Mualliflar

  • Sabohat Ahmadjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Sabohat Ahmadjonova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat  pedagogika instituti Maxsus pedagogika (logopediya ) yo’nalishi 2-kurs talabasi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86256

Kalit so‘zlar:

Rinolaliya nutq rivojlanishi artikulatsion boʻlim

Annotasiya

Maqolada rinolaliyani shakllari va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar hamda ,artikulyatsiyasidagi buzilishlar nutq rivojlanishi uchun kerak boʻladigan logopedik mashgʻulotlar,jarroh aralashuvi orqali amalga oshiriladigan korreksion ishlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

452

RINOLALIYADA NUTQ RIVOJLANISHINI KECHIKISH SABABLARI VA UNI

TUZATISH USULLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maxsus pedagogika (logopediya ) yo’nalishi

2-kurs talabasi Ahmadjonova Sabohat Nodirbek qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233679

Annotatsiya:

Maqolada rinolaliyani shakllari va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar

hamda ,artikulyatsiyasidagi buzilishlar nutq rivojlanishi uchun kerak boʻladigan logopedik
mashgʻulotlar,jarroh aralashuvi orqali amalga oshiriladigan korreksion ishlar haqida ma'lumotlar
keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

Rinolaliya,nutq rivojlanishi,artikulatsion boʻlim, logopediya, nutq

buzilishi, fonatsiya,tovush.

Rinolaliyaning kelib chiqish sabablari turlicha boʻlishi mumkin Har xil omillar ta'sirida

masalan pereferik nutq apparati organlari, lablar,burun,qattiq tanglaylardagi kamchiliklar organik
oʻzgarishlar natijasida kelib chiqishi mumkin.Adenoidlar,burun suyagining qiyshayishi
popilomalar boʻlishi mumkin.Nuqson kelib chiqishini hamda bartaraf etish uchun tibbiy-
pedagogik va tibbiy tomondan oʻrganish manqalanishda nutq buzilishlarini bartaraf etish uchun
pedagogik metodlardan 2 xil yoʻnalish vujudga kelgan. Ularning birinchisi-nemis yoʻnalishi
boʻlib,Germaniya va boshqa qator mamlakatlar qabul qilgan. Bu yoʻnalish kuchli ta'sirlovchilar
bilan chiqariladigan qoʻzgʻalishning dastlabki irradiatsiyasi prinsipiga asoslanadi,bu bilan esa
normal nutq harakat organlarining kompleks faoliyatiga defektli organlar ham jalb qilinadi.
Ikkinchi yoʻnanish esa shartli ravishda Fransuz yoʻnalishi-toʻgʻri nafas va ovoz hosil qilish
tamoyiliga asoslanadi.Nutq kamchiligini korreksiyalash uchun eng samarali boʻlgan metodlardan
foydalanish muhim hisoblanadi va shu bilan birga vaqt ham talab qiladi. Bilamiz-ki Rinolaliya
nutq kamchiligi tanglay-halqum birlashuviga koʻra 3 turga ajratiladi:

1.Yopiq rinolaliya
2. Ochiq rinolaliya
3.Aralash rinolaliya

Ushbu rinolaliyaning qay holatdagiga,darajasiga qarab,nutq kamchiliklari farqlanadi.

Rinolaliya ertaroq korreksiya qilinsa nutq kamchiligini kechikishi oldi olingan boʻladi. Agarda
nutq kamchiligini korreksiyasi kechiksa koʻp hollarda nutqi bilan birga boshqa turdagi
kamchiliklar ham boʻlishi mumkin,masalan nutq kamchiligiga ega boʻlgan shaxs oʻzini nutqidan
uyalgan holda jamiyatdan uzilib qolish,muloqot qilishni hohlamaslik, bu esa rivojlanishida orqada
qolish kabi holatlarni yuzaga keltirishi mumkin.Rinolaliyada nutq kechikib rivojlanadi, ya’ni
birinchi so'zlar ikki yoshda va undan keyin paydo bo'ladi. Nutq oʻziga xos sifatli xususiyatlarga
ega bo'ladi. Impressiv nutq nisbatan normal rivojlanadi, ekspressiv nutqda ahamiyatli oʻzgarishIar
bo'ladi. Birinchi navbatda bemorlar nutqining kam tushunarliligini ta'kidlash zarur. Og‘iz
bo‘shlig‘ida tilning nuqsonli holati natijasida undosh tovushlar til uchi holatining o'zgarishi va yuz
muskullarining ortiqcha faollashuvi hisobiga hosil bo‘ladi. Til uchi holatini bu kabi o‘zgarishlar
nisbatan doimiy bo‘lib, ma’lum bir tovushlarning artikulatsiyasi bilan oʻzaro munosabatda
boʻladi.Bemorlar uchun ba’zi undosh tovushlarning talaffuzi katta qiyinchilik tug‘diradi, ya’ni t,
o,ch, sh, j, r tovushlari uchun yuqori tishlar va alveollar oldida zaruriy toʻsiq yarata olmaydilar, s,
z tovushlarining talaffuzi uchun pastki tishlar oldida to'siqni hosil qilmaydilar va og‘izdan nafas
chiqara olmaydilar, Shuning uchun rinolaliklarda sirg‘aluvchi va shovqinli undosh tovushlar
talaffuzi oʻziga xos jaranglashga ega bo'ladi. K, g tovushlari umuman yo‘q boʻladi, yoki

xarakterli portlash ular oʻrnini bosadi. Unli tovushlar tilning orqaga tortilishi va havoni

burundan chiqishi bilan talaffuz qilinadi va sustlashgan lab artikulatsiyasi bilan xarakterlanadi.
Shu tarzda unli va undosh tovushlar kuchli burun ottenkasi bilan shakllanadi. Rinolaliyada
nuqsonni korreksiya qilish tibbiy va ruhiy-pedagogik vositalar yordamida amalga oshiriladi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

453

Odatda,davolashning xirurgik metodlari qoʻllaniladi.Radikal urnoplastikaning

maqsadi tanglay yoriqliklarini bartaraf etish, yumshoq tanglayni uzaytirish halqum aylanasi
oʻrnini qismini toraytirish. Xirurgik aralashuv birinchi navbatda ovqatlanishni yaxshilash va
bolani normal nafas olishini tiklash uchun zarurdir. Uranoplastika muhlatlari haqidagi masala
oxirigacha hal qilinmagan masalalardandir. Ko‘pchilik mualliflar operatsiya uchun maktabgacha
tarbiya yoshi juda qulay deb hisoblaydilar. Maktabda oʻqitish davrigacha logopedning yordami
bilan bolada to ‘g‘ri nutqshakllantiriladi.Lekin, 5 - 6 yoshlarda ko'pincha bolaning jismoniy
rivojlanishi va somatik holati yaxshi emasligi uranoplastika qilishni kechiktiradi.Lab operatsiyasi
(xeyloplastika) birmuncha yengil bo'lib, uni hamma joyda qilish mumkin, bola hayotining
dastlabki 2—3 kunlarida amalga oshiriladi (L.Ye. Frolova). Bu esa bolaning rivojlanishini
yaxshilaydi,
uning tashqi ko'rinishini normallashtiradi. Ba’zan xeyloplastika bola biroz
kuchga kirgan va yangi hayotiy sharoitga moslashilgandan so‘ng dastlabki
6 -oydan so'ng qilinadi.Logopedik amaliyotda yaxshi qilingan uranoplastika katta ahamiyatga
egadir. Agar tanglay yetarli darajada pastga tushgan

bo'lsa, ortiqcha tarangliklar bo'lmasa, tanglay pardasining harakatchanligi yaxshi boʻlsa ,

logopedik ish samaradorligi ahamiyatli darajada ko'tariladi.
Ba’zi biralohida hollarda bolalar operatsiya qilinmay, ularga yoriqlikni
berkituvchi plastin obturtordan foydalanish tavsiya qilinadi.
Agar obturatorlar birinchi so'zlar paydo bo'lishiga qadar qo'llaniisa
(1 -2 voshda) faol nutqning rivojlanishi birmuncha yaxshi sharoitda
kechadi, lekin butunlay manqalanish bartaraf qilinadi deb kafolat
berilmaydi. Birmuncha kechikib qo'yilgan obturatorlar hech qanday
ahamiyatga ega bo'lmaydi.

Rinolaliyani korreksiyasida logopedik mashgʻulotlarni rus olimlari 2 davrga ajratgan:

"Rinolaliyada logopedik yordamni operatsiyagacha va operatsiyadan keyin oʻtkazish zarurligi
ta'kidlangan". Lekin koʻp hollarda operatsiyadan keyingi ishga juda katta urg‘u berilib, juda
ehtiyotkorlik bilan operatsiyagacha bo'lgan davrda mashgʻulotlarni oʻtkazish kerakligi ta'kidlab
oʻtilgan. Chunki operatsiyadan oldingi davrda logopedik mashgʻulotlar olib borishda toʻgʻri va
aniq qilib tovushlar oʻrgatilishi kerak,nega-ki operatsiyadan keyingi davrda oldingi
mashgʻulotlarga qarab yaxshilanib korreksiyalanib boradi.Rus olimi F.A. Rauning "Tug‘ma
tanglay yorug‘liklarida operatsiyagacha logoterapevtik mashqlar” maqolasida operatsiyagacha
bo'lgan davrda talaffuzni tarbiyalash boʻyicha mashg‘ulot umum qabul qilingan metodikaga qarab
o‘tkazish talab qilinadi.F.A.Rau "Operatsiyagacha boʻlgan davrda toʻgʻri artikulatsiyalarni
tarbiyalash qiyinligini, notoʻgʻri tarbiyalangan harakatlar esa operatsiyadan keyin logopedik ishni
qiyinlashtiradi" degan fikrni bayon qilgan. Shu tariqa operatsiyagacha boʻlgan davrdagi
mashgʻulotlarda talaffuzni shakllantirishga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini tavsiya
qiladi.

Xulosa qilib aytganda har bir bosqichda ya'ni operatsiyagacha va operatsiyadan keyingi

bosqichlarda ham logoped mashgʻulotlarni artikulyatsion gimnastika,nafas mashqlari tovushlar
ustida ishlash kabi mashgʻulotlarni samarali tashkil qilishi, bolani nutqini toʻgʻri shakllantirish
kerak boʻladi. Rinolaliya korreksiyasida faqat logoped mashgʻulotlari emas,zarur boʻlsa
shifokorlar bilan hamkorlikda ishlash jarrohlik muolajalari yordami bilan ham nutq rivojlanishini
yaxshilashimiz mumkin boʻladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.Logopediya M.Ayupova Toshkent 2008.y
2.Logopediya M.Ayupova,L.Moʻminova Toshkent 1993.y
3. "Korreksion pedagogika va logopediya"V.S.Raxmanova 2017.y

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Logopediya M.Ayupova Toshkent 2008.y

Logopediya M.Ayupova,L.Moʻminova Toshkent 1993.y

"Korreksion pedagogika va logopediya"V.S.Raxmanova 2017.y