Mualliflar

  • Umidaxon Mirzayeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Umidaxon Mirzayeva, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika kafedrasi assistent-o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86279

Kalit so‘zlar:

aqliy rivojlanish jismoniy rivojlanish tasavvur

Annotasiya

Mazkur maqolada inklyuziv ta’limda bolalarni Jismoniy rivojlanishi, Shaxsiy –psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari, Intellektual (aqliy rivojlanish) omillari hamda inklyuziv ta’limni ahamiyati va tushunchalari haqida so’z boradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

379

INKLYUZIV TA’LIMDA BOLALARNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

Mirzayeva Umidaxon Inamovna

Andijon davlat pedagogika instituti

Maxsus pedagogika kafedrasi

assistent-o‘qituvchisi

umidaxonmirzayeva@gmail.com

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233367

Annotatsiya:

Mazkur maqolada inklyuziv ta’limda bolalarni Jismoniy rivojlanishi, Shaxsiy

–psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari, Intellektual (aqliy rivojlanish) omillari hamda inklyuziv
ta’limni ahamiyati va tushunchalari haqida so’z boradi.

Kalit so‘zlar:

aqliy rivojlanish, jismoniy rivojlanish, tasavvur, ko’rish, inklyuziv ta’lim,

imkoniyati cheklangan bolalar, Shaxsiy –psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari, intellektual

Kirish:

Mamlakatimizda sog‘lom bolalar va imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim tizimida

tenglikni ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Buning yorqin natijasini davlatimiz
tomonidan yaratib kelinayotgan ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan say-
harakatlar va qaror va qonunlarda ko‘rishimiz mumkin. Konstitutsiyamizda e’tirof etilgandek “Har
kim ta’lim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim

tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun
shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim
olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’limda o’qish majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya,
umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratida bo’ladi. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar
uchun Ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim va tarbiyani ta’minladilar” deb belgilab qo’yilgan.

Jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar,

har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlaydi.

Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini

hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan
teng imkoniyatlarni ta’minlashi kerak bo’ladi.

Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim

tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etilmoqda.

Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

tomonidan belgilab beriladi.

Inklyuziv ta’limning maqsadi — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun

maktabda maxsus vosita va metodlarni qo‘llash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda
to‘siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda
to‘laqonli uyg‘unlashuviga xizmat qiladigan sifatli umumiy o‘rta ta’lim berishni ta’minlashi kerak
bo’ladi.

Maktablar alohida ta’lim olish ehtiyoji bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga korreksion

pedagogik yordam olishida va kasbga yo‘naltirishda har tomonlama yordam ko‘rsatish kerak
bo’ladi.

Inklyuziv ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
Rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun har qanday

kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan
yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratishi;

jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari

bo‘lgan o‘quvchilar muammolariga nisbatan bag‘rikenglik munosabatini shakllantirishi;

ta’lim jarayonida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan

bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirishi ;


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

380

barcha o‘quvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga muvofiq umumiy o‘rta

ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratilishi;

o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi, emotsional-irodaviy sohasi, bilish faoliyatini

faollashtirish, ijtimoiy ko‘nikma va salohiyatini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi;

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga maslahat yordami

berish hamda ota-onalarni farzandlariga ta’lim-tarbiya berish, pedagogik texnologiyalar, ta’lim-
tarbiya metod va vositalarini qo‘llash sohasida xabardorlik darajasini oshirish, ularni psixologik-
pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash kerak.

Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari

.

Harakatning asosiy turlarini rivojlantirish:

-sog‘ligiga qarab yurish va yugurishning barcha turlarini to‘g‘ri bajarish, shart-

sharoitga muvofiq ulardan foydala- nish;

-jismoniy mashqlarni dastlabki holatlarga qaraganda aniq, ko‘rsatilgan ritmik,

maromda, musiqaga mos, og‘zaki aytilganiday bajarish;

-gavdani to‘g‘ri tutish;
-sog‘ligiga

qarab sport o‘yinlarda (suzish, voleybol, futbol, hokkey,

stol tenisi, badminton) ishtirok ettirish.

Tana qismidagi mushakchalarni rivojlantirish:

-qo‘l panjasi va barmoqlar harakatchanligini ta’minlash (barmoqlarni yengil siqish,

yozish), barmoqlarini o‘ynatish (barmoqlarda o‘yin ko‘rsatish, qo‘l baroqlari soyasida
tamosha ko‘rsatish va h.k.);

-tashqi muhit o‘zgarishlariga bardoshlilik kasalliklarga tegishli qarshilik ko‘rsatish,

ularning nisbatan yengil va qisqa muddatda asoratlarsiz o‘tishi(chiniqishi);

-yaxshi ishtaha (ayrim ovqat turlariga salbiy munosabat- larisiz);
-o‘zining jismoniy qiyofasi va sog‘ligi haqida tasavvurni shakllantirish, sog‘lom

turmush tarziga erishish (madaniy – gigiyena malakasini rivojlantirish, har kuni ertalabki
badantarbiya mashqlarini bajarishga odatlantirish hamda boshqa malakalar ahamiyatini
tushunish);

Shaxsiy –psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari

.

-Tevarak-atrofni tushunish, bilish:

U qayerda yashashini (mamlakat, shahar, qishloq, uy manzili, diqqatga sazovor joylar

va boshqalar) bilish;

-zamon va makon haqida tasavvurni shakllantirish va ularni tushuna bilish (bir yil,

necha oy, hafta, necha kun, necha soat, chap-o‘ng va hokazo);

-o‘z oilasining tarixi to‘g‘risida (oilasi avval qayerda yashagan, buvasi va buvisi nima

bilan shug‘ullanishgan, ularning hayoti biznikidan nimasi bilan farq qiladi va hokazo),
ko‘chalar. Tuman, shaharlar, yirik tarixiy voqealar hamda davrlar (Amir Temur davri, Buyuk
Ipak yo‘lining ahamiyati va boshqalar), o‘z mamlakatining ramzlari, bayramlari, o‘z xalqi,
urf-odatlari hamda an’analari va boshqalar haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lish;

-jonli va jonsiz tabiat hodisalarning sabab va oqibatli bog‘lanishlari, o‘zaro

mutanosibligini bilish (nega qor yog‘adi, qor nima uchun qo‘lda eriydi, qishda o‘simliklar
nega bargsiz bo‘ladi);insonning tabiatga ta’siri haqida tasavvurni shakllantirish, bunday
ta’sirning natijalari (tabiatga qiziqish va muhabbatni shakllantirish, tabiatning holati, unga
inson hayotining manbai sifatida ehtiyotkor munosabat va shu kabi oddiy ekologik
tushunchalar).

Bolaning ijtimoiy jihatdan rivojlanish darajasi:

-umuminsoniy axloq-odob qoidalarini o‘zlashtirish

(Nima yaxshiyu, nima yomon tushunchalarini shakllantirish, mumkin va mumkin

emas, xohlayman va burchliman tushuncha- larni ajrata bilish, vaziyat taqozosiga muvofiq
axloq-odob doirasidagi muomala va kayfiyatni tanlay bilish);

-o‘z tashabbusi bilan, shuningdek, do‘stlari tashabbusi bilan tanish va notanish bo‘lgan

katta yoshdagi kishilar, o‘zidan kichik yoshdagilar bilan erkin muomala qila olish;


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

381

-fe’l-atvorning ijobiy xususiyatlarini qaror toptirish (keng fe’llik, e’tibor,

g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, mehribonlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, narsalarga, inson
mehnati mahsullariga ehtiyotkor munosabat, estetik ong asoslarini shakllantirish, go‘zallikka,
tabiat ajoyibotlariga, adabiy, badiiy, musiqiy asarlarga, amaliy san’at namunalariga va
boshqalarga qiziqishni rivojlantirish);

-mustaqillikni rivojlantirish (o‘z shaxsiy faoliyatini tashkil etish uchun turli xil

vositalarni: o‘yin, tamosha ko‘rsatish, tasvirlash, qurish-yasash, o‘yin faoliyatining turlari
jarayonida yuzaga keladigan maummolarni mustaqil hal eta bilish);

-o‘zini-o‘zi anglashni jinsidan kelib chiqqan holda (o‘g‘il bola, qiz bola),

shakllantirish, o‘z imkoniyatilari, qobiliyatini, xatti-harakatini o‘zi baholay bilish, katta
yoshdagilar, tengdoshlari o‘zidan yosh jihatdan kichiklar davrasida o‘z o‘rnini anglay bilish,
boshqa odamni tushunish, uning qiziqishlarini, ehtiyojlarini, istaklarini hurmat qilish, uning
oldidagi muammolarini ko‘ra bilish o‘z xatti- harakatlarini boshqa odam o‘rnida turib
baholay olish.

Bolaning o‘z-o‘zini anglashidagi muhim jihat uning o‘z qadr-qimmatini his etish,

o‘ziga bo‘lgan munosabatini shakllantirish hisoblanadi. Shu bilan birga maktabgacha
yoshdagi bola uchun o‘z shaxsiga ortiqcha baho berish tabiiy va qonuniy holdir, bu uning
uchun o‘ziga xos shaxsiy himoya, o‘z kechinma- lariga quloq tutish, o‘zining hayajonli
holatlarini «men xursandman», «men xafa bo‘ldim», «menga yaxshi», «men roziman»
tushunish, boshqa birovga nisbatan: «yashavor», «zo‘r» kabi so‘zlarni ishlatish
hisoblanadi.

Intellektual (aqliy rivojlanish).

Fikrlashni rivojlantirish(obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt):

-atrofdagilar bilan muomala qila bilish, o‘ziga qarata aytilgan gapni tushunish,

so‘zlashishga kirishish, aniq qilib gapirish, savollarga javob qaytarish, boshqalarga savol be-
rish;

-alohida o‘yinlarni tashkil qilish, o‘yin uchun kerakli materiallar va zarur narsalarni

tanlab olish;

-bolalarda «Men o‘zim qilaman» degan muayyan qat’iyat- lilik shakllantirish, (ayrim

mehnat malakasi, turmush va tabiatdagi tartibning buzilishini payqash, o‘yinchoqlarni
tuzatish, bog‘lab- mahkamlash, idishlarni yuvish, uyda xo‘jalik ishlariga qarashish,
dasturxonni tuzash, oshxona jihozlaridan foydalana bilish, o‘z ust-boshini tuzatish va
boshqalar);

-boshlagan ishini oxiriga yetkazishga odatlantirish (ya’ni mehnatning samarasi va

foydasini anglab yetish);

-tasviriy faoliyatini rivojlantirish;
-jamoada ishlay bilish, ishni hamkorlikda rejalashtirish, faoliyat mazmunini boyitish;
-musiqaga mos harakatda o‘ziga nisbatan ishonchni his etish.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, imkoniyati cheklangan shaxslar jamiyatda faol

ishtirok etishi va o‘z hayotini yaxshilashi uchun maxsus ta’lim va kasbiy tayyorgarlik zarur.
Buning uchun davlat tomonidan inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish, moslashtirilgan kasb-
hunar yo‘nalishlarini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Bu esa imkoniyati cheklangan
shaxslarning hayot sifatini oshirishga va jamiyatda to‘laqonli ishtirok etishiga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

[1]. Xusnuddinova, Z. X. (2023). Alohida ehtiyojli boshlang'ich sinf o'quvchilarining

og’zaki nutqini rivojlantirishda yangi metodikalar va ulardan foydalanishning amaliy asoslari.
Ta’lim tizimida yangi metodikalar va ulardan foydalanishning amaliy asoslari.

[2].

F.U.Qodirova,

Z.X.Xusnuddinova,

B.M.Abdullayev,

B.Z.Fozilov,

Sh.T.Shermuxammedova, Sh.Z.Matupayeva. Maxsus pedagogika asoslari o‘quv qo‘llanma.
Chirchiq. 2022.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

382

[3]. “Инклюзивное образование: право, принципы, практика” / Авторы-

составители: Н.В. Борисова, С.А. Прушинский. Отв. ред.: М. Перфильева. // М.: Владимир,
ООО “Транзит-ИКС”, 2009.

















































Bibliografik manbalar

. Xusnuddinova, Z. X. (2023). Alohida ehtiyojli boshlang'ich sinf o'quvchilarining og’zaki nutqini rivojlantirishda yangi metodikalar va ulardan foydalanishning amaliy asoslari.

Ta’lim tizimida yangi metodikalar va ulardan foydalanishning amaliy asoslari.

. F.U.Qodirova, Z.X.Xusnuddinova, B.M.Abdullayev, B.Z.Fozilov, Sh.T.Shermuxammedova, Sh.Z.Matupayeva. Maxsus pedagogika asoslari o‘quv qo‘llanma. Chirchiq. 2022.

. “Инклюзивное образование: право, принципы, практика” / Авторы-

составители: Н.В. Борисова, С.А. Прушинский. Отв. ред.: М. Перфильева. // М.: Владимир, ООО “Транзит-ИКС”, 2009.