MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
197
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN
FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va
tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya yo‘nalishi talabasi Muxsinboyev
Odilbek Muxuddin o‘g‘li
Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va
tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya va geografiya kafedrasi katta
o‘qituvchisi
Usmonov Dilmurod Dolimovich
Email:
odilbekmuhsinboyev@gmail.com
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15227213
Annatotsiya:
Ushbu maqolada maktablar va kasb-hunar maktablari biologiya, tabiiy fanlar
darslarini o‘qitishning muammoli ta’lim texnologiyasi metodlaridan foydalanish, o‘qituvchilar va
o‘quvchilar o‘rtasida bilimlar tizimi, aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini qo‘llash masalasi
va samaradorligini oshirish to‘g‘risida turli ma’lumotlar va metodlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
muammoli ta’lim, aqliy hujum, muammoli vaziyatlar, ergonomik xususiyat,
savollar zanjiri, analogiya usuli, mustaqil fikrlash.
Ta’lim jarayonida salmoqli o‘rin egallagan muammoli «aqliy hujum» dars, munozarali ya’ni
ilmiy munozarali va erkin fikrlash darslari muammoli ta’lim texnologiyasiga asoslanishi
barchamizga ma’lum. Muammoli ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarning bilish faoliyati darajasini
orttirish, ko‘nikmalarni malaka darajasiga yetkazish maqsadida foydalanilib, unda o‘quvchi o‘quv
jarayonida qo‘llaniladigan materialini tahlil qiladi, taqqoslaydi, sintezlaydi, ma’lumotlarni
umumlashtirib, yangi axborotni qabul qiladi. Boshqacha aytganda, dastlab olingan bilim va
ko‘nikmalarini kelgusi vaziyatlarda qo‘llab, bilimlarniyanada chuqurlashtiradi, kengaytiradi.
Yangi ma’lumotlarni bunday o‘zlashtirish usulini hech bir darslik va pedagog tomonidan
o‘rgatilmaydi, o‘quvchilarning o‘zi muammoli vaziyatlami hal etish jarayonida izlanadi va
muammolar yechimini topadi[2]. O‘tmishdan ma’lumki eng buyuk o‘qituvchilar hamisha o‘quv
jarayyonini qiziqarli holda amalga oshirish, o‘quvchilarning aqliy kuchi va qobiliyatini
rivojlantirish jarayoni ustida bir qator ishlanishlar olib borishib, tavfsiyalar berishgan. Jumladan
J.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G.Pestalozsi, F.A.Disterverg, K.D.Ushinskiy va boshqa yirik
pedagog olimlar. Misol uchun taniqli rus pedogog olimi A.Matyushkin ta’limotiga ko‘ra
“muammoli ta'lim texnologiyasi ta'lim oluvchilarning fiklashqobiliyatini yanada
rivojlantiradi”. Muammoli ta'lim deganda o‘quv materialini o‘quvchilar ongiga ilmiy izlanishga
o‘xshash vazifalari va muammolarini o‘qituvchi tononidan vujudga keltirgan holda o‘rgatish
tushuniladi[4]. Biologiya darslarida muammoli o‘qitishda fikrlash jarayoni faqat muammoli
vaziyatni yechish maqsadida joriy etiladi, u nostandart masalalarni yechish uchun zarur bolgan
fikrlashni shakllantiradi. Muammoli o‘qitish samaradorligining tortta asosiy sharti mavjud:
1.Muammo mazmuniga qarab yetarli qiziqish uygotishni taminlash;
2. Muammo yechimidagi har bir bosqichda paydo boladigan ishlarni bajara olish
mumkinligini taminlash (malum va nomalumlar nisbatining maqbulligi);
3. Muammo yechimida olinadigan axborotni oquvchilar uchun muhimligi;
4. Pedagog va o‘quvchi orasidagi munosabat xayrixohlik ruhida kechishi, yani o‘quvchilar
tomonidan bildirilgan barcha fikr va farazlar etibor va ragbatsiz qolmasligi zarur[3].
Muammoli ta’lim texnologiyasi o‘qitishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishga
asoslanib, uni maqsadga muvofiq holda, darsning turli bosqichlari, jumladan, uy vazifasini so‘rash,
yangi mavzuni o‘rganish, o‘rganilgan mavzuni umumlashtirish va yakunlashda foydalanish
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
198
tavsiya etiladi. Biologiya o‘qituvchisi muammoli vaziyatlarni darsning qaysi
bosqichida vujudga keltirishni, muammoli savollarni berish yo‘llarini oldindan belgilab olgan
bo‘lishi lozim. Biologiya o‘qituvchisi muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish maqsadida
o‘rganiladigan mavzu matnini tahlil etishi, o‘quvchilaming yosh, psixologik va ergonomik
xususiyatlarni e’tiborga olgan muammoli savollar zanjirini tuzishi zarur.
O‘quv materialining o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan holda biologiya darslarida
muammoli vaziyatlami vujudga keltirishning turli usullari mavjud:
Analogiya usuli. Ushbu usulda o‘qituvchi muammoli savollarni avval o‘rgangan o‘quv
materialiga oid bilimlami faollashtirish yoki 0‘quvchilarning hayotiy tajribalariga asoslanib
vujudga keltirishi mumkin. Jumladan, 7-sinfda «Bir hujayralilar tipi», «Xivchinlilar sinfi»
mavzularini o‘rganishdan awal 0‘quvchilarning «Soxta oyoqlilar sinfi» yuzasidan o‘zlashtirilgan
bilimlarini faollashtirish maqsadida muammoli vaziyatlami vujudga keltirish tavsiya etiladi.
Tahlil va sintez usuli. Ushbu usulda 0‘quvchilar biologik obyektlarni olimlar tomonidan
o‘tkazilgan tajriba asosida o‘rganadi va xulosa yasaydilar. Jumladan, «Lishayniklar» mavzusi
o‘rganilayotgan jarayonda o‘qituvchi olimlar tomonidan o‘tkazilgan tajribani bayon etishi so‘ngra
shu asosda muammoli vaziyatlami vujudga keltirishi talab etiladi.
Muammoli savolni ilgari surish. Ushbu usul o‘quvchilarning avvalgi darslarda olgan
bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda ijodiy qo‘llashga zamin yaratadi. Quyida shunday
savollardan namunalar:
• Nima uchun qush tuxum po‘chog‘i yoriqlaridan kirgan havo bilan nafas olishiga
qaramasdan embrional rivojlanishining muayyan bosqichida jabra yoriqlari vujudga keladi?
• Kir yuvgan yoki o‘tin yorgan kishi qo‘lini ko‘p ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bu holatda nima
uchun yelkada charchoq seziladi?
• Nima uchun shifokor qabuliga kelgan bemorning o‘naqay yoki chapaqay ekanligini bilishi
lozim?
Biologiyani o‘qitish jarayonida o‘qituvchi yuqorida qayd etilgan tarzdagi muammoli
savollarni o‘rtaga tashlashi va o‘quvchilaming avval o‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda
ijodiy qo‘llashi orqali ularda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirishga e’tibor qaratishi lozim[1].
Xulosa qilib aytganda muammoli metodlar o‘quvchilarning faoliyati muammoli vaziyatlami
idrok etish, hal qilish usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlarni ilgari surish, taxminlami
ilmiy va mantiqiy nuqtayi nazardan asoslash, isbotlash, tekshirish va xulosa chiqarishdan iborat
bo‘ladi. Muammoli izlanish metodlari o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy izlanishiga
zamin tayyorlaydi, shuningdek bilim samaradorligini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga
ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
https://cyberleninka.ru/article/n/maktablarda-biologiya-fanini-o-qitishning-
muammoli-izlanish-metodlaridan-foydalanish-texnologiyasi-va-samaradorligi
2.
https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/05/16/NamDU-ARM-504-
Biologiyani_oqitishda_pedagogik_texnologiyalar.pdf
3.
https://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/download/12300/8350/8066
4.
https://www.researchgate.net/publication/377806495_MUAMMOLI_TA'LIMNIN
G_BIOLOGIYA_DARSLARIDAGI_AHAMIYATI
5.
Xusanovich M. O. Formation Of Elements Of Entrepreneurial Activity In Pupils Of
The Preschool Educational Organization //JournalNX. – 2021. – Т. 1. – С. 265.
6.
Xusanovich M. O. SHARQ ALLOMALARI PEDAGOGIK MEROSIDA
BOLALARNING TADBIRKORLIKKA DOIR ELEMENTAR KO ‘NIKMALARINI
SHAKLLANTIRISHNING TARIXIY-PEDAGOGIK JIHATLARI //Science and innovation. –
2023. – Т. 2. – №. Special Issue 12. – С. 299-301.
7.
Mirzayev O. ЕRTАK-TЕRАPIYАSI VА TАDBIRKОRLIK MАDАNIYАTI
ЕLЕMЕNTLАRINING INTЕGRАTSIYАSINI TА’MINLАSHNING MЕTОDIK TIZIMI
//Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. – 2023. – Т. 2. – №.
25. – С. 92-94.
