MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
420
ART TERAPIYANING SAHNA TURI YORDAMIDA NUQSONLI BOLALAR
NUTQINI RIVOJLANTIRISH
Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
1-kurs magistrantlari Abdullayeva Kamola Erkin qizi
Abdulmuhtorova Mohlaroy Bahtiyorjon qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233575
Annotatsiya
: Mazkur tezisda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutqida nuqsoni bor
tarbiyalanuvchilarning nutqini sahna terapiyasi yordamida rivojlantirish jarayonning
samaradorligini oshirishi haqida ma’lumot beradi. Sahna nutqi tarbiyalanuvchilarning ma’naviy,
ma’daniy intelektual fazilatlarini rivojlantirishda muhim vosita sifatida hizmat qilishi haqida
axborot beradi.
Kalit so’zlar:
Nutq, sahna terapiyasi, nutqdagi nuqsonlar, orfoepiya, qo’g’irchoq, sahna
nutqi, mashqlar, nutq terapiyasi amaliyoti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “ O‘zbekiston – 2030” harakatlar
strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida qarorlar qabul qildi.
Unda ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy,
estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish,
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash,
ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qoʻllaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini joriy etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlash
boʻyicha farmoyish qabul qilindi. XXI asrda jahon miqyosida ta’lim barqaror taraqqiyotni
ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilib, 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim
konsepsiyasida “sifatli ta’lim olish va ijodiy qobiliyatni ragʻbatlantirish” dolzarb vazifa sifatida
belgilandi
“Art terapiya” art – san’at, theorapy –davolash, san’at yordamida davolash degan ma’noni
anglatadi. Uning bir necha asosiy turlari mavjud. Shu jumladan, sahna turining nuqsonli bolalar
nutqini rivojlanishi uchun ahamiyati katta.
Ma’lumki, mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Teatr bu yunoncha (tiyation) so’zidan olingan bo’lib tomoshaxona degan ma’noni bildiradi. Jajji
kichkintoylarimizning sevimli teatri bu qo’g’irchoq teatridir.Bu teatr orqali bolalar o’zlariga yaqin
va tanish bo’lgan o’yinchoqlarni, ayiqcha, quyoncha va boshqa qahramonlarni jonli ravishda
ko’radilar.
Jumladan nutqida nuqsoni bor bolalarda sahna nutqi va uning ahamiyati shundan iboratki
teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh etish bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham
egadir. Shu sababli sahna ijrosida bolani, nutqida nuqsoni bor bolalarni qatnashtirib, sahna
terapiyasidan foydalanib, inson ruhiy olamiga ta’sir ko’rsatish imkoni mavjud. Nutqning
uyg’unligini shakllantirish, so’zlarlarni mazmunli va mantiqiy tuzish ko’nikmalarini rivojlantirish
maktabgacha yoshdagi bolaning nutq tarbiyasining asosiy vazifalaridan biridir. Shuning uchun
izchil nutqning shakllantirishning yangi maxsus uslubiy usullari va vositalarini izlash muhimdir.
Sahna nutqi dramatik asarni teatrlashtirishning eng muhim vositasidir. Sahna nutqi nutqida
muammosi bor bolalarga chiroyli hayollar, g’oyalar, fikrlar va his tuyg’ularni va nutqidagi
nuqsonlarni kamaytirish imkonini beradi.
Sahna nutqining asosiy elementlari :
-Adabiy til me’yorlariga rioya qilish
-Tog’ri talaffuz
-Hissiyot detirinaj
Adabiy tilning me’yori - umumiy qabul qilingan til vositalaridan foydalanish, tovushlar,
urg’u, intonatsiya so’zlar va ularning shakllari.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
421
To’g’ri talaffuz ya’ni “Orfoepiya” atamasi yunonchada “to’g’ri” degan ma’noni
anglatuvchi “ortohs” va “nutq” deb tarjima qilingan “epos” so’zlaridan tashkil topgan. Shunga
ko’ra , Orfoepiya “to’g’ri nutqni” o’rganadigan, fan bo’lib talaffuz me’yorlarini, ularning
asoslanishi va tilda mustahkamlanishini belgilaydi.
Hissiyot detirinaj - bu his qilish, emotsiyani shakllantiradi va bu bolada nutqiy qobiliyatni
oshiradi.
Nutqida nuqsoni bor bolalarda sahna nutqining asosiy xususiyatlari:
Sahna nutqining asosiy xususiyatlari balandlik, jarangdorlik, ovoz balandligi, shuningdek
to’g’ri nafas olish texnikasi, talaffuzning ravshanligidir. To’g’ri nafas olmasdan , to’g’ri va
chiroyli gapirish mumkin emas. Shuning uchun nutq so’zlashdan oldin nafas olish mashqlarini
bajarish kerak. To’g’ri nafas olish texnologiyasini tushunmasdan natijaga erishish mushkul. Nutq
texnikasi nutqida nuqsoni bor bolalar nutq qobiliyatini tezda egallashga yordam beradi. Buni
nafaqat mashg’ulotlarda , balki uyda mashq qilish ham muhimdir. Bu tarbiyalanuvchiga tezroq
yaxshi natijaga erishish imkonini beradi. Nutqida nuqsoni bor tarbiyalanuvchilarning nutqini
rivojlantirish uchun darslarning tarkibiy qisimlari til burmalarining talaffuzi, intonatsiyalarini
to’g’ri tartibga soluvchi matnlarni o’qish, nafas olish mashqlaridir.
1. Harakatlarni o’z ichiga olgan mashqlar: bular to’g’ri nafas olishni amalga oshirishni
osonlashtiradi, to’g’ri nafas olish ko’nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Qorin
bo’shlig’i mushaklarini faollashtiradi.
2. Nafas olishni rivojlantiruvchi mashqlar, bunda tananing turli pozitsiyalari: yotish, o’tirish,
turish. Qorin bo’shlig’i mushaklarining faollashuvini kuzatish, uning ritmini tartibga solishni
o’rganishga yordam beradi
3.Kundalik hayotda bajariladigan mashqlar. Bunda asosiy maqsad o’qish paytida nafas
olishni mashq qilishdir.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki
, Art terapiyaning sahna turi nutqida nuqsoni bor
bolalar nutqini rivojlantirish uchun quyidagilarni qamrab oladi: mushakning erkinligi va halqum
faolligi, ovozning chidamliligini oshirish, bu turli psixofizik stresslar ostida tovushni saqlab qolish
imkonini beradi. Sahnada qo’g’irchoqlarga ovoz berish jarayonida o’zini qiynayotgan muommoli
vaziyatdan chiqish imkonini, nutqidagi muammoli talaffuzni muntazam mashqlar vositasida nutq
ravonligiga erishishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. SH. M. Mirziyoyev. “O’zbekiston-30” strategiyasi to’g’risida. Toshkent shahri, 2023-yil
11-sentabr, PF-158-son
2. M. Artikova – ART-TERAPIYA // O’quv – uslubiy majmua, Andijon 2023. 4-5
b.
2. Экономика и социум" №12-2(79) 2020 www.iupr.ru C.599
3. Болибеков А.А., Эгамбердиева М.Г. Совместная работа воспитателя и логопеда
дошкольного учреждения по устранению речевых нарушений у детей. // Вестник науки и
образования. 2020. №10(88).
4. С. 60-62. URL: http://scientificiournal.ru/images/PDF/2020/88/VNQ-10-88-III-.pdf
(Дата обращения 12 ноября 2020 г.)
5.Kayumova D. F Bolalar nutqini rivojlantirishda Art Terapiyaning o’rni международыи
научыи журнал №13 (100), часть1, 2023
6. Елсакова. А. Н, Лисовская. Н.Н, Соколова И В, Использавание иннаватцонниых
техналогий в работи учителя логапеда// Педагогика: традитсии и инноватции:материалы
междунар. Науч. конф (г. Челябинск июнь 2014 г) Челябинск: Два комсомольца, 2014. –
С. 33-34.
7. Силиванова Л В, Кондратьева С Ю, Игры с песком в работе логапеда// Логопед с
детском саду. 2008- №3- С 38-41.
