Mualliflar

  • Kamola Abdullayeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Kamola Abdullayeva , Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha taʼlim) yo‘nalishi 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86329

Kalit so‘zlar:

Zamonaviy ta’lim grammatika

Annotasiya

Mazkur tezisda tarbiyachilarning kasbiy faoliyatida nutq madaniyatining o‘rni va ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Tarbiyachilarning nutqi nafaqat pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi, balki, tarbiyalanuvchilarda madaniy, ma’naviy va intellektual fazilatlarni shakllantirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Nutq madaniyati — bu so‘z boyligi, intonatsiya, talaffuz, grammatik to‘g‘rilik, hamda nutqning ma’naviy-estetik jihatlarini birlashtiruvchi murakkab tizimdir.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

253

TARBIYACHILARDA NUTQ MADANIYATINING O‘RNI

Andijon davlat pedagogika instituti

Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(maktabgacha taʼlim) yo‘nalishi 1-bosqich magistranti

Kamola Abdullayeva

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15230386

Annotatsiya.

Mazkur tezisda tarbiyachilarning kasbiy faoliyatida nutq madaniyatining o‘rni

va ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Tarbiyachilarning nutqi nafaqat pedagogik jarayonning
samaradorligini oshiradi, balki, tarbiyalanuvchilarda madaniy, ma’naviy va intellektual fazilatlarni
shakllantirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Nutq madaniyati — bu so‘z boyligi,
intonatsiya, talaffuz, grammatik to‘g‘rilik, hamda nutqning ma’naviy-estetik jihatlarini
birlashtiruvchi murakkab tizimdir.

Kalit so‘zlar:

Zamonaviy ta’lim, grammatika, nutq madaniyati, qaror, MTT, lingvistik,

demokratik, didaktik, pedagogik, intonatsiya, kommunikativ.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida

maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida qarorlar qabul qildi. Unda ilgʻor
xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha
ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya
jarayoniga jahon amaliyotida keng qoʻllaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini joriy etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlash
boʻyicha farmoyish qabul qilindi. XXI asrda jahon miqyosida ta’lim barqaror taraqqiyotni
ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilib, 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim
konsepsiyasida “sifatli ta’lim olish va ijodiy qobiliyatni ragʻbatlantirish” dolzarb vazifa sifatida
belgilandi. Bu esa, maktabgacha ta’lim yoshidanoq bolalarni badiiy-estetik rivojlantirish, ijtimoiy-
madaniy an’analar vositasida etnobadiiy ta’limni keng rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda bugungi kunda tarbiyachilarga nisbatan mas’uliyat yanada
kuchaydi. Mamlakatimizning kelajagi koʻp jihatdan tarbiyachi va uning saviyasiga, fidoiyligiga,
yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab voyaga yetkazishiga bogʻliq.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va
shu bilan birga mas’uliyatli vazifalarni bajaradi. Bola shaxsining shakllanishida tarbiyachining
yetakchi rol oʻynashi, uning har bir bolani shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo
etadi. Tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, oʻyinlarda, mashgʻulotlarda, birgalikdagi mehnat
faoliyatida va ular bilan boʻladigan muomalada ta’sir koʻrsatadi. U har bir bolani diqqat bilan
oʻrganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon
qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak hamda ularga oʻz
vaqtida yordam koʻrsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Zamonaviy demokratik
jamiyatda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qoʻyilayotgan talablar tarbiyachidan muntazam
ravishda oʻzining umummadaniy va kasbiy tayyorgarligini boyitib borishni talab qiladi.
Tarbiyachi shaxsiga qoʻyiladigan muhim talablardan biri shuki, tarbiyachi nutq madaniyatiga ega
boʻlishi lozim.

Nutq madaniyati avvalo, to`g`ri ,adabiy til me`yorlariga amal qilgan holda so`zlashdir. Nutq

madaniyatining yuqori darajasi madaniyatli kishining ajralmas xususiyati hisoblanadi. Nutqimizni
yaxshilash har birimizning vazifamiz. Buning uchun talaffuzda, so'z shakllaridan foydalanishda,
jumlalarni tuzishda xato qilmaslik uchun nutqimizni kuzatib borishimiz kerak.

Nutq madaniyati adabiy til me’yorlariga rioya qilish, nutqni tushunarli, mazmunli va estetik

jihatdan boy qilib taqdim etish ko‘nikmasidir. Bu jarayonda talaffuz, leksika, grammatik tuzilma,
intonatsiya va kommunikativ maqsadning uyg‘unligi ta’minlanadi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

254

Nutq madaniyati — bu insonning og‘zaki va yozma nutqida adabiy til

me’yorlariga rioya qilishi, so‘z boyligidan samarali foydalanishi va muloqotda estetik zavqni
ta’minlay olishi. Tarbiyachilar uchun nutq madaniyati faqat lingvistik jihatlardan iborat bo‘lib
qolmay, balki pedagogik jarayondagi didaktik, psixologik va ijtimoiy omillarni ham qamrab oladi.

Tarbiyachilarning kasbiy faoliyatida nutq madaniyati muhim o‘rin tutadi. U bolalar bilan

samarali aloqa o‘rnatish, ularning bilim olishga qiziqishini oshirish va axloqiy-ma’naviy
fazilatlarini shakllantirishda asosiy vosita hisoblanadi. Tarbiyachilarning nutq madaniyati nafaqat
ular uzatadigan bilimning mazmuni, balki bolalar bilan qanday muloqot qilinishini ham belgilaydi.

Tarbiyachi nutq madaniyati – ijtimoiy madaniyatini, kishilik jamiyatining madaniyatini aks

ettiruvchi bir koʻzgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli – yozma va ogʻzaki shakli
uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor birgina tarbiyachilardan emas, balki har bir fuqarodan
ongli ravishda oʻzlashtirish talab qilinadigan insoniy vazifalaridan biridir. Uni egallash har bir
tarbiyachining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bogʻliq. Tarbiyachi pedagogik
mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini
tafakkurini ilmiy dunyo qarashini boyligini fikr va mushohada yuritishini belgilovchi meyordir.

Tarbiyachilarning nutq madaniyatiga qo‘yiladigan talablar

:

Adabiy til me’yorlariga rioya qilish

:

Nutqda fonetik, leksik, grammatik va stilistik

me’yorlarga rioya etish lozim.

Tushunarlilik

:

Nutq bolalar yoshiga mos, oson va ravon bo‘lishi kerak.

Emotsional boylik

:

Tarbiyachining nutqi samimiy, ta’sirchan va bolalarning

qiziqishini jalb qila oladigan bo‘lishi zarur.

So‘z boyligi

:

Tarbiyachi bolalarning lug‘at boyligini kengaytirish uchun boy va

xilma-xil so‘zlardan foydalanishi kerak.

Nutqning pedagogik qamrovi

:

Tarbiyachilar bolalarning dunyoqarashini

shakllantirish va tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun nutqning ta’sirchanligidan samarali
foydalanishi kerak.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, tarbiyachining nutq madaniyati – bu nafaqat

uning kasbiy mahoratining ajralmas qismi, balki bolalar bilan muloqotda ta’sirchan pedagogik
vositadir. Yuksak nutq madaniyatiga ega bo‘lgan tarbiyachi bolalarning intellektual, ma’naviy va
estetik rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Adabiy til me’yorlariga rioya qilish, so‘z boyligidan unumli
foydalanish va emotsional ta’sirchanlik bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va
ular bilan samimiy, iliq muhitda muloqot qilish imkonini yaratadi. Shu sababli, tarbiyachilarning
nutq madaniyatini rivojlantirish nafaqat shaxsiy, balki kasbiy o‘sish uchun ham muhimdir. Zero,
nutqi chiroyli va aniq bo‘lgan tarbiyachi jamiyatning madaniyatli, bilimli va barkamol avlodini
tarbiyalashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

SH. M. Mirziyoyev. “O’zbekiston-30” strategiyasi to’g’risida. Toshkent shahri,

2023-yil 23-sentabr

2.

M.K.Jabborova. Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari (CARJIS) ilmiy journal

bilan hamkorlikda 1(2) son 2022 y. 64-70b

3.

Turg’unboyeva N. Экономика и социум №4(95)-2 2022г С.487-490.

4.

Sodiqova Sh. A. Maktabgacha pedagogika. –T.: 2017

5.

Babayeva D.R Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. T.TDPU 2018y

6.

S. Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent,

1993

7.

Ortiqov A. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati- T.2002

8.

Qodirova Sh, Toshpo’latova Sh, A’zamova M. Maktabgacha pedagogika. T,2019

9.

Qodirova. N. R. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI

RAQAMLASHTIRISH //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – С. 109-111.



Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

SH. M. Mirziyoyev. “O’zbekiston-30” strategiyasi to’g’risida. Toshkent shahri, 2023-yil 23-sentabr

M.K.Jabborova. Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari (CARJIS) ilmiy journal bilan hamkorlikda 1(2) son 2022 y. 64-70b

Turg’unboyeva N. Экономика и социум №4(95)-2 2022г С.487-490.

Sodiqova Sh. A. Maktabgacha pedagogika. –T.: 2017

Babayeva D.R Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. T.TDPU 2018y

S. Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent,

Ortiqov A. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati- T.2002

Qodirova Sh, Toshpo’latova Sh, A’zamova M. Maktabgacha pedagogika. T,2019