tangirova “Inkluziv ta’lim”

4.

Xo‘jamsulov.U “pedagogic ta’lim innovatsion klasterining ilmiy nazariy asoslari”

2020 y

5.

Ta’lim klasteri sharoitida maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalarni

inkluziv va ixtisoslashtirilgan maktab ta’limiga kompleks tayyorlash metodikasini
takomillashtirish’ mavzusidagi loyiha dasturi. 2021 y.

6.

D. Xolmurodov maxsus yordamga muxtoj bolalar uchun pedagogik yondashuvlar

Toshkent. Sharq nashriyoti. 2018.

7.

Internet manbalari.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-oktyabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim -tarbiya berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ 4860-son qarori.

F.U Qodirova, D. A Po‘latova ‘Inkluziv ta’lim’.

X. N Muzaffarova, D. Tangirova “Inkluziv ta’lim”

Xo‘jamsulov.U “pedagogic ta’lim innovatsion klasterining ilmiy nazariy asoslari”

y

Ta’lim klasteri sharoitida maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalarni inkluziv va ixtisoslashtirilgan maktab ta’limiga kompleks tayyorlash metodikasini takomillashtirish’ mavzusidagi loyiha dasturi. 2021 y.

D. Xolmurodov maxsus yordamga muxtoj bolalar uchun pedagogik yondashuvlar Toshkent. Sharq nashriyoti. 2018.

Internet manbalari.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари