MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
531
INKLYUZIV TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH
Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Maktabgacha ta'lim fakulteti Maxsus
pedagogik Logopediya yo'nalishi 2- kurs 203-
guruh talabasi Axunova Odinaxon
Abduvohidovna
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15237059
Annotatsiya
. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim
sohasiga, xususan, inklyuziv ta’limni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Yangi
tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonunning 20-moddasida ham alohida bandlar kiritilib, mustahkam huquqiy asoslar yaratildi.
Bugungi kunda inklyuziv ta’lim jarayonida sog‘lom o‘quvchilar bilan birgalikda ayrim nuqsonlari
bor bo‘lgan o‘quvchilarning ham bilim olishlari ijobiy natijalarni bermoqda. Rivojlanishida
nuqsoni bor bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan birdek harakat qilib, kelajakda hayotda o‘z
o‘rinlarini topishga harakat qilmoqdalar. Bu bilan imkoniyati cheklangan bolalarning ham o‘z
tengqurlari kabi kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Ushbu maqolada
imkoniyati cheklangan bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish, hayotda o‘z yo‘lini topishga yordam
berish, natijada kelajakda bandlik muammolarini ham hal qilish imkoniyatlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
inklyuziv ta’lim, nuqson, kasb-hunar, imkoniyati cheklangan bolalar, bandlik,
nogiron, ijtimoiy faollik, mehnat bozori, ko‘zi ojiz, karlar jamiyati, savodxonlik.
Ma’lumki, bugungi kunda jahonda inklyuziv ta’lim jarayonida sog‘lom o‘quvchilar
bilan birgalikda ayrim nuqsonlari bor bo‘lgan o‘quvchilarning ham bilim olishlari ijobiy natijalarni
berayotganligi kuzatilmoqda. Inklyuziv ta’limning asosiy yutug‘i shundaki o‘quvchi nafaqat bilim
oladi, balki ruhiy jihatdan ham o‘z tengdoshlariga yetib oladi. Inklyuziv ta’lim jarayonida
rivojlanishida nuqsoni bor bolalar sog‘lom tengdoshlari bilan birdek harakat qilib, kelajakda
hayotda o‘z o‘rinlarini topishga harakat qiladilar. Bu bilan imkoniyati cheklangan bolalarni ham
o‘z tengqurlari kabi kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishlari ortadi. O‘zbekiston
Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 20-
moddasida ham inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-
xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga
bo’lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilganligi keltiirib o‘tilgan.
Inklyuziv ta
ʼ
lim alohida ta
ʼ
lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini
hisobga olgan holda barcha ta
ʼ
lim oluvchilar uchun ta
ʼ
lim tashkilotlarida ta
ʼ
lim olishga bo
ʼ
lgan
teng imkoniyatlarni ta
ʼ
minlagan holda beriladigan ta
ʼ
limdir. Imkoniyati cheklangan bolalarni
kasb-hunarga yo‘naltirish nafaqat ularga hayotda o‘z yo‘lini topishga yordam berish, balki
kelajakda bandlik muammolarini ham hal qilishdan iborat. Bugungi kunda imkoniyati cheklangan
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega
hisoblanadi. Buni to‘g‘ri anglash va yosh avlodni ish o‘rinlariga to‘g‘ri taqsimlash jamiyat
rivojining eng muhim jihatidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamd
а
ijtimoiy faolligini yanada
oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qaroriga muvofiq:
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida professional ta’lim muassasalari
bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda barcha hududlardagi kasb-hunar maktablari, kollejlar
va texnikumlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha har chorakda
qisqa muddatli kurslar tashkil etilmoqda. Bunda, qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlari
mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni inobatga olgan holda Kambag‘allikni qisqartirish
va bandlik vazirligi. O‘zbekiston nogironlar assosiatsiyasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
532
O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati hamda O‘zbekiston karlar jamiyati bilan
hamkorlikda ishlab chiqiladi.
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham
tavsiya etilgan va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, xorijiy tillar, kompyuter
savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari bo‘yicha doimiy ravishda o‘quv kurslarini tashkil
etmoqda. Bunda, o‘quv kurslarini tashkil etishda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun
binoinshootlarni moslashtirish, tegishli shart-sharoitlarni yaratish, jihozlash, o‘quv qurollari va
o‘quvmetodik materiallar bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat
jamg‘armasi hamda xorijiy grantlar va xalqaro kreditlar hisobidan amalga oshiriladi. Har bir yosh
bola (yoki o‘quvchi) yoshligidanoq ma’lum bir kasb-hunarni egallashga intiladi, biroq aksariyat
hollarda kelajakdagi egallamoqchi bo‘lgan kasb-hunarlari haqida ma’lumot olishlari qiyin bo‘lishi
mumkin.
Buning uchun maxsus pedagog va psixologlardan quyidagilarni inobatga olish talab etiladi:
- bolaning kasb-hunarlar haqida tasavvurini baholash;
- bolaning yoqtirgan kasbining o‘ziga mosligini o‘rganish;
- uning tanlagan kasbiga yaqin (yondosh) kasblarni ham bilish;
- tanlagan kasbini egallash imkoniyatini hisobga olish; - bolaning sevgan kasbi haqida imkon
qadar ko‘proq ma’lumotlar berish; - ularni ertangi kunga nisbatan ishonchini oshirish. Yuqoridagi
sanab o‘tilgan hususiyatlarni hisobga olgan holda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha rejalar ishlab
chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur rejalarda amalga oshiriladigan suhbat, trening va
boshqa jihatlarni faqatgina bitta o‘qituvchi tomonidan emas, balki bir nechta o‘qituvchi tomonidan
amalga oshirish yaxshi samara beradi.
Mavjud nazariyalardan shunday xulosaga kelish mumkinki, imkoniyati cheklanganlik bir
tomondan insonni ma’lum bir ehtiyojlaridan cheklab tursa-da, boshqa bir tomondan ularni
jamiyatda faol bo‘lishga, ilmiy-ijodiy faoliyatda o‘z bilimlari, ko‘nikmalari va iste’dodlarini
ko‘rsatishga undaydi. Misol uchun, Brayl tizimi asosida jahondagi minglab ko‘rish imkoniyati
cheklangan bolalar bilim olmoqdalar. Ular bilan tizimli ish olib borish esa bilim, ko‘nikma,
malakalarni to‘g‘ri shakllanishiga turtki bo‘ladi. “Kelajakda kim bo‘lmoqchisan?” yoki “Qaysi
kasbni egallamoqchisan?” kabi savollar bilan rivojlanishida ayrim nuqsoni bo‘lgan aksariyat
bolalarga murojaat qilsangiz, deyarli hamma bolalarda ikkilanish holatlarini kuzatishingiz
mumkin. Shu bois, yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish afzal bo‘lib, bu esa ijobiy natijalarga olib
keladi. Ma’lum bir kamchiliklarga ega bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirishda ana shu
nuqsonlarni sezdirmaslikka harakat qilish o‘qituvchi (logoped), tarbiyachi va psixologlarning
mahoratlariga bog‘liq. Bunday hollarda shunday yo‘l ko‘rsatish kerakki, bolalar o‘sha
kasbhunardan bezib qolmasin va unga bo‘lgan qiziqishlarini so‘nmasin.
Bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirishda muhim jihatlardan yana biri ularning yosh davrlarini
ham hisobga olish zarur. O‘smirlik davrida aksariyat kamchiligi bo‘lgan bolalar ruhiyatida
ta’sirchanlik bo‘lib, har bir so‘zga alohida e’tibor qaratadilar. Ayrim olimlar bu davrni
o‘smirlikning inqiroz krizis bosqichi deb ataydilar. Ana shu davrda bolani kasb-hunarga to‘g‘ri
yo‘naltira olish shu kasbga bo‘lgan munosabatni bir umr saqlab qolishga sababchi bo‘ladi.
Kasb-hunar tanlash o‘smir bolalarning balog‘atga yetish davri bilan birgalikda hamohang
bo‘lib, orzu-umidlarga berilish hamda qiziqishlardan kelib chiqadi. Biror bir kasbni ongli ravishda
tanlashda, birinchi navbatda, u yoki bu mehnat turiga nisbatan ehtiyoj inobatga olinsa, ikkinchi
tomondan shaxsiy moyillik va qobiliyatlarni hisobga olish talab etiladi. Insonning shaxsiy sifatlari
u yoki bu kasb-hunar talablariga qanchalik muvofiqligi nazarda tutiladi. Kasb-hunarni tanlashda
ishlab chiqarish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy jihatlarni, ya’ni
ma’lum bir kasb-hunarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqni ham shakllantirishi muhimdir.
Xulosa o‘rnida, imkoniyati cheklangan bolalarni kasb-hunarga jalb qilishda quyidagi
jihatlarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir: - imkoniyati cheklangan bolalar uchun
kasb-hunar o‘rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va to‘liq ifodalash;
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
533
- tegishli kasblar yuzasidan maslahatlar berish, o‘quvchi va uning ota-onasi
bilan uning jismoniy imkoniyatiga qarab kasb-hunarga yo‘naltirish tadbirlarini ishlab chiqish;
- bolalarning imkoniyatlariga mos asosiy kasb-hunar turlari bilan tanishtirib borish;-
imkoniyati cheklangan bolalarni mehnat ta’limi darslari davomida kasb-hunarga tayyorlash va
ularda muayyan kasblarga nisbatan qiziqishlarni uyg‘otish; - kasb-hunar tanlashga yordam
beruvchi “ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil qilish, bu jarayonga yetakchi mutaxassislarni
jalb qilish; - o‘quvchilarda kasblar olami bilan tanishish jarayonida o‘zi sevgan kasb xususiyatlari
bilan yaqindan tanishish maqsadida turli o‘yinlar orqali kasb doirasida o‘zini sinab ko‘rish
imkoniyatini yaratish, buning uchun kasblar olamiga taalluqli rolli o‘yinlar tashkil etish;
- imkoniyati cheklangan bolalar uchun zamon talablariga javob beradigan maxsus kasbhunar
tanlash xonalarini tashkil etish; - ommaviy axborot vositalari orqali kasb tanlash yuzasidan
targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish hamda bu masalada imkoniyati cheklangan bolalarga
ma’lumotlar berish, ularni psixologik tayyorlash kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020 yil 23
sentabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada
oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarori. 2021 yil, 21 dekabr.
3. “Inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari: muammo va ularning yechimlari” mavzusidagi
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari toplami"Toshkent-2021-yil.
