Mualliflar

  • Mahzuna Qodirova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Sabohat Ahmadjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif tarjimai holi

  • Mahzuna Qodirova , Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat  pedagogika instituti Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

  • Sabohat Ahmadjonova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat  pedagogika instituti Maxsus pedagogika (logopediya ) yo’nalishi  2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86254

Kalit so‘zlar:

Ochiq rinolaliya yopiq rinolaliya

Annotasiya

Ushbu maqolada rinolaliyani nutq kamchiligi va uning turlari haqida ma'lumotlar berilgan. Shu bilan birga maqolada ochiq,yopiq va aralash rinolaliya haqida batafsil ma'lumotlar berib oʻtilgan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

457

RINOLALIYA NUTQ KAMCHILIGINING TURLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

Qodirova Mahzuna Shamshidin qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Maxsus pedagogika (logopediya ) yo’nalishi

2-kurs talabasi Ahmadjonova Sabohat Nodirbek qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233711

Annotatsiya.

Ushbu maqolada rinolaliyani nutq kamchiligi va uning turlari haqida

ma'lumotlar berilgan. Shu bilan birga maqolada ochiq,yopiq va aralash rinolaliya haqida batafsil
ma'lumotlar berib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar :

Ochiq rinolaliya,yopiq rinolaliya,aralash rinolaliya,logopediya,

rezanans,artikulyatsiya,ovoz,tovush

Rinolaliya (grekcha so'zdan olingan boʻlib, rhinos - burun, lalia — nutq) nutq

apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzidagi
buzilishdir.Lab va tanglay yoriqlari bilan izohlanadigan rinolaliya tibbiyot va logopediyaning turli
tarmoqlari uchun xirurg-stomatologlar, ortodontlar, psixonevrologlar, logopedlar uchun o‘rganish
obyekti, predmeti hisoblangan.Rinolaliya hosil boʻlishga ko'ra dislaliyadan farq qiladi, ya'ni
rinolaliyada tovushlarni burun-dimogʻda bilan talaffuz qilish hollari kuzatiladi.Rinolaliyada
tovushlar artikulatsiyasi, fonatsiya, tovush hosil boʻlish mexanizmlari jiddiy ravishda normadan
chetga chiqadi.Normal fonatsiya bo‘Iganda kishida burun tovushlaridan tashqari nutqdagi hamma
tovushlarni talaffuz qilish vaqtida burun-halqum va burun boʻshlig‘ining boʻg‘iz va og‘iz
boʻshlig‘idan ajralish ro‘y beradi.Nutq jarayonida yumshoq tanglay uzluksiz ravishda turli
balandlikka ko‘tariladi va tushadi, bu holat tovushlar talaffuziga bog‘liqdir. Unli tovushlar
talaffuzida tanglay-halqum undosh tovushlar talaffuziga nisbatan kamroq birlashadi. Tanglay-
halqumning eng kuchsiz birlashishi "v" undosh tovush talaffuzida; eng kuchli birlashish "s”
undosh tovush talaffuzida kuzatiladi.M, n burun tovushlarining normal talaffuzida havo oqimi
burun bo‘shlig‘ida erkin harakatda bo‘ladi.Tanglay-halqum birlashish funksiyasining buzilish
xarakteriga ko‘ra Rinolaliya uch shaklga ajratiladi.

Yopiq rinolaliya.

Yopiq rinolaliya nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida fiziologik burun

rezonansining pasayishi natijasida yuzaga keladi. M, n burun tovushlari talaffuzida eng kuchli
rezonans boʻladi. Bu tovushlarning normal talaffuzida burun-halqum yo‘li ochiq boʻladi va havo
oqimi toʻgʻri burun boʻshlig‘iga oʻtadi. Agar burun tovushlar talaffuzida burun rezonansi
boʻlmasa, unda burun tovushlari b, d tovushlariga o'xshab talaffuz etiladi.Rinolaliyaning yopiq
shaklining kelib chiqish sababi — burun boʻshligʻidagi organik oʻzgarishlar yoki tanglay-halqum
birlashishining funksional buzilishidir.Shu bilan birga burun boʻshligʻida havo oʻtishida
toʻsqinlikka uchrashi sabab boʻladi.

M. Zeeman yopiq rinolaliyaning ikki turini ajratadi:
Oldingi yopiq rinolaliya — bunda burun boʻshligʻida oʻtkazuvchanlik funksiyasi boʻlmaydi

va orqa yopiq rinolaliya — bunda burun-halqum bo‘shlig‘ida o‘tkazuvchanlik kamayadi.

Oldingi yopiq rinolaliyaning sababi — burun shilliq pardasida surunkali gipertrofiyaning,

burun bo‘shlig‘ida poliplaring bo‘lishi, burun devorining qiyshiqligi va burun boʻshlig‘ida
o‘smalaming boʻlishidir.Orqa yopiq rinolaliya - bolalarda adenoidlarning koʻpayib ketishi, burun-
halqumda poliplarning, fibroma va o‘smalarning paydo boʻlishida kuzatiladi.

Funksional yopiq rinolaliya bolalarda ko‘p uchrab turadi,lekin doimo aniqlash qiyin. Chunki

u burun boʻshlig‘ining yaxshi o‘tkazuvchanligida va burundan nafas olish buzilmagan hollarda
kuzatiladi. Bunda burun tembri va unli tovushlar talaffuzi qo'pol buzilgan boladi.

Organik yopiq rinolaliyaning sababi - burun boʻshligʻida o'tkazuvchanlikning buzilishidir.

Bunda burundan toʻgʻri nafas olish yoʻlga qoʻyilsa, ya’ni burun boʻshlig‘idagi oʻtkazuvchanlik


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

458

yaxshilansa hamma kamchilik yo‘qoladi.Yopiq rinolaliyaning belgilari: burun orqali

nafas olishning qiyinlashishi,burun tovushlari ya'ni m,n larning talaffuzdagi buzulishlari,ovoz
tembridagi oʻzgarishlari boʻlishi mumkin.

Ochiq rinolaliya.

Rinolaliyaning ochiq formasiga ogʻiz bo'shlig'ida hosil boʻluvchi

tovushlar dimogʻda talaffuz etiladi. I va U unli tovushlarida tembr sezilarli darajada o'zgaradi, bu
unli tovushlar artikulatsiyasida ogʻiz boʻshligʻiga hamma tovushlar artikulatsiyasiga ko‘ra
toraygan boʻladi unli tovushlar talaffuzida yuqoridagi holat kamroq uchraydi, chunki bu tovush
talaffuzida og'iz bo‘shlig‘iga kengroq ochiladi.Undosh tovushlar talaffuzida tembr buzilishlari
kuzatiladi.Shovqinli va qorishiq tovushlar talaffuzida xirillagan tovush qo'shilib keladi. Portlovchi
p, b, k va g tovushlari noaniq talaffuz qilinadi, chunki og‘iz bo‘shlig‘ida yetarli darajada havo
bosimi hosil boʻlmaydi, natijada burun bo‘shligli to'liq bekilmaydi.Ochiq rinolaliya Organik va
Funksional boʻlishi mumkin.

Organik ochiq rinolaliya tug‘ma va hayot davomida orttirilgan bo‘ladi.Ochiq rinolaliyaning

tug'ma shaklining sababi yumshoq va qattiq tanglaydagi yoriqliklardir.Hayotda orttirilgan ochiq
rinolaliyaga og‘iz va burun bo‘shlig‘ida jarohatlanishlar bo'lishi yoki yumshoq tanglayni hayot
davomida falajlanishi kabilar sabab bo‘lishi mumkin.

Funksional ochiq rinolaliyaning paydo bo'lish sabablari turli xil boʻladi. Masalan, bolalarda

ovozning hosil bo‘lishida yumshoq tanglay harakatining sust boʻlishi. Funksional ochiq rinolaliya
asab kasalliklarida ham namayon bo‘lish hollari kuzatiladi. U adenoidlarni olib tashlagandan so‘ng
kamroq kuzatilsa, difteriyadan keyingi falajlanishda ham kamroq kuzatiladi. Rinolaliyaning bu
shaklini tekshirishda qattiq va yumshoq tanglayda biron-bir o'zgarishlarning borligi aniqlanmaydi.
Funksional ochiq rinolaliyaning belgilarida asosan unli tovushlar talaffuzi buzilgan boʻladi.

Undosh

tovushlar

talaffuzida

tanglay-halqum

birlashishi

yaxshi,

normada

boʻladi.Funksional ochiq rinolaliya organik rinolaliyaga nisbatan yengil kechadi. Ovoz
mashqlaridan so‘ng burunlanish tembri yo‘qoladi, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklari
odatdagidek, ya’ni dislaliyani bartaraf etishda qo‘llanadigan usullar orqali bartaraf etish mumkin.

Nutqqa burunli ottenkani beruvchi tanglayni tug‘ma nuqsonlariga quyidagilar kiritiladi:
1) tanglay va labning tug‘ma yoriqliklari;
2) shilliq qavat osti yoriqliklari:
3) tanglayning tug‘ma rivojlanmasligi
4) yuzning tug‘ma assimetriyasi.
Amaliyotda ko'proq lab va tanglavdagi yoriqliklar kuzatiladi.Tanglay yoriqliklari shakllari

favqulodda xilma-xil bo‘lib, ularning hammasi nutq buzilishigi olib keladi.Lab yoriqliklari labning
qisman va toʻliq yoriqliklariga ajratiladi. Qisman lab yoriqligi faqat lab chetida boʻladi, ya'ni
nuqson pastki burun tirqishiga yetib bormaydi. Agar yoriqlik burun tirqishining pastki sohasini,
ba'zan burun yoʻlini oldingi uchini qamrab olgan boʻlsa, yoriqlik to'liq hisoblanadi.

Tanglaydagi tug’ma yoriqliklarning boʻlishi bolaning jismoniy rivojlanishiga ta ’sir qiladi.

Nuqson qanchalik keng bo‘lsa, bola shunchalik ko‘p rivojlanishida buzilishlarga ega boʻladi.
Tanglay yoriqligining mavjudligi bolaning fiziologik nafas olishini yomonlashtiradi. Tug‘ma
yoriqligi bor bolalar o ‘z nuqsoniga instinktiv ravishda moslanishga majbur boʻladilar. Bu
moslanish tilning og‘iz boʻshlig‘ida oʻziga xos joylashuvida namoyon bo'ladi. Rinolaliyadagi
tanglay nuqsonlari butun artikulatsion apparat muskullarni notoʻg‘ri muskul bogʻliqligini keltirib
chiqaradi. Rinolaliyada nutq apparati muskullari anatomik jihatdan saqlangan bo‘lsa ham,
harakatlar oʻzlarining sustligi, tormozlanganligi bilan ajralib turadi.

Aralash rinolaliya

. Rinolaliyaning bu turi burun rezonansining patologik kamayganligi

holida havoning burundan chiqib ketishi bilan izohlanadi, oqibatda barcha nutq tovushlarining
artikulatsion va akustik tomondan buzilishi kuzatiladi. Ovoz tembri ahamiyatli darajada
oʻzgaradi.Aralash rinolaliyada ham ochiq, ham yopiq rinolaliyaning belgilari birga qo'shilgan
holda namayon boʻladi. Bunda burun yo'li toʻsilib qolgani holda tanglay-halqum pardasida ham
o'zgarishlar bo‘ladi. Burun tovushlari yopiq rinolaliyadagi singari, boshqa tovushlar esa ochiq


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

459

rinolaliyadagi kabi talaffuz qilinadi. Aralash rinolaliya ham organik, ham funksional

xarakterda bo'lishi mumkin.

Organik xarakterdagi aralash rinolaliyaga yumshoq tanglayning kaltaligi yoki falajligi sabab

bo'lsa, funksional aralash rinolaliyaga tanglay-halqum yorig'ining funksiyasi o'zgarishi natijasida
burun yoʻlining toʻsilib turishi sabab boʻladi.Aralash rinolaliya belgilari: Nutqida toʻgʻri
boʻlmagan burun ohangidagi buzulishlar,ayrim tovushlar burun orqali ortiqcha talaffuz etilsa,ba'zi
tovushlar esa yetarli daraja burun rezanansiga ega boʻlmaydi,umumiy nutq buzulishi va eshitish
qobiliyatining pasayishi kabilar kuzatilishi mumkin. Xulosa qilib aytganda rinolaliya burun
rezanansining buzulishi boʻlib, bu holat burun boʻshligʻi va yumshoq tanglay funksiyalarining
anatomik va fiziologik kamchiliklari bilan bogʻliq.Rinolaliya tugʻma va orttirilgan sabablar
natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bu nutq kamchiligi faqat tovushlar talaffuziga ta'sir etib
qolmasdan balki, umumiy nutq holatlariga salbiy ta'sir koʻrsatadi shuning uchun uni iloji boricha
erta aniqlab korreksiya qilish muhim hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Logopediya M.Ayupova.Toshkent 2008.y

2."Korreksion pedagogika va logopediya" V.S.Raxmanova 2017.y
3."Logopediya" G.A Yoʻldosheva.2014.y
4.Logopediya.M.Ayupova,L.Moʻminova.Toshkent 1993.y

































Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Logopediya M.Ayupova.Toshkent 2008.y

"Korreksion pedagogika va logopediya" V.S.Raxmanova 2017.y

"Logopediya" G.A Yoʻldosheva.2014.y

Logopediya.M.Ayupova,L.Moʻminova.Toshkent 1993.y

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Mahzuna Qodirova, Robiya Musaxoʻjayeva, DISLALIYA SHAKLLARI VA TURLARI. , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mahzuna Qodirova, Sojida Mamarasulova, DIZARTRIYADA OLIB BORILAYOTGAN KORREKSION - PEDAGOGIK ISHLAR TIZIMI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mahzuna Qodirova, INKLYUZIV TA‘LIM SHAROITIDA ESHITISHIDA KAMCHILIGI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNI O‘QITISH USLUBIYATI. , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mahzuna Qodirova, Shoxsanamhon Turgunova , AUTIZM SINDROMLI BOLALAR , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mahzuna Qodirova, INKLYUZIV TA‘LIM SHAROITIDA ESHITISHIDA KAMCHILIGI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNI O‘QITISH USLUBIYATI. , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mahzuna Qodirova, INKLYUZIV TA‘LIM SHAROITIDA ESHITISHIDA KAMCHILIGI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNI O‘QITISH USLUBIYATI. , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Sabohat Ahmadjonova, RINOLALIYADA NUTQ RIVOJLANISHINI KECHIKISH SABABLARI VA UNI TUZATISH USULLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mahzuna Qodirova , Gulsora Xomidova, ESHITISHDA KAMCHILIGI BOʻLGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN LOGOPEDIK ISH TIZIMI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mahzuna Qodirova, Sojida Mamarasulova, DIZARTRIYADA OLIB BORILAYOTGAN KORREKSION - PEDAGOGIK ISHLAR TIZIMI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mahzuna Qodirova, Shoxsanamhon Turgunova , AUTIZM SINDROMLI BOLALAR , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

1 2 > >>